O‘zDJTU
Tel: (95) 7055541
Abstrakt:
Gender tili — bu tilshunoslikda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi til va muloqot farqlarini o‘rganadigan soha hisoblanadi. Genderning tilshunoslikdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy doiralarda keng muhokama qilinadi. Ko‘plab olimlar genderning til orqali shakllanishini va tilda qanday ifodalanishini tadqiq etishgan. Gender faqat biroz biologik yoki biologik-jinsiy tushuncha emas, balki ijtimoiy va madaniy qatlamlarga asoslangan, til orqali quriladigan, o‘zgaruvchan va dinamik bir konsepsiya sifatida qaraladi.
Judith Butler, Deborah Cameron, Robin Lakoff kabi olimlar genderni faqat biologik emas, balki ijtimoiy konstruksiya sifatida tushunadilar va uni til orqali dekonstruksiya qilish zarurligini ta’kidlaydilar. Boshqa olimlar esa, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi til farqlarini va kommunikativ uslublarini, muloqot jarayonida gender roli va o‘zgaruvchanligini o‘rganishga e’tibor qaratgan. Gender tili orqali power (hokimiyat) va identity (identifikatsiya) masalalari ham muhim jihat bo‘lib, til yordamida gender ierarxiyasini, stereotiplarini va patriarchal tuzilmalarni tasvirlash mumkin.
Ushbu tadqiqotda genderning tilshunoslikdagi ahamiyati, tilda gender roli va identifikatsiyasi, shuningdek, gender tili va muloqoti haqida olimlarning qarashlari keng ko‘lamda o‘rganiladi. Bu soha tahlili genderni anglash va uni til orqali tahlil qilishda yangi perspektivalarni taqdim etadi.
Kalit so'zlar: Gender tili, gender identifikatsiyasi, jinsiy ro‘llar, tilshunoslik va gender, gender va til, stereotiplar, dekonstruksiya, kommunikatsiya, ijtimoiy konstruktsiya, power (hokimiyat) va identity (identifikatsiya), ayollar va erkaklar muloqoti, gender va patriarchalism, Butler, Cameron, Lakoff.
Yangi ilmiy yondashuv yangi terminologiyani qo‘llashni talab etib, tadqiqotchilarning metodologik yondashuvlariga aniqroq moslashish imkonini berdi. Shu asosda, jinsning ijtimoiy konstruksiyasini, uning konvensionalligini, institutliligini va an’anaviyligini aks ettirish maqsadida “gender” termini ilmiy soha doirasida muomalaga kiritildi. Ushbu yondashuv, o‘z navbatida, til va kommunikatsiyada genderning lingvistik mexanizmlarini o‘rganishga zamin yaratdi. Shu bilan birga, feminist tilshunoslik tanqidi ham ushbu yo'nalishda muhim turtki bo‘lib, bu bir qator tadqiqotchilar tomonidan postmodern falsafaning ajralmas qismi sifatida baholandi. Tilshunoslikda genderni o'rganish ikkita asosiy masala doirasida amalga oshiriladi, masalan:
1. Til va jinsning undagi aksi: nominativ tizim, leksikon, sintaksis, rod kategoriyasi;
2. Erkaklar va ayollarning nutqiy va umumiy kommunikativ xatti-harakatlari, bunda xos strategiyalar va yondashuvlarning shakllanishi, genderga mos leksik birliklarni tanlash, kommunikatsiyada muvaffaqiyatga erishish usullari, shuningdek, leksik va sintaktik konstruksiyalarni tanlashdagi afzalliklar ilmiy tahlil qilinadi.
Ayrim tadqiqotlarda psevdogender yondashuvi hanuzgacha dolzarb bo‘lib, ularda “gender” tushunchasi “jins” so‘zining sinonimi yoki ijtimoiy-jinsiy rolning ekvivalenti sifatida qo‘llanilgan holatlar sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv, odatda, inson biologiyasi erkak va ayollarning ijtimoiy rollari, psixologik xususiyatlari va faoliyat sohalarini qat’iy belgilab beradi, deb hisoblab, “gender” atamasini faqat zamonaviyroq ko‘rinishda ishlatish bilan cheklanadilar.
