METOD VA VOSITALARI
Yаxyоyevа Sоjidа Аbdurаhimоvnа
Jismоniy tаrbiyа vа spоrt bо‘yichа mutаxаssislаrni
qаytа tаyyоrlаsh vа mаlаkаsini оshirish instituti
Sаmаrqаnd filiаli v/b professori, (PhD) Annotatsiya: Mazkur maqolada genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning zamonaviy shakl, metod va vositalari yoritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida gender tengligini ta’minlash, xotinqizlarning STEM yo‘nalishlaridagi faolligini oshirish hamda innovatsion pedagogik yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Gender ta’limi, gender tengligi, STEM ta’limi, zamonaviy pedagogika, ta’lim shakllari, innovatsion metodlar, oliy ta’lim, xotin-qizlar faolligi. Аннотация : В статье раскрываются современные формы, методы и средства организации гендерно-ориентированного образования. Освещаются вопросы обеспечения гендерного равенства в системе высшего образования, повышения активности женщин в STEMнаправлениях, а также роль инновационных педагогических подходов в формировании гармонично развитой личности. Ключевые слова: гендерное образование, гендерное равенство, STEM, педагогические технологии, высшее образование, инновационные методы, женщины в науке. Abstract:This article discusses modern forms, methods, and tools for organizing gender-oriented education. The study highlights the importance of gender equality in higher education, increasing women’s participation in STEM fields, and the role of innovative pedagogical approaches in developing students’ social and professional potential. Keywords: gender education, gender equality, STEM education, modern pedagogy, higher education, innovative methods, women in science.
Genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish ta’lim tizimi mazmuni, gender ta’limi bo‘yicha bilimlarning murakkablashuvi hamda ushbu ta’lim bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalaridaa sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari katta, uni sinov dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. Ya.A Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar dikkatini to’plash, materiallarni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi. Bu tarixiy jarayonda pedagogika fani oldida turgan muammolardan biri ta’limning tashkiliy shakllarini samaradorligini oshirish, ayniqsa, darsni samaradorligini oshirish bilan bog’lik ilmiy-nazariy uslubiy va amaliy muammolarni xal etuvchi tadqiqotlar olib borishda ko’p ishlar qilindi.
Dars o’quv fanining xarakteri, o‘tilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi va ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni uzlashtirmoq uchun zamin yaratadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim ishlari faqat sinf dars shaklida olib borilmasdan, balki amaliy mashg’ulotlar, tajriba ishlari shaklida ham olib boriladi. Bu mashg’ulotlar sinfdan va maktabdan tashqarida fakultativ mashg’ulotlar, tugaraklar, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Ta’limni tashkil etish shakli bu- o‘qituvchi va talabaning ma’lum bir tartibda, aniq maqsadga yo‘naltirilgan va ma’lum rejimdagi o‘quv faoliyati hisoblanadi. Talabalarni qamrab olish, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari va talabalarning faoliyatini tashkil etish belgilariga ko‘ra uch asosiy turga ajratiladi:
- individual;
- sinf-dars;
- ma’ruza seminar.
Keng pedagogik ma’nodagi genderga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchilar va tarbiyachilar (tyutorlar) tomonidan amalga oshiriladi va turli xil o‘quv mashg‘ulotlari, maxsus o‘tkaziladigan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda oliy ta’limda pedagogika fanini yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarish, o‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash va ularning g‘oyalarini hayotga tadbiq etish kabi siyosiyijtimoiy, iqtisodiy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Mamlakatimizda talaba-qizlarni genderga yo‘naltirilgan ta’lim asosida insonparvarlik, ilmiy-dunyoqarash, internatsionalizm hamda vatanimizga cheksiz muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash usulida ta`lim-tarbiya berishning yagona tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Gender ta’limini tashkil etish shakli ta’lim jarayonini gender tengligini targ‘ib qilish va gender stereotiplarini kamaytirish uchun quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
Oliy ta’lim muassasalarida gender ta’limi katta ahamiyatga ega boʻlib, hayotning turli sohalarini qamrab oladi:
1. Oila va taʼlim: Anʼanaga koʻra, ayollar oilada asosiy rol oʻynagan va oʻynashda davom etmoqda. Ular oilaviy qadriyatlar va urf-odatlar posbonlari, yangi avlod tarbiyachilaridir.
