UDK: 592/599
G‘O‘ZA OQQANOTI-GO’ZANING ASHADDIY ZARARKUNANDASIMI?
M.X.Bekchanov1 , O.A.Matrizayeva2
1 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti, Tabiiy va Qishloq
Xo'jaligi fanlar fakulteti Agranomiya Kafedira mudiri 2 Agranomiya kafedrasi 241-guruh O'simlik himoyasi va karantini yo'nalishi talabasi
Annotasiya: Maqolada g‘o‘zaga zarar yetkazadigan hasharot Bemisia tabaci Genn. haqida gap boradi. To‘g‘ri g‘o‘zaga zarar yetkazadigan hasharotlar ko‘p va turli tuman ammo ko‘pchiligi tunlamlar ya’ni kapalaklar ularning qurtlari bo‘lsa bu maqoladagi Bemisia tabaci, Teng qanotlilar turkumi (Homoptera) vakili bo‘lib, u g‘o‘zaga zarar yetkazishi, bioekologik xusisiyatlari va unga qarshi kurash choralari ochib berilgan.
Аннотатсия: В статье рассказывается о хлопковом насекомом Bemisia tabaci Genn. Существуют различные насекомые, повреждающие хлопок, но большинство из них – моль или моль. В данной статье описаны вредители хлопчатника, поставляющие бемицию, их биоэкологические особенности и меры борьбы с ними.
Kalit so‘z: Nimfa, Tropik va subtropik iqlim, Encarsia formosa, Eretmocerus eremicus, Insektitsidlar, G‘o‘za oqqanoti - Bemisiatabaci, Zararkunanda hasharotlar, Oqqanotlilar oilasi (Aleyrodidae), Homoptera (Teng qanotlilar).
Ключево слово: Нимфа, Тропический и субтропический климат, Encarsia formosa, Eretmocerus eremicus, Инсектициды, Хлопковая белокрылка Bemisia, Вредные насекомые, Семейство белокрылок (Aleyrodidae), Равнокрылые (Homoptera)
G‘o‘za oqqanoti – qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun xavfli zararkunanda bo‘lib, u turli (asosan, g‘o‘za, kartoshka, pomidor, tamaki va dukkakli ) o‘simliklarda ularning shiralari bilan oziqlanadi va virusli kasalliklarni tarqatib hayot kechiradi. Bu hasharot oqqanotlilar oilasi (Aleyrodidae) ga mansub, asosan tropik va subtropik iqlim sharoitida keng tarqalgan. Oqqanotlarning 1200 turi mavjud bo‘lib O‘zbekistonda 4 ta turi aniqlangan shulardan 2 tasi asosan g‘o‘zaga (Trialeurodes vaporariorum Westw; Bemisia Tabaci Genn) zarar yetkazaib, qolgani sitrus daraxtlarga zarar keltirdi. Oqqanot g‘o‘zaga 1970 - yillardan boshlab moslasha kelgan va bunga bir nechta sabablar mavjud. Respublikamizda bu hasharotning keng tarqalishiga sabab issiqxonalarning keskin ko‘payib ketishi bilan uzviy bog‘liq. Chunki issiqxonlar oqqanotning ko‘payishi va oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bu hasharotlar uchun havo harorati 22 – 27 °C hamda 70 - 80 % havo namliki juda yaxshi hisoblanadi. Bu zararkunandalar kuz - bahor davrida issiqxonalarda rivojlanib ko‘payadi va bahorning issiq kunlarida uchib chiqib turli o‘simliklar jumladan g‘o‘zani ham zararlay boshlaydi. Demak ular mayning oxiri iyunning boshida go‘zaga Zarar yetkaza boshlaydi. Ayni go‘za ko‘karib dastlabgi barglari hosil bo‘layotgan (may oxiri) va novdalar, g‘unchalarning paydo bo‘lish (iyun boshlari) vaqtiga to‘g‘ri kelib boradi bu esa juda havli chunki oqqanot yosh barglarning orqa tarafiga joylashib uni sanchibso‘rib ozilanadi, so‘ngra urchib tuxum qo‘yadi. Oval shaklidagi mayda tuxumlar ipchaga o‘rnatilgan bo‘ladi, 5-8 kunda tuxumlar qorayib ichidan lichinkalar chiqadi. Bemisia tabaci Genn chala o‘zgarish bilan rivojlanganligi tufayli dastlabki davrlarda