ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

G‘O‘ZANING YUQORI SIFATLI URUG‘INI YETISHTIRISH

Аннотация

G‘o‘za urug‘chiligidagi barcha ishlar urug‘chilik xo‘jaliklarida olib boriladi. Urug‘chilik yangi navni dastlabki ko‘paytirishdan boshlanadi, bu seleksiya ishlarini kengaytirilgan maydonlarda – o‘nlab va yuzlab gektarlarda olib boriladigan davomi hisoblanadi. Bu yerda ko‘paytiriladigan yangi nav qayta ekiladi va ko‘paytiriladi. Bu ish maxsus elita   urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida olib boriladi. Rayonlashtirilgan navning urug‘lari uni rayonlashtirishga kirishish vaqtidan boshlab, to mazkur fermer xo‘jaliklarda ekilgunga qadar uzluksiz yetishtirila boradi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

G‘O‘ZANING YUQORI SIFATLI URUG‘INI YETISHTIRISH

D.Sh.Abdimurotova Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, 191200, Surxondaryo

viloyati, Termiz tumani, Yangiobad mahallasi

Annatatsiya: G‘o‘za urug‘chiligidagi barcha ishlar urug‘chilik xo‘jaliklarida olib boriladi. Urug‘chilik yangi navni dastlabki ko‘paytirishdan boshlanadi, bu seleksiya ishlarini kengaytirilgan maydonlarda – o‘nlab va yuzlab gektarlarda olib boriladigan davomi hisoblanadi. Bu yerda ko‘paytiriladigan yangi nav qayta ekiladi va ko‘paytiriladi. Bu ish maxsus elita urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida olib boriladi.

Rayonlashtirilgan navning urug‘lari uni rayonlashtirishga kirishish vaqtidan boshlab, to mazkur fermer xo‘jaliklarda ekilgunga qadar uzluksiz yetishtirila boradi.

Kalit so’zlar: urug‘chilik, reproduktsiya, tanlash, nav, elita, nav yangilash, yakka tanlash, kuchatzor, agrotexnika, ko’sak, chigit, tola.

Urug‘lik yetishtiriladigan elita xo‘jaliklari tuproq-iqlim sharoiti taxminan bir xil bo‘lgan zonalar bo‘yicha tashkil etiladi. Har bir elita xo‘jaligi g‘o‘zaning rayonlashtirilgan faqat bitta navi urug‘ini yetishtiradi. Elita urug‘lar yetishtiruvchi xo‘jaliklarda g‘o‘zaning boshqa navlarini ekish va sinab ko‘rishga ruxsat etilmaydi. Har bir elita xo‘jaligi besh yillik sxema bo‘yicha rejali nav yangilash uchun yetarli miqdorda (taxminan 40-50 ming gektarga) mo‘ljallab elita urug‘lari yetishtiriladi (N.G. Simongulyan, S. R. Muhammadxanov, A. N. Shafrin, 1974)

Masalan, birinchi yilda (taxminan) 50 ga yerdan olingan elita urug‘ligi sekin asta ko‘paytirilib boriladi va quyidagi maydonlarni egallaydi (sxema): Ikkinchi yilda 400 ga (taxminan) maydonga elita urug‘ligi ekiladi va bular birinchi reproduktsiya deb ataladi. 1- reproduktsiya g‘o‘za chigiti 3- yilda taxminan 2500 ga maydonga IIreproduktsiya sifatida ekiladi. 4-yilda II-reproduktsiya chigiti taxminan 10 000 ga maydonga III-reproduktsiya sifatida ekiladi, bu III-reproduktsiya paxtaning chigiti 5- yil 40 000 ga yerga ekiladi va IV-reproduktsiya urug‘lari ekish uchun foydalanilmaydi. Shunday qilib, elita xo‘jaliklari tarqatgan urug‘lar xo‘jaliklarda ketma-ket 4 yil ekiladi. Nav yangilashning butun sxemasi esa, elita urug‘lar yetishtirishni ham birga qo‘shib olganda, urug‘ 5 yilda almashtiriladi.

