CHOʻLPON SHEʼRIYATIDA ISTIQLOL VA MA'RIFAT GʻOYALARI
Toʻyliyeva Sevara Erkin qizi
Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada XX asr oʻzbek adabiyotining zabardast namoyondalaridan biri,millat fidoyisi boʻlgan Abdulhamid Choʻlponning she'riyatida namoyon boʻlgan istiqlolparvarlik va ma'rifatparvarlik gʻoyalari tahlil qilinadi.Ozodlik,uygʻonish va milliy oʻzlikka qaytish gʻoyalari yoritiladi. Maqolada Choʻlpon sheʼriyati orqali milliy uygʻonish ruhining qanday ifodalanganiga e'tibor qaratiladi. “Goʻzal Turkiston”, “Bahorni sogʻindim”, “Xalq”, “Koʻngil” kabi she’rlar misolida Choʻlponning badiiy obrazlari, tarixiy haqiqatga munosabati va erkinlik ruhini tarannum etish mahorati koʻrsatib beriladi. Maqola Choʻlponning ijodida xalqni uygʻotish, milliy ongni shakllantirish, istiqlol va ma’naviy erkinlikni targʻib qilishga bo‘lgan intilishini yoritadi KALIT SOʻZLAR: Choʻlpon istiqlol, ma'rifat, uygʻonish, millat, ozodlik, she'riyat, jadidchilik, maʼrifatparvarlik, milliy istiqlol, oʻzbek sheʼriyati, erkinlik, ozodlik gʻoyasi, mustamlakachilik, shoirning missiyasi, millat ruhiyati, bahor timsoli, maʼnaviy uygʻonish. Kirish:
Oʻzbek adabiyotida millat ruhini,ozodlik istagini,va ma'rifatparvarlik ruhiyatini chuqur ifoda etgan ijodkorlardan biri - Choʻlpondir. U XX asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakatining yetuk vakili sifatida milliy istiqlol va ma'rifat gʻoyalarini she'riyatda kuchli badiiy obrazlar orqali ifodaladi.
Choʻlpon uchun she'r bu yurak ohangi, vijdon sadosi, xalq dardining ifodasidir. U soʻzda sehr yaratgan ijodkor.Uning "Buzilgan oʻlkaga" "Xalq" "Vijdon erki" singari she'rlarida faqat badiiy ifoda emas,balki oʻz davrining tarixiy va ijtimoiy haqiqatini aks ettirgan. Choʻlpon she'riyatining mohiyatini tushunish uchun ,avvalo, uning oʻtmishini, tarixini, shaxsiyatini chuqur anglash zarur. U jadid adabiyoti vakili sifatida xalqni uygʻotish, gʻanimlardan qutqarish yoʻlida milliy ongni oʻstirish va istiqlol sari yetaklashni asosiy burch deb bildi. Va bu yoʻldan faqat oldinga qadam tashladi. Qoʻrmasdan oʻz sheʼrlarida erkinlik, va ozodlik istagi, qullikga qarshi narozilik, mustamlakachilik zulmiga qarshi isyon ohangi yaqqol seziladi. Bu ohangni esa "Goʻzal Turkiston" she'rida ham koʻrishimiz mumkin. Ol bayrogʻingni qalbing uygʻonsin, Qullik asorat barchasi yonsin. Qur yangi davlat, yovlar oʻrtansin, Oʻsib Turkiston qadding koʻtarsin, Yayrab, yashnab oʻz vataning gul bogʻlarida.
Bu misralarda shoir millatni uygʻonishga, oʻzligiga qaytishga da'vat etadi. Choʻlponning istiqlol gʻoyasi nafaqat siyosiy ozodlik, balki ruhiy, ma'naviy erkinlikni ham oʻz ichiga oladi.
Choʻlpon jadid ma'rifatining faol shaxslaridan biri edi.U xalqni jaholatdan, e'tiqodsizlikdan, ma'naviy qullikdan qutqarishning yagona yoʻli - bu ilm, ma'rifat va erkin hayot deb bilgan. Kuz qoʻynida turgan shoir "Bahorni sogʻindim" deydi. Bahor shunchaki fasilgina emas, balki majoziy ma'no ham kasb etadi. Shoir uchun mustamlakachilik davri goʻyo kuz izgʻirin kabi boʻlsa, bahor istiqlol va porloq istiqbol haqidagi yaxshi niyatlani anglatadi. "Bahorni sogʻindim" Bahorni sogʻindim, bahorni... Koʻrganda yerlar, olamlar toʻla qorni. Qor...qorZaharli ninalar kabi Koʻzlarga qarab oqar... Qaydasiz, qaydasiz Latif siynalar kabi Dalalarga singgan bahor?
Ushbu sheʼrdan ham shoir oʻz his tuygʻularini toʻkib yozganiga guvoh boʻldik. "Xalq" she'rida shoirning yurt ozodligi haqidagi yorugʻ oʻylari ham oʻz ifodasini topgan. Xalq istagi - ozod boʻlsin bu oʻlka, Ketsin uning boshidan koʻlanka. Bir qoʻzgʻalur, bir koʻpirar, bir qaynar, Bir intilur, bir hovliqar, bir oʻynar. Yoʻqlikni-da ochlikni-da yoʻq etar, Oʻz yurtini har narsaga toʻq etar...
Bu misralarda shoir nafaqat shaxsiy kechinmalarni, balki milliy orzularni aks ettirgan. Bu Choʻlpon she'riyatining asosiy ruhini tashkil etadi. Xalqni uygʻotish, unga yoʻl koʻrsatish, va ozodlik sari yetaklashdir. "Koʻngil" she'ri ushbu she'r Choʻlponning otashin ruhi aks etgan. U koʻngilga qarata murojaat qilib, oʻzini qiynayotgan barcha savollarni beradi, dil dardlarini bayon etadi hamda uni hamisha ozod va hur boʻlib qolishga chorlaydi. Koʻngil, sen munchalar nega Kishanlar birla doʻstlashding? Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding? Choʻlpon oʻz she'rlari va harakatlari bilan soʻngi nafasigacha xalqni hurlikka, ozodlikka da'vat etdi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam Choʻlponning she'riyatida istiqlol va ma'rifat gʻoyalari chuqur aks etgan. U faqat shoir emas, balki millatning fidoyisi, azob-uqubatlarda ham orzu bilan yashagan ruhiy yetakchidir. Uning sheʼrlari bugun ham Oʻzbek yuragida vatan, til, millat va ozodlik haqidagi tuygʻularni uygʻotishda davom etmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.Abdulhamid CHoʻlpon Binafsha Toshkent "Adabiyot" 2021 2.Quronov D." Ilk avval koʻzimni ishq bilan ochdim... ."/ CHoʻlpon.SHe'rlar.- T.: Akademiknashr, 2021 3.Ozod Sharafiddinov CHoʻlponni anglash Toshkent "Yozuvchi" nashriyoti 1994 4.Bahodir Karimov. CHoʻlpon va tanqid. Adabiyot 2004
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.