O.A.Voronina fikriga ko‘ra, nazariy metodologik asosga muvofiq gender tushunchasi uchta asosiy model doirasida tahlil qilinadi:
- genderning ijtimoiy shakllanish nazariyasi;
- boshqa kategoriyalar bilan uzviy bog‘liq holda genderni qatlamga oid kategoriya sifatida talqin qilish;
- genderni madaniy metafora sifatida izohlash.
Ijtimoiy qatlamlashuv nazariyasiga muvofiq, gender erkaklar va ayollar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning tashkil etilgan modeli sifatida qaraladi, u jamiyatning asosiy institutlarida ularning o‘zaro munosabatlarini belgilab, ular orqali quriladi yoki shakllanadi. Bu jarayonning tarixiy asoslari mavjud bo‘lib, ular mehnat taqsimoti, gender rollarining shakllanishi va ijtimoiylashuv mobaynida genderning rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
Gender inson ongida atrof-muhit ta’siri ostida shakllanadi, ya’ni shaxs o‘ziga mos bo‘lgan normalar va rollarni tanlab, o‘zini jamiyat tomonidan belgilangan me’yorlarga moslashtiradi. O.A.Voroninaning fikricha, gender tadqiqotlari metodologiyasining asosiy vazifasi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi maqom, rol va hayotning boshqa jihatlaridagi farqlarni oddiygina tavsiflash emas, balki jamiyatda gender rollari va munosabatlari orqali mustahkamlanadigan hokimiyat va dominantlikni tahlil qilishdan iborat.
Voroninaning ta’kidlashicha, “gender tadqiqotlari jamiyat tomonidan ijtimoiylashuv tizimlari, mehnat taqsimoti, madaniy qadriyatlar va ramzlar orqali erkak va ayollarga qanday rollar, normalar, qadriyatlar va xulq-atvor xususiyatlari belgilanishini tahlil qiladi. Bu jarayon orqali an’anaviy hokimiyat ierarxiyasi shakllanadi”1. Shu bois, gender va jins tushunchalari o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud bo‘lib, erkak va ayolga xos xususiyatlarni o‘zgarmas tabiiy haqiqat sifatida qabul qilish noto‘g‘ri. Ularni chuqur tahlil va ilmiy tadqiqotlar orqali o‘rganish zarur. Demak, yondashuv orqali genderni ijtimoiy konstruksiya sifatida qarashni kuchaytirib, uning jamiyatda hokimiyat va ierarxiya mexanizmlarini tushunishda muhim o‘rin tutishini ko‘rish mumkin.
Dastlab, lotin tilidagi “genus” – rod yoki jins so’zidan olingan “gender” tushunchasi ingliz tilshunosligida “ot so’z turkumi”2ni anglatgan. A.V. Kirilina ta'kidlaganidek, ushbu termin tilshunoslikka o'ziga xos yo'l bilan kirib kelgan. Ilk bor gender atamasi ijtimoiy sohada jins ma’nosida Robert Stoller tomonidan qo’llanilgan. U o’zining tadqiqotlari natijasini e’lon qilar ekan, “jins” – anatomik va fiziologik belgilarning yig‘indisi, gender esa ijtimoiy normalar, qadriyatlar, munosabatlar majmuiligini, bu esa shaxsning alohida xususiyatlarini shakllantirishda, ruhiy va madaniy rivojlanish, shuningdek, psixologiya bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladi. Biroq, ingliz tili asosida amalga oshirilayotgan tarjimalar “sex” – “gender” munosabatlariga oydinlik kiritishda qo‘l kelmasligi, o'xshash tushunchalarning boshqa tillarda ingliz tilidagi kabi to'liq mos kelmasligi bilan xarakterlanadi.
