IMPORTANCE OF VOCABULARY IN ENGLISH AND METHODS OF ITS
DEVELOPMENT
Abdurasulova Xumora
Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
tel:(+998)95 388-05-58
abdurasulovaxumora95@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ingliz tilini chet tili sifatida oʻganayotgan davlatlardagi yuqori sinf oʻquvchilari uchun soʻz boyligining oʻrni qanchalik darajada ekanligi va uni oshirishda duch kelinadigan qiyinchiliklarga yechim sifatida samarali va koʻpchilik uchun osonlik bilan oʻzlashtirsa boʻladigan bir necha usullari haqida ma'lumot beriladi.
Kalit soʻzlar: Beginner, Elementary, Intermediate, Advanced, Proficency, Develop a reading habit, Use the dictionary and the sources, Listen to English sources, Enhanced writing.
ABSTRACT
This article examines the importance of vocabulary for high school students in countries where English is taught as a foreign language, and how effective and accessible it can be for many as a solution to the challenges faced in increasing it. How many methods are given.
Keywords: Beginner, Elementary, Intermediate, Advanced, Proficiency, Develop a reading habit, Use the dictionary and thesaurus, Listen to English sources, Enhanced writing.
KIRISH
Mamalakatimizda chet tillarini, shu jumladan ingliz tilini oʻrganuvchi yoshlarning soni kundan-kunga oshib bormoqda, bu esa, chet tillarini oʻqitish va uni bilgan mutaxasislar uchun yaratilayotgan qulayliklarning samarasidir. Har bir tilni oʻganishda oʻquvchidan talab qilinadigan eng muhim koʻnikma hisoblanga soʻz boyligi ingliz tilining ham eng muhim qismi hisoblanadi. Ingliz tilini endigina oʻrganishni boshlaganlar uchun lugʻat boyligini oshirish dastlab katta qiyinchiliklarga olib keladi, bu qiyinchilikdan soʻng til oʻrganuvchilarni katta qismining uni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlari soʻnishiga yoki til oʻrganishni butunlay toʻxtatishga sabab boʻladi. S.R.Mustafoyevichning “5000 WORDS In a MONTH” kitobida berilgan ma'lumotlarga koʻra olimlar quyidagi xulosaga kelishgan:
150 ta soʻz - Beginner darajasi ya'ni odatiy suhbatlar uchun yetarli;
800 ta soʻz - Elementary darajasi, ya'ni chet elga sayohat uchun borgan insonlarga u yer fuqarolari bilan suhbatlashish uchun yetarli;
2000 – 3000 ta soʻz - Intermediate darajasi ya'ni talaba darajasi hisoblanadi. Bu darajaga erishgach bemalol suhbatlasha olish, yoza olish, kitob oʻqish va hattoki filmlarni tomosha qilib tushuna olish mumkin. Ushbu darajada IELTSdan 5,5 – 6 ball, CEFRdan B2 darasini egallash mumkin;
5000 – 6000 ta soʻz - Advanced darajasi, ya'ni oʻqituvchi darajasidir. Har qamday oʻqituvchi ushbu darajada boʻlishi shart hamda 5000 ta soʻz bilishi kerak. Ushbu darajada IELTSdan 7,5 - 8 ball, CEFRdan C1 egallashi mumkin;
10000 ta soʻz - Proficency darajasi, ya'ni professorlar darajasi. Ushbu daraja ilmiy ishlar qilish uchun, dissertatsiya yozish uchun hamda ilmiy - texnik kitoblarni oʻqish uchun yetarli hisoblanadi va IELTSdan 9 ball, CEFRdan C2 olish mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, ingiliz tilida lugʻat boyligining oʻrni beqiyosdir. Quyidagi usullar uni oshirish va esda qolarli qilib yod olish uchun foydali hisoblanadi:
“Develop a reading habit” deb nomlanadi, bu usul soʻzlarni uzoq muddatga esda qolishini taminlaydi. Siz ingliz tilidagi turli xil matnlar, romanlar va gazetalarni oʻqish orqali koʻplab yangi soʻlarni topish mumkin va ularni koʻz xotirasi (koʻz bilan korilgan narsalarni esda qolishi) orqali tezda eslab qolasiz. Yangi soʻzlarni bir qator qilib yodlashdan matn ichida yodlash ancha samaraliroq hisoblanadi va bu usul oraqi faqatgina soʻzni oʻzini emas uni gapda qanday vazifada kelishi va qanday ma'nolarda qoʻllanilishini bilib olish mumkin.