2. Taʼlim va fan: Bugungi kunda xotin-qizlar oʻquv jarayonida talaba va oʻqituvchi sifatida faol ishtirok etmoqda. Ularning koʻpchiligi turli tadqiqot yoʻnalishlarida yetakchi oʻrinlarni egallab, ilmfanda muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
3. Iqtisodiyot: Xotin-qizlar biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etib, mamlakat iqtisodiyotiga hissa qoʻshmoqda. Ularning oʻrni, ayniqsa, kichik va oʻrta biznesda muhim ahamiyatga ega boʻlib, davlat tomonidan ayollar uchun dasturlar orqali qoʻllab- quvvatlanadi
4. Siyosat va davlat boshqaruvi: Oʻzbekiston siyosiy tizimida ham ayollar muhim oʻrinlarni egallaydi. Ularning islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtiroki gender tengligini taʼminlash, jamiyat turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
5. Madaniyat va sanʼat: Mamlakat madaniy merosini asrab-avaylash va rivojlantirishda ayollar yetakchi rol oʻynaydi. Ular sanʼat, musiqa, adabiyot asarlari yaratishda ishtirok etib, Oʻzbekistonni xalqaro maydonda faol namoyon etmoqda.
Ilm-fan sohasida ayollarning oldida turgan muammolardan biri gender tenglik masalari bo‘lib kelgan, jumladan ayollar oliy ta’limda karyera tanlashda ko‘plab to‘siqlarga duch kelganlar. Ilmiy maktablar, universitetlar va tadqiqot muassasalarida ayollar erkaklar bilan teng imkoniyatlarga ega bo‘lmagan, bu esa ularning ilmiy yo‘nalishlarda oldinga siljishlarini cheklagan.
Hozirgi kunda ham ta’lim sohasida STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) sohalarida gender tengsizligi muammosi davom etmoqda. Ayollar bu sohalarga kirib kelishda turli ijtimoiy va institutsional to‘siqlar bilan duch keladilar. Masalan, ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollar erkaklarga nisbatan kamroq rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va ilmiy grantlar olishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) sohalarida ayollarning faolligini oshirish uchun dunyo miqyosida turli dasturlar va loyihalar amalga oshirilmoqda. Hozirgi zamon texnologiyalarining rivojlanishi bilan ayollarning ushbu sohalarda roli tobora kuchaymoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida gender ta’limini amalga oshirish maqsadida qizlar va yosh ayollarning STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohalarida o‘qishini va ishlashini rag‘batlantiruvchi dasturlar amalga oshirilmoqda. Bu dasturlar orqali ayollarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish va ularni kelajakdagi yetakchi olimlar sifatida tayyorlash maqsad qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining xotin-qizlarni STEM ta’limiga jalb etish bo‘yicha tizimli yondashuvi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirishda o‘z ifodasini topmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasida umuman olganda STEAM-yo‘nalishlarni (aniq fanlar, texnologiya, muhandislik, ijodiy san’at va matematikani) rivojlantirish muhimligiga urg‘u berilmoqda
STEM sohasidagi gender tafovutni bartaraf etish uchun xalqaro va milliy darajalarda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar turli tadqiqot ma’lumotlariga, shu jumladan iqtisodiy, siyosiy, ta’lim olish imkoniyatlari ayollar va erkaklarga tengtaqdim etiladigan hamjamiyatlarda xotin-qizlarning matematikani yaxshi o‘zlashtirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslangan
Ilmiy yoki gender o‘ziga xoslikni kuchli his etish, boshqalarning ijobiy munosabatini his qilish, ijobiy gender jamoatchilik fikri,tashkilot yoki professional muhitda ta’sir o‘tkazish imkoniyati, murabbiy-yetakchilar borligi xotin-qizlarni atrof muhitning salbiy ta’siridan himoya qiluvchi o‘ziga xos omillar hisoblanadi.
Ayollarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishi, fanga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyati akademik martabani tanlashning asosiy sabablaridir. Ayollarni martaba qurishga yo‘naltirish monetarmalaka xususiyat bilan izohlanadi (masalan, natijalar uchun munosib taqdirlash, mehnat uchun maksimal ish haqi, o‘z tadqiqot mavzularini, g‘oyalarini va o‘ylarini amalga oshirish imkoniyati).
Genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish jamiyatda tenglikni ta’minlash, talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega, uni takomillashtirish quyidagi asosiy shakllar orqali amalga oshiriladi:
1-rasm. Genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish shakllari
Genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishda yuqoridagi shakllarni qo‘llash o‘quvchilarning ijtimoiy, psixologik va ma’naviy rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu nafaqat ta’lim jarayonini sifat jihatdan yaxshilash, balki jamiyatda gender tenglikni ta’minlash uchun ham muhimdir.
Oliy ta’lim muassalarida genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishda “Gender tarbiya” fanini o‘qitish jarayoni muhim bo ‘lib, ushbu fan ta’lim tizimidagi dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, u tenglik, hurmat va gender balansni shakllantirishni maqsad qilgan. Ushbu fan talabalarni gender tenglik tushunchasi, gender stereotiplari va diskriminatsiyani bartaraf etish yo‘llari bilan tanishtiradi. Interfaol metodlar bu jarayonda talabalarni faol ishtirokchi sifatida jalb etish va mavzularni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi.
Oliy ta’lim muassalarida “Gender tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida interfaol metodlar – bu ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida faol muloqot, hamkorlik va tajriba almashinuvini ta’minlovchi uslublardir. Gender tarbiyada bu metodlarni qo‘llashning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
1. Qiziqishni oshirish – talabalar gender muammolarni faol muhokama qilishga undaladi.
2. Kritik fikrlashni rivojlantirish – Gender stereotiplari va ularning salbiy ta’sirlarini tanqidiy baholash imkoniyati tug‘iladi.
3. Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish – hayotiy vaziyatlarda gender tenglik prinsiplarini qo‘llash malakalari rivojlanadi.
Qiziqishni oshirish o‘quv jarayonining muhim elementlaridan biri bo’lib, “Gender tarbiya” fanida bu jarayon talabalarni mavzuga faol jalb qilish va ularda shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi yondashuvlar qo‘llanishi mumkin: 2-rasm. Gender tarbiyada metodlarni qo‘llash jarayonidagi yondashuvlar
Bunday yondashuvlar orqali gender masalalari o‘quvchilarga yaqin, hayotiy va qiziqarli ko‘rinadi, bu esa ularning dars jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi.
Kritik fikrlashni rivojlantirish jarayonida talabalarda kritik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali gender stereotiplari va ularning salbiy oqibatlarini anglash va tahlil qilish imkonini berish muhim ahamiyatga ega. Quyida ushbu maqsadga erishish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan usullar keltirilgan:
1. Mavzuni tahliliy savollar orqali ochish : - Gender stereotiplari qanday shakllanadi? - Sizningcha, gender stereotiplari qaysi sohalarda eng ko‘p uchraydi va nega? - Stereotiplarning jamiyatdagi roli ijobiymi yoki salbiy?
2. Case-study (amaliy vaziyatlar tahlili) metodlari orqali talabalar gender stereotiplari bilan bog‘liq real yoki kurgazmali holatlarni o‘rganadi. Masalan dars mashg‘ulotlari hayoti jarayonida quyidagi vaziyatlar tahlil qilinadi^
Karyerada ayollar va erkaklarning imkoniyatlari cheklanishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish.
Vaziyatni muhokama qilib, stereotiplarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash.
3. Fikrlar tahlili va qarama-qarshi dalillar. Talabalarga gender stereotiplari haqidagi qarashlarni tanqidiy ko‘rib chiqish topshiriladi.
Masalan: “Ayollar uy bekasi bo‘lishi kerak” stereotipiga nisbatan qarshi va tarafdor dalillarni keltirish.