Xorijiy mamlakatlar tajribalariga ko‘ra yaxshi tashkil etilgan urug‘chilik asosida nav yangilashning ahamiyati uncha ham katta ahamiyatga ega emas Masalan, Shvetsiyada urug‘lik reproduktsiyasini cheklanmagan holda ko‘p yillar davomida ekishga ruxsat beriladi, agar urug‘lik nav tozaligi va ekinboplik xususiyatlari bo‘yicha andoza talablariga javob bersa, Germaniyada tanlashdan boshlab urug‘lik 11 yil davomida ekiladi va 12 yildan keyin urug’, birinchi, ikkinchi (urug‘lik ekinlar), uchinchi, to‘rtinchi reproduktsiya (texnologik ekinlar).

Nav yangilashning 5 yillik sxemasi jarayonida paxta mahsulotining sifati va super elita, elita, keyingi reproduktsiya urug‘ining hosildorligi salohiyati bir xil bo‘lib saqlanadi va pasaymaydi.

G‘o‘zada nav yangilashning tartibi

Sh.Kozubayevning (2004) fikricha ekilayotgan urug‘lik reproduktsiyalari va ularning kelgusi avlodlari hosildorligi bo‘yicha yorqin bog‘liqligi yo‘q .

Urug‘likning ekinboplik va hosildorlik sifatlari o‘stirish sharoitlari, jumladan agrotexnologiyaga bog‘liq. Shuning uchun yuqori hosil urug‘lik agrotexnologiyasini har bir hududga va ayniqsa naviga qarab ishlab chiqish kerak. Urug‘chilik maydonlarida nav tozaligi (genetik bir tekisligi) 96 % dan kam bo‘lmasligi va hosildorligi umumiy (tovar) maydonlarinikiga nisbatan 15 % dan ziyod bo‘lishi kerak.

Elita dalasi

I-Reproduksiya (o’sha xo’jalikda)

II-Reproduksiya (yaqin oradagi yaxshi xo’jalikda)

III-Reproduksiya (boshqa zavodlarga biriktirilga

eng yaxshi fermer xo’jaliklarda)

IV-Reproduksiya (ayrim mintaqada qolgan barcha

xo’jaliklarda)

Reproduktsiya urug‘liklar o‘rtasida mahsuldorlik bo‘yicha farq bor-yo‘qligini o‘rganish maqsadida Raximov J. va Narimanov A. 2008-2009 yillar Xorazm viloyati, Shovot tumanida g‘o‘zaning to‘rtta o‘rta tolali– Xorazm-127, Xorazm-150, Buxoro102, Ibrat navlarini taqqoslash usuli bilan elita va uchinchi reproduktsiyalarini dala sharoitida o‘rganib, baholaganlar. Natijada hamma navlarda dala unuvchanligi bo‘yicha farqi sezilarli bo‘lmagan: laboratoriya unuvchanligi 90 %, unib chiqish energiyasi 85 % bo‘lganda dala unuvchanligi 70 % dan 73 % gacha tashkil qilgan.

O‘sish, rivojlanish, hosildorlik va tolasining texnologik xususiyatlari bo‘yicha xuddi shunday natijalar kuzatilgan. Ya’ni o‘rganilgan variantlar bo‘yicha sezilarli farq bo‘lmagan – farqi tajriba xatosi orasida bo‘lgan.

Xulosa qilib aytganda yuqori dala unuvchanligi, o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi hamda hosildorlik hamma o‘rganilgan g‘o‘za navlarida reproduktsiyaga bog‘liq bo‘lmay – laboratoriya unuvchanligi va unib chiqish kuchi yuqori bo‘lgan urug‘liklarda ekilganda kuzatiladi.

Elita urug‘lar yetishtirishda urug‘likni keyingi (yo‘qori) reproduktsiyalarga almashtirish mumkin (Kozubayev Sh., 2004).

