ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

CHIZMACHILIK FANININI O'QITISHNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH MASALALARI

Аннотация

Bu maqolada o'quvchining Сhizmachilik o'quv jarayonida egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko'nikmalaridan hissiy qoniqish va undan quvonish hissini hosil qilish lozim. Сhizmachilik o'quvchilarining fazoviy tasavvurlarini shakillantirishda juda katta imkoniyatlarga ega


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

CHIQISH MASALALARI

Qaraqalpoq Davlat universiteti

А.S.Arziev, S. Kalabaieva, A.Аytimuratov

Annotatsiya: Bu maqolada o'quvchining Сhizmachilik o'quv jarayonida egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko'nikmalaridan hissiy qoniqish va undan quvonish hissini hosil qilish lozim. Сhizmachilik o'quvchilarining fazoviy tasavvurlarini shakillantirishda juda katta imkoniyatlarga ega.

Kalit so'zlar: Texnologiya, interaktiv, fazoviy tassovur, metod.

Mamlakatimizda amal qilayotgan uziliksiz ta'lim tizimining barcha turlari uziliksizlik asosida uzviy aloqodorlikda faoliyat ko'rsatishi Kadrlar tayorlash milliy dasturining amaldagi ijrosining muhim shartlaridan biridir.

Umumta'lim maktablaridagi zamonaviy ta'lim maqsadi tarixan shakllanib kelgan pedagogik tizim asosida prfessional tomondan bilmli faol, ijodiy tomonidan mustakil shaxsni tarbiyalash uchun zamin yaratishdir.

Informatsion jamiyatga o'tishda o'quvchilarni mustaqil ishlashga o'rgatish o'ta muhim vazifaga aylanadi. Bu esa ta'lim modernizatsiya qilinayotgan sharoytda ta'limning zamonaviy texnologiyalarini tadbiq qilish, o'quvchilarda o'z ustida mustaqil ishlash madaniyatini tarbiyalash va talab qilinayotgan ta'lim sifatiga erishish uchun o'ta muhimdir.

Сhizmachilik fanini o'qitishni yangi bosqichga olib chiqishda har hil pedagogik o'yin texnologiyalaridan foydalanish muhim kasb etadi. Keyingi un yillikda pedagogik o'yin texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi un yillikda pedagogik uyin texnologiyalari amaliyotga yetarli darajada joriy qilindi. V.A.Krivova, L.M.Matrosova, T.M.Sorokina, S.L.Tiunnikovalar ilmiy izlanishlar etmoqga loyiq bo'lib, ularda o'yin texnologiyalari orqali o'quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishi, mustaqil ish olib borishning faollashuvi takidlanadi.

Keyingi yillarda ta'limning o'yinli shakli eng istiqbolli va eng muvaffaqiyotli yangilik bo'lib namayon bo'ldi. O'yin texnologiyalari o'quvchilarda maqsadga intilish, faollik, tezkorlik va tafakkur masuldorligi, mustahamlik, xotira tezkorligi, takomillashganlik va o'z kuchi, irodasiga ishonich tuyg'ulari shakillanishida muhim o'rin tutadi.

Ta'lim – tarbiya doirasidagi islohatlar asosida yangi ta'lim tizimiga o'tish uchun chizmachilik o'qituvchisi oldiga vazifalarni, muammolarni qo'ydi. Bunday dolzarb muammolar-chizmachilik fani o'qituvchisining bilmdonligini oshirish, uni texnologik va metodik jihatdan tayorlash muammolaridir. O'quvchilarni pedagogik, texnologik jihatdan tayorlash-aqliy rivojlanish, o'qitishni faollashtirish, texnologiya bilan qurollantirish, ta'lim berishning yangi usullarini izlash, ularni shu fanga qiziqtirish yo'llarini topish shu fan o'qituvchilarining ustuvor vazifalaridan biridir.

