ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Gilamchilik bilan bog‘liq urf-odat va rasm-rusmlar.

Аннотация

Surxondaryo viloyati misolida gilamchilik  bilan bog‘liq urf-odat va rasm-rusmlar, Ustoz – shogird  munosabatlari , Shogird tayyorlash an’analari yoritib berilgan .


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Gilamchilik bilan bog‘liq urf-odat va rasm-rusmlar.

( Surxondaryo viloyati misolida )

Terdu Jahon tarixi kafedrasi o’qituvchisi

Mallayev Dilmurot Tursunmurodvich

Kalit so’zlar : Gilamchilik bilan bog’liq homiy – pirlar ,Hunarmandchilik oid risola ,Ustoz – shogird an’analari , Qo’l olish marosimi ,Hahar oshi

Annotatsiya : Surxondaryo viloyati misolida gilamchilik bilan bog‘liq urfodat va rasm-rusmlar, Ustoz – shogird munosabatlari , Shogird tayyorlash an’analari yoritib berilgan .

An’anaviy hunarmandchilikning barcha sohalari kabi gilamchilikda ham ko‘plab urf-odat va rasm-rusmlar bajarilgan. Bunday urf-odat va rasm- rusmlar gilamchi ayollarning maishiy turmushi va oilaviy hayoti bilan bog‘lik holda mahsulot tayyorlash jarayonining barcha bosqichlarida bajarilgan. Hunarmandchilikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - bu har bir sohani o‘z xomiy - pirlariga ega bo‘lingan.1 Mahsulot tayyorlash jarayonida bajariladigan urf-odatlarning genezisi aynan shu xomiy-pirlar bilan bog‘liq qadimiy e’tiqodiy qarashlar zamirida paydo bo‘lgan.

Hunarmandchilikning u yoki bu sohasini yuzaga kelishi va taraqqiyotida bunday xomiy-pirlar kulti muhim ahamiyat kasb qilib, ular ma’lum sohada faoliyat yuritayotgan hunarmandlarni o‘zaro jipslashtirib turishiga xizmat qilgan.2 1 Ҳунармадчиликдаги хомий пирлоар ҳақида батафсилроқ қаранг: Сухарева О.А. К вопросу о генезисее профессиональных культов у таджиков и узбеков// Памяти Михаила Степановича Андреева. Сборник статей по истории и филологии народов Средней Азии. Изд.АН.Тадж.ССР. 1960.С.195-207 2 Сухарева О.А. К вопросу о генезисее профессиональных культов у таджиков и узбеков// Памяти Михаила Степановича Андреева. Сборник статей по истории и филологии народов Средней Азии. Изд.АН.Тадж.ССР. 1960.С.195-207.

O‘tmishda har bir kasb-hunarning o‘z risolasi bo‘lgan.3 Risola arabcha so‘z bo‘lib “xat”, “maktub”, “kitobcha”, “asar”, “insho”, “yozma ish” kabi ma’nolarni bildiradi. Aniqroq aytganda, bu so‘z hunarmandga Allohdan kitobcha shaklida yuborilgan . o‘g‘it, pand-nasihat, degan ma’noni anglatadi. Risolalar diniy, iqtisodiy, xuquqiy va kasbiy jihatdan kasb-hunar egalarini ichki qoidalarini tartibga solib turuvchi nizom hisoblangan4

