ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

HAYVON NOMI BILAN BOG`LIQ HOLDA ISHLATILADIGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR

Аннотация

Mazkur maqolada hayvon nomi bilan bog`liq holda ishlatiladigan frazeologik birliklarning leksik ma’nolari keltirib o‘tilgan. Iboralarning qo`llanilish uslubiga ko`ra salbiylik va ijobiylik turlariga ajaratiladi. So‘z birikmasi vaiboralarning farqli jihatlari yoritilib beriladi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR

Bobojanov Alisher Abdulla o‘g‘li Qoraqalpoq davlat universiteti

o‘qituvchisi

Genjebaeva Malika Rashidovna Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat

universiteti talabasi.

Annotatasiya: Mazkur maqolada hayvon nomi bilan bog`liq holda ishlatiladigan frazeologik birliklarning leksik ma’nolari keltirib o‘tilgan. Iboralarning qo`llanilish uslubiga ko`ra salbiylik va ijobiylik turlariga ajaratiladi. So‘z birikmasi vaiboralarning farqli jihatlari yoritilib beriladi.

Kalit so‘z: frazeologiya, leksik ma’no, zoologiya, uy hayvoni, yavvoyi hayvon nomlari.

Аннотация: В данной статье представлены лексические значения фразеологизмов, употребляемых с названием животного. По способу употребления выражений они делятся на отрицательные и положительные типы. Выделены различные аспекты словосочетаний и выражений.

Ключевые слова: фразеология, лексическое значение, зоология, домашние животные, названия диких животных.

Annotation: This article presents the lexical meanings of phraseological units used with the name of an animal. According to the method of use of expressions, they are divided into negative and positive types. Different aspects of word combinations and expressions are highlighted.

Key words: phraseology, lexical meaning, zoology, pet, wild animal names.

Tilshunoslikda har bir tilning lug‘at tarkibi frazeologik birliklardan iborat hisoblanadi. Frazeologiya- hozirgi zamon tilshunosligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Frazeologiya – grekcha, phrasis- “ifoda”, logos-“ta’limot” degan ma’nolarni bildiradi.Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil sohasi bo‘lib, leksikologiya tarkibidan XX asrning 50-yillaridan boshlab mustaqil soha sifatida ajralib chiqqan. Frazeologiya sohasi iboralarning qo`llanilish doirasiga ko`ra bir necha turlargabo‘linadi. Masalan, tana a’zolari ishtirok etgan iboralar: oyog`i tortmadi (biror joyga borishni ko`ngli xohlamadi), sabzovot mahsulotlari ishtirok etgan iboralar: tarvuzi qo`ltig`idan tushmoq(umidi puchga chiqdi), son ishtirok etgan iboralar: ajalidan besh kun burun (qazo qilinishining o`z vaqti-soatidan ilgariroq), oshxona jihozlari ishtirok etgan iboralar: bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday (beqiyos go`zal, nihoyatda dilrabo), hayvon nomi bilan ishlatiladigan iboralar: qo`y og`zidan cho`p olmagan (o`ta yuvvosh) kabilarni keltirish mumkin.

Biz iboralarning hayvon nomi bilan ishlatiluvchi turga to‘xtalmoqchimiz. Bu borada ko`plab tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, Dilnoza Ismailova tomonidan hayvon nomi bilan ishlatiladigan iboralarning salbiylik va ijobiylik bo‘yicha badiiy asarlarda qo`llanilish doiasi o`rganib chiqilqan. Bundan tashqari, Baxrom Jo`raboyev roman-german va o`zbek tillarida qo`llaniluvchi hayvon nomilarini qisosiy aspektda o`rgangan. Hayvon nomi bilan ishlatiluvchi iboralar o`z ichida uy hayvoni va yovvoyi hayvon nomi bilan ishlatiladigan iboralar sifatida ham tasniflanadi. Jumladan ular quyidagicha: № Uy hayvon nomi bilan bilan

bog`liq iboralar:

Yavvoyi hayvon nomi bilan qo`llaniluvchi

iboralar: 1 Ichini it tirnadi. (yashirin holda

ruhan bezovtalandi)

Bir o`q bilan ikki quyonni urmoq. (ayni

bir vaqtda ikki narsani ko‘zlab ish tutdi). 2 Otdan tushsa ham egardan

tushmas.(mavqeyini yo‘qotganiga

qaramay)

Ilonning yog‘ini yalagan (juda ayyor). 3 Ammamning buzog`i (landovur,

lapashang)

Yer tagidan ilon qimirlasa biladi.

