ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

CHET TILLARINI BILISH BIZGA NIMA UCHUN KERAK?

Аннотация

Ushbu maolada chet tillarni o’qish va o’qitishda ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladigan ta’limning asosiy tamoyillari va yo’llari to’g’risida yozilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

CHET TILLARINI BILISH BIZGA NIMA UCHUN KERAK?

Turizm fakulteti XTA 21/6(nemis)

Rahmonova Ominaxon Bahodirjon qizi

Annotatsiya

Ushbu maolada chet tillarni o’qish va o’qitishda ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladigan ta’limning asosiy tamoyillari va yo’llari to’g’risida yozilgan.

Kalit so’zlar: ielts, til, o’quv yurtlari, chet tili ta’limi, hikoya, o’yinli situatsiya/jarayon, muloqotga chorlovchi situatsiyalar.

Til bilgan el biladi. Bugungi kunga kelib, ''Ielts'' oldingmi? ''Ielts'' bahoying nechchi? ''Ielts''ga qachon topshirasan... kabi savollar kundalik turmushimizda deyarli har kuni uchraydi. Bu so'z bizning hayotimizga juda tezkorlik bilan kirib keldi. ''Ielts'' nima o'zi? Bizga uni nima keragi bor? ''Ielts'' bu xalqaro til bilish darajasi. Yanyam soddaroq aytadigan bo'lsak tilni qay darajada bilishimiz haqidagi bir xujjat. Ta'lim tizimidagi o'zgarishlarni ko'rib hayron qolasan kishi. Bog'chadan boshlab chet tili, aniqroq aytadigan bo'lsak ingliz tili o' tiladi. Bu bola uchun qay darajada muhim? 4-5 yoshli bola o'ynab g'am tashvishsiz yuradigan bir vaqtda uni qo'lidan yetaklab repititorma repititor sudurab yurish noto'g'ri menimcha. Oliy o'quv yurtlariniku umuman gapirmasa ham bo'laveradi. Butunlay boshqa soha talabasi bo'lishiga qaramasdan Universitetni tamomlagunga qadar qo'lida kamida 5.5 Ieltsi bo'lishi shart. Aks holda Magistraturani ''tushida ko'rishiga'' to'g'ri keladi. To'g'ri bu kulguli, ammo aslini olganda achchiq haqiqat. Ieltsni olish oson bo'lsa ham mayli ekan. Uni olish uchun juda katta mablag' kerak. Oldin tayyorlanish keyin esa unga topshirish bularning hammasi mablag'ga borib taqaladi. Bu bilan endi kam ta'minlangan oila farzandlari nima qiladi? O'qishni judayam xohlayotgan, lekin o'qish uchun mablag' topa olmayotganlar xolini kim o'ylaydi? Xo'p mayli, Ielts oldi ham deylik, keyin nima bo'ladi? Chetga chiqadi. Ha albatta chetga chiqadi-da. O'zbekiston o'zining yoshlaridan mahrum bo'ladi. Bunday bo'lgandan so'ng yuksalishni orzu qilmasa ham bo'laveradi! Nega aynan chet tili, ingliz tiliga yopishib olganmiz. Kimyo, fizika, matematika haqida biron marta gapirmaganmiz. O'ylab ham ko'rmaganmiz. To'g'ri bu fanlardan maktablarda fan olimpiadalari o'tkaziladi. Ammo buning o'zi kamlik qildida. Agar shu sohalarni rivojlantirganimizda edi elektr toki, gaz va shunga o'xshash energiyalar o'zimizdan chiqar edi. Katta mablag' evaziga qo'shni davlatlardan sotib olmasdik. So'z ustalarimiz ham aytishganku: ''Shitni oldiga borib inglizcha gapirganimiz bilan tok yonib qolmaydi'' deb. Mayli bu mavzuni ham chetga surib turaylik. Nima uchun Amerika yoki Germaniya aholisi qo'shimcha tilni Xitoy yoki Yapon yoki Rus yoki o'zbek tillarini o'rganishmaydi? Nega? Chunki ular o'z tillarini mukammal bilishadi. Shuni o'zi yetarli. Ular o'z mamlakatini rivojlantirish uchun chet tilini o'rganmaydilar. Aksimcha, o'zlarida nima kam qanday muammolar bor shuni biladilar va buni yechimini qidiradilar. Mana xaqiqiy rivojlangan davlar qanday bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlardan ham ma'lumki, O'zbekistonning juda ko'p aholisi chet elda. Achinarlisi eng ko'p aholi chetga ishlash maqsadida ketgan. Ular ham xohlaydi o'z uyida ota-onasi farzandlari bag'rida yurishni va yaxshi joyda ishlashni xohlashadi. Ammo ming afsuski,bizda bunday ekanligini bilib, ko'rib turib yana shu yo'lda davom etaveramiz. Qachon biz ham faqat o'zimiznigina o'ylamay qolganlarni ham butun bir xalqni o'ylaymiz? Shu joyida bir hikoya yodimga tushdi. Bir davlat podshohi oq marmardan chiroyli hashamdor qilib hovuz qurdiribdi va atrofiga odamlarni yig'ib shunday buyruq beribdi:''Har kim mana shu hovuzga bir piyoladan sut olib kelib quysin, faqat bu ishni qorong'u tushgandan keyin qilinglar'' - debdi. Bir kishi uyiga boribdida, o'ylab qolibdi. Men sut o'rniga suv olib borsam ham bo'laveradi. Baribir hammaning olib kelgan suti oldida men olib kelgan suv ahamiyatsizku. Qorong'uda sutmi, suvmi kim sezadi. Shunday gaplarni hayolidan o'tkazibdi. Keyin bu ishni amalga oshiribdi. Sut o'rniga suv olib borib quyibdi. Ertasi kuni podshoh hovuzni ko'rish uchun kelganda, hovuz to'la suv ekan. Bu qadimgi zamonda aytilgan hikoya bo'lsada, voqealar bugungi kunimiz bilan uzviy bog'liq. Qani endi odamlar o'zlarinigina emas atrofdagilarni ham o'ylasa. Bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlikda ish ko'rishsa deyman. Bu savollar mana necha yildirki, o'z javobini topa olmaydi. Prezidentimiz aytganlaridek ta'lim tizimini boshidan yangitdan qurishimiz kerak.

