ORQALI IJODIY FIKRLASH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH
Avilova Xolida Nabijanovna
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o‘qituvchi
khalida72@mail.ru
Annotatsiya
Hozirgi kunda chet tili o‘rganish jarayonida lingvistik bilimlarni egallash bilan bir qatorda, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Autentik matnlar (gazeta va jurnal maqolalari, blog postlari, adabiy asarlar, intervyular va boshqa turdagi asl materiallar) talabalar uchun hayotiy kontekstda tilni o‘rganish imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada autentik matnlarning chet tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda autentik matnlarning o‘quv jarayonida samaradorligi, ularni tatbiq etish usullari, duch kelinadigan qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tish strategiyalari yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, autentik matnlar talabalarni mustaqil fikrlashga, tanqidiy tahlil qilishga va ijodiy yechimlarni ishlab chiqishga undaydi.
Kalit so‘zlar
Autentik matnlar, chet tili ta’limi, ijodiy tafakkur, tanqidiy fikrlash, o‘qish strategiyalari, lingvistik kompetensiya, interfaol ta’lim metodlari.
Kirish
Hozirgi zamon ta’limi oldida turgan muhim vazifalardan biri o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur qilish qobiliyatini rivojlantirishdir. Faqatgina grammatika va lug‘at boyligini egallash chet tili kompetensiyasini to‘liq shakllantirish uchun yetarli emas. Tilni chuqur tushunish va uni erkin qo‘llay olish uchun o‘quvchilar til tizimini real hayotiy kontekstda o‘rganishlari, uni yaratish va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirishlari zarur.
Bu borada autentik matnlar muhim rol o‘ynaydi, chunki ular real hayotda ishlatiladigan til materiali bo‘lib, o‘quvchilarga jonli muloqot muhiti yaratadi. Ushbu maqolada autentik matnlarning til o‘rganish jarayonida o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishga ta’siri, ijodiy tafakkurni shakllantirishga qo‘shadigan hissasi, amaliyotda qo‘llash usullari va samaradorligi, duch kelinishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tish yo‘llari batafsil tahlil qilinadi.
Zamonaviy texnologiyalar va informatsion jamiyat rivojlanishi bilan faqatgina faktlarni bilish yetarli bo‘lmasdan balki, o‘quvchilarni mustaqil tahlil qilishga, yangi g‘oyalar yaratishga, muammolarni ijodiy hal qilishga o‘rgatish lozim. Shu nuqtai nazardan, ijodiy fikrlash muammolarni o‘zgacha yondashuv bilan hal qilish, yangi va samarali yechimlarni ishlab chiqish, mavjud bilim va tajribalarni yangicha kontekstlarda qo‘llash imkonini beradi.
Chet tilini o‘rganishda o‘quvchilar faqat grammatik qoidalarga asoslangan an’anaviy mashqlar bilan cheklanib qolmasliklari kerak. Autentik matnlar ularning tanqidiy tafakkur qilish qobiliyatini rivojlantiradi, matnni o‘z talqiniga ko‘ra sharhlash imkoniyatini beradi, o‘z fikrini izohlash va yaratish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, reklama, maqola, hikoya yoki esse kabi ijodiy topshiriqlar orqali mustaqil fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarning ahamiyati juda muhimdir.
Adabiyotlar Tahlili
Chet tili o‘rganuvchilar uchun autentik matnlar orqali ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi zamonaviy til ta’limida muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavzuda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar lingvistika, pedagogika va psixologiya nuqtai nazaridan turli yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.
Autentik matnlarning chet tili o‘rganishdagi o‘rni bo‘yicha ko‘plab tadqiqotchilar autentik matnlarning chet tili o‘rganish jarayonidagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tishgan. Krashen tomonidan ilgari surilgan "Input Hypothesis" nazariyasiga ko‘ra, o‘quvchilar uchun qiziqarli va tushunarli bo‘lgan tabiiy til materiallari (autentik matnlar) til o‘rganish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi [9]. Brown esa autentik matnlar til o‘rganish jarayonini yanada tabiiy qilishini va madaniy kontekstni yaxshiroq tushunishga yordam berishini qayd etadi [1].