O‘rta Osiyolik hunarmandlarning risolasini o‘rgangan M.Gavrilov bunday risolalar ushbu hududda islom dinini tarqalishining dastlabki asrlarda yuzaga kelgan, deb ta’kidlaydi.5 Tadqiqotchi M.S.Andreev tomonidan esa risolalardagi xomiy-pirlar kulti keyinchalik asta-sekin islomlashtirilganligini ya’ni islom dinida muqaddaslashtirilgan avliyolar nomi bilan almashganligi ko‘rsatib o‘tilgan.6 Xullas, hunarmandchilik xomiy-pirlari bilan bog‘liq e’tiqodiy qarashlar asrlar davomida islom dini ta’sirida trasformatsiyaga uchragan. Bunday risolalarda hunarmandchilikning turli sohalarining asoschilari hisoblangan pir haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Har bir hunarning alohida risolasi bo‘lib, unda hunar tarixi, piru murshidlar, mashhur ustalar haqida ma’lumotlari bo‘lgan. Unga ko‘ra, har bir usta o‘z shogirdi tarbiyasiga javobgar bo‘lib, bir necha yil davomida hunar sir asrorlarini o‘rgatish va tarbiyalash ham kerak bo‘lgan. Shuningdek, usta o‘z shogirdidan risolaga amal qilish, gunoh ishlar qilmaslik, odamlar bilan xushmuomalada bo‘lish va ishni chin dildan bajarishini talab qilgan. Вu usta shogirdlikda ta’lim va tarbiyaning uzviyligidan dalolat bergan. Hunarmand uchun ish boshqaruvini tashkil etishda risola tili, 3 7 Рисолалар ҳақида батафсилроқ маълумот олиш учун қаранг: Атаджанова Д.Некоторые сведения из рисола – источник о развитие отдельных отраслей истории ремесла// O’zbekiston tarixi. – 2005. - № 5. – С.73-84. 4 Гаврилов М.Ф.По поводу процесса образования примитивных среднеазиатских цехов и цеховых сказаний (рисола)//Этнография.-1927.№2.-С.323-326; Сухарева О.А. Рисола как исторических источник// Источниковедения и текистологии средновекового Ближного и Средного Востока.-М., 1984-с. 201-215. 5 Гаврилов М.Ф. Рисола сартовеских ремесленников.Исследовонных цехов Т.1912.. С.6 6 Андреев М.С. По поводу процесса оброзования примитивных среднеазиатеких цехов. ... С. 324 xarakteri, mazmuniga ko‘ra “Xudodan qo‘rqish”, “Allohning karomati” sifatida alohida o‘rin tutgan. Hozirda bularning ahamiyati уyo‘qolib ketgan bo‘lsa-da, har bir hunarmand o‘z ishini Alloh nomi bilan boshlaуdi

Risolalarga ko‘ra, usta vazifasini bajarish uchun hunarmandlar 12 ta qoidaga amal qilishi kerak bo‘lgan: 1) tahorat olishi va masjidda jamoa bilan ibodat qilish; 2) ilmga intilganlar bilan suhbatda bo‘lish; 3) ustozini hurmat qilish va o‘rganayotgan hunar turini puxta egallash ; 4) do‘konda tozalikka rioya qilish; 5) asbob-uskunalarni ham toza saqlash; 6) kelganlarga xushmuomala bo‘lish; 7) chorshanba va payshanba kunlari kechqurun avliyolar, pirlar ruhiga atab chiroq yoqish; 8) soch va soqolini olmay yurganlardan hazar qilmaslik; 9) kundalik olingan foydaning yarmini sadaqa qilish; 10) mehnatga yarasha ozgina taqdirlanishdan ham ko‘ngli to‘q bo‘lish; 11) sabrli va chidamli bo‘lish; 12) rahmdil bo‘lishi zarur bo‘lgan850. Hozirgacha bu odatlar ko‘nchi, etikchi va kulollarda an’ana bo‘lib kelmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, hunarmandchilikdagi har bir an’ana, ishlab chiqarish tartiblari amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidalarga asoslangan.

O‘zbek xalqida hunarmandchilik tarmoqlarining asoschilari sifatida islom dinidagi aziz avliyolar hamda ayrim afsonaviy shaxslar obrazini tan olganlar. Xususan, temirchilar piri Dovud payg‘ambar, qayiq yasovchilar piri Nuh payg‘ambar, juvozchilarning piri Xo‘ja Ro‘shon, quruvchilar piri Muhammad (s.a.v) payg‘ambar, tikuvchilar piri Idris payg‘ambar, qoramol va qo‘y boquvchilarning piri Zangi-ota va Cho‘pon-ota, to‘quvchilar piri Momo havo yoki Sif alayxissalomlar hisoblangan. hunarmandchilik xomiy-pirlari garchi O‘rta Osiyoning ko‘plab xalqlari va hududlari uchun umumiylik kasb qilsada, ayni vaqtda mahalliy (lokal) ko‘rinishlarga ham ega.

