KIRISH: ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ingliz tilini o‘qitishda qo‘llanishi tahlil qilinadi. chat-botlar, nutqni tanish tizimlari, avtomatik tarjima vositalari, adaptiv testlar va virtual o‘qituvchilar o‘quvchilarning grammatika, lug‘at, talaffuz, yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi — SI vositalarini ingliz tili ta’limiga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda til kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’limni shaxsga yo‘naltirilgan va moslashuvchan tarzda tashkil etishdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda chat-botlar, avtomatik tarjima tizimlari, nutqni tanish dasturlari va adaptiv testlar o‘rganildi. metodik yondashuv sifatida bosqichmabosqich integratsiya modeli taklif etildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: natijalar shuni ko‘rsatadiki, SI vositalari real vaqt rejimida teskari aloqa berib, o‘quvchilarning xatolarini mustaqil tuzatish imkonini yaratadi. bu jarayon ta’limni individuallashtiradi va motivatsiyani oshiradi. shu bilan birga, pedagogning roli kamaymay, balki ta’lim jarayonini loyihalovchi va motivatsiyalovchi subyekt sifatida yangi bosqichga ko‘tariladi. biroq infratuzilmaning yetarli emasligi, raqamli savodxonlik darajasining pastligi, ma’lumotlar xavfsizligi va axloqiy masalalar SI asosidagi ta’limni keng tatbiq etishga to‘sqinlik qilishi mumkin. XULOSA: SI vositalarini ingliz tili ta’limiga joriy etish samarali natijalar beradi, biroq bu jarayonni ilmiy asoslangan, tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirish zarur.
INTRODUCTION: this article analyzes the application of artificial intelligence (AI) technologies in English language teaching. chatbots, speech recognition systems, machine translation tools, adaptive tests, and virtual teachers are highlighted as effective means of developing grammar, vocabulary, pronunciation, writing, and speaking skills. PURPOSE: the aim of the study is to integrate AI tools into English language education to enhance learning quality, provide personalized instruction, and foster independent learning. MATERIALS AND METHODS: the study examined chatbots, machine translation systems, speech recognition tools, and adaptive testing. a step-by-step methodology for integrating AI into the learning process was proposed. RESULTS AND DISCUSSION: findings indicate that AI tools provide real-time feedback, enable learners to correct mistakes independently, and make education more flexible and learner-centered. the teacher’s role does not diminish but evolves into that of a designer and motivator of the learning process. however, insufficient infrastructure, low digital literacy, data security, and ethical concerns may hinder widespread implementation. CONCLUSION: integrating AI into English language teaching is an effective approach, but it requires a scientifically grounded, systematic, and gradual implementation strategy.