SIVILIZATSIYAVIY TARAQQIYOTIGA TA’SIRI
Yusupov Murodali Sunnatovich
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi,
falsafa fanlari doktori (PhD)
Djurakulova Moxina Akmalovna, Istatboeva Afruza Sunattilloevna
Samarqand Zarmed universiteti talabalari
Annotatsiya. Maqolada globallashuv jarayonlari, sivilizatsiyaviy taraqqiyot inson tafakkuri, jamiyat rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri, hamda hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim o‘ziga xos xususiyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar. globallashuv, kommunikatsiya, sivilizatsiya, taraqqiyot, qadriyat, madaniyat, ommaviy madaniyat, ta’lim va axloq.
Аннотация. В статье освещаются процессы глобализации, цивилизационное развитие, его влияние на человеческое мышление и развитие общества, а также важные особенности современной цивилизации.
Ключевые слова. глобализация, коммуникация, цивилизация, прогресс, ценность, культура, массовая культура, образование и этика.
Abstract. The article highlights the processes of globalization, the influence of civilizational development on human thought, the development of society, and an important feature of modern civilization.
Key words. globalization, communication, civilization, progress, value, culture, popular culture, education, and ethics.
Insoniyat sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti jarayonida inson, uning erki, huquqi, farovonligi, unga munosib turmush sharoitini yaratish, barkamol insonni tarbiyalash va adolatli jamiyat barpo etish masalasi doimo o‘z dolzarbligini saqlab kelgan. Ijtimoiy hayotda, sivilizatsiya taraqqiyotining hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati qurilishi, globallashuv, modernizatsiya, demokratik tamoyillar ustuvorligi, jamiyat hayotining insonparvarlashuvi, postindustrial, axborotlashgan jamiyatga o‘tish jarayonida bu masala yanada muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Bugungi kunda, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyati, ya’ni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etilmoqda.
O‘zbekistonning sivilizatsiyaviy taraqqiyot yo‘li xalqning milliy mentaliteti, an’analari, qadriyatlari asosida amalga oshib, Respublikada fuqarolik jamiyati barpo etilishi jarayoni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida, O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga integratsiyalashuvi asosida sodir bo‘lmoqda. O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – madaniy milliy davlatchilik modeli eng avvalo iqtisodiy taraqqiyot, inson huquqlari va fuqarolarning turmush darajasidagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni hamda mavqeini belgilab, respublikada shu asosda zamonaviy fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda.
Jahondagi zamonaviy milliy davlatchilik modellarining o‘ziga xosligi eng avvalo, birinchidan, jamiyatda hukmron bo‘lgan ilmiy, diniy hamda falsafiy dunyoqarashlik me’yorlarining jamiyat siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga ta’siri bilan, ikkinchidan, ularning texnika iqtisodiy va taraqqiyot darajasining yuksakligi bilan va uchinchidan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning jadal taraqqiy etib borishi bilan belgilanib, jamiyatning sivilizatsiyaviy taraqqiyoti globallashuv hamda modernizatsiya jarayonlarining bevosita ta’siri asosida sodir bo‘ladi.Sivilizatsiya tushunchasi alohida olingan bir xalq, hudud, jamiyat, davlat va hatto jahonga, ularning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan qo‘llanuvchi tushuncha bo‘lib, lotin tilida bu so‘z “fuqarolikka oid” degan ma’noni bildiradi.
Sivilizatsiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida turgan xalq va mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi o‘ziga xosligi bo‘lib, O‘zbekistonning ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – ma’rifiy va sivilizatsiyalashgan taraqqiyotida dunyoviy ilmlar qatorida turli diniy ta’limotlar ham o‘ziga xos o‘rin tutib kelmoqda. Bu holat O‘zbekistonning milliy mafkurasidagi dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasida o‘z ifodasini topgandir.
Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyaviy yondashuv har bir xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotiga noyob va takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Shu bilan birgalikda ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyaviy yondashuv har bir milliy madaniyatning o‘ziga xosligi, noyob va betakrorligini e’tirof etgan holda jahon sivilizatsiyasi yutuqlariga tayanadi. Ayniqsa globallashuv sharoitida milliy madaniyatga turli tashqi omillarning ta’siri kuchli bo‘lib, milliy hamda umuminsoniy madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi, o‘zaro ta’siri kuchayib bormoqda.