Shu o‘rinda biz dissertatsiya mavzusining xususiyatidan kelib chiqib, gilam to‘qish kasb-hunari bilan shug‘ullangan hunarmandlar tomonidan tan olingan xomiy-pirlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Surxondaryo vohasida gilam to‘qish kasb-hunari bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar Momo Havo yoki Shish Nabini xomiy-pir deb hisoblasalar, tikuvchilar Idris payg‘ambarni xomiy-pir deb tan olganlar.7 Hunarmand to‘quvchilar risolasida keltirilgan afsonaga ko‘ra ip yigirishga Momo Hovo, 7 Рисоля о стролбе//ТВ.№45.1901г to‘quvchilikka esa Shish Nabiy asos solganligi qayd qilingan.8

Shuningdek, vohada gilam to‘qish bilan shug‘ullanuvchi ayol hunarmandlar orasida Bibi-Seshanba timsolida xomiy-pir kulti keng tarqalgan.

Etnografik adabiyotlarda Bibi-Seyshanba kulti ko‘p talqin va tahlil qilingan. Bibi Seyshanba obrazi mifologik tasavvurlarga ko‘ra, keksa, oq sochli va oq libosli ayol timsolida namoyon bo‘ladi. Shu sabab, aholi uni “Devi safid” (Oq ma’buda), “Oy Safeda” (Oq buvi), “Momo” nomlari bilan ham ataganlar.9 Shuningdek, turli hududlarda to‘quvchi ayol kultiga nisbatan “BibiChorshanba”, “Bibi-Risinda” (to‘quvchi xonim) yoki “Bibi-Charxon” (Charxchixonim) singari nomlar ham ishlatilgan. Keksa axborotchilarning ta’kidlashlaricha, Bibi Seyshanba timsolidagi xomiy-pir xaftaning seyshanba kuni to’quvchi chevarlar xonadoniga kelib ulardan xabar oladi va charxda ip yigiradi. Shu bois, ushbu kunda hunarmand ayolni kasb bilan mashg‘ul bo‘lishi ya’ni to‘qimachilik va chevarchilik bilan shug‘ullanishi xosiyatsiz hisoblangan. To‘qimachilar bu kunlari xomiylar ruhiga atab “chiroq” yoqib, “is chiqarish” rasm-rusmini bajarganlar.

Xullas, ip yigirish, to‘qimachilik va gilam to’qish kabi kasb-hunarlar bilan asosan ayollar shug‘ullanganligi bois, ushbu sohalardagi xomiy-pirlar timsoli ayol kulti obrazida namoyon bo‘ladi.

gilam to’quvchilar ayol timsolidagi xomiy-pirlarga k e’tiqod qilganlar, ulardan madad so‘rab, ular haqiga “fotiha” o‘qiganlar.

Ma’lumki, hunarmandchilikni bir qator sohalarida shogirdni mustaqil ish boshlashi uchun o‘ziga xos marosim o‘tkazilgan. Shunday marosimlardan biri ustozdan “ruhsat fotihasi”ni olish marosimidir. Aytib o‘tish kerakki, chevarchilik, 8 “Нурномойи шариф”// “Рисолайи бофандаги” қўлёзма. 104-варақ. 9 Андреев М.С. Среднеазиатская версия Золушки (Сандрильоны). св. Пароскева – Пешница Дип – и Сафид. Вкн. По Таджикистану, Т., 1927. tikuvchilik, gilamdo‘zlik va kashtachilik kabi xunar sohalarida “ruhsat fotihasi”ni olish marosimi o‘rniga “qo‘l olish” marosimi o‘tkazilgan.10

Ushbu rasm-rusmga ko‘ra yosh gilamchi 2-4 dona qozonda tayyorlangan non (yoki qatlama)ni hamda ustoz uchun bir kiyimlik (2,5-3 m) gazlama (sarpo)ni olib ustozining xonadoniga borgan. Ustoz o‘z o‘rnida xonadoniga 2-3 nafar gilamchilarni o‘tkaziladigan marosimda ishtirok qilish uchun taklif qilgan.

“Qo‘l olish” marosimi davomida shogirdning faoliyatiga “oq yo‘l” tilab Qur’oni Karimdan “fotiha” o‘qilgan. Soha piridan madad so‘ralib, uning ruhiga bag‘ishlab “is” chiqarilgan. Xalqona qarashlarga ko‘ra, “.... vafot etgan ajdodlar ruhlari ana shu “is”dan bahramand bo‘lib, o‘z yaqinlariga omad tilar ekan”.11 “Is” chiqarish rasm-rusmini o‘tkazish uchun dastavval chalpak, bo’g’irsoq kabi marosim taomlari qozonga solingan o‘simlik yog‘ida pishirilgan. Ushbu taomlar pishirilgach qozonda qolgan yog‘ga kerakli miqdordagi paxta botilib, “is” chiqarish uchun “chiroq” tayyorlangan. So‘ngra ushbu “chiroq”larni yoqib, xomiypir ruhidan madad so‘ralgan. “Is chiqirish” yoki “chiroq yoqish” odatlari “qo‘l olish” marosimining eng asosiy jihatlaridan biri hisoblangan.

