ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

“DEMOGRAFIK O`ZGARISHLAR TAHLILI”

Аннотация

: Demografik o‘zgarishlarning jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Aholining tabiiy harakati, tug‘ilish va o‘lim darajasi, migratsiya jarayonlari, yosh tarkibining o‘zgarishi hamda urbanizatsiya jarayonlari asosiy tahlil obyekti sifatida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, demografik jarayonlar mehnat bozorining shakllanishi, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, ijtimoiy infratuzilma va bandlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

“DEMOGRAFIK O`ZGARISHLAR TAHLILI”

Ibragimova Gavhar Shuxrat qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti Annotatsiya: Demografik o‘zgarishlarning jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Aholining tabiiy harakati, tug‘ilish va o‘lim darajasi, migratsiya jarayonlari, yosh tarkibining o‘zgarishi hamda urbanizatsiya jarayonlari asosiy tahlil obyekti sifatida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, demografik jarayonlar mehnat bozorining shakllanishi, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, ijtimoiy infratuzilma va bandlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shu bois, demografik o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilish va ular asosida iqtisodiy siyosatni shakllantirish dolzarb masalalardan biri sifatida baholangan. Kalit so`zlar: demografik o‘zgarish, tabiiy o‘sish, migratsiya, yosh tarkibi, urbanizatsiya, mehnat bozori, iqtisodiy o‘sish.

Kirish Demografiya (qadimgi yunoncha: δῆμος - demos — xalq va γράφω - grafiya) — har yili turli sabablarga koʻra vafot etgan aholi oʻrnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga toʻldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bogʻlik holda oʻrganadigan fan. Demografik omil jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, u aholining soni, tarkibi va hududiy taqsimoti orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni belgilaydi. Zamonaviy davrda demografik jarayonlarning global miqyosda o‘zgarishi ko‘plab davlatlar uchun asosiy muammolardan biri sifatida qaralmoqda. Tug‘ilish darajasining pasayishi, aholining keksayishi, migratsiya oqimlarining kuchayishi, urbanizatsiya va hududiy nomutanosibliklar nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki mehnat bozori, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy infratuzilma tizimlariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni mohiyatan ijtimoiy ishlab chiqarish hisoblanadi. Unda mehnat predmetlari, mehnat qurollari, ishchi kuchi va boshqa omillar ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Ishchi kuchining takror hosil qilinishi, ularning sifat va miqdor jihatidan shakllanishi ham demografik jarayonlarga bog‘liqdir. Shuning uchun demografik o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilish ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini baholashda muhim metodologik asosdir. Demografik jarayonlarning iqtisodiyotga ta’siri qadimdan iqtisodiy tafakkur markazida bo‘lgan. T. Maltus aholining haddan tashqari tez o‘sishi resurslar tanqisligiga olib kelishini ta’kidlagan bo‘lsa, zamonaviy olimlar bu jarayonni “demografik dividend” nuqtai nazaridan baholaydilar. Masalan, D. Blum va D. Kennig (2010) yosh aholining mehnat bozoriga kirib kelishi iqtisodiy o‘sishga kuchli turtki berishi mumkinligini ko‘rsatgan. Lee va Mason (2017) esa, aholining keksayib borishini iqtisodiy o‘sishga xavf sifatida ko‘rib, uni moliyaviy bosim (pensiya va tibbiy xarajatlarning ortishi) bilan izohlagan. Jahon banki (2020) va BMT (2021) hisobotlarida migratsiya oqimlarining global mehnat bozorini shakllantirishdagi roli alohida ta’kidlangan. O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlarda (Shodmonov, 2010; Mambetjonov, 2015) ishchi kuchi resurslarining sifat jihatlari, bandlik darajasi va demografik jarayonlarning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri yoritilgan. Ushbu ilmiy manbalar demografik o‘zgarishlarning ko‘p qirrali xususiyatini va ularning iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Nikohga kirish natijasida, oilalar soni oshib boradi, yolg’izlar, bo’ydoqlar soni esa kamayadi. Nikohning bekor etilishi, ya’ni, ajralish jarayoni esa aholi tarkibida tugalmas oilalarning va bevalar salmog’ining ko’payishiga sabab bo’ladi. Inson dunyoga kelar ekan ma’lum davr yashaydi. Ana shu davr moboynida u ulg’ayib boradi. Go’daklik davridan bolalikka, o’smirlik, yoshlik o’rta yoshlik, yetuklik davrlariga o’tadi. Har bir o’quv yili tugashi bilan aholi tarkibida ma’lumotlilar soni oshib boradi. Ana shu tarzda shaxs hayotidagi o’zgarishlar aholi guruhidagi o’zgarishlarga olib keladi. Insonlarning bir xududdan ikkinchi bir xududga ko’chib o’tishi migratsiya, ushbu hududlar aholi soniga va tarkibiga ta’sir etadi. Aholining takror barpo bo’lishi qonuniyatlarni o’rganar ekan, demografiya bir qator ilmiy yo’nalishlarga bo’linadi va bu yo’nalishlar demografiya fanlari tizimini tashkil etadi. Ularga

