BUQACHALARNING O‘SISH KO‘RSATKICHLARI.
Turopova Shaxnoza Olim qizi
turopovashaxnoza168@gmail.com
Termiz agrotexnalogiyalar va innavatsion rivojlanish instituti.
Anotatsiya: Maqolada buqalarning o‘sish ko‘rsatkichlari, xo‘jalikda joriy etilgan oziqlantirish va parvarishlash texnologiyasi bo‘yicha tajriba buqalarini ko‘paytirish va parvarishlash natijalari yakuniy naslchilik davriga qadar, ya’ni 15 oylikgacha bo‘lgan davrda ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlari: O‘sish koeffitsienti, bo‘g‘in chatishma, sof zot, bo‘rdoqilanish.
Annotation. The article provides information on the growth indicators of bulls, the results of breeding and care of experimental bulls on the technology of feeding and care introduced on the farm until the final breeding period, that is, up to 15 months.
Key words: Growth factor, crossbreeding, purebred, fattening.
Аннотатсия: В статье приведены сведения о показателях роста быков, результатах разведения и ухода за опытными быками, о технологии кормления и ухода, внедренной в хозяйстве до заключительного периода селекции, то есть до 15 месяцев.
Ключевые слова: фактор роста, скрещивание, чистопородность, откорм.
Tajribadagi buqachalar yakuniy so‘qimlanish davriga qadar ya’ni 15 oyligigacha xo‘jalik sharoitiga joriy qilingan oziqlantirish va asrash texnologiyasi asosida o‘stirilgan va parvarishlangan. Ularning 15 oylikdagi tirik vazni I- guruhda o‘rtacha 305,6 kg, II-da 325,5 kg va III- da 338,1 kg ni tashkil qilgan. Ko‘rinib turibdiki sof zotli qora –ola buqachalari (I- gurux) o‘z tengqurlari birinchi (II) va ikkinchi (III) bo‘g‘in chatishma buqachalaridan o‘sish bo‘yicha tegishli ravishda 19,9 kg (r<0,05) yoki 6,5 % va 32,5 kg (r<0,01) yoki 10,6 % orqada qolishgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha II – III- guruhlar farqi oxirgisi foydasiga 12,6 kg (r<0,05) yoki 3,9 % ga teng bo‘lgan. Tadqiqotning tasviriga asosan har bir guruhni III- guruhga bo‘lib bo‘rdoqilanish xususiyatini o‘rgandik.
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 140 kunlik (4 oy) yakuniy so‘qimlanishdan so‘ng I- guruh buqachalarining tirik vazni 413,1 kg ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich II va III- guruhda tegishlicha 436,5 va 451,6 kg ga teng bo‘lgan. Demak yakuniy so‘qimlanish davomida ham chatishma hayvonlar jadal o‘sishgan va tirik vazn I- guruh buqachalarida o‘rtacha 107,6 kg bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich II va IIIguruhlarda shunga mos ravishda 111,0 va 113,7 kg ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha bo‘yicha I – II, I – III va II – III- guruhlarning farqi oxirgisi foydasiga shunga mos ravishda: 3,4 kg (r>0,05) yoki 3,2 %, 6,1 kg (r<0,05) yoki 5,7 % va 2,7 kg (r>0,05) yoki 2,5 % ga teng bo‘lgan. O‘rtacha bir kunlik o‘sish bo‘yicha ham sezilarli darajada guruhlararo farq aniqlangan (I-896, II-927, III-947 gramm).
O‘sish koeffitsienti guruhlarda shunga mos ravishda 1,35: 1,34 va 1,34 ni tashkil qilgan, bu ko‘rsatkich bo‘yicha I- guruh buqachalari, o‘z tengqurlari II va IIIguruhdagi buqachalarni orqada qoldirishgan. Bo‘rdoqilanish jarayonining samaradorligini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkich, hayvonlarni iste’mol qilgan ozuqasini mahsulot birligi bilan qoplash hisoblanadi. Shuning uchun ham biz 1 kg qo‘shimcha tirik vazn uchun sarflangan ozuqa miqdorini aniqladik. Bu ko‘rsatkich I guruhda o‘rtacha 10,71 kg ozuqa birligiga teng.
1-jadval
Tajribadagi hayvonlarning o‘sish ko‘rsatkichlari(X±Sx), n=3 Ko‘rsatkichlar I II III
I-A I-B I-V II-A II-B II-V III-A III-B III-V
Tajriba boshidagi tirik vazn, kg (15 oylik)
304,5±2
,8
306,4
±3,4
305,8
324,5
330,6
±3,2
321,4
340,1
±3,9
343,7
330,6 Tajriba oxiridagi tirik vazn, kg (19 oylik)
415,6±4
,8
421,5
±3,9
402,3
±3,4
440,4
±3,7
449,1
420,1
±3,7
458,1
±5,1
464,8
±5,3
431,9 Olingan qo‘shimcha tirik vazn, kg
111,1±4
,1
115,1
±3,1
96,5±
3,4
115,9
±4,8
118,5
98,7
118,0
±5,6
121,1
±4,8
101,9
±4,4 Nisbiy o‘sish, % 36,5±1,
37,6
±2,7
31,6±
1,9
35,7
35,9
30,7
±2,7
34,7
35,3
±2,6
30,1±
1,9 O‘rtacha bir kunlik o‘sish. g 926±6,1 959±
6,9
804±
7,8
966±
4,1
988±
5,8
823±
5,9
983±
7,2
±7,9
849±6
,9 O‘sish koeffitsienti 1,36 1,38 1,32 1,36 1,36 1,31 1,35 1,36 1,32 1 kg tirik vazn uchun sarflangan ozuqa, kg ozuqa birligi
10,65 10,26 11,23 10,32 10,07 11,06 10,12 9,95 10,84
Xulosa: Tajribadagi buqachalarni genetik kelib chiqishidan qat’iy nazar, ularning tanasi mutanosib tuzilishga ega bo‘lgan. Go‘sht mahsuldorligini xarakterlaydigan ko‘krak, tos-ko‘krak, zichlik va suyakdorlik kabi tana tuzilish indekslari sof zotliga nisbatan chatishma hayvonlarda ancha yuqori bo‘lgan.
Adabiyotlar:
1. Karimov Sh. Har xil genotipli yosh qoramollarning fizoetologik xususiyatlari. «Fan yutuqlari va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish istiqbollari» Respublika ilmiy anjuman materialari, Samarqand, 2005
2. Maqsudov I. Haydarov Q. Suvonqulov Sh. Qoramolchilik fermer xo‘jaliklari uchun qo‘llanma. Samarqand-2008
3. Maqsudov I. Amirov Sh. Fermer xo‘jaligida sermahsul sigirlar o‘stirish. «Zooveterinariya» jurnali. 2008.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.