KIRISH: bugungi globallashuv va raqamli axborot makoni jadal rivojlanayotgan sharoitda ekologik muammolar va ularning huquqiy jihatlari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari jamiyatda ekologik va huquqiy madaniyatni yuksaltirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. mazkur jarayonda axborot siyosati muhim vosita sifatida namoyon bo‘lib, aholining ekologik ongini shakllantirish va huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi — ekologik va huquqiy madaniyatni rivojlantirishda axborot siyosatining o‘rnini nazariy jihatdan tahlil qilish va uning amaliy ahamiyatini asoslashdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda huquqiy hujjatlar, ekologik siyosat konsepsiyalari, axborot-kommunikatsiya vositalari va ijtimoiy tahlil metodlari qo‘llanildi. qiyosiy va nazariy tahlil asosida ekologik ong va huquqiy madaniyat shakllanishi o‘rganildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: natijalar shuni ko‘rsatdiki, axborot siyosati ekologik muammolarni yoritishda va aholining huquqiy ongini oshirishda samarali vosita hisoblanadi. ekologik va huquqiy madaniyat uyg‘unligi jamiyatda barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. XULOSA: axborot siyosati ekologik va huquqiy madaniyatni rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u aholining ongini shakllantirish, huquqiy bilimlarini kengaytirish va ekologik xavfsizlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.
INTRODUCTION: in the context of globalization and the rapid development of the digital information space, environmental issues and their legal aspects are becoming increasingly significant. protecting the environment, rational use of natural resources, and ensuring ecological security highlight the need to enhance ecological and legal culture in society. in this process, information policy serves as an important tool for shaping ecological awareness and improving legal knowledge among the population. PURPOSE: the aim of the study is to theoretically analyze the role of information policy in the development of ecological and legal culture. MATERIALS AND METHODS: the study employed legal documents, ecological policy concepts, information and communication tools, and social analysis methods. comparative and theoretical analysis was conducted to examine the formation of ecological awareness and legal culture. RESULTS AND DISCUSSION: findings indicate that information policy is an effective instrument for addressing environmental issues and raising legal awareness among citizens. the integration of ecological and legal culture contributes to sustainable development and ecological security. CONCLUSION: information policy plays a strategic role in developing ecological and legal culture, shaping public awareness, expanding legal knowledge, and strengthening ecological security.