ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

INGLIZ VA O`ZBEK TILIDA TANA A’ZOLARI NOMLARI QATNASHGAN IBORALARNING O`ZARO TAHLILI

Аннотация

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tilidagi iboralarda inson tana a’zolarining qatnashishi va ularning ma’nolari o‘zaro tahlil qilingan.


В данной статье представлена ​​информация об уникальных аспектах фразеологизмов английского и узбекского языков. Также было проанализировано участие частей тела человека и их значения в английских и узбекских выражениях.

Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

IBORALARNING O`ZARO TAHLILI

Sharipova Sarvinoz

SamDCHTI ingliz tili o‘qituvchisi

Ziyadullayeva Sitora

SamDCHTI 1-kurs talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tilidagi iboralarda inson tana a’zolarining qatnashishi va ularning ma’nolari o‘zaro tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: Frazeologiya, frazeologizm, ibora, obrazli ifoda, iboralar qatlami, frazeologik birlik, frazeologik qo‘shilma, frazeologik butunlik, frazeologik chatishma.

ВЗАИМНЫЙ АНАЛИЗ ФРАЗОВ С НАЗВАНИЯМИ ЧАСТЕЙ ТЕЛА В

АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

Аннотация: В данной статье представлена информация об уникальных аспектах фразеологизмов английского и узбекского языков. Также было проанализировано участие частей тела человека и их значения в английских и узбекских выражениях.

Ключевые слова: Фразеология, фразеологизм, словосочетание, образное выражение, фразеологический пласт, фразеологизм, фразеологический состав, фразеологическое целое, фразеологическое сочетание.

MUTUAL ANALYSIS OF PHRASES INVOLVING THE NAMES OF BODY

PARTS IN ENGLISH AND UZBEKI

Abstract: This article provides information about the unique aspects of phraseological units in English and Uzbek. Also, the participation of human body parts and their meanings in English and Uzbek expressions were analyzed.

Key words: Phraseology, phraseologism, phrase, figurative expression, layer of phrases, phraseological unit, phraseological compound, phraseological whole, phraseological combination.

Ma’nosi bir so‘zga teng bo‘lgan so‘zlar birikmasi yoki gaplarga, ikki va undan ortiq so‘zlardan iborat bo‘lgan, yaxlit ma’no anglatuvchi turg‘un til birligiga frazeologizm yoki ibora deyiladi.

Iboralar ma’nodoshlari bo‘lgan so‘zlarga qaraganda kuchli darajada ma’no ifodalaydi va ularning obrazliligini yorqinroq aks ettiradi. Frazeologizmlar kundalik hayotda bo‘lib o‘tadigan turli xil voqea-hodisalarga guvoh bo‘lish, insonlarning turlituman bo‘lgan harakat-holatlariga baho berish, ko‘p yillik tajribalarni umumlashtirish asosida xalq tomonidan yaratilgan aniq, ravshan bo‘lgan xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalari hisoblanadi.

Frazeologik birlik - tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasiga, gapga teng, semantik jihatdan bir butun, umumlashgan ma’no anglatadigan, nutq jarayonida yaratilmay, nutqqa tayyor xolda kiritiladigan lug‘aviy birlik. Turg‘un birikmalarning obrazli, ko‘chma ma’noga ega turi. Masalan, “tomdan tarasha tushganday”, ” oyog‘ini qo‘liga olmoq”, “sichqonning ini ming tanga” va boshqalar. Frazeologik birliklarning odatda uch xil turi ko‘rsatiladi:

1) Frazeologik qo‘shilma. Tarkibidagi so‘zlarning leksik ma’nosi saqlanadigan, biri ikkinchisining bog‘li ma’nosini reallashtiruvchi nutqiy matn vazifasini o‘taydigan sintagma. Masalan, “qo‘l ko‘tarmoq”, “ishtaxasi ochilmoq” kabi;

2) Frazeologik butunlik. Ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning ma’nolari asosida izohlash mumkin bo‘lgan frazeologik birliklar. Masalan, “misi chiqdi”, “xamir uchidan patir” kabilar;

3) Frazeologik chatishma. Ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqmaydigan, hatto unga zid ma’no ifodalaydigan frazeologik birliklar. Masalan, “oyog‘ini qo‘liga olmoq” (juda tez yurmoq, yugurmoq) kabi[1].