O‘zbekistonda nav yangilashning besh yillik sxemasi qabul qilingan: 1 yil – super elita, 2 yil – elita, 3 yil – birinchi reproduktsiya, 4 yil – ikkinchi reproduktsiya, 5 yil – uchinchi reproduktsiya.

Elita urug‘lik yetishtirish sxemasi eng yaxshi o‘simliklarni tanlashga va ularning hosildorligini oshirishga imkon beradigan yo‘nalishda tashkil etilishi kerak.

Elita urug‘lar yetishtirish qabul qilingan uslubi bo‘yicha: - nav ichida chatishtirish yo‘li bilan va nav ichida chatishtirmasdan amalga oshiriladi.

Nav ichida chatishtirish yo‘li bilan elita urug‘lar yetishtirishda quyidagi ko‘chatzorlar mavjud:

A) nav ichida chatishtirish ko‘chatzori;

B) urug‘lik ko‘chatzori;

V) urug‘likka ko‘paytiruvshi ko‘chatzor

1971 yilda qabul qilingan qarorga binoan nav ichida chatishtirish mazkur navga muvofiqligiga qarab g‘o‘zada fakultativ (ixtiyoriy) ravishda qo‘llash mumkin deb topildi.

Hozirgi vaqtda asosiy usul bo‘lib nav ichida chatishtirmasdan elita urug‘ini yetishtirish hisoblanadi. Bu usulda quyidagi ko‘chatzorlar tashkil etiladi:

A) 1-yilgi urug‘lik ko‘chatzori

B) 2-yilgi urug‘lik ko‘chatzori

V) urug‘likka ko‘paytirish ko‘chatzori

Nav ichida chatishtirmasdan elita urug‘lar yetishtirish yuqori agrotexnika usulida o‘stirilgan eng yaxshi tipik o‘simliklarning 2-3 avlodini tekshirgan holda uzluksiz yakka tanlashga asoslangan.

1-yilgi urug‘lik ko‘chatzori – nav ichida chatishtirmasdan yakka tanlash yo‘li bilan olingan eng yaxshi bo‘g‘inlarni tanlash va ko‘paytirish.

Bu ko‘chatzorga odatda o‘z urug‘chilik xo‘jaligidagi eng yaxshi oilalardan yakka tanlash yo‘li bilan olingan 1000-1200 ta o‘simlik ekiladi. Yakka tanlab olingan har bir partiya chigit alohida qatorga 40-50 uyadan qilib, qo‘lda yoki qator oralariga moslangan seyalkalarda uyalar orasi 30-40 sm dan qilib ekiladi. Ko‘chatzor maydoni elita urug‘lik ekiladigan umumiy maydonga bog‘liq holda 0,5 dan 1,0 gektargacha bo‘lishi mumkin. Yagonadan keyin har bir uyada bittadan o‘simlik qoldiriladi.

O‘simliklarni tekshirish 1-chi yilgi urug‘lik ko‘chatzorida ikki marta: birinchi marta – g‘o‘za yalpi gullaganda (iyulda) va ikkinchi marta esa ko‘saklar ochila boshlaganda (avgust-sentyabr) tekshiriladi.

Tekshirish vaqtida morfologik belgilari jihatidan notipik oilalar hamda rivojlanishdan orqada qolayotgan va gommoz yoki vilt bilan zararlangan o‘simliklar chiqitga chiqariladi. Chiqitga chiqarilmagan oilalar orasida uchraydigan ayrim notipik, kasallangan, yaxshi rivojlanmagan o‘simliklar yulib tashlanadi. Ikki foizdan ortiq notipik o‘simliklari bo‘lgan oilalar ham chiqit qilinadi.

Ikkinchi marta tekshirishda o‘simliklar ayniqsa sinchiklab qaraladi, bu vaqtda paxtaning va tolasining sifatiga organoleptik usul bilan taxminiy baho berish mumkin. ikkinchi marta tekshirish jarayonida notipik oilalarni va o‘simliklarni qo‘shimcha chiqit qilishdan tashqari, kam hosilli, kechpishar, kasallik va zararkunandalardan kuchli zararlangan ayrim oilalar ham chiqitga chiqariladi.

