USULLARI
M.Hazratqulov SamDU dotsenti
H.Boltayeva o‘qituvchi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida Erkin Vohidov dostonlari asosida insho tashkil etishning ilmiy metod va uausllari ko’rsatib berilgan. Shuningdek, inshoni tashkil etish bo’yicha kerakli zaruriy xulosa va tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: bayon, insho, fikr, reja, dalil, xulosa, analiz, obraz.
МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ ЭССЕ НА ОСНОВЕ СВОБОДНОГО
ВАХИДОВСКОГО ЭПОСА
АННОТАЦИЯ
В данной статье показаны научные методы и причины создания сочинения по мотивам эпоса Эркина Вахидова в общеобразовательных школах. Также даются необходимые выводы и рекомендации по организации реферата.
Ключевые слова: высказывание, эссе, мнение, план, доказательство, вывод, анализ, образ.
METHODS OF ORGANIZING AN ESSAY ON THE BASIS OF FREE
VAHIDOV EPIC
ANNOTATION
This article shows the scientific methods and reasons for creating an essay based on Erkin Vahidov's epics in secondary schools. Also, necessary conclusions and recommendations on the organization of the essay are given.
Key words: statement, essay, opinion, plan, evidence, conclusion, analysis, image.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim davridan boshlab kichik matnlar yaratish, o‘quvchilarning ijodkorlik bo‘yicha ko‘nikmalari keyinchalik yuqori sinflarga o‘tgach, esse yozish, umuman olganda o‘quvchining ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish ona tili, adabiyot fanining asosiy vazifalaridan biriga aylanib boryapti.
O‘quvchilarning erkin fikr bildirishlari, o‘z ichidagilarini bayon qila olishining asosiy shartlaridan biri ularga qiziqtirgan mavzularida yozish imkonini berishdir. Bunday paytda o‘qituvchi bir nechta qiziqarli mavzularni doskaga yozib, o‘quvchilarga tanlash imkonini berish ham samarali hisoblanadi. Hozirgi kunda quyidagi mavzularni tavsiya etish mumkin: “Hayotning men anglagan tomonlari”, “Vaqt – eng bebaho boyligimiz”, “Yaxshilik qilish inson ziynati”, “Mening odamlarga aytadigan gaplarim”, “Yer yuziga tinchlik o‘rnataman”, “Tinchlik – eng oliy ne’mat”, “Dunyoni o‘zgartirgan odamlar”, “Mening sevimli multiqahramonim”, “Mening sevimli kitobim”, “Inson qalbi – mo‘jizalar makoni”, “Men yoqtirgan adabiy qahramon”, “Hayot qiyinchiliklarini yenga olaman”, “Vatanimiz kelajagi mening tasavvurimda”, “Universitet talabasiman”, “Hayotimdagi eng asosiy vazifam”, “Mening hayotdagi qahramonim”, “Kelajakka maktub” va h.o.
Adabiy asarlar asosida insho yozish lozim bo‘lganda o‘qituvchining asar yuzasidan darsni to‘liq tashkil eta olishi o‘quvchilarning insho yozish imkoniyatini paydo qila oladi. Erkin Vohidovning “Jaholat to‘g‘risida rivoyat” she’ri asosida yozilajak iinshoni quyidagicha tashkil etish mumkin:
1.Tashkiliy qismda adabiyot olami, so‘z qudrati haqida, adabiyot hayotni o‘zida aks ettiruvchi oinai-jahon ekanligini misollar asosida ta’kidlab o‘tiladi. “Keys-stadi” texnologiyasi asosida “Jaholat nima? Unga qarshi qanday kurashmoq kerak?” mavzusida muammo qo‘yiladi. Talabalar muammo ustida ishlaydilar.
Savol: Buyuk olim va shoh Mirzo Ulug‘bekka xoinlik qilganlar qanday jaholat kishilari edilar? O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning:
Do‘stlar, ko‘kda yulduzlar emas,
U Ulug‘bek ko‘zidagi yosh.
“Keys-stadi” metodi asosida misralarni tahlil etish, mulohazalash o‘quvchilarning doston g‘oyasini yanada chuqurroq anglashlariga yordam beradi.
2.Yangi mavzuni tushunishga tayyorlash. Muhokama-munozara metodi. Bunda dostondagi asar syujetini ochib beruvchi misralar yuzasidan munozara o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi va ularga muhokama uchun savollar beriladi:
1-savol:
Rivoj topmish sohib hikmat,
Donish, mehnat, madadkor.