To'g'ri boshida qiyin bo'ladi, ammo natijasi... Mana oddiy meditsina sohasini olaylik. Har yili qanchadan qancha o'quvchi yoshlar Tibbiyot oliygohlariga o'qishga kiradilar. Lekin biron marta dorini yoki inson hayotiga bog'liq biron nima yaratishganlarini eshitmaganmiz. Qandaydir qattiqroq kasal bo'lsa darrov chet elga olib borish kerak deyishadi. Nega shunday-a? Yoki shu yerga chet ellik falonchi doktorni faloncha pulga olib kelib qaratamiz. Nega bizning kadrlarni chet elliklar chaqirishmaydi? Agar bu soha bizda yaxshi bo'lganida edi, chetdan dori ham sotib olmas edik. Bechora norasida hayotdan erta ko'z yumgan bolalar ham hozir ota-onasini bag'rida bo'lar edi. Mayli bo'lar ish o'tdi ketdi. Bundan buyog'iga ham shunday voqealar bo'lmasligi uchun ham harakat qilishimiz lozim. Faqatgina meditsina sohasigina emas boshqa sohalar ham matatika fizika mana shu eng asosiy fanlarimiz ham bir ahvolga kelib qolgan. Mana Mustaqil davlat bo'lganimizga 30 yildan oshdi. Nahotki shu yillar oralig'ida biron bir yangilik yoki inavatsiya yaratmagan ekanmiz. Bizdan oldin yashab o'tgan allomalarimiz ham ilm bilim to'g'risida juda ko'plab aytishgan. Hozir hamma narsa bilimga kelib taqalyapti. Bilim bilim va yana bilim.

Agar davlatimizga chet elliklar mehmon bo'lib kelsa ularni ko'klarga ko'tarib qadrlab yana qayta jo'natamiz. Agar bizni yurtdan kimdir chetga borsa ular ham bizni shunday qarshi olarmikan. Shunday qadrlarmikan?... Hozirgi kunda qadrlash, taqsirlash, rag'batlantirish degan tushunchalar yo'qolib ketyapti. Bu gaplar achchiq haqiqat...