1-jadval

Bu ko‘chatzordagi urug‘lik paxta hosili bir marta: har tup g‘o‘zada 6-7 ta ochilgan ko‘saklar borligida quyidagi tartibda terib olinadi: 1-namuna nusxalar terib olinadi; 2-yaroqsiz deb topilgan oila va o‘simliklar chiqitga chiqariladi; 3-tanlab olingan oilalardan urug‘lik paxta teriladi. Har bir namuna nusxa alohida xaltaga solinadi. Xalta ustiga oila nomeri yoziladi, ichiga ham shunday belgili yorliq tashlab qo‘yiladi. Ko‘sakning yirikligi (paxtaning vazni), tolasining salmog‘i va uzunligini tekshirish uchun namuna nusxalar laboratoriyaga topshiriladi.

Har bir oila o‘simliklardan terib olingan paxta chigitdan tozalamasdan oldin, alohida-alohida tortiladi va bir o‘simlikdan hamda bu qatordagi o‘simliklardan olingan hosil hisoblab chiqiladi. Bunda har bir oila bo‘yicha terib olingan paxta hosiliga barcha oilalardan va namuna nusxalardan terilgan hosilning vazni ham qo‘shiladi. Dalani tekshirish va laboratoriya tahlillari natijalariga va oilaga o‘tgan yili berilgan baho to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib ikkinchi yilgi urug‘lik ko‘chatzoriga ekish uchun oilalar tanlanadi.

Ikkinchi yilgi urug‘lik ko‘chatzorlariga birinchi yilgi ko‘chatzorida tayyorlangan eng yaxshi oilalarning chigiti 2,5-4,0 gektar maydoniga ekiladi. Har bir oilaning chigiti uyalar orasini 30-40 sm qilib, har qatoriga 100 uyadan qo‘lda yoki seyalka yordamida yagonalash o‘tkazilganidan keyin har bir uyada bittadan o‘simlik qoldiriladi.

Bu ko‘chatzorda ham dala birinchi yilgi urug‘lik ko‘chatzoridagi kabi muddatlarda tekshirish o‘tkaziladi. Tekshirish natijasida va oilaga o‘tgan yili berilgan baho asosida chiqitga chiqarilgan oilalar belgilanadi va keyingi yili urug‘likka ko‘paytirish hamda ulardan kelgusi yili birinchi yilgi urug‘lik ko‘chatzoriga ekish uchun yakka tanlashga eng yaxshi o‘simliklar olinadi. Paxtaning va tolasining xo‘jalik sifatlarini baholash uchun har bir oiladan 100 ta ko‘sakdan namuna nusxalar terib olinadi. Bu namunalar ko‘sagining yirikligi, tolasining salmog‘i va uzunligi, pishiqligi hamda metrik nomeri jihatidan to‘liq tahlil qilinadi. chiqitga chiqarilmagan oilalardan yakka tanlash umumiy hosil yig‘ib olingunga qadar, chiqitga chiqarishdan keyin o‘tkaziladi.

Urug‘likka ko‘paytirish – ikkinchi yili urug‘lik ko‘chatzoridan olingan oilalarni tanlash va ko‘paytirish.

Ikkinchi yilgi urug‘lik ko‘chatzoridagi chiqitga chiqarilmagan o‘simlik oilalarining chigitini ekib, urug‘lik ko‘paytiriladi. Bu yerda 30-35 gektar maydoniga kamida 250 avlod ekiladi. Chigit traktor seyalkada ekiladi. Egatning uzunligi va oiladagi chigit miqdoriga qarab, seyalka har bir oila uchun alohida bir yoki bir necha martalab egatlar aylanadi. Ekishdan oldin barcha oilalar urug‘ini vazniga qarab guruhlarga ajratiladi, urug‘ning vazni taxminan bir xil bo‘lgan oilalar alohida guruh qilib ajratiladi. Guruhdagi urug‘ miqdoriga asoslanib ekiladigan maydon tanlanadi va oilalarning har bir guruhi uchun qatorlar soni belgilanadi. Yagonalashdan keyin har bir uyada bittadan o‘simlik qoldiriladi.

