BARKAMOLLIGINI TA’MINLASHDA MUHIM ME’ZON
Djurayev Luqmon Narzullayevich Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi
dotsenti falsafa fanlari doktori (DSc)
Sattorov Musurmonqul Dostonovich Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi
dotsenti falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya. Ma’lumki, oʻz faoliyatini nafaqat siyosiy, balki ta’lim va tarbiyani yuksaltirish, turkiston oʻlkasini ma’naviy hamda ma’rifiy isloh qilish, barkamol avlodni tarbiyalash masalasini oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan jadidlar harakati oʻlka xalqlari tarixida muhim rol oʻynagan. Jadidlar Turkistondagi xalqlarni birlashtirish va butun oʻlkaning milliy mustaqilligi uchun kurash gʻoyasini ilgari surdilar.
Kalit soʻzlar: jadid, ma’rifatparvarlik. islohat, milliy mafkura, oʻlka taqdiriga dahldorlik, ta’lim va tarbiya.
Аннотация. Известно, что джадидское движение, которое поставило своей целью не только политическую деятельность, но и повышение уровня образования и воспитания, духовно-просветительское реформирование Туркестанского края, воспитание гармонично развитого поколения, сыграло важную роль в истории народов края. Джадиды выдвинули идею объединения народов Туркестана и борьбы за национальную независимость всего края.
Ключевые слова: джадидизм, просветительство, реформы, национальная идеология, причастность к судьбе края, образование и воспитание.
Annotation. It is known that the Jadid movement, which set itself the goal of not only political activity, but also the development of education and upbringing, the spiritual and educational reform of the Turkestan region, and the upbringing of a harmoniously developed generation, played an important role in the history of the peoples of the region. The Jadids promoted the idea of uniting the peoples of Turkestan and fighting for the national independence of the entire region.
Key words: Jadid, enlightenment. Reforms, national ideology, involvement in the fate of the country, education and upbringing.
Yoshlarning ijtimoiy faolligi jamiyatning boshqa qatlamlari ijtimoiy faolligiday xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu eng avvalo yoshlarning jamiyatda tutgan mavqeining tuliq shakllanmaganligi bilan bogʻliq. Yoshlar ijtimoiy tuzilmalarga kirish, ya’ni ijtimoiylashuv jarayonini boshdan kechiradilar.1 Ijtimoiy faoliyatning har bir sohasida yoshlarning ijtimoiy faolligi oʻziga xos xususiyatga ega. Shundan kelib chiqib, uni bir necha yoʻnalishlarda: iqtisodiy ta’lim, ijtimoiy himoya ma’naviy-axloqiy hayot sohalarida oʻrganish lozim. Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi shu jarayonda u oʻzini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi.
Ijtimoiy faollik atamasi ijtimoiy munosabatlarning muayyan tizimida insonlarning intensiv faoliyatini belgilash uchun qanday boʻlsa, uni amalga oshirishga qobiliyatni belgilash uchun ham shunday ishlatiladi. Shunday qobiliyat boʻla turib, ijtimoiy faollik murakkab, integral fazilat sifatida mavjud. U qandaydir alohida xususiyatni, balki hayotiy faoliyat xususiyatlarining butun majmuini ifodalaydi.
Ijtimoiy faollik murakkab jarayon boʻlib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. Olib borilgan tadqiqotlar talaba shaxsida ijtimoiy faollik shakllanishi uning ushbu kasbni tanlagan davriga toʻg‘ri kelishini koʻrsatdi.
Yoshlar faoliyati deganda, uning ichki va tashqi tendensiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon boʻlishi xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi boʻlib uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat koʻrsatkichdir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatidir. Yoshlar faolligi deb, uning hayotini boshqarish bilan, bog‘liq boʻlgan va qadriyatlarining nomoyon boʻlish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxsi sifati darajasining asosiy ifodasi boʻlib, uning yuksak qadriyatdagi ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat koʻrsatkichidir. Shu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda oʻrganiladi. Shaxsning bunday darajalarda oʻrganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.
Bugun jamiyatimiz hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlar va tub islohotlar jarayoni fuqarolik jamiyati institutlari deya taʼriflanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalaridan ham ijtimoiy faollikni talab etmoqda. Xoʻsh, 1“Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari” Ismailov Berdiyor Rashidovich O’ZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistiri Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE ijtimoiy faollik oʻzi nima? Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi shu jarayonda u oʻzini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Bugun yurtdoshlarimizning ijtimoiy faollashayotganini koʻrib turibmiz. Ijtimoiy tushkunlik, oʻzgarishlarga, islohotlarga loqaydlik davri oʻtdi, yurtdoshlarimizda tashabbusni, yangilikka boʻlgan intilishlarni guvohimiz.
“Ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy faollikni kuchaytirib yubordi”, degan mazmundagi fikrlarni ham mavjud.2 Lekin ijtimoiy faollik bilan ijtimoiy tarmoqlardagi faollik oʻrtasida katta farq bor. Ijtimoiy tarmoqlardan turib oʻzining subyektiv fikrlarini ulashib, kechayotgan voqea-hodisalarga faqat va faqat negativ munosabat bildirib oʻtirish, bu hali ijtimoiy faollik degani emas. Har qanday ijtimoiy hodisaga nimadir sabab boʻladi, nimadir turtki beradi. Ijtimoiy faollik ham oʻz-oʻzidan sodir boʻladigan jarayon emas.
Mustaqil mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatorida koʻrish har bir oʻzbekistonlikning orzusi. Lekin bu orzu kecha yoki bugun paydo boʻlgani yoʻq. Yurtdoshlarimiz qalbidagi ana shu istakning yanada ortib, yangi Oʻzbekistonni barpo etishga boʻlgan ishtiyoqning kuchayishiga, aytib oʻtganimiz – ijtimoiy faollikning ortishiga, shubhasiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshlab bergan shiddatli demokratik islohotlar turtki berdi. Bugun Oʻzbekiston milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon qadam tashladi. Taraqqiyot va farovonlikka qaratilgan islohotlarning samarali amalga oshishini hamma istaydi. Sababi, bu kabi islohotlar natijasida halq farovon yashaydi. Islohotlarga, oʻzgarishlarga daxldorlik hissi shaxsni ijtimoiy faol boʻlishga undaydi. Kelajak bugundan boshlanadi.Yurtimizda yoshlarning bilim olishi, har tomonlama yetuk shaxslar boʻlib yetishishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Ushbu maqolada nazariy jihatdan egallangan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish natijasida shakllanadigan faollik borasida fikr-mulohaza yuritishni oldimizga maqsad qilib qoʻydik. Ijtimoiy faollik shaxs faoliyatining muhim tomonlaridan biridir.
U shaxsning jamiyat va jamoa ishlaridagi ishtirokida namoyon boʻladi, ma’lum darajada siyosiy va axloqiy oʻzlikni anglashga asoslanadi. Ijtimoiy faollikni tarbiyalash – bu nafaqat jamoat ishlarida ishtirok etish darajasining oshishi, balki yoshlarning axloqiy yoʻnalganligini aniqlovchi motivlarning shakllanishi hamdir. Ijtimoiy faollik 2“Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari” Ismailov Berdiyor Rashidovich O’ZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistiri Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Fuqaroviylik va fuqaroviy ongni oʻrganishdan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaroviy faollikni oʻrganishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol boʻlgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni oʻrganish muhim ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi.
Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning toʻlaqonli rivojlanishiga, undagi imkoniyatlarning toʻliq namoyon boʻlishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega boʻlish jamiyatda roʻy berayotgan barcha voqea-hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning yechimini chuqur anglashni taqozo etadi. Demak, biz yoshlarimizda fuqaroviy ongni shakllantirishimiz kerak. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yoʻlida fuqarolar oʻrtasida kelishuv boʻlishiga xizmat qiladi. Jamiyatda roʻy beradigan turli ijtimoiy madaniy omillar ta’sirida fuqaroviy ong oʻzgarib boradi va fuqaroviylik toʻg‘risidagi g‘oyalar taraqqiyotida oʻz aksini topadi.
Yoshlarni fuqaroviy ongi qanchalik rivojlangan boʻlsa ular jamiyatdagi ijtimoiy faolligi shunchalik faollashadi. Aynan fuqaroviy faollikning oʻzi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi;
faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy tizim toʻg‘risida bilim olishga tayyor boʻlgan kishilardan iborat;
faol fuqarolarda oʻz haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va qobiliyat mavjud;
faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun koʻnikmalar mavjud boʻladi.
Muayyan faoliyatni doimiy ravishda tashkil etish shaxsda ma’lum koʻnikmalarni hosil qiladi. Koʻnikmalar esa faoliyatni izchil davom ettirish jarayonida malakalarga aylanadi.3 Shakllangan malaka esa shaxs tomonidan faoliyatning tezkor, sifatli, samarali kechishini ta’minlaydi. Faoliyatda samaradorlikka erishish insoniyatni qay darajada qiziqtirib kelgan boʻlsa, uni tashkil etayotgan shaxsning kasbiy malakaga ega 3 “Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari” Ismailov Berdiyor Rashidovich O’ZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistiri Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE boʻlishi ham shunday dolzarblik kasb etgan. Kasbiy malakaga ega boʻlish ijtimoiy, shu bilan birga shaxsiy ahamiyatga egadir.