Aholining takror

barpo bo’lishi

natijasida

quyidagilari

muntazam

o’zgarib turadi

aholi soni yosh jinsiy tarkibi

nazariy

demografiya

demografik

statistika

tarixiy

demografiya

hududiy

demografiya

iqtisodiy

demografiya

etnik demografiya tahliliy

demografiya

amaliy demografik

tadqiqotlar kiradi. Tadqiqot quyidagi metodlarga asoslanadi: 1. Statistik tahlil – tug‘ilish, o‘lim, tabiiy o‘sish va migratsiya ko‘rsatkichlari asosida demografik jarayonlar tahlil qilindi. 2. Qiyosiy tahlil – yosh aholisi ko‘p bo‘lgan va aholisi keksayib borayotgan hududlar o‘rtasida demografik tafovutlar taqqoslandi. 3. Nazariy yondashuv – iqtisodiyot nazariyasi va demografik modellar asosida ishchi kuchi takror ishlab chiqarilishi, bandlik va migratsiya jarayonlari tahlil qilindi. 4. Sifat tahlili – BMT, Jahon banki va milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida xalqaro tajribalar o‘rganildi. 1. Aholining tabiiy harakati Aholining tabiiy o‘sishi tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari orqali belgilanadi. Tug‘ilish darajasi pasaygan davlatlarda aholining keksayishi jadallashmoqda. O‘lim darajasi kamayishi va umr ko‘rish davomiyligining uzayishi esa aholining tarkibiy o‘zgarishiga olib kelmoqda. 2. Ishchi kuchining miqdoriy va sifat jihatlari • Miqdoriy jihat: Ishchi kuchi resurslari mamlakat aholisining mehnatga layoqatli qismini tashkil etadi. Odatda 16–60 yoshdagi erkaklar va 16–55 yoshdagi ayollar asosiy mehnat resurslari hisoblanadi. • Sifat jihat: Ishchi kuchining malaka, ta’lim darajasi, kasbiy tayyorgarlik va mehnat tajribasi uning iqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Fan-texnika taraqqiyoti ishchi kuchi sifatiga bo‘lgan talabni keskin oshirmoqda. 3. Migratsiya jarayonlari Migratsiya ichki va tashqi shakllarda bo‘ladi. Ichki migratsiya ko‘proq qishloqdan shahar hududlariga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tashqi migratsiya mehnat resurslarining boshqa mamlakatlarga oqimini bildiradi. • Ijobiy ta’sir: Migratsiya mehnat resurslarining samarali taqsimlanishini ta’minlaydi, xorijiy tajriba va pul o‘tkazmalari iqtisodiy barqarorlikka hissa qo‘shadi. • Salbiy ta’sir: Mehnat migratsiyasi ayrim hududlarda ishchi kuchi tanqisligiga, bilimli kadrlarning chiqib ketishiga olib keladi. 4. Urbanizatsiya va hududiy tafovutlar Yirik shaharlarda aholining to‘planishi infratuzilmaga bosim o‘tkazmoqda, qishloq hududlarida esa depopulyatsiya kuzatilmoqda. Bu esa mehnat bozorida hududiy nomutanosibliklarni kuchaytiradi. 5. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir Demografik dividend davrida yosh aholining ko‘pligi iqtisodiy o‘sishni jadallashtiradi. Biroq aholining keksayib borishi, tug‘ilishning pasayishi va migratsiya oqimlarining notekis taqsimlanishi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirishi mumkin. Demografik o‘zgarishlar jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ishchi kuchi resurslarining miqdoriy va sifat jihatdan takror ishlab chiqarilishi, migratsiya va urbanizatsiya jarayonlari hamda yosh tarkibining o‘zgarishi mintaqaviy iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilab beradi. Shuning uchun demografik jarayonlarni chuqur tahlil