(nihoyatda ziyrak). 4 Ot bilan tuyacha (juda katta farq) Ilon po`st tashlaydi (chiday olmaslik

darajasida). 5 Tuya ko‘rdingmi?- yo‘q. (o`zini

ko`rmaganga, bilmaganga olmoq)

Pashshadan fil yasaydi (mubolag`a qilib,

bo`rttirib yubordi). 6 Tuya qildi. (aldov yo`li bilan

o`zganing haqqini o‘zlashtirdi)

Sichqonning ini ming tanga bo‘ldi.

(qochib qutulgani joy topilmay qoldi). 7 Ishi bitdi, eshagi iloydan o`tdi.

(maqsadi amalga oshgach, aloqa

va muamalani yig‘ishtirdi) 8 Qo`yi mingga yetdi.( behad

sevindi) 9 Qo`yog‘zidan cho‘p olmagan.

(nihoyat darajada beozor) 10 Mushugini “pisht” demaydi.(hech

qanday ozor yetkazmaydi)

Shubilanbirgallikdaikkitauyhayvonningbittaiboradaqo`llanilishi (Masalan, “otbilantuyacha”), yokiparrandanomibilanbog`liqvahayvonnomibilanbog`liqiboraningbittafrazeologiyata rkibidakelishihamkuzatiladi. Bundan tashqari hayvon nomi bilan qo`llaniluvchi iboralar ham o`z ichida bo‘linadi. (Masalan, faqat ilon nomi bilan bog‘liq iboralar “Ilonning yog‘ini yalagan”, “Yer tagidan ilonqimirlasa biladi”, “Ilon po‘st tashlaydi”) kabi.

Ko‘p hollarda hayvon nomi bilan bog`liq iboralar ijobiy ma’noda qo‘llaniladi. Masalan, “Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan” iborasi – “yuvosh” degan ma’noni anglatadi. Ammo “Yaxshilik bor joyda yomonlik ham bo`ladi” degan xalqimizda bir hikmat bor. Bu tabiiy hol. Xuddi shunday iboralarda ham ijobiylik ma’nosi bo`lgani kabi, salbiylik ma’nosi ham bo`ladi. Bu iboralar ham qo‘llanilish doirasiga ko‘ra: salbiylik va ijobiylik turlariga bo‘linadi. Masalan, “Ammamning buzog‘i” landovur, lapashang (ijobiy ma’noda), “Ilonning yog‘ini yalagan” juda ayyor (salbiy ma’noda), “Mushugini “pisht” demaydi”, hech qanday ozor yetkazmaydi, (ijobiy ma’noda), “Tuya qildi” aldab haqqini o‘zlashtirdi, (salbiy ma’noda) kabidir.

Frazeologik birliklarni va so`z birikmalarini bir-biridan farqlash lozimdir. Iboragap tarkibida kelganda yoki yakka holda ham, u bir necha so‘zdan iborat bo‘lsa ham, bitta so‘roqga javob berib, bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z birikmalarida tobe va hokimlik munosabatini ifodalab, har qaysisi alohida savollarga javob bo`ladi. Masalan, “Ammamning buzog‘i” ibora sifatida kelganida –“landovur” ma’nosida qo`llanilib, gap tarkibida bitta so`roqqa javob bo`ladi,bitta gap bo`lagi vazifasida keladi. So`z birikmasi sifatida kelsa – “Ammamning buzog`i” ammamning – kimning?, buzog`i – nimasi? kabi savollarga javob bo`lib, moslashuv yo`li orqali bog`langan so`z birikmasi hisoblanadi.

Kishi o`z nutqida iboralarnito`g`ri qo`llay olar ekan - bu o`sha insonning naqadar ilmga chanqoq va dangal gapiradigan odam ekanligini anglatib turadi. Bu borada esa iboralarning ma’nolarini to`g`ri farqlay olish lozim.

Xulosa o`rnida aytish mumkinki, frazeologik birliklarni bexato va to`g`ri qo`llash yozma va og`zaki nutqning jozibadorligini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shavkat Rahmatullaev “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati” “O`qituvchi” T:. 1978.

2. Yuldashev, O. (2023). O ‘ZBEK XALQ OG ‘ZAKI IJODI BO ‘LMISH-

MAQOLLARNING O ‘RGANILISHI. Евразийский журнал академических исследований, 3(10), 50-53.

3. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi 2020-yil 3-son.

4. Yuldashev, O. (2023). A LOOK AT THE STUDY OF FOLK

PROVERBS. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(10), 47-50.

5. Baxrom Jo`rayev “Roman-german va o`zbek tillaridagi jonzod nomlari bilan bog`liq frazeologik birliklar tahlili” maqolasi.

6. Yuldashev, O. (2023). STUDY OF FOLKLORE ASPECTS OF UZBEK

FOLK PROVERBS. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(10), 37-39.

7. Dilnoza Ismailova “Zoonim kompenentli frazeologik birliklarning lingvopoetik xususiyatlari” maqolasi.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.