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, orzuumidlarini roʻyobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Oʻg‘il-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning tashkiliy-huquqiy asoslari tizimli ravishda takomillashib bormoqda.4
Taraqqiyotni maqsad qilgan har bir davlatda yoshlarga oid davlat siyosati eng muhim yoʻnalishlardan sanaladi. Mamlakat rivoji va ravnaqi, kelajakdagi nufuzini ta’minlashda aynan yoshlar siyosati katta ahamiyatga ega. Yoshlarga oid davlat siyosati oʻz mohiyati bilan davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tizimidir. Yoshlarga oid davlat siyosati muhim siyosiy yoʻnalish sifatida izchil jarayon boʻlib, u yoshlar mavqei va hayoti bilan bog‘liq boʻlgan voqelikning bosh xususiyatlarini oʻzida mujassam etadi. Shu nuqtayi nazardan, yoshlarga oid davlat siyosati siyosiy yoʻnalish sifatida Oʻzbekistonning Mustaqillik yillari tarixida yuz bergan hamda davlat tomonidan maqsadli amalga oshirilgan yoshlarga oid barcha ijtimoiy oʻzgarishlar, tub islohotlar, transformatsiya jarayonlarini bosib oʻtdi.
Yoshlar siyosatining umumjahon miqyosidagi talqini BMTning bu boradagi rasmiy hujjatlarida ham aks etgan. Ushbu hujjatlarda yoshlar siyosati tushunchasi birmuncha keng ta’riflangan: xususan, “yoshlarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan davlat faoliyatining ajralmas qismi bu yoshlar siyosati hisoblanadi”. Jamiyatimizdagi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari oʻrganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Bunda yaxshi oʻqiyotgan, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol boʻlgan 4,4 million yosh “yaxshi” toifaga, turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh «oʻrta» toifaga, davlatning
4YOSHLAR IJTIMOIYLASHUVI, HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATLANISHI Ostonov
Oybek Aliqulovich Tarix fanlari dokdori., dotsent. Toshkent davlat agrar universiteti “Gumanitar fanlar va g‘amxoʻrligi va e’tiborini kutayotgan hamda koʻmakka muhtoj 396 ming nafar yosh “ahvoli og‘ir» toifaga ajratib olindi.
Haqiqatdan ham, mustaqillik yillarida tug‘ilib, voyaga yetayotgan avlodning ta’lim tarbiyasi davlat va jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Zero, jamiyatda kechayotgan siyosiy jarayonlarda mamlakat yoshlarining ongli va mas’uliyatli ishtiroki shu jarayonlarning muvaffaqiyati va pirovard natijasini belgilaydi. Ta’lim muassasalarida oʻquvchilarga keng va professional bilim egallashi bilan birga, chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilishlari, bugun dunyoda roʻy berayotgan yangilik va oʻzgarishlardan atroflicha xabardor boʻlishi, xorijiy tillarni ham chuqur oʻrganishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilgan. Ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlarni yurtimizdagi tub oʻzgarishlar, yangilanishlarning asosi desak ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz. Zero, har bir yurtning buguni va kelajagi, tom ma’noda, ta’lim tizimining qay darajada rivojlangani, barkamol avlodni tarbiyalash uchun yaratilgan shart-sharoitlar islohotlarning natijalari bilan belgilanadi.
Xususan, sinov tariqasida 11 yillik majburiy oʻrta ta’lim tizimiga oʻtish munosabati bilan boʻshaydigan kollej ustaxonalari negizida yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni 6 oygacha boʻlgan muddatda bepul oʻqitish va kasbga qayta oʻqitish markazlari tashkil etiladi. Endilikda yoshlar tarbiyasi, ularning ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi islohotlarni tizimli, bosqichma-bosqich amalga oshirish strategiyasi belgilab olindi. Voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilishning qonuniy asoslari yaratilib, zarur institutsional tuzilmalar shakllantirildi. Navbatdagi bosqichda yoshlar muammolarini hal etishga qaratilgan dasturlarni amalga tatbiq qilish, birinchi navbatda, qishloq yigit-qizlarini ish bilan ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratish, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalariga e’tibor kuchaytirildi.5
Yoshlarning ijtimoiylashuvi, huquq va erkinliklarining kafolatlanishi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun oʻzini mas’ul deb bilgan har bir davlat yoshlar hayotiga yoshlarga oid siyosat bilan ta’sir oʻtkazadi. Yoshlarni ijtimoiy toʻg‘ri yoʻnaltirish, ularga hayotda oʻz oʻrnini topishlari uchun moddiy va ma’naviy sharoit yaratib berish asnosida davlat va yoshlar oʻrtasidagi munosabatlar mustahkamlanib boradi va bu, oʻz
5YOSHLAR IJTIMOIYLASHUVI, HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATLANISHI Ostonov
Oybek Aliqulovich Tarix fanlari dokdori., dotsent. Toshkent davlat agrar universiteti “Gumanitar fanlar va navbatida, bevosita yoshlarning huquq va burchlarga rioya qilish mas’uliyatini ham oshiradi.