Ammo qayda bo‘lsa shuhrat
Yonboshida hasad bor
2-savol:
Tinmay kecha-yu kunduzi
Topib Nabi so‘zidan
Dedilar: dard bergan o‘zi
Davosi ham o‘zidan
misralaridagi “Nabi” so‘zini qanday tushundingiz?
3-savol:
Keyin suvni, arqonni ham,
Hayf bildilar “shayton”ga.
Yoqing, dedi eng bosh hakam,
Olib chiqib maydonga
misralaridagi “shayton” so‘zi nima sababdan qo‘shtirnoqqa olingan? Johil olomon hakimni yoqish uchun qanday yo‘l tutadi?
4-savol:
Bu so‘zlarni eshitdi-yu,
Faryod qildi donishmand.
“Yoqing!” deya so‘radi u,
Olov bo‘lsin sarbaland.
Ushbu misralardagi donishmandning olovni yoqishlarini istashining boisi nimada edi?
3. Yangi material ustida ishlash bosqichida o‘qituvchi tekshiruv savollari yordamida doston g‘oyasini ochib berishga harakat qiladi. Bu bosqichda O‘zbekfilm kinoijodkorlari tomonidan ishlangan “Qalb ko‘zi” filmidan lavha namoyish etiladi. Suhbat metodidan foydalaniladi.
Qisqa savollarga qisqa javoblar tinglanadi:
1. Doston nega “Jaholat to‘grisidagi rivoyat” deb nomlangan?
2. Dostondagi donishmand tabibning hayot tarzi, muruvvatliligining boisi nima deb o‘ylaysiz?
3. So‘qir ko‘zi ochilgan-u, biroq johilligi sabab buni tushunmagan chol obraziga qanday baho berasiz?
4. Johil olomon nima sababdan tabibni o‘limga mahkum qilishadi?
5. Donishmand tabibning o‘limidan so‘ng qanday voqealar sodir bo‘ldi?
6. Johil olomonning o‘z aybini tushunib yetishi lavhalariga munosabat bildira olasizmi?
Demak, biz yuqoridagi savollarga imkon qadar javob topishga harakat qildik. Bu savollarning javobi hozir sizning muallifligingizda yoziladigan inshoingiz uchun reja vazifasini bajarishi mumkin.
Mavzusini batafsil tushunish uchun “Intellekt xarita”dan foydalaniladi:
O‘quvchilar “xarita”ga asoslanib inshoning mundarijasini va xayoliy syujetini paydo qiladilar.
4. Imlo bo‘yicha ishlash. (xattaxtada yozilgan so‘zlar asosida).
O‘qituvchi: Bugungi darsimizdagi vazifamiz – insho yozish. O‘ylaymanki, siz Erkin Vohidovning “Jaholat to‘g‘risida rivoyat” dostoni asosida mukammal insho yozish bilan birga uni savodxonlik bilan ham yoza olasiz.
Dostondagi qaysi so‘zlar sizga notanish uchradi? Marhamat, so‘rashingiz mumkin.
Asar syujetidagi tushunarsiz jumlalar uchragan bo‘lsa, so‘rang.
Doston g‘oyasiga mos epigraf tanlash maqsadga muvofiq ekanligini eslatib o‘tmoqchiman.
Endi esa daftarlarimizni ochib, sanani va mavzuni yozamiz:
5. Mustaqil ishlash bosqichi:
O‘quvchilar mustaqil holda inshoni yozadilar.
6. Ishni tekshirish bosqichi:
- Mana, inshoni ham yozib bo‘ldik. Darsdagi ishingizdan mamnun bo‘ldingizmi? Endi bir-ikki inshoni o‘qiymiz. O‘z ishingiz va darsdagi faoliyatingizni o‘zingiz baholang.
O‘quvchilarning xohishiga ko‘ra o‘zlari o‘qib berishlari yoki o‘qituvchi yordamida o‘qish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
7. Dars yakuni va uy vazifasi:
Abdulla Oripovning “Olomonga” she’ri, Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani va insho g‘oyasi o‘rtasidagi umumlashmalarni bilib kelish.
Adabiyotlar:
1. Мадаев О. Иншо қандай ёзилади: Ўрта махсус ўқув юртларининг ўқитувчилари учун методик қўлланма. –Т.: Ўқитувчи, 1991. –88 б.
2. Qodirov V. Mumtoz adabiyot: o‘qitish muammolari va echimlar. –T.: O‘zbekiston milliy kutubxonasi, 2009. –244 b.
3. Husanboyeva Q. Tahlil – adabiyotni anglash yo‘li. Toshkent. “Muharrir” nashriyoti, 2013. –432 b.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.