Bolalar kattalarnikidan farqli ravishda kelajakni, ertani o’ylab o’rganishmaydi. Ingliz tilidagi dars «shu yerda va aynan hozir» ma’nosida o’tkazilishi, bo’lishi kerak. Bolalar chet tilni hikoyalarni tushunish yoki o’yinlarda g’alaba qozonish xohlagan holda, ularda o’zlari ham ishtirok etib yaxshi o’rganishadi. Bir tomondan, til bilan ifodalangan kontent bolalar hayoti, kundaligi bilan bog’liq bo’lishi kerak, boshqa tomondan, bolalarni muloqotga chorlaydigan faoliyat yoki vazifalar ular uchun qiziqarli va muhim bo’lishi kerak. O’quvchilar dars davomida o’zlarini darsning bir qismi sifatida tushunishadi va dars jarayonida xuddi asar qahramonidek o’zlarini tutishadi, harakat qilishadi. Boshlang’ich sinflarda, odatda, chet tillarni o’rganish hayotiy situatsiya va o’yinlarga asoslangan harakat usullaridan foydalangan tarzda o’rganilganda juda samarali hamda muvaffaqiyatli bo’ladi. Agar o’yinli-syujetli situatsiyalar orqali chet tili o’rgatilsa, barcha bolalar bajonu-dil ishtirok etishadi, sababi ular shu tarzda o’sha situatsiyaning bir bo’lagi ekanligini his etishadi. O’quvchilar chet tili bilan, birinchi navbatda, o’z sinf xonalarida birga “yashaydilar”. Shuning uchun sinfda muloqot imkoni bo’lsa, o’sha chet tilida bo’lishi kerak. Bolalar nafaqat yo’riqnomalarni tushunish bilan cheklanmasdan, balki chet tilida o’z ehtiyojlarini ifodalashlari ham mumkin. Shu nuqtai nazardan, ingliz tilida gaplashadigan odam(ona ili ingliz tili bo’lgan)lar bilan muloqot, sinfga taklif etish ham foydali. Konstruktiv yondashuvga ko’ra, bolalar imkon qadar ko’proq tilda o’zlari so’zlar mazmunini, qoidalarni bilib olishlari kerak. Bu shuningdek, ularning asosiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi. Barcha o’quvchilar singari, bolalar ham turli xil ta’lim uslublariga ega. Bolalar uchun mo’ljallangan ta’lim barcha ta’lim uslublarini hisobga oladi. Taktik va kinestetik o’quvchi turlari alohida e’tibor talab qiladi. Boshlang’ich maktablarda o’quvchilarning iqtidorlari, malakalari, bilimlari va qiziqishlari kengroq bo’ladi. Chet tilini o’rganish, shuningdek, o’rganuvchilarning yaxshi tushuna olish qobiliyatiga bog’liqdir. Ularni har bir bolada boshdan boshlab rag’batlantirish kerak. Ularda akustik, kinestetik, ritmik va vizual farqlashni rivojlantirish kerak. Bolalar tez o’rganishadi, lekin tezda unutishadi. Shuning uchun, nutq doimo takrorlanadi va yana bir kontekstda qayta ishlatiladi. Kurslar spiral bo’lib, muntazam takrorlashlar ajralmas qismdir. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli o’rganish keng qamrovli usullarni talab qiladi. Muloqotga kirishishning miqdori va sifati tilni tezroq o’rganishning asosiy sabablari hisoblanadi. Dars jarayonida o’quvchilarning e’tibori asosan tilning mazmuniga, ahamiyatiga qaratilishi kerak. O’quvchilar e’tiborini birinchi navbatda tilning kontent mazmuniga qaratishi kerak. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli o’rganish yana o’rganganlarni qo’llash uchun imkoniyat bor-yo’qligiga ham bog’liqdir. O’quvchilarga shunday vazifalar berish kerakki, toki ular o’rgangan bilimlarini dars jarayonida amaga oshirish, qo’llashga majbur bo’lishsin. O’zaro muloqot qilish imkoniyatlari til ko’nikmalarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabat, ayniqsa o’quvchilar tilning ma’nosini amalda qo’llay olishsa, tilni o’rganish muvaffaqqiyatli o’rganishga imkon yaratadi. O’qituvchi tomonidan ushbu jarayon uchun ma’no va muzokaralar o’tkazish imkoniyati muvaffaqiyatli o’qitishning asosiy shartlari hisoblanadi. Chet tili ta’limi, birinchi navbatda, chet tilidagi kundalik uchraydigan, real bilim va ko’nikmalrni o’rganishga chorlashi kerak, lekin aniq bilimlarni ham rivojlanishiga beparvo qaramaslik kerak. Agar biz chet tili ta’limida qo’llaniladigan metodik-didaktik qarashlarga to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ta’kidlab o’tishimiz talab etiladi: Dars jarayoni bu nafaqat kommunikativ, balki kelajakda o’rgangan bilimlarni qo’llay olish imkoniyatini beradigan kompetensiyalarni qamrab olishi zarur. Bolalrning ko’pchiligi chet tillarni o’rganishga qishiqishadi. Ularning qishiqishlari, albatta, dars jarayonini tashkil etilishi va bolalarning bu dars jarayonida ma’lum muvaffaqqiyatga erisha olishi bilan bog’liqdir. Bu qiziqish yillar davomida birdek saqlanib qoladi deb zikr qilish- bu noto’g’ri, shu sababdan, pedagoglar bu haqida qayg’urishlari, ya’ni o’rgnuvchilar darsda quvonchga to’lib, muvaffaqqiyatlarga erishib qatnashishlarini ta’minlashi zarur. O’rganilayotgan mavzular ham, shu bilan birga savol-topshiriqlar ham o’rganuvchilar uchun ahamiyatli, qiziqarli va aktual bo’lsagina, dasrning mazmuni hamda maqsadi o’rganuvchilarga tushunarli va esda qolarli bo’ladi. Chet tili o’rganuvchilari chet tili ta’limida o’zga bir til, ma’daniyat bilan to’qnash keladilar. Shu sababdan, mashg’ulotlarda aynan o’sha chet tilga xos bo’lgan autentik materiallardan, o’sha madaniyatni yetkazib bera oladigan matn va dabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Adabiyotlar: 1. Мустафоева, С. С. Chet tillarni o’rganish va o’qitish: bolalar tillarni qanday o’rganishadi? / С. С. Мустафоева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 22 (260). — С. 685-686. — URL: 2. Kanton Aargou. Fremdsprachen Lernen und Lehren. Englisch an der Primarschule. Leipzig-2017. S.238–239. 3. Eine neue Aufgaben- und Leistungsbewertungskultur, U.Gibitz in:Neue Wege im Fremdsprachenunterricht am Beispiel des Rahmenplans für den Englischunterricht in der Orientierungsstufe, L. I. S. A. Schwerin 2001.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.