Yoshlarning subektligi, ijtimoiy faollik, oʻz oʻzini nazorat qilish va boshqarish va mavqeini belgilash bilan tavsiflanuvchi yaxlit ijtimoiy jarayonlarning omili hisoblanadi. Ma’lumki, har qandan huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biri bu fuqarolarning huquqiy madaniyati yuksakligidir. Shunday ekan, mamlakatimiz oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgandan soʻng barcha sohalarni huquqiy tartibga solish yuzasidan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, istiqlol yillarida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻg‘risidagi qonun ishlab chiqilib, farzandlarimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qalbida erkinlik va mas’uliyat tuyg‘ularini qaror toptirishga alohida e’tibor qaritila boshlandi. Mamlakatimizda yoshlarni yetuk, keng mushohadali, har jihatdan komil inson qilib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Jumladan, bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va bu boradagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Bundan yoshlarga huquqiy bilimlar berishning muntazam tizimini yaratish, ularning huquqiy savodxonligiga erishish, yuksak huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish vazifasi ham kelib chiqadi. Mustahkam huquqiy bilim esa, oʻz navbatida, yoshlarning siyosiyhuquqiy faolligi hamda huquqiy ijtimoiylashuvi garovidir.
Ta’kidlash joizki, XX asr oʻrtalaridan boshlanib, XXI asrda keng qamrovli jarayonga aylangan globallashuv tendensiyalari odamlararo va davlatlararo munosabatlarda ichki tarqoqlik, begonalashuv holatlarini yuzaga keltirdi. Ayniqsa, odamlarning birlamchi va mustahkam bog‘liqlik boʻg‘ini boʻlgan oila instituti, oilada er-xotin, aka-uka, opa singilar, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi an’anaviy mehrmuhabbat, sadoqat, oʻzaro yakdillik muhiti tanazzulga yuz tutdi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarida odamlararo mehr-shavqat, bag‘rikenglik, oʻzaro sadoqat tuyg‘ularining susayib ketganligi, yangi avlodning katta avlod turmush tarziga, xususan oʻz ota-onalari amal qilib kelgan odat va an’analariga bepisandligi, ular tomonidan qadrlangan adabiyot, san’at durdonalarini oʻzlashtirmay qoʻyganliklari, ilmfanga be’tiborligi, tabiatni e’zozlash oʻrniga uni vayron qilishga moyilliklari tahlil etilib, “de-fakto” shakllanib boʻlgan holatdan chiqishning yagona yoʻli sifatida har bir sohada ijtimoiy bog‘liqlik, odamlararo oʻzaro hamjihatlikni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan faoliyatlarni amalga oshirish vaziyatni oʻnglashning yagona yoʻli ekanligi qayd etilmoqda.
Ma’lumki, demokratik davlatda yoshlar oʻzining haq-huquqlari va ehtiyojlarini aniq maqsadga yoʻnaltirilgan davlat siyosati orqaligina roʻyobga chiqara oladilar. Demak, yoshlar jamiyatning kelajagini ta’minlovchi ijtimoiy qatlamga aylanishi uchun bevosita davlatning alohida g‘amxoʻrligiga muhtojdir. Hozirgi kunda eng muhim vazifalardan biri barkamol shaxs tarbiyasi boʻlgani uchun yosh avlodni ma’naviy jihatdan tarbiyalash muammosining dolzarbligi va ahamiyati ortib bormoqda. Ma’naviy barkamol insonni tarbiyalab voyaga yetkazish davr talablari asosida yuzaga kelgan, siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotimiz taqdiri bilan uzviy aloqadorlikka boʻlgan ulug‘vor, mas’uliyatli, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan vazifa ekanini quyidagicha bayon etish mumkin:
Birinchidan, Oʻzbekistonning buyuk davlat boʻlishini madaniyatli, ma’naviyatli, yuksak odob-axloqli, oʻz xalqi, millati, Vatanini butun vujudi ila sevib -ardoqlaydigan, ajdodlari yaratgan bebaho ilmu-hunar javohirlarini imkon qadar mukammalroq egallab olgan, butun insoniyatga xos qadriyatlardan bahramand, boxabar boʻlgan komil insonlarsiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Ikkinchidan, fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim shartlaridan biri – yangicha, zamonaviy fikrlovchi, imon-e’tiqodi mustahkam, mustaqillik yillarida shakllangan tafakkur va dunyoqarashga ega boʻlgan, mustaqillik ma’naviyati asoslarini mukammal oʻzlashtirib olgan barkamol avlodni, kamolotga erishgan insonlarni shakllantirishdan iboratdir.