“Use the dictionary and thesaurus”. Online lugʻatlar va sinonimlar (ma’nodosh soʻzlar) lugʻatlardan foydalanish orqali oʻrganilayotgan soʻz haqida koʻproq malumot olish mumkin ya'ni u soʻzning sinonimlarini, tub yoki yasama soʻz ekanligi va yana boshqa turkumga oʻzgarishi yoki oʻzgarmasligi haqida ma’lumot olish mumkin. Sinonimlar lugʻatidan foydalanish orqali unga ma’nodosh soʻzlarni qanday darajadagi soʻz ekanligi va rasmiy yoki norasmiy ekanligi kabilarni bilish mumkin. Misol tariqasida hi (salom) soʻzini olishimiz mumkin, bu soʻz faqatgina norasmiy joylarda qollaniladi. Agar biz uni rasmiy joylar (konferansiya, anjuman, majlislar) da ishlatsak bu soʻz xato qoʻllangan hisoblanadi.
“Listen to English sources”. Bu usul faqatgina soʻzni oʻrganmasdan uni qanday talaffuz qilinishni ham imkonini beradi. Agar inglizcha malumotlar (shorts, podcasts, news...) subtitle (ekranda yozma koʻrinishi)i bilan birgalikda tomosha qilinsa oʻrganilayotgan soʻzni talaffuzi hamda yozilishini birgalikda oʻrganish imkonini beradi. Bu usulda qisqa muddatli multfilmlar, qoʻshiqlar va kinolarni koʻrish qiziqarli va samarliroq boʻladi.
“Enhanced writing”. Bu usulda yozish qobilyatini oshirish orqali lugʻat boyligini oshirish mumkin. Yangi soʻzlarni yozayotgan insholarda koʻproq ishlatish yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan qisqa matnlar tuzish, ularni xotirada uzoq vaqt saqlanishini taminlaydi, natijada aktiv ya'ni faol soʻzga aylanadi. Bunday soʻzlar erkin muloqatlarda, insholar yozganda faol ishlatiladi.
Xulosa qilib aytganda, nafaqat ingliz tilida balki barcha xorijiy tillarni oʻrganishda soʻz boyligi katta oʻrin egallaydi, muhimi uni oshirishda togʻri va darajasiga mos boʻlgan usullardan foydalanish orqali uni aktiv qilib oshirish mumkin. Agar oʻquvchi oʻz darajasidan yuqori boʻlganlarga mos boʻlgan usuldan foydalanish orqali bir mecha qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Yuqoridagi usullar elementary va intermediate darajadagi oʻrganuvchilar uchun qulay ya'ni umumiy oʻrta talim maktablarining yuqori sinflari uchun moʻljallangan.
FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR
1. Sultonmurodov.R.M. (2020) 5000 WORDS In a MONTH-T. : Tafakkur, -286 b.
2. https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&opi=89978449& url=https://www.masterclass.com/articles/how-to-improve-your-vocabulary&ved= 2ahUKEwjFmKDOqvWBAxUIJRAIHYCeD84QFnoECAwQBQ&usg= AOvVaw3aLoPYPsW-0OBLqMX7z_ZX
3. https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&opi=89978449& url=https://www.indeed.com/career-advice/career-development/how-to-improvevocabulary-in-english&ved=2ahUKEwjFmKDOqvWBAxUIJRAIHY CeD84QfnoEC CoQAQ&usg=AOvVaw243B2q6ke1WJLw_9ouL9kk
4. https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&opi=89978449& url=https://fpblog.fountasandpinnell.com/teacher-tip-15-ways-to-increase-yourstudents-vocabulary%3Fhs_amp%3Dtrue&ved=2ahUKEwjFmKDOqvWB AxUIJRAIHYCeD84QFnoECCgQAQ&usg=AOvVaw1HlcVtvO4JDiUuJy0wyipU
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.