Urug‘likka ko‘paytirish vaqtida dala ko‘saklar ochila boshlashi oldidan bir marta tekshiriladi. Tekshirish vaqtida eng yaxshi oilalar tanlab olinadi va notipik, kechpishar, ham hosilli, kuchli zararlangan o‘simlik oilalari chiqitga chiqariladi.

Urug‘lik paxta hosili ikki marta: birinchi marta to‘rtinchi-beshinchi hosil shoxlarida; ikkinchi marta esa yettinchi-sakkizinchi hosil shoxlarida yaxshi ochilgan ko‘saklar borligida terib olinadi. chiqitga chiqarilmagan oilalardan terib olingan paxta hosili bir joyga to‘planib, yangi qoplarga joylanadi va qopning ustiga tartib raqami yopishtiriladi, xuddi shu tartib raqamli yorliqqa: kelib chiqishi, seleksion navi, elita ekanligi, terilgan vaqti yozilib qopning ichiga tashlab qo‘yiladi, hamda elita sifatida tayyorlov punktiga topshiriladi. Elita ko‘chatzorlaridan olib borilgan barcha urug‘chilik chora-tadbirlari natijasida elita urug‘lar 100% sof bo‘lishi, ekiladigan urug‘lar andoza talablariga to‘liq javob berishi, unuvchanligi birinchi reproduktsiya urug‘ligidan past bo‘lmasligi, tolasi esa muayyan navga xos yuqori texnologik xususiyatga ega bo‘lishi kerak.

Elita urug‘larini yetishtirish, muntazam ravishda eng yaxshi o‘xshash o‘simliklarni yakka tanlab olishga asoslangan. Bunda yuqori agrotexnologiya sharoitida urug‘lik ko‘chatzorlarida va uni ko‘paytirish maydonlarida o‘simliklar uch avlod davomida tanlab boriladi.

Ikkinchi va uchinchi reproduktsiya ko‘chatzorlarida olib boriladigan urug‘chilik ishlari quyidagilardir:

1. Urug‘lik fondini ehtiyot qilish, urug‘likni sarflash, belgilangan miqdordan oshmasligi zarur;

2. Aprobatsiya ishlarini puxta o‘tkazish;

3. Urug‘lik paxtani alohida-alohida terib olish qoidalariga rioya qilish;

4. Xo‘jalikning urug‘lik chigitini yetishtirish bo‘yicha olgan barcha majburiyatlarni bajarishi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Abdukarimov D.T. Qishloq xo‘jalik ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi (Darslik). Toshkent, 2005.

2. Abdukarimov D.T., Lukov M.Q. “G‘o‘za seleksiyasi va uru g‘chiligi” Toshkent «Times» nashriyoti 2015 y. 333-bet.

3. Abdukarimov D.T., Ostonaqulov T.E., Lukov M.Q. Seleksiya va urug‘chilik praktikumi (o‘quv qo‘llanma). Zarafshon nashriyoti. Samarqand 1993.

4. Abdukarimov D.T., Lukov M.Q. G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chilik fanidan amaliy mashg‘ulot darslari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Samarqand 2011.

5. Abzalov M.F. Gossypium hirsutum L. G‘o‘za genlarini o‘zaro ta’siri. Fan, Toshkent, 2010.

6. Kozuboyev Sh.S., B.I.Mamaraximov G‘o‘za urug‘chiligini takomillashtirish omillari monografiya Toshkent 2013.

7. Yuldochov A.T., Nomozov Sh., Raximov T., Amanturdiyev N. G‘o‘zaning ekologik-geografik uzoq chatishtirishdan olingan duragaylarining tezpisharlik xususiyatlari. Halqaro ilmiy anjumani maqolalar to‘plami. Toshkent, 2010.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.