Ijtimoiy fanlarda sivilizatsiyalarning muayyan bosqichlari ajratilib ko‘rsatilib, bular sivilizatsiyagacha bo‘lgan arxaik, an’anaviy yoki ibtidoiy jamiyat, agrar hunarmandchilik sivilizatsiyasi, industrial, sanoat sivilizatsiyasi, hozirgi zamon postindustrial yoki informatsion sivilizatsiyalardan iboratdir. Insoniyat jamiyatining industrial, sanoat sivilizatsiyasiga, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o‘tishi ijtimoiy hayotning barcha sohalarida modernizatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelsa, hozirgi zamon postindustrial yoki informatsion sivilizatsiyasining vujudga kelib taraqqiy etishida globallashuv jarayonining ta’siri kattadir. Jamiyat hayotining asta – sekin tadrijiy taraqqiy etib borishi ijtimoiy hayotdagi o‘zgarish, yangilanish, modernizatsiya jarayonlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, globallashuv jarayoni ijtimoiy taraqqiyotning tezlashuviga, iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – mafkuraviy hayot sohalarida turli madaniyatlar o‘zaro ta’sirining kuchayishiga olib kelmoqda.
Hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim o‘ziga xos xususiyati, bu jahon ijtimoiy hayotida insonparvarlik, demokratlashtirish va globallashuv singari yangi tamoyillarning yuzaga kelishi hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida namoyon bo‘lishida ko‘zga tashlanadi. Shaxs erki, huquqi va ma’naviyati insonparvar, adolatli jamiyat barpo qilishning muhim omilidir.
Fuqarolik jamiyati insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilmaxilligi ta’minlanadigan hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mavqei baland bo‘lgan ijtimoiy tuzum bo‘lib, O‘zbekistonning sivilizatsiyaviy taraqqiyot yo‘lining, globallashuv sharoitida jamiyatdagi modernizatsiya jarayonlarining pirovard maqsadi ham zamonaviy, yuksak taraqqiyot darajasida bo‘lgan, insonparvar fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir.
Demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatida fuqarolar o‘zlarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy extiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlari ishida faol ishtirok etib qondiradilar.
O‘zbekistonda zamonaviy fuqarolik jamiyati barpo qilish jarayonida xalqning milliy o‘ziga xosligi, mentalitetiga, urf-odat va an’analariga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga katta e’tibor qaratilib, bu O‘zbekistonning sivilizatsiyaviy taraqqiyotining o‘ziga xosligini ifodalamoqda.
Fuqarolik jamiyati barpo qilish, xalqning farovonligini ta’minlash, zamonaviy, ilg‘or mamlakatlar darajasiga ko‘tarilish, tinchlik, barqarorlik, xamjihatlik asosida insonparvar, demokratik, xuquqiy davlat barpo etish hozirgi zamon sivilizatsiyaviy taraqqiyotining asosiy maqsadi bo‘lib, O‘zbekiston xam o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lida ushbu me’yor hamda tamoyillarga amal qilib kelmoqda.
Sivilizatsiyalar bir qancha turlarga, Sharq va G‘arb, Islom, Xristianlik, Buddaviylik va xokazo sivilizatsiyalarga bo‘linib O‘zbekiston ham taalluqli bo‘lgan Sharq sivilizatsiyasi quyidagi muhim o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
- Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga extiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, sabr – toqatlilikni targ‘ib etgan;
- odamlar orasida bag‘rikenglik, birdamlik va hamjihatlik ruhi kuchli bo‘lgan;
- milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan;
- kattalar va ota – onaga hurmat bilan qarashga alohida e’tibor berilgan.
O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm – fan, axloq, din, san’at, madaniyat sohasidagi ulkan yutuqlari bilan munosib xissa qo‘shib, milliy mustaqillik yillarida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega O‘zbekiston o‘z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va boy madaniyatiga tayanib, globallashuv sharoitida G‘arb va Sharqning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, ijtimoiy – iqtisodiy, ma’naviy – madaniy sohalarda modernizatsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirib, xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashib, dunyoviy sivilizatsiyaviy taraqqiyot yo‘lidan bormoqda.
Adabiyotlar ro‘yxati: 1. 1. Qahharova I/ globallashuv global ma’naviyatning g’oyaviy asosi.T.: Tafakkur, 2009 2. Qambarov A.A. Jamiyatning ma’naviy yangilanishi jarayonida ilmiy
qadriyatlarning roli: Falsafa fan. nomzodi... Avtoref/ A. A. Qambarov; Mirzo
Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy un-ti. - Toshkent, 2006. - 27 b. 3. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005 4. Madatovich R. The Role of Civic Responsibility In Educating Youth In A Healthy
Spiritual Environment In An Information Society //Pubmedia Social Sciences and
Humanities. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 6-6. 5. MADATOVICH R. S. Aesthetic Features of the Formation of a Healthy
Environment in the Upbringing of Children in the Family //JournalNX. – 2020. – Т.
6. – №. 04. – С. 88-90. 6. Азизкулов А. А., Рузимуродов С. М. Газали о значении ума в человеческой
деятельности //Paradigmata poznani. – 2014. – №. 2. – С. 43-46.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.