A.V.Kirilina ushbu terminologik birliklarning vazifaviy jihatlarini inobatga olgan holda quyidagicha izohlaydi:
Birinchidan, jamiyatda jins vakillari ahamiyatining farqlanishi va unga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga bag’ishlangan tadqiqotlar gender atamasining paydo bo‘lguniga qadar yaratilgan, shuningdek, ijtimoiy jinslararo o‘zaro ta’sir masalalariga tegishli bo'lsa-da, “sex”, “sexus”, “sexuality” tushunchalaridan foydalanilgan;
Ikkinchidan, gender konsepti grammatik rod kategoriyasining omonimi sifatida ingliz tilida paydo bo’lib, ba'zi hollarda aynan tilshunoslik tavsifida noaniqliklarga olib keladi;
Uchinchidan, jinsning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini inobatga olgan holda ayrim tadqiqotchilar eski qarashlarga tayanib, “sex bias”, “sex role”, “sex difference” kabi terminlardan foydalanadilar, biroq, ko‘plab ingliz tilidagi ilmiy ishlarda ikkita tushuncha parallel ravishda ishlatiladi. Bundan tashqari, “jins” (sexus) so‘zini yangi termin bilan almashtirishga intiluvchi qarama-qarshi tendentsiya ham mavjud. Masalan, D.Vays biologik jins haqida gapirganda “natural gender” terminini qo‘llab, uni qavsda (sexus) izohlaydi. Bu, ayniqsa, “gender” tushunchasi paydo bo‘lgan davrda yaratilgan asarlarga taalluqlidir. Bularning barchasi muhokama qilinayotgan terminlarni aniq ajratishning qiyinligini ko‘rsatadi; 1 Воронина О.А. Гендерная культура в России: традиции и новации [Текст] / Рос. акад. наук, Ин-т философии; О.А. Воронина. – М.: ИФ РАН, 2018. – 111 с. ; 20 см. – Библиогр.: с. 105–110. – Рез.: англ. – 500 экз. – ISBN 978-5- 9540 0344-4. 2 Смит С. Постмодернизм и социальная история на западе: проблемы и перспективы // Вопросы истории. 1997. № 8. С. 154– 161.
To’rtichidan, “Gender”ni aniqlashda chet tillardagi asarlarni ona tiliga tarjima qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar ham mavjud. Masalan, nemis tilida “Gender” tushunchasi bilan birga “Geschlecht”, “das soziale Geschlecht” kabi nemischa nomlar ham ishlatiladi;
Beshinchidan, terminlarni tanlashda muallifning konseptual qarashlari ham ahamiyatga ega. Masalan, fiziologik va psixologik jihatdan erkaklar va ayollar o'rtasidagi kognitiv hamda til qobiliyatidagi farqlarni ta’kidlaydigan biodeterministik yo‘nalish vakillari an’anaviy jins belgilanishidan foydalanadilar, garchi ularning asarlarida “gender” tushunchasi ham uchraydi;
Oltinchidan, hozirgi kelib gender tushunchasi rus tili doirasida olib borilayotgan tadqiqotlarda keng qo’llanilsa-da, ba'zi mualliflar “jins” so‘zini o‘z ichiga olgan terminlardan foydalanishni taklif qiladilar: ijtimoiy (sotsiokultural) jins, jinsiy dimorfizm, jinsiy rol farqlanishi, biosotsial (biokultural) inson xususiyatlari. Ushbu so'zlar jinsning ikki tomonlama tabiatini, uning tabiiy va madaniy tarkibiy qismlarini ta’kidlaydi.
Yettichidan, institutsionalizatsiyalangan ilmiy bo’limlar, davriy nashrlar nomlarida mavjud va avvalo interdisiplinar ilmiy yo’nalishni belgilashda o’zini oqlaganligi sababli gender tushunchasini rad etishning imkoni yo‘q. Biroq, bizning kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, o‘zbek tilidagi maxsus adabiyotda ko'proq “gender” termin sifatida emas, balki derivativ atamalari: gender tadqiqotlari, gender jihatlari, gender munosabatlari, genderchilar, genderologiya kabi atamalar qo‘llaniladi.