lichinkalar qulay joyga o‘rnashgach, bir yerda harakatsizlanib oziqlanadi va 2 marta post tashlab nimfaga aylanadi. Nimfa qattiq qobiq bilan himoyalangan bo‘ladi, qobiq kushanda va har xil kimoviy pereparatlarga chidamli bo‘ladi. Shuning uchun biz ularga qarshi kurash chora tadbirlari olib borganimizda ular qay holatda va qaysi davrda ekanligini aniqlashimiz zarur. Vaholanki oqqanot o‘simlikga asosan lichinkalik davrida zarar yetkazadi. Lichinkalar teng qanotlilar turkumiga kirishga qaramay ular bu oiladan farqli ravishda o‘ziga xos hazm qilish tuzilishiga ega bo‘lganligi sababli so‘rib olingan ozuqaning bir qismi hazm bo‘lmay tashqariga chiqarilib yuboriladi. Buning natijasida oqqanot bosgan o‘simliklarni shira qoplaydi va bu holatda shirada zamburug‘lar ko‘payib o‘simlik hosili farqli ravishda kamaygan holda sifati ham pasayib ketishiga olib keladi. Kuz kelib ko‘saklar ochiladigan paytda shiralar paxta ichiga tushib zararni yanada chuqurlashtiradi. Ularga qarshi kurash chora tadbirlarda agrotexnik, biologik va kumyoviy kurash choralarini olib borishimiz o‘rinli hisoblanadi. Masalan: begona o‘tlarga qarshi kurash. Begona o‘tlar oqqanotlar uchun o’tmishdosh ozuqa ekini hisiblanadi va ularni yo‘q qilish keyingi ekinni zararlash oqibatlarini kamaytiradi. Biologik kurashlardan biri bo‘lgan entomofaglardan foydalanish ham yaxshi samara bera oladi deya olaman, lekin ba’zi entomofaglar ko‘paytirishda muammolarga duch kelmoqdamiz, masalan bizga kerak entomofag bizning muhitga moslasha olmasligi yoki uni urug‘lanish, ko‘payish payti bizga kerak vaqtda bo‘lishi kuzatilishi mumkun. Bularga Encarisia Formosa va Eretmocerus eremicus entomofaglari qo‘llanilsa yaxshi samara beradi, ammo bu entomofaglar O‘zbekiston sharoyitida deyarli uchramaydi. Ushbu parazitoidlarni ko‘paytirish uchun xorijiy biokontrol agentliklari yetkazib beruvchilaridan sotib olib uni ko‘paytirish mumkin va dalalarda qo‘llanilsa oqqanotlarga samarali bo’ladi. Oqqanotlar 2 marta post tashlab nimfaga aylangan paytidagi qobig’i kimyoviy pereparatlarga chidamli bo‘lganligi tufayli insektisidlarni qo‘llashda oqqanotning tuxum yoki birinchi yoshdagi lichinka bosqichlarida qo‘llash samaraliloq bo‘ladi. Shunday ekan biz o‘simlikarimizni birinchi navbatda o‘zimiz himoya qilishimiz va bunday holatga yetib kelguncha qarab turmasligimiz kerak. Chunki ekin bir zarar ko‘rsa uni tiklash qiyin bo‘ladi. Hasharotni butunlay qirib tashlash uni yo‘q qilish imkonsiz, vaholanki har bir organizmni ozuqa zarjirida o‘z o‘rni bor va daladan yo‘q qilish uchun ham ma’lum vaqt talab qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.B.A.Sulaymonov, B.S.Boltayev, A.R.Anorboyev, U.D.Ortiqov, M.I.Tojiyeva, Sh A. Mahmudova, M.M.Ablazova “Qishloq xo‘jaligi entomologiyasi fanidan labaratorya mashg‘ulotlari 68-69-bet”.
2. Q.To‘xtayev “O‘zbekiston entomofaunasi”
3. A.Karimov,S.Mirzaev “O‘simliklarni himoya qilish”
4. H.Hasanov “Qishloq xo‘jaligi entomologiyasi “
5. “G‘o‘za oqqanoti- Bemisia tabaci Genn zarari va ularga qarshi kurash choralari” maqolasi, Scienweb: https://sg.docworkspace.com/d/sIGS-- a2XAse74b4G?sa=601.1074
6. M.Ismoilov “O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi zararkunandalari"
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.