Frazeologiya iboralar haqidagi bo‘limdir va bu tushunchani 1928-yilda E.D.Polivanov quyidagicha qo‘llagan: “Men morfologiyaga nisbatan sintaksis qanday aloqada bo‘lsa, leksikaga nisbatan xuddi shunday munosabatga kirishuvchi maxsus fanni “frazeologiya ” degan termini qo‘llashni lozim topdim”[2].

Ushbu sohaning rivojlanishida V.Vinogradov, A.Yefimov, A.Shaxmatov, Sh.Raxmatullayev, N.Shanskiy, Y.Pinxasov, M.Husanov, I.Qo‘chqortoyev, B.Yo`ldoshev singari olimlar xizmat qildilar. Ular orasidan Sh.Raxmatullayev o‘zbek frazeologiyasini ilmiy asosda tadqiq qilgan. Olimning ushbu sohaga bag‘ishlangan quyidagicha tadqiqot ishlari mavjud:

“O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati ” (T.1978), “O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati” (T.1964), “ O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari ” (T.1966), “Основные грамматические особенности образных глаголных фразеологических единиц современного yзбекского языка” (М.1952), “Hozirgi zamon o‘zbek tili” (T.1957) va h.z.

Har bir xalqning o‘ziga xos iboralar bazasi bo‘lib, iboralar qatlami o‘sha xalqning urf-odatlarini, turmushini, xarakterlarini, dunyoqarashlarini, o‘zida aks ettiradi. Ularning asosiy mazmunini yoritishda va bo‘yoqdorligini oshirishda turli xil narsalarni, inson ta’na a’zolarini, hayvon nomlarini obyekt sifatida olib, ularni ko‘chma ma’noda ifodalash tariqasida aytilmoqchi bo‘lgan ma’noni yanada ta’sirli chiqishiga ko‘maklashadi. Masalan, inson tana a’zolari ishtirok etgan iboralar hozirga qadar N.F.Aliferenko, A.M.Chepasov, L.P.Gashayeva, V.A.Lebedinskaya, Y.R.Ratushnaya singari olimlar tomonidan tadqiq qilingan.

Inson ta’na a’zolarining qo‘llanilishini o‘zbek va ingliz tili uchun xosligi haqida M.I.Gadoyeva va F.I.Karimovalar o‘zlarining fikrlarini quyidagicha izohlashgan: “Frazeologizmlar tarkibida inson tana a’zolarining qo‘llanilishi ham ingliz tili, ham o‘zbek tili uchun xosdir. Masalan, inson ta’na a’zosi hisoblanmish “bosh” so‘zini misol tariqasida olsak, ingliz tilidagi “head in the clouds” iborasi o‘zbek tilidagi “boshi ko‘kka yetmoq” iborasiga teng bo‘lib, “cheksiz quvonch, shodlik” ma’nolarini ifodalaydi ”[3].

O‘zbek va ingliz tillarining ikkisida ham inson tana a’zolari qatnashgan frazeologizmlar mavjud bo‘lib, ular ma’no jihatidan bir-biriga muvofiq keladi.

Masalan:

“Beat one’s brains out” iborasida “brain - miya” so‘zi qatnashgan bo‘lib, u o‘zbek tilida “miyasini qotirmoq” deb tarjima qilinadi. Uning mazmuniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “diqqat bilan o‘ylamoq ” degan ma’noni anglatadi. Masalan, I’ve been beating my brains out all week trying to finish this essay. Ushbu misolda butun hafta davomida inshoni tugatishga qattiq kirishganini “ beat one’s brains out” iborasi orqali ifoda etilmoqda.

“To vote with one’s feet ”. Ushbu iborada “feet - oyoq” so‘zi ishtirok etgan va u o‘zbek tilida “oyoqqa turmoq” degan tarjimaga ega hisoblanadi. Uning ma’nosi esa “o‘z fikrining amalga oshishini qaysarlik bilan talab qilmoq” hisoblanadi. Masalan, It seems thousands of people are already voting with their feet, and leaving the country in the hope of a better life.

