LUG'ATLARDAN FOYDALANIB TAHLIL QILINISH TADQIQI.
Hamidov Abdumalik
Termiz davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti dekani
Rajabova Sabohat
Termiz davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Eshqobil Shukur "Bobo so'z izidan" asarida so'zlarning lug'atlardan foydalanib tahlil qilinishi haqida yozilgan bo'lib, undagi so'zlar turli tillar va etimologik, izohli lug'atlardan foydalanib izohlangan. Bu bilan, biz uchun tushunarsiz, hozirda tilimizda eskirgan, ishlatilmayotgan va yoki o'z ma'nosini yo'qotib boshqacha tushuniladigan so'zlarning ma'nolarini oson anglab olishimizga aynan shu maqola anchagina yordam beradi.
Kalit so'zlar: izohli lug'at, etimologik lug'at, so'zlar, ma'nolar, til.
ЭШКАБИЛЬ ШУКУР ИЗУЧЕНИЕ АНАЛИЗА СЛОВ С ПРИМЕНЕНИЕМ
СЛОВАРЕЙ В РАБОТЕ «БОБО СОЗИЗИДАН»
АННОТАЦИЯ
Данная статья написана об анализе слов с помощью словарей в произведении Эшкабила Шукура «Баба соз изиздан», в котором слова объясняются с использованием разных языков и этимологических, толковых словарей. При этом данная статья поможет нам легко разобраться в значениях слов, которые нам непонятны, устарели, не используются в нашем языке или утратили свое значение и понимаются по-другому.
Ключевые слова: толковый словарь, этимологический словарь, слова, значения, язык.
ESHQABIL SHUKUR STUDY OF ANALYSIS OF WORDS USING
DICTIONARIES IN THE WORK "BOBO SOZIZYDAN"
ABSTRACT
This article is written about the analysis of words using dictionaries in the work of Eshqabil Shukur "Baba soz izidan", in which the words are explained using different languages and etymological, explanatory dictionaries. With this, this article will help us to easily understand the meanings of words that are incomprehensible to us, are now obsolete, are not used in our language, or have lost their meaning and are understood in a different way.
Key words: explanatory dictionary, etymological dictionary, words, meanings, language.
KIRISH.
Bir kecha-kunduzda nechta so‘z ishlatamiz? Shu so‘zlarimizning har birining asl mazmunini bilamizmi? Agar ishlatayotgan so‘zlarimiz ma’nosini to‘liq anglaganimizda edi, naqadar o‘zimizni, o‘zligimizni anglagan, tilga – elga – bizni ulg‘aytgan shu zaminga sadoqatimiz, mehrimiz yanada ortgan bo‘lur edi. Zotan, So‘zdan uzoqlashgan odam o‘zidan uzoqlashadi. O‘zidan olislab ketayotgan odamning ma’naviyati ham, o‘zi ham zavolga moyildir. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Eshqobil Shukurning "Bobo So‘z izidan" kitobi bevosita so‘zga, so‘zki, xalqimiz tarixiga tomirdosh bo‘lgan, turkiy tillar oilasida xazinasi, jozibasi, rang-u harorati, qo‘yingki, sharafi baland asl o‘zbek so‘zlariga bo‘lgan katta muhabbati tufayli, ularni asrab qolishdek ezgu niyat samarasi o‘laroq maydonga keldi. Hayot ummonida suzib borayotgan Til kemasining har bir yo‘lovchisi shu ulug‘ ulov taqdiriga javobgar. Shu ma’noda, "Bobo So‘z izidan" kitobi ma’naviy hayotimiz uchun bugun eng dolzarb asarlardan bittasi, desak, mubolag‘a emas. Shoirning so‘zlar tarixiga qilgan sayohatida unga yo‘ldosh bo‘lish hammaga ham nasib etadi degan umiddaman.
Asosiy qism
"Bobo so'z izidan" asarida kelgan "bulduruq" so'ziga e'tibor qaratsak, bu so'zga "O'zbek tilining izohli lug‘ati" da quyidagicha izoh berilgan:
bulduruq
ot
1. Ayozli, sovuq kunlari yoki tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil boʻladigan mayda qattiq qor; qirov.