Uchinchidan, jamiyatimiz taraqqiyotining poydevori boʻlgan barkamol avlod va kamolotga yetgan insonlar poraxoʻrlik, oʻg‘rilik, tovlamachilik, firibgarlik, vazifani suiste’mol qilish kabi yaramas illatlarning oldini olish, ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlashning muhim va zarur omillaridan boʻlib hisoblanadi. Barkamol shaxs boʻlib shakllanish Oʻzbekiston ta’lim tizimi doirasida, uning Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichi uchun, barkamol shaxs modelini joriy etishning barcha yoʻnalishlarini oʻziga qamrab olgan tarzda olib borilishini taqozo etadi. Ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvlar va yoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali davlatimizning ta’lim va yoshlarga boʻlgan e’tiborining naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda albatta jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiyalar yetakchi oʻrinda boʻlishi bugungi globallashuv jarayonida Oʻzbekiston yoshlari oʻz fikri, oʻz dunyoqarashi, oʻz bilim salohiyati, eng asosiysi, xalqaro miqyosida oʻz soʻzi va oʻz oʻrniga ega shaxslar boʻlib voyaga yetmoqda.
Darhaqiqat, bugun bizning asosiy vazifamiz yaratilib berilayotgan ulkan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda vatan taraqqiyoti yoʻlida xizmat qilish asosiy vazifalaridan biriga aylanishi kerak.
Adabiyotlar roʻyxati: 1. Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari” Ismailov Berdiyor Rashidovich OʻZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistiri Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social. 2. Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari” Ismailov Berdiyor Rashidovich OʻZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistiri Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 2 ISSN 2181- 1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021= 5.423. 254-257 b 3. “Yoshlarda ijtimoiy faollik holati va amalga oshirish shakllari” Ismailov Berdiyor Rashidovich OʻZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistiri Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 2 ISSN 2181- 1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021= 5.423. 254-257 b
4. YOSHLAR IJTIMOIYLASHUVI, HUQUQ VA ERKINLIKLARINING
KAFOLATLANISHI Ostonov Oybek Aliqulovich Tarix fanlari dokdori., dotsent. Toshkent davlat agrar universiteti “Gumanitar fanlar va huquq” kafedrasi “YOSHLAR
HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI”
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 26-MART
5. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси. – Т.: Ўбекистон, 2022. -Б.72 6. Madatovich R. The Role of Civic Responsibility In Educating Youth In A Healthy Spiritual Environment In An Information Society //Pubmedia Social Sciences and Humanities. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 6-6. 7. Rо‘zimurodov S. M., Abdualiov M. S. YOSHLARDA OMMAVIY
MADANIYATGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH
MEXANIZMLARI //Journal of marketing, business and management. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 416-418. 8.Madatovich R. S., Maxamadiyevna S. D. The Role Of The System Of Education And Family Education In Forming Youth's World View //European Journal of Humanities and Educational Advancements. – Т. 4. – №. 4. – С. 128-130.
9. АЗИЗКУЛОВ А. А., РУЗИМУРОДОВ С. М. ФИЛОСОФСКОЕ НАСЛЕДИЕ
ИБН СИНЫ В ТРАКТОВКЕ ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ //К ЧИТАТЕЛЯМ. – С.
40. 10. Ruzimurodov S. M. Ethnomadanian, Ethnoestetic Aspects Of The Formation Of A Healthy Lifestyle In Society //The American Journal of Social Science and Education Innovations. – 2021. – Т. 3. – №. 05. – С. 188-194. 11. Азизкулов А. А., Рузимуродов С. М. БЫЛ ЛИ АЛЬ-ГАЗАЛИ
ИРРАЦИОНАЛИСТОМ-МИСТИКОМ?(ИЛИ РАЦИОНАЛИСТИЧЕСКИЙ
ПОДХОД В ТЕОЛОГИИ ИСЛАМА) //ФИЛОСОФИЯ В СОВРЕМЕННОМ
МИРЕ. – 2017. – С. 12-17.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.