Kundan-kunga rivojlanib borayotgan hozirgi bosqich shuni taqazo etadiki, har bir pedagog zamonaviy yoshlarning dunyoqarashi va talabiga mos holda dars mashg'ulotlari o'tkazishni talab qilmoqda. Shu yulda olib borayotgan barcha tadqiqotlar ilg'or pedagogik g'oya va tajribalarni o'rganish va Сhizmachilik ta'lim tarbiya jarayoniga tadbiq qilish yo'llarini izlamoqda.

Yangi pedagogik texnologiyalar chizmachilik o'qituvchisidan o'z kasbiga doir bilimdonlik va yangilikka intilishni talab etadi. Pedagogik texnologiyalarni egallash uchun chizmachilik o'qituvchisi yo'qori kasbiy bilimdonlik va mohorotiga ega bo'lmog'i zarur. Bundan tashqari chizmachilik fanini o'qitish o'quvchilarning ijodiy qobilyotlari shakillanishga, grafik tayyorgarlik darajasi ortishiga va bu ularning chizmachilik kursi bilan o'zaro aloqador bo'lgan boshqa fanlarni o'zlashtirishga ijobiy ta'sir qiladi.

Bolalarning «o'tish davri» shvetsariyalik psixolog Jan Riaje (1876-1980) ning fikricha, ularda ob'ekt va umuman borliq haqida mavhum fikrlashning yetilishi bilan xarakterlanadi. Fikrlash faoliyatining murakkablashishi bola hayotining barcha tomonlariga, uning hissiyotiga ta'sir ko'rsatadi. Amerika psixologi Shrenli Xoll (1884- 1923) ta'dbiri bilan aytganda, mazkur davr bolaning ichki va tashqi ziddiyotlari kuchaygan davri bo'lib, unda o'ziga xoslik vijudga keladi. Boshqa bir Amerikalik psixolog Erik Eriksen (1902-1981) «Bolada o'z maqsadiga erishish yo'lida «ishbilarmonlik» va «ta'sirchanlik» sezgilari paydo bo'ladi. Bu yoshda mehnatga munosobatning asosi tarkib topadi» deydi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o'sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qoyilgan. Ushbu masalaning hal etuvchi ko'p jihatdan o'qitishning interaktiv metodlarini qo'llashga ham bog'liq.

Avvalo «interaktiv» tushunchasini aniqlashtirib olaylik. «Interaktiv» degan so'z iglizcha «Interact» so'zidan kelib chiqqan. «Inter» - o'zaro, «act» - ish ko'rmoq, ishlamoq degan ma'nolarni beradi. Interaktiv o'qitishning mohiyati o'quv jarayonini tashkil etishdan iboratki unda barcha o'quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo'lib erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo'ladilar.

O'yinli texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanishning asosini o'quvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.

O'yin olimlari tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o'qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.

O'quvchining Сhizmachilik o'quv jarayonida egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko'nikmalaridan hissiy qoniqish va undan quvonish hissini hosil qilish lozim. Сhizmachilik o'quvchilarining fazoviy tasavvurlarini shakillantirishda juda katta imkoniyatlarga ega. Fazoviy tasavvur va uni rivojlanishisiz chizmachilik dasturining asosiy mavzularini o'zlashtirish mumkin emas.

Сhizmachilik fanini o'qitishda yuqorida aytib o'tilgandek o'yin texnologiyalaridan va interaktiv o'qitish metodikasidan foydalanib dars olib borilsa o'quvchilar mavzu bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladi, mustaqil fikrlay olish qobiliyatlari oshadi, kelasi darsga tayyorlanibgina qolmasdan, ilmiy jihatdan o'z istedodlarini ko'rsatishga harakat qiladilar.

Adabiyotlar:

1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. //Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: Sharq. 1997.

2. Oripov V. Сhizmachilik darslari samaradorligini takomillashtirish yo'llari. T.: O'qituvchi, 1986.

3. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.T.: 2006.

4. Saydahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar.T.: 2003.

5. Karimov I, Seytimbetov S. Respublika ilmiy – amaliy anjumani materiallari. T.: 2015.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.