Genderga oid tadqiqotlar unga xos masalalarni kengroq doirada o‘rganish va jins fenomeniga yangicha nuqtai nazardan qarash imkonini beradi. Agar jins kategoriyasi bir qator leksik birliklarning semantikasini tahlil qilishda muhim bo‘lsa, gender tadqiqotlari tilshunoslikda ancha kengroq savollar doirasini qamrab oladi, erkak yoki ayol identikligini so’zlovchi shaxsga xos parametrlaridan biri sifatida pragmatika – jinsdan asosiy farqini ko’rsatadi. O‘zining qisqa tarixi davomida, til va gender tadqiqotchilari “gender” va “jins” atamalarini bir-birining o‘rnida ishlatilmasligi kerakligi bo‘yicha doimiy ravishda bahs-munozaralar olib borishgan. Endilikda, “gender” ijtimoiy-madaniy xulq-atvor nuqtai nazaridan odamlarni ajratish uchun barqaror termin sifatida qabul qilingan bo‘lib, erkak va ayol xulq-atvorlarini ikki qutb sifatida emas, balki shkalalar yoki davomiylik sifatida ko‘rsatadi (Holmes 2001). Shuningdek, “jins” atamasini biologik xususiyatlar bilan ajratilgan kategoriyalar (ya'ni, “erkak” va “ayol”) ma'nosida ishlatgan holda, bir qator tadqiqotchilar ushbu kategoriyalarni “getero-normativ” deb hisoblashganini va “jins”ni ham ijtimoiymadaniy konstruktsiya sifatida qayta tasavvur qilishni taklif qilganini ta'kidlash lozim (masalan, Butler 1990; Bergvall va boshqalar 1996).
Vladimir Younkin, Marina Litvaklar tomonidan adabiy matnning ahamiyati gender idrokida nechog’lik muhim ekanligi, shuningdek, davr ijtimoiy-madaniy mavqeining dinamikasi adabiy kontekst orqali anglash mumkinligini e’tirof etadilar3. Genderning boshqa tillar kesimida ifodasiga bag’ishlangan tadqiqotlar ham mavjud bo’lib, ularda asosan, morfologik hamda sintaktik variantdorlik kabi til unsurlarining ahamiyati xususida fikr yuritiladi4. Unga muvofiq g’oya, hissiyot, ijtimoiy munosabatlarni va identiklikni o’rnatishda til muhim ijtimoiy vositadir. Til nafaqat kommunikativ funksiyalarni bajaradi, balki jamiyat va voqelikni ongimizda shakllantiradi. Ingliz tilida biologik genderga asoslangan otlar va kishilik olmoshlari orqali gender ifodalanib, hozirda genderni izohlovchi so‘zlardan chekingan holda ularni o‘rnini bosuvchi mos bo‘lgan terminlar qo‘llanila boshlangan.
C.Dutta va S.Maddukurilarning tadqiqotlarida tilning inson idrokiga ta’siri hamda gender bilan bog’liq kasallik nomlarining muhokamasi o‘rganilib, unda genderni aniqlashda tibbiyotning ham ishtiroki muhimligi ko‘rsatilgan5. Bu, albatta, leksikografik diskursni tanqidiy o‘rgangan holda, so‘zda yashiringan ma’noni leksik tadqiq etish usullarining shakllanishiga olib keldi6.
Sotsiolingvistik gender tadqiqotlari odatda jinslarning kommunikativ xulqatvorini, insoniyatning jtimoiy faoliyati evolyutsiya, genetik omillari ta'sirida miya tuzilishi va funksiyalaridagi psixofiziologik farqlarni paydo bo‘lish jarayonlarini o‘rganadi. Shuningdek, jamiyatda ijtimoiy rollarni, jinsiy modellari, ya'ni ayollar va erkaklar uchun xulq-atvor stereotiplarini o‘rnatish muhim sanaladi. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi xulq-atvorda qat'iy chegaralarning asta-sekin yo‘qolish tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu esa gender tengligiga olib kelmoqda.
