ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Dinning ijtimoiy, ahloqiy funksiyalarining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri

Аннотация

Ushbu maqolada axloq va iymon tushunchalariga doir muhim masalalarning ilmiy nazariy va  jamiyatda tutgan  o`rni  falsafiy jihatdan  tahlil  qilingan. Shuningdek, axloq falsafasining milliy va umumbashariy ahamiyati shaxsni har tomonlama tarbiyalashda axloq va iymon tushunchalarining o`rni masalalariga yangicha yondashishga urinilgan. Bu maqolada ko‘proq din  qanday  ta’sir ko‘rsatishi haqida aytib o‘tilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Dinning ijtimoiy, ahloqiy funksiyalarining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injiniringi fakulteti KI 23.03-guruh talabasi

Masharipov Xasan

Ilmiy rahbar: Falsafa fanlari doktori Samadov Xurshid

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada axloq va iymon tushunchalariga doir muhim masalalarning ilmiy nazariy va jamiyatda tutgan o`rni falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, axloq falsafasining milliy va umumbashariy ahamiyati shaxsni har tomonlama tarbiyalashda axloq va iymon tushunchalarining o`rni masalalariga yangicha yondashishga urinilgan. Bu maqolada ko‘proq din qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida aytib o‘tilgan.

Kalit so`zlar:

Din, axloq, iymon, huquq, qadriyat, jamiyat, aql, davr, globallashuv.

ABSTRACT

This paper provides a philosophical analysis of the most important issues concerning the concepts of morality and faith, their role in scientific theory and society. An attempt was also made to approach the issues of the national and universal significance of moral philosophy, the role of the concepts of morality and faith in the comprehensive education of the individual in a new way.

Keywords:

Religion, morality, faith, law, value, society, reason, epoch.

Din (arabcha: دي ن – „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir[1]; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi.

Barcha patriarxal dinlar bir gʻoyani ilgari surishadi: olam va odamlarni ikkiga, biri muqaddas, boshqasi kufr boʻlgan qismlarga boʻlish. Din odatda hech kim tomonidan kuzatilmaydigan va aniqlanmaydigan, gʻayritabiiy, muqaddas, eng yuqori shaxs yoki mavjudotga fokuslangan oʻzak eʼtiqod ustiga qurilgan ijtimoiy tizim, deb ham taʼriflanadi. An’analar, qadriyatlar, institutlar, rituallar va diniy matnlar oʻzak eʼtiqod bilan bogʻliq koʻriladi, va bulardan baʼzilari sekyular falsafa bilan mos tushmasligi mumkin. Dinni shuningdek „turmush tarzi“ ham deyishadi.\

„Din“ soʻzini baʼzi hollarda „e’tiqod“ maʼnosida ham qoʻllashadi, lekin bu emas.

Din – xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, din – Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qaudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.

Dinshunoslik - dinlar tarixi, ular bilan bog'liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish obyektiga ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning e’tiqodi, qaysi dinga mansubligiga qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri “tarix otasi” nomini olga nGerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish o‘rta asr Yevropasida ham mavjud bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning e’tiborini jalb qilmaslik va ularni boshqa dinlarga kirib ketmasliklarini ta’minlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash orqali ularga yondashishni ma’qul deb topganlar.

Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha – din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir.

Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir.

Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy – tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat – ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa – da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Darhaqiqat, «dunyoda dini, ishonchi, ehtiqodi bo’lmagan xalq, elat, millat yo’q. Chunki biron – bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror – bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Shuning uchun har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy va ko’pgina boshqa vazifalarini bajaradi.

Dinning funksiyalari hozirgi dinshunoslik fanida juda keng turli konsepsiyalarga ko’rsatiladi. Din kishilar hayotida o’z qavmlari uchun to’ldiruvchi, ovutuvchi (kopensatorlik) funksiyani bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj paydo bo’lib turadi. U o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat, o’zga insonlar bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy ehtiyoji, maqsadlariga yetishishi ilojsiz bo’lib qolganda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezadi.

Xulosa qilib aytganda inson hayotida dinning qanchalar yuqori o‘rin egallagani ,ta’lim , tarbiya masalalaridagi biqiyos o‘rni haqida gapirishimiz mumkin . Din biz uchun juda mhim o‘rin egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Din

2. https://moturidiy.uz/oz/news/518

3. https://sammuslim.uz/oz/articles/diniy-va-dunyoviy-bilimlaruygunligi?print=on

4. https://uniwork.buxdu.uz/resurs/12556_1_35F3DD02C863916D046B5E C40CFB0B09897E729C.pdf

5. https://kun.uz/uz/71643641

6. https://religions.uz/uz/news/detail?id=145v

7. https://religions.uz/uz/news/detail?id=405&sa=X&ved=2ahUKEwjKj73

n1Y_nAhUHLVAKHaIZAIEQFjAEegQICBAB

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.