“Ijodiy fikrlash – bu insonning yangi va original g‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyati bo‘lib, u chet tilini o‘rganish jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Guilford tomonidan taklif etilgan ijodiy fikrlash modeli divergent va konvergent fikrlash tushunchalariga asoslanadi [3]. Ushbu yondashuv chet tilini o‘rganish jarayonida ham qo‘llanilib, autentik matnlar orqali talabalarning tahliliy va ijodiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi [14]. Bundan tashqari, ijodiy fikrlashning rivojlanishi o‘quvchilarning tilni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishi mumkin, chunki ular real hayotiy kontekstda mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bir qator tadqiqotlarda autentik matnlarning chet tilida ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Masalan, Maley va Duff autentik matnlar asosida ijodiy yozish va munozara mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish mumkinligini ta’kidlaydi [12]. Harmer esa bunday matnlar yordamida interfaol mashg‘ulotlar tashkil qilish orqali til o‘rganish jarayonini yanada samarali qilish mumkinligini qayd etadi. Ushbu metodlar nafaqat til kompetensiyasini rivojlantiradi, balki o‘quvchilarning o‘z fikrini aniq va mustaqil ifodalash ko‘nikmalarini ham shakllantiradi [8].
Natijalar va muhokamalar
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, autentik matnlarni o‘quv jarayoniga kiritish ijodiy fikrlashni rivojlantirishning samarali usuli hisoblanadi. Biroq, bu metodikadan foydalanishda quyidagi muammolar ham kuzatildi:
Ba’zi matnlar juda murakkab bo‘lib, talabalar uchun tushunish qiyin bo‘lishi mumkin;
O‘qituvchilarning autentik matnlarni ta’limga integratsiya qilish bo‘yicha yetarli metodik tajribaga ega emasligi;
Matnlarni o‘rganish uchun yetarli vaqt ajratish zarurati;
Ushbu muammolarni hal qilish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
Matnlarni talabalar darajasiga moslashtirish;
Interfaol yondashuvlar (bahslar, tahliliy savollar, ijodiy topshiriqlar)ni qo‘llash;
O‘quvchilarga matn ustida ishlash uchun vaqt ajratish va mustaqil tahlil qilish imkoniyatini berish.
Xulosa
Autentik matnlar chet tili o‘rganish jarayonida ijodiy fikrlash va tanqidiy tafakkurni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, talabalar bunday matnlar bilan ishlash orqali mustaqil fikrlash, tahlil qilish va o‘z nuqtai nazarini himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching (5th ed.). Pearson Education.
2. Bruner, J. S. (1983). Child’s Talk: Learning to Use Language. Norton & Company.
3. Celce-Murcia, M. (2001). Teaching English as a Second or Foreign Language (3rd ed.). Heinle & Heinle.
4. Cook, V. (2008). Second Language Learning and Language Teaching. Routledge.
5. Crystal, D. (1997). English as a Global Language. Cambridge University Press.
6. Gardner, H. (1983). Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences. Basic Books 7. Guilford, J. P. (1967). The Nature of Human Intelligence. McGraw-Hill.
8. Harmer, J. (2001). The Practice of English Language Teaching (3rd ed.). Pearson Education.
9. Krashen, S. D. (1982). Principles and Practice in Second Language Acquisition. Pergamon Press.
10. Krashen, S. D. (1985). The Input Hypothesis: Issues and Implications. Longman.
11. Larsen-Freeman, D. (2000). Techniques and Principles in Language Teaching (2nd ed.). Oxford University Press.
12. Maley, A., & Duff, A. (2005). Drama Techniques: A Resource Book of Communication Activities for Language Learners. Cambridge University Press.
13. Nunan, D. (1999). Second Language Teaching & Learning. Heinle & Heinle.
14. Richards, J. C. (2015). Key Issues in Language Teaching. Cambridge University Press.
15. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2001). Approaches and Methods in Language Teaching (2nd ed.). Cambridge University Press.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.