“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI
DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”
QIYOSIY TAHLILI
Sobirova Nasiba Sobitjon qizi, Saydaliyeva Feruza Avazxanovna
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti, tibbiyot fakulteti,
Toshkent shahri, O`zbekiston. Dolzarbligi: Gastrit - bu oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi bo‘lib, uning rivojlanishida eng muhim etiologik omil sifatida Helicobacter pylori infeksiyasi ko‘rsatiladi. kasallikning qo‘shimcha xavf omillari keng tarqalgan: noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish, doimiy stress. Gastritni davolashda tabiiy vositalardan foydalanish, xususan Mentha piperita (yalpiz) va Matricaria chamomilla (moychechak) kabi o‘simliklarning spazmolitik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarini o‘rganish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Maqsad: Gastrit bilan og‘rigan bemorlarda Mentha piperita (yalpiz) va Matricaria chamomilla (moychecha)ning simptomatik davolash vositasi sifatida samaradorligini aniqlashdan iborat. Material va usullar: Adabiyot manbalarini taqqoslovchi va tahlil qilish orqali asosiy farmakologik ta’sirlar, kimyoviy tarkibini hamda klinik samarodorlik darajasi bo‘yicha ma’lumotlarni tizimlashtirishdan iborat. Natija: Yalpiz barglari me’da ichak spazmiga, qabziyatga, ko'ngil aynishiga, qusishga qarshi qo'llaniladi. Yalpiz tarkibidagi mentol asosiy ta’ sir etuvchi omil hisoblanadi Yalpiz damlamasi qabul qilinganda shilliq qavatdagi sovuq sezuvchi retseptorlarini faollashtirib, enkeffalin, endorfin va dinorfin kabi opioid peptidlar ajralishini stimullaydi. Bu moddalarning ta’sirida og‘riq sezgilari kamayadi, tomirlar reflektor kengayadi, mikrosirkulyatsiya yaxshilanadi. Mahalliy ta’siri tufayli yalpiz barglari me’da-ichak bezlarini, o't-safro ajralishini oshiradi, ichakdagi hamma patogen mikroorganizmlarga qarshi ta’sir etadi. Moychechak esa pepsinning faolligini kamaytiradi, yallig‘lanishga, spazmga va mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibidagi kamazulen va efir moylari tufayli antioksidant xususiyatga ega bo‘lib, to‘qimalarning tiklanishini tezlashtiradi va qichishish hamda noxush hidni kamaytiradi.Mentol asosan spazmolitik ta’siri bilan, moychechak esa yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani qo‘llab-quvvatlovchi ta’siri bilan ajralib turadi. Preparatlarni damlamasi ovqatdan 15 daqiqa oldin, kuniga 2–3 marotaba ichish uchun tavsiya etiladi. Xulosa: Tahlillarga ko’ra, Mentha piperita (yalpiz) preparati spazmni kamaytirish va oshqozon mushaklarini bo‘shashtirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatgan bo‘lsa, Matricaria chamomilla (moychechak) esa yallig‘lanishni kamaytirishda samaraliroq natija beradi.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.