qilish va ular asosida davlat siyosatini shakllantirish zarur. Aholining tabiiy o‘sishi, migratsiya oqimlari va mehnat resurslarining sifatini boshqarishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan stanok — bu o‘tgan davrlarda to‘plangan buyumlashgan mehnatning mahsuli bo‘lsa, uning yordamida yaratilgan mahsulot esa birbiri bilan kooperatsiya qilgan ishchi kuchi mehnatining natijasidir. Bu jarayon ijtimoiy ishlab chiqarishning ko‘p qirrali xususiyatini ifodalaydi. Shu nuqtai nazardan, ishchi kuchi takror hosil qilinishi, uning miqdoriy va sifat jihatlari, migratsiya oqimlari va aholining tabiiy o‘sishi masalalari mehnat bozorini shakllantiruvchi asosiy omillar sifatida maydonga chiqadi. Aynan demografik jarayonlarni hisobga olmasdan turib, mintaqaviy iqtisodiy siyosatni samarali tashkil etish mumkin emas. Adabiyotlar sharhi Jahon iqtisodiy tafakkurida aholining o‘sishi va demografik jarayonlarning iqtisodiyotga ta’siri doimo dolzarb bo‘lib kelgan. T. Maltus aholining tez o‘sishini iqtisodiy resurslar yetishmovchiligi bilan bog‘lagan. Ammo keyinchalik, D. Blum va D. Kennig kabi olimlar “demografik dividend” nazariyasini ilgari surib, yosh aholining mehnatga kirib kelishi iqtisodiy o‘sishga kuchli turtki berishini ko‘rsatganlar. Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasida ishchi kuchi takror ishlab chiqarilishi jarayoni nafaqat moddiy-ashyoviy omillar, balki inson omili bilan ham chambarchas bog‘liqligi ta’kidlanadi (Samuelson, Nordhaus, 2015; Mankiw, 2016). Fan-texnika taraqqiyotining tezlashishi ishchi kuchining sifati, ya’ni malaka va bilim darajasiga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirmoqda. O‘zbek olimlari ham bu borada o‘z tadqiqotlarini olib borganlar. Masalan, Sh. Shodmonov va Q. Mambetjonovning asarlarida demografik o‘zgarishlarning ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Metodologiya Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: 1. Nazariy tahlil — iqtisodiyot nazariyasi, mehnat bozori va demografiya bo‘yicha klassik va zamonaviy adabiyotlar tahlil qilindi. 2. Statistik tahlil — tug‘ilish, o‘lim, tabiiy o‘sish koeffitsiyentlari, migratsiya oqimlari va mehnat resurslari miqdori bo‘yicha mavjud ma’lumotlardan foydalanildi. 3. Qiyosiy yondashuv — turli hududlarda demografik jarayonlarning mehnat bozori va iqtisodiy o‘sishga ta’siri solishtirildi. Natijalar Tadqiqot natijalariga ko‘ra: 1. Ishchi kuchining takror hosil qilinishi – faqat jismoniy ehtiyojlar (ovqatlanish, kiyinish, dam olish) emas, balki oilaning mavjudligi, ta’lim va madaniyat tizimlari orqali ham ta’minlanadi. Bu jarayon mehnat bozoriga yangi avlod ishchi kuchining kirib kelishini kafolatlaydi. 2. Ishchi kuchining miqdoriy jihati – mamlakat mehnat resurslari tarkibi, ya’ni 16– 60 yoshli erkaklar va 16–55 yoshli ayollar ulushi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, pensionerlarning ham faoliyat yuritishi mumkinligi resurslarni kengaytiradi. 3. Ishchi kuchining sifati – fan-texnika taraqqiyoti sharoitida malaka, kasbiy tayyorgarlik va bilim darajasi iqtisodiy samaradorlikni belgilovchi asosiy omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. 