“Mental xaritalar” usuli. Talabalar gender stereotiplari va ularning salbiy oqibatlarini aks ettiruvchi mental xaritalar yaratadilar. Bu ularga stereotiplarning ta’sirini tizimli tahlil qilish imkonini beradi.
5. Muammoli topshiriqlarni bajarish. Muammoli savollar berish va ularni guruhda muhokama qilish:
Gender stereotiplari bolalar tarbiyasiga qanday ta’sir qiladi?
Ish joyidagi gender tengsizlikning oqibatlari qanday bo‘lishi mumkin?
Adabiyot va san’at tahlili. Gender stereotiplari aks etgan badiiy asar, film yoki maqolani tahlil qilib, undagi asosiy xatolar va ta’sirni aniqlash. Masalan, qahramonlarning genderga oid rolini tahlil qilish va ularning real hayotga mosligini baholash.
Ushbu metodlar yordamida talabalar gender stereotiplarini tanqidiy baholash va ularning jamiyatga salbiy ta’sirini chuqur anglash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kritik fikrlashni rivojlantirish ularga stereotiplardan xoli fikr yuritishni va gender tenglikka doir amaliy masalalarni hal qilishda samarali yondashuvlarni ishlab chiqishni o‘rgatadi.
Gender tarbiya fanini o‘qitishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish asosiy maqsadlarga kiradi. Talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishi, balki gender tenglikni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganishi kerak. Bunda qo‘yidagi yondashuvlar samarali bo‘ladi:
Hayotiy vaziyatlarni muhokama qilish orqali talabalarga gender tenglik yoki diskriminatsiyaga oid real hayotdan misollar keltiriladi. Masalan:
Ishga qabul qilish jarayonida ayollarning imkoniyatlari cheklangan vaziyatni tahlil qiling. Talabalar vaziyatni baholaydi, muammoni hal qilish yo‘llarini taklif qiladi va natijalarini himoya qiladi.
Rol o‘ynash (Role-play) orqali talabalar gender tenglikka oid turli rollarni ijro etib, muammoli vaziyatlarda qanday harakat qilishni amalda sinab ko‘radi. Masalan
Erkak va ayol xodimlarni karyera o‘sishida teng imkoniyatlar bilan ta’minlash.
Oilada qaror qabul qilishda gender balansni saqlash.
Trening va mashg‘ulotlar orqali talabalar kichik guruhlarda gender tenglik prinsiplarini qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajaradi. Mashg‘ulot mazmuni qudagicha bo ‘lishi mumkin: Oila, ish joyi va ta’lim muassasasida gender tenglikni ta’minlash uchun individual strategiyalar ishlab chiqish.
Amaliy loyihalar yaratish orqali gender tenglikni targ‘ib qilish bo‘yicha kichik loyihalar ishlab chiqadi. Masalan:
Gender tenglik mavzusida ijtimoiy roliklar yaratish.
Talabalar o‘rtasida gender stereotiplarini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish.
Mahallangizda yoki ta’lim muassasangizda gender tenglik qanday ta’minlangan?
Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali talabalar gender tenglik prinsiplari va stereotiplarni bartaraf etish masalalariga ko‘nikma hosil qiladilar. Bu jarayon ularning shaxsiy hayotida va professional faoliyatida gender tenglikni amalda qo‘llashga xizmat qiladi. O‘qituvchi bu jarayonda turli interfaol va amaliy usullarni qo‘llash orqali darsni yanada samarali tashkil qilishi lozim.
FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RО‘YXАT
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi” to‘g‘risida”gi
Farmoni. PF-158-son. 2023 yil 11-sentyabr.
2. О‘zbеkistоn Rеspublikаsining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O'RQ-562-son. 2019-yil 2-sentabr. 3. UNESCO. 2022. Global Education Monitoring Report – Gender Report: Deepening the debate on those still left behind. 4. Юсупова М. В. Образование в гендерном измерении // Изв. Самар. науч. центра РАН. 2010. Т. 12, № 5. C. 90—91., s. 91.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.