Kata tajribaga ega bo’lgan gilamchi ayol o‘z shogirdiga “ruhsat fotihasini” berar ekan, hunarni mustaqil davom ettirishda unga o‘limidan keyin ham ruhi madad berishini alohida ta’kidlagan. Masalan, taniqli etnograf O.A.Suxareva o‘z asarlarining birida, keksa ayol o’z shogirdiga aytgan quyidagi vasiyatli so‘zlarini keltiradi: “Mening o‘limimdan keyin bu ish bilan sen shug‘ullanasan. Mening ruhim (arvohim) kelib, senga yordam beradi”.12 Demak, ko‘p hollarda keksa yoshli gilam to’quvchi ayollar o‘z shogirdiga “ruhsat fotihasi”ni keksayib qolgan davrda bergan

Gilamchilkni o‘rgangan ayol uchun mustaqil tarzda faoliyat yuritish faqat yuqorida keltirilgan “qo‘l olish” marosimini o‘tkazilgandan keyingina mumkin 10 Эсонов З.Ю Фарғона водийси қишлоқ аҳолисининг ҳунармандчилик анъаналари (XIX аср охири-XX аср бошлари) тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Тошкент. 2021 Б.21. 11 А.Аширов. Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари...Б.133 бет 12 Сухраева О.А. Кистории развития Самаркандекой декаротивной вышивки...Б.125-126 bo‘lgan. Aks xolda yosh to’quvchi ushbu “qo‘l olish” marosimi o‘tkazilmasidan va ustozdan “ruhsat fotihasi”ni olmasdan xunar bilan mustaqil shug‘ullana boshlasa marxum ustozining ruhi (arvohi) unga zarar yetkazgan. 13

Hunarmamdchilkda shogirdlikka olishda uning jinsi va yoshi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Agar og‘ir jismoniy mehnat qilish talab qilinadigan temirchilik, duradgorlik, kulolchilik va charmgarlik kabi kasbhunarlarda shogirdlikka 16-17 yoshdan olinsa, yengilroq mehnat talab qiladigan hunarlarda 10- 14 yoshdan olingan. Gilamchilkda qizlar 7-10 yoshdan boshlab bu hunarga o‘rgatila boshlangan. Ayrim xollarda katta yoshdagi ayol ham bu hunarni o‘rganish maqsadida tajribali, gilam to’quvchiga shogird tushishi mumkin bo‘lgan. Aytib o‘tish kerakki, gilamchilkda tajribali gilam to’quvchi o‘z hunar sirini asosan qizi yoki nabirasiga o‘rgatgan. Ba’zi xollarda, ya’ni gilam to’quvchini qizi yoki nabirasi bo‘lmasa yaqin qarindoshni yoki boshqa xonadon qizini shogirdlikka olgan.

Barcha kasb turlari kabi gilamchilkda ham ustoz o‘zining shogirdiga nafaqat hunar sirlarini o‘rgatibgina qolmay, shu bilan birga uni odob ahloqli, sabrtoqatli, pokiza va mehnatkash bo‘lib yetishiga ham e’tiborli bo‘lgan. Shogidni hunar sirlarini to‘la o‘rganib mohir gilamchi bo‘lib yetishishi avvalo o‘ziga, uning hunarga mehri, qobiliyati va sabr-toqatiga bog‘liq bo‘lgan. Gilamchilkda ko‘plab shogirdlar tayyorlagan axborotchilarni ta’kidlashlaricha, hunarni qunt bilan o‘rgangan shogird o‘rtacha bir yoki ikki yilda yaxshigilam to’quvchi bo‘lib yetishadi.

