--⊱⊱ 341 ⊰⊰--
NAZARIY ASOSLARI
Zakirov Alisher Akbarovich, Razoqova Hosilaoy Anvarovna
MTTDMQTMO instituti
MTTDMQTMO instituti
1-kurs tayanch doktoranti
Anotatsiya. Ushbu maqolada dual ta’limning paydo bo’lishi, mazmun mohiyati, dual ta’limni joriy etishning huquqiy asoslari yoritilgan. Dual ta’limni joriy etishda tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’z: duallik, dualism, dual ta’lim, kompetensiya, kasbiy kompetensiya, takomillashtirish.
Annotation. This article covers the emergence of dual education, the essence of its content, the legal basis for the introduction of dual education. Information is provided on the theoretical foundations of the development of professional competence of educators in the implementation of dual education.
Keywords: duality, dualism, dual education, competence, professional competence, improvement.
Аннотatsiя: В статье рассматриваются вопросы возникновения дуального образования, его содержание, правовые основы внедрения дуального образования. Представлена информatsiя о теоретических основах развития профессиональной компетентности педагогов в условиях реализatsiи дуального образования.
Ключевые слова: дуальность, дуализм, дуальное образование, компетентность, профессиональная компетентность, совершенствование.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida “...zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish” masalalari belgilab berilganligi, maktabgacha ta’lim tizimini uzluksiz ta’limning boshlang‘ich shakli sifatida e’tirof etilganligi, tizimga nisbatan qo‘yilgan vazifalarning bajarilishida alohida ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratish lozimligini belgilaydi [1]
Hozirgi zamon talablariga ko’ra kadrlardan o’z sohasini chuqur bilishi, amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi, yangiliklarni muntazam o’rganib borishi, kompyuter va internet texnologiyalaridan samarali foydalanishi, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lishi talab etiladi.
Dual ta’lim tizimi ilk bor Germaniyada XIX asrda paydo bo‘lib, sanoat inqilobi davrida keng rivojlandi. O‘sha davrda fabrikalar va zavodlar malakali ishchilarga ehtiyoj sezgan va shu sababli o‘quvchilarni nazariy ta’lim bilan bir qatorda ishlab chiqarishda ham ishtirok etishga yo‘naltirishgan. Keyinchalik bu tajriba Shveysariya, Avstriya va Skandinaviya davlatlarida ham keng tarqaldi. XX asrning o‘rtalarida AQSh va Buyuk Britaniya kabi davlatlarda dual ta’lim elementlari oliy ta’lim dasturlariga kiritila boshlandi. Bugungi kunda dual ta’lim Yevropa Ittifoqi, Osiyo, AQSh va boshqa ko‘plab davlatlarda muvaffaqiyatli joriy etilgan. Masalan, Germaniya va Shveysariyada ushbu tizim
--⊱⊱ 342 ⊰⊰-- o‘quvchilarning mehnat bozoriga tayyorlanishida muhim rol o‘ynaydi. Janubiy Koreya, Xitoy va Singapur kabi davlatlar esa zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan dual ta’lim dasturlarini yaratgan [2]
Ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2020-yil 23-sentyabrda ta’lim to’g’risidagi qonun qabul qilindi. Xususan, ushbu qonunda ta’lim olish tizimi, turlari va shakllari alohida e’tirof etildi. Jumladan, ushbu qonuning 17-moddasida, Dual ta’lim- ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim ,ko’nikma, malakalarni olishga qaratilgan bo’lib, ta’lim olishning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchilarning ish joylarida amalga oshirilishi belgilab berildi.
“Dualizm”, “duallik”, “ikkilik” (lotincha dualis — qoʻsh) atamalari bilimning turli sohalari (falsafa, siyosatshunoslik, iqtisod, ijtimoiy va tabiiy fanlar)da keng qoʻllaniladi. Taʼlim sohasida esa dual taʼlim — taʼlim muassasasi va korxonadagi taʼlimni birlashtirish deya taʼriflanadi. [3]
Dual ta’limning mohiyati: Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, ishlab chiqaruvchilarning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi, talabalarning kompetensiyasini rivojlanishini ta’minlovchi yondashuv hisoblanadi. Dual ta’lim bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlash, ta’lim tizimini zamon talablariga uyg’unlashtirish, talaba o’qish davridayoq ish tajriba ega bo’lish imkonini beradi.
Jahonda sodir bo‘layotgan o'zgarishlarning ijobiy tomonlarini hisobga olib hayotga tatbiq qilish bizning ochiq siyosatimizdir. Bu borada hamkorlikning o'rni muhim. Kadrlar tayyorlashda eng avvalo, so’nggi paytlarda bizning hayotimizga kirib kelayotgan mehnat bozori talablari tushunchasini hisobga olish muhim o‘ringa ega. Mehnat bozori xalq xo'jaligining turli sohalari uchun malakali kadrlarni talab qiladi. Unda oddiy mutaxassisdan, to yirik tashkilotchi rahbarlargacha barchasi uchun talab o'zi egallab turgan lavozimiga mos malakaga ega bo‘lishi hisoblanadi. Kasbiy malakaga ega bois respublikamizda o'rta maxsus. kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim . oliy ta'limdan keyingi ta'lim va malaka oshirish orqali amalga oshiriladi. Mamlakatimiz mustaqilligi fuqarolarimizga o'zining malakasini oshirishga, faqatgina, respublikamiz hududida emas. balki jahonning barcha joylaridagi ta'lim muassasalarida xalqaro hamkorlik orqali erishish imkoniyatini yaratib berdi [4]
Dual ta’lim zamonaviy iqtisodiyot talab etayotgan kasbiy malaka va ko’nikmaga ega, mustaqil fikrlay oladigan va mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlay oladigan zamonaviy ta’lim shaklidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017, 6-son, 70-modda.
2. A.I. Avazboyev, Y.U. Ismadiyarov-“Kasbiy pedagogika”, Toshkent – 2014. b-221
3. Botir Usmonov. Dual taʼlim: nazariya va amaliyot uygʻunligi. https://edujournal.uz/868/
4.Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number
6, 2019. ISSN 2056-5852
5.Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearcheISSN:2771- 2141Pages:152-158|Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02-23 Published Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.