Ushbu misolda minglab odamlarning yaxshi hayot umida mamlakatni tark etishga kirishganlarini “ to vote with one’s feet ” iborasi orqali ifoda etilmoqda.

“To plug one’s mouth” iborasida “mouth - og‘iz” so‘zi qatnashgan bo‘lib, u o‘zbek tilida “og‘ziga talqon solmoq” degan iboraga tengdir. Uning mazmuni esa “mutlaqo gapirmaslik, suhbatda mutlaqo qatnashmaslik” hisoblanadi. Masalan, The teachers told us to plug our mouths shut during the entire presentation, or you can’t tell peter anything.

Ushbu misolda esa o‘quvchilarning butun taqdimot davomida gapirmasdan turishliklari kerakligini “ to plug one’s mouth ” iborasi orqali ifoda etilmoqda.

“Bite one’s tongue”. Ushbu iborada “tongue - til” so‘zi ishtirok etgan va uning o‘zbek tilida “tilini tishlamoq” degan tarjimaga ega hisoblanadi. Uning ma’nosi esa “o‘zini gapirmaslikka majbur qilmoq, nojoiz gap gapirib qo‘yishdan saqlanish ” hisoblanadi. Masalan, I had to bite my tongue and accept his explanation. Ushbu misolda gapirmasdan uning tushuntirishini qabul qilishi kerakligini “bite one’s tongue” iborasi orqali ifoda etilmoqda.

“One’s head is buzzing”. Bu iborada “head - bosh” so‘zi qatnashgan bo‘lib, u o‘zbek tilida “boshi shishmoq” degan iboraga tengdir. Uning mazmuni esa “o‘ylayveriib gangimoq” hisoblanadi. Masalan, I had so many questions – my head was buzzing. Ushbu misolda savollari ko‘pligidan boshi gangib qolgani “ one’s head is buzzing ” iborasi orqali ifoda etilmoqda.

“Stick one’s nose in”. Ushbu iborada “nose - burun” so‘zi ishtirok etgan va uning o‘zbek tilida “burun suqmoq” degan tarjimaga ega hisoblanadi. Uning ma’nosi esa “aralashmoq” hisoblanadi. Masalan, I was doing just fine before he came and his nose in. Ushbu misolda u kelishidan oldin ishlari yaxshi ketayotganini u kelgach ishlariga aralashib ketgani “stick one’s nose in” iborasi orqali ifoda etilmoqda.

“Be up to (one) neck in (something)”. Bu iborada “neck - bo‘yin” so‘zi qatnashgan bo‘lib, u o‘zbek tilida “bo‘yniga tushmoq” degan iboraga tengdir. Uning mazmuni esa “yuklamoq” hisoblanadi. Masalan, She’s up to her neck in work. Ushbu misolda ish unga yuklatilganligi “be up to one’s neck in ” iborasi orqali ifoda etilgan.

“Get stars in one’s eyes”. Ushbu iborada “eye - ko‘z” so‘zi ishtirok etgan va uning o‘zbek tilida “ko‘zini shira bosmoq” degan tarjimaga ega hisoblanadi. Uning ma’nosi esa “takabburlanmoq, tanib tanimaganga olmoq” hisoblanadi. Masalan, I know she got starts in her eyes when she started up her business. Ushbu misolda u bisnesini boshlagan vaqtlaridagi uning takabburlanganligini bilishi haqida aytib o‘tgani “get stars in one’s eyes” iborasi orqali ifoda etilmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, iboralar muayyan tushunchani ko‘chma ma’noda ifodalab, frazeologik birliklarda bo‘yoqdorlik, mazmunning yanada go‘zallashishi, obrazlilik kabi xususiyatlar bo‘rttirishiga o‘z xissasini qo‘shadi. Asosan, insonlar o‘z nutqlarida ko‘p ishlatiladigan elementlardan biri bu inson tana a’zolari