Amerikalik psixolog Sandra Bem, androginiy shaxsiyat nazariyasiga muvofiq, erkaklik va ayollik xususiyatlari jinsdan qat’i nazar shaxsiyat tavsifida mavjud bo'lishi mumkin deb hisoblaydi. Falsafa doktori Ryabov Oleg Vyacheslavovich sotsiodeterministik yo'nalish doirasida jins va gender tushunchalarini butun va qism sifatida ko'rib chiqadi. U “jins biologik jins va sotsiomadaniy jinsdan iborat bo'lib, bunda ijtimoiy va madaniy-simvolik tarkibiy qismlar farqlanishi kerak” deb hisoblaydi. Shu bilan birga, “jins” va “gender” o'zaro butun va qism sifatida bog'liqdir.
Lingvistik stereotiplarning ayol-dominant kasblarida erkaklarning faoliyat yuritishi7 diskursda gender rollarining o‘zgarishiga olib keldi. Bu o‘z navbatida gender normalarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Alhassanning fikricha, “erkak mutaxassislarni an’anaviy ravishda ayollar ustunlik qiladigan, jumladan akusherlik 3https://www.preprints.org/frontend/manuscript/f229db09f76a31f13ec1624f0082a180/download_pub 4 https://jalt.com.pk/index.php/jalt/article/view/97 5https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC11616675/ 6 https://doi.org/10.1093/ijl/ecz003 7 https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/39654408/ kabi sohalarda ta’sir qiluvchi lingvistik stereotiplarni o‘rnatish” muhimdir. Uning nazarida, “gender rollari va parvarishlash hamda g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq kasblarning jamiyatdagi qabul qilinishi haqidagi davomiy munozaralar kontekstida ahamiyatlidir”8. Alhassan va uning hamkasblari olib borgan tadqiqot erkaklarning odatda ayollarga xos deb qaraladigan akusherlik sohasida duch keladigan qiyinchiliklarini yoritib, lingvistik stereotiplar erkak akusherlar uchun to‘siqlar yaratishini tahlilga tortgan. Tilning professional identifikatsiyaga ta’siri katta bo’lib, ko‘pgina madaniyatlarda til gender normalarini aks ettiradi va mustahkamlaydi, bu esa an’anaviy gender rollariga mos kelmaydigan shaxslarni chetlab qo‘yishi mumkin. Natijada, erkak akusherlar uchun qabul qilinish va qo‘llab-quvvatlanishning yetishmasligi kuzatilishi, bu esa ularning ishdagi qoniqishi va kasbiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, tilga oid gender stereotiplari ishga qabul qilish jarayonlariga, ish muhitidagi dinamikaga va turli kasblarda gender rollarining umumiy qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu masalalarni ko‘tarish orqali Alhassan va boshqalar professional kontekstlarda genderni chuqurroq tushunishni qo‘llab-quvvatlovchi adabiyotlar bazasiga hissa qo‘shgan holda erkak akusherlarga ta’sir qiluvchi lingvistik stereotiplarni o‘zgartirish va ularga qarshi kurashish zaruratini ta’kidlaydilar. Tilning gender va professionallikka oid tasavvurlarni shakllantirishdagi rolini tanqidiy tahlil qilib, mualliflar parvarishlash kasblarida adolatli va inklyuziv yondashuvni targ‘ib qiladilar. Genderdan qat’i nazar, shaxslar akusherlik va boshqa an’anaviy ravishda ayollar ustunlik qiladigan sohalarda ishlashlari uchun stigma va tarafkashliklardan xoli muhitni yaratish uchun muhimdir. Lingvistik yondashuv til tarixida gender munosabatlarining aks etishi, jinsni lingvokulturalologiyada madaniy ifodasi, tegishli til birliklarini leksikografik kodlash va shu kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Binobarin, gender tushunchasi kengroq bo‘lib, uni o‘rganishda