Gilam to’quvchilar bir necha xil asbob-anjomlardan foydalanganlar. Ular qaychi, igna, bigiz, ip yoki ipak va turli matolarni ishlatib gilam mahsulotlarini tayyorlaganlar. Bu hunar egalari asbob-anjomlarga nihoyatda e’tiborli bo‘lganlar. Xalqona qarashlarga ko‘ra ishlatiladigan asbob-anjomlarga e’tiborsiz bo‘lish, ularni pokiza saqlamaslik soha pir-xomiylarni g‘azabini kuzatgan va ishlab chiqarishda baraka bo‘lmagan. Qo‘l yuvmasdan asbob-anjomlarga teginish mumkin bo‘lmagan. Asbob-anjomlardan foydalanish bilan bog‘liq turli irimlarga amal qilganlar. Shu o‘rinda bir necha misollarni keltirib o‘tamiz.

Gilam to’quvchilar kundalik ishini nihoyasida foydalanilgan ignani ipsiz qoldirmaganlar. Bunda avvalo igna yo‘qolib qolmaslikni oldi olingan. 13 Сухарева О.А. Сузани среднеазиатская декоротивная вышивка…С. 44, 47-48. Shuningdek, bu holat o‘ziga xos irim bilan ham izohlanadi.To’quvchilarda bu xolat xosiyatsiz hisoblanib, tushunchaga ko‘ra agar igna ipsiz qoldirilsa, qo’li gul ayollar faoliyatida katta qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Axborotchilar bergan ma’lumotlarga ko‘ra,vohaning bir qator qishloqlarida ignani ipsiz qoldirish hatto gilam to’quvchini hunar bilan shug‘ullanishini to‘xtab qolishga ham olib kelgan.

Igna-ip bilan bog‘liq yana bir irim. Gilamchi ayol ignaga ipni qanchalik uzunroq o‘tkazilsa, chevar faoliyati shunchalik uzoq davom etadi, degan tushuncha bo‘lgan. Boshqa holatda esa ignaga o‘zga odam ip o‘tkazib bersa, undan ipning oxirini bog‘lamaslik talab qilingan. Bunda go‘yoki to’quvchining ish yo‘li bog‘lanib qolishini oldi olingan .

Gilamchilikda ishlatiladigan asosiy asboblardan biri bu – qaychi. U bilan ham bog‘liq bir necha irimlar bo‘lgan. Shulardan biri qaychi “og‘zi”ni ochiq holatda qoldirish hosiyasiz deb qaralishi. Keksa axborotchilarning aytishlaricha, qaychi er-xotinning o‘zaro birligi, uning bir uchi er, ikkinchi uchun esa xotin. Ularni ayri holda qoldirish esa, er-xotinni ajralishiga, oilani buzilib ketishiga olib keladi. Shu bois chevarlar er-xotin o‘zaro bir butun bo‘lsin deb qaychi uchlarini doimo birlashtirgan holda qoldirganlar.

Xulosa qilib aytganda an’anaviy gilamchilik bilan ham bog‘liq ko‘plab urf-odat va rasm-rusumlar bajarilgan. Ularning aksariyati mahalliy aholining soha homiy-pirlariga bo‘lgan qadimiy e’tiqodlari bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan.

Fodalanilgan adabbiyotlar :

1 Сухарева О.А. К вопросу о генезисее профессиональных культов у таджиков и узбеков// Памяти Михаила Степановича Андреева. Сборник статей по истории и филологии народов Средней Азии. Изд.АН.Тадж.ССР. 1960.С.195- 207 2 Сухарева О.А. К вопросу о генезисее профессиональных культов у таджиков и узбеков// Памяти МихаилаСтепановича Андреева. Сборник статей по истории и филологии народов Средней Азии. Изд.АН.Тадж.ССР.1960.С.195- 207.

4 Эсонов З.Ю Фарғона водийси қишлоқ аҳолисининг ҳунармандчилик анъаналари (XIX аср охири-XX аср бошлари) тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Тошкент. 2021 Б.21.

5 S . N. Tursunov ,T. R . Pardayev , G. O’. Ahmedova O’zbekiston janubiy hududlarda madaniy va amaliy sa’nat yodgorliklari tarixi .Termiz , 2017 yil

6 S. T. Tusunov va boshqalar . surxon vohasi moddiy madaniyat tarixi . Toshkent 2013

7 S. T . Davlatova O’zbekistonning janubiy hududlari an’anaviy hunarmandchiligi tarixiy jarayonlar kontekstida Toshkent 2018

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.