4. Migratsiya jarayonlari – ichki va tashqi migratsiya mehnat resurslarini qayta taqsimlashda muhim rol o‘ynaydi. Mavsumiy va tebranuvchi migratsiya ishlab chiqarish jarayonida vaqtinchalik bo‘shliqlarni to‘ldirsa, to‘liq migratsiya hududlararo resurs taqsimotini tubdan o‘zgartiradi. 5. Bandlik darajasi – ishchi kuchi resurslarining faqat faol qismini iqtisodiyotda samarali band etish mumkin. Bunda to‘liq bandlik mutlaq ma’noda emas, balki samaradorlik va oqilona taqsimot bilan bog‘liq holda qaraladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni xalqaro darajada va mamlakat ichida ro‘y berishi mumkin. Davlatlar o‘rtasida ro‘y bergan migratsiya tashqi migratsiya deyiladi. Bir mamlakat ichida ro‘y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: 1) tugal migratsiya - aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq migratsiya; 2) tebranuvchi migratsiya - ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘liq migratsiya; 3) mavsumiy migratsiya - mavsumiy ish faoliyati bilan bog‘liq migratsiya; 4) tasodifiy migratsiya - ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya. Munozara Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, demografik jarayonlar iqtisodiyotga ikki tomonlama ta’sir qiladi: • Ijobiy ta’sir: yosh aholining mehnat bozoriga kirib kelishi yangi imkoniyatlar yaratadi, iqtisodiy o‘sishni jadallashtiradi. • Salbiy ta’sir: tug‘ilish darajasining pasayishi, aholining keksayishi va migratsiya oqimlari hududiy mehnat resurslarida nomutanosiblikni kuchaytiradi. Shu sababli, davlat siyosatida ishchi kuchi sifatini oshirish, malakali kadrlarni tayyorlash, migratsiya oqimlarini boshqarish va hududiy bandlik dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Demografik omilning o‘zgarib borishi mintaqaviy mehnat bozori va iqtisodiy o‘sish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ishchi kuchi resurslarining miqdoriy va sifat jihatdan takror ishlab chiqarilishi, migratsiya jarayonlari va bandlik darajasi hududiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Kelajakda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun: • demografik jarayonlarni hisobga olgan holda hududiy mehnat siyosatini shakllantirish, • ishchi kuchining sifatini oshirish, • hududiy migratsiya oqimlarini muvofiqlashtirish, • inson kapitaliga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bloom, D. & Canning, D. (2010). The Demographic Dividend: New Perspectives on Economic Growth. Population Matters Journal.

2. Lee, R. & Mason, A. (2017). Population Aging and the Generational Economy. Edward Elgar Publishing.

3. Jahon banki (2020). Demografik tendensiyalar va mehnat bozori oqibatlari. Vashington.

4. BMT Taraqqiyot Dasturi (2021). Mintaqaviy demografiya va rivojlanish bo‘yicha hisobot. Nyu-York.

5. McConnell, Brue (2014). Economics. 17th edition. McGraw-Hill/Irwin,

USA.

6. Mankiw, N.G. (2016). Principles of Economics. 7th edition. Amazon, USA.

7. Samuelson, P. A., Nordhaus, W. D. (2015). Economics. 19th edition. McGraw-Hill, USA.

8. Шодмонов Ш.Ш., Ғофуров У.В. (2010). Иқтисодиёт назарияси. Дарслик. – Т.: Iqtisod-moliya.

9. Мамбетжанов Қ.Қ. (2015). Ижтимоий-иқтисодий тараққиёт назарияси. – Т.: ТДИУ.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.