faqatgina jins komponentiga kiruvchi birliklar bilan cheklanmasdan, semantikasida ancha ko‘p fenomenlarni o‘rganish zarur. Ma’lumki, gender tushunchasining o’zbek tilida muqobili mavjud emas. Uning izohiga oid fikrlar V.Myuller hamda S.I.Ojegova tomonlaridan keltirilgan bo’lib, unga muvofiq gender grammatik rod kategoriysini ifodalashda, jins ma’nosi9, faoliyat yo’nalishining turlari, hayvonlar avlodlarining10 uzviyligini nazarda tutadi. Ta’kidlash joizki, ayrim genderga xos tushunchalarning ingliz tili lug’atlarida ifodalanishida ijtimoiy va madaniy tengsizlik inobatga olingan11. Biroq, klassik davr adabiyotiga xos lingvistik dalillar ayol va erkak nutqidagi farqli jihatlari tasvirlab kelingan bo’lishiga qaramay bu e'tiqod bugungi media-publitsistik matnlarida ham davom etmoqda. Bugungi kunda 8 Alhassan, R. A. H., et al. (2024). Men as Midwifery Professionals. Journal of Gender Studies. 9Мюллер 1978: 301 10Ожегов 1987: 111-112 11 https://www.jbe-platform.com/content/journals/10.1075/hl.00156.con targ’ib etilayotgan maqollar, iboralar, insholar, gazeta sarlavhalari, reklama yozuvlarida ko‘pincha ayollarning nutqi qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi preskriptiv nuqtai nazardan tatbiq etilishi gender haqidagi chuqur ildiz otgan ideologik farazlarning mavjudligini izohlaydi.
References
1. Белянин В. П. (2004). Психолингвистика [Belyanin V.P. Psycholinguistics]. 2-е изд. М.: Флинта: Московский психолого-социальный институт,
2. Джусупов М. (2001). Социолингвистический аспект теории психофонем И.А.Бодуэна де Куртене [Dzhusupov M. Socio-linguistic aspect of the psycho-phonemic theory of I.A. Bau douin de Courtenay] // Қазақстан жоғары мектебі (Высшая школа Казахстана), Алматы, 2001. № 4 и 5. С. 62—69.
3. Тухтасинов И.М. (2011). Лингвокультурологические и гендерные особенности сложных слов в художественном тексте (на материале английского и узбекского языков) [Tukhtasinov I.M. Linguo-cultural and gender specifics of compound words in literary texts (the casec study of Englisg and Uzbek]: автореф. дисс. ... канд. филол. наук. Ташкент.
4. Эргашева Г. (2011). Инглиз ва ўзбек тиллари фразеологизм паремияларида гендер аспек тининг қиёсий-типологик тадқиқи [In Uzbek language]: автореф. дисс. ... канд. филол. наук. Ташкент.
5. Чутпулатов М.Ч. Гендерная лингвистика: узбекская мужская и женская речь
6. Cameron, D. (2001). Working with Spoken Discourse. Sage Publications.
7. Lakoff, R. (1975). Language and Woman’s Place. Harper & Row.
8. Tannen, D. (1990). You Just Don’t Understand: Women and Men in Conversation. William Morrow.
9. Coates, J. (2004). Gender and Discourse. Blackwell Publishing.
10. Holmes, J. (2006). Gendered Talk at Work: Constructing Gender Identity through Workplace Discourse. Blackwell Publishing.
11. Cameron, D. (2003). The Myth of Mars and Venus: Do Men and Women Really Speak Different Languages? Oxford University Press.
12. Wodak, R., & Meyer, M. (2001). Methods of Critical Discourse Analysis. Sage Publications.
13. Judith Butler. (2004). Undoing Gender. Routledge.
14. Fishman, P. (1978). Interaction: The Work Women Do. Social Problems, 25(4), 397-406.
15. Sunderland, J. (2004). Gendered Discourses. Palgrave Macmillan.
16. Wodak, R. (2010). The Discourse of Politics in Action: Politics as Usual. Palgrave Macmillan.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.