Tushdan keyin osmon yuzini sargʻish tuman qoplab, mayda bulduruq yogʻa boshladi.
Mirmuhsin, Chiniqish
Koʻprik ustidagi qayragʻoch novdalarini bulduruq oʻrab, tanasigacha oppoq qilib qoʻygan.
S. Ahmad, Ufq
Ertalabki tuman tarqalib, daraxt shoxlariga yopishgan bulduruq zarralari gavharday yaltiray boshladi.
A. Muxtor, Chinor
2. koʻchma ma'noda
sochning oqi; oqargan soch.
Bir vaqt yuragimni sevgiga maskan etgan qora sochga qoʻnmish bulduruq.
S. Zunnunova
BULDURUQ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bulduruq — bogʻlamoq
Bulduruq zarralari bilan qoplanmoq.
Yoʻlakda bulduruq bogʻlagan oppoq akatsiya tagida kelishgangina bir qiz bilan Akbarali turardi.
A. Muxtor, Chinor
qamishlar bulduruq bogʻlab, oppoq boʻlib qolgan ekan.
Sh. Xolmirzayev, Soʻnmas oʻt
"Nima bo'lganda ham, "bulduruq" ajoyib so'z!", — deb yozadi Eshqobil Shukur.
"Lagan" so'zi hammamizga tanish so'zdir. "Lagan-lagan osh" , "lagandagi oshni paqqos tushirdi" shu kabi gaplarni ko'p aytamiz. Ammo, bu so'zning ma'nosi nima ekan deb o'ylantirgan Eshqobil Shukurni. Shundan so'ng u "O'zbek tilining etimologik lug'ati" ga yuzlangan. Lug'atda shunday izohlangan:
LAGAN — quyuq ovqat solinadigan katta yassi idish.
Anvar oʻrtaga dasturxon yozib, ikki lagan manti chiqarib qo'ydi
(Abdulla Qodiriy).
Qadimgi turkiy tilda 'yogʻochni oʻyib yasalgan idish' maʼnosini anglatgan lagʻun soʻzi mavjud boʻlib, hozirgi oʻzbek tiliga maʼnosi oʻzgarib yetib kelgan; tovush jihatidan esa dastlab gʻ undoshi g undoshiga almashgan, shundan keyin birinchi boʻgʻindagi a unlisi ä unlisiga, soʻngra ikkinchi boʻgʻindagi u unlisi ham ä unlisiga almashgan: lagʻun > lagun > lägun > lägän.
Eshqobil Shukur yana bir so'z "danak" — bu so'zga ham to'xtalib o'tishni lozim topgan. "Danagidan mag'zi shirin" deb ko'pincha momo-bobolar nabirasiga nisbatan ishlatishadi. Xo'sh, bu so'zning ma'nosi "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan qarab ko'ramiz. DANAK — ot so'z turkumi, tojik tilida donak tovush tarkibiga ega boʻlib, asli don otidan -ak qoʻshimchasi bilan hosil qilingan; oʻzbek tiliga o tovushini a tovushiga almashtirib olingan. Bu ot har ikki tilda "oʻsimlik mevasining ichidagi qattik poʻchoq va magʻizdan iborat urugʻi" maʼnosini anglatadi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni ayta olamanki, so'zlarning kelib chiqishini lug'atlardan foydalanib, aniq bilib olishimiz mumkin. Bu haqida Eshqobil Shukurning ushbu kitobida anchayin bilimga ega bo'ldik. So'zlar ko'p, hech qursa tilimizda ishlatishga odatlangan maqol, matal, iboradagi so'zlarning tub ma'nolarini bilib olish zarar qilmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Eshqobil Shukur "Bobo so'z izidan" kitobi.
2.O'zbek tilining imlo lug'ati.
3.O'zbek tilining izohli lug‘ati.
4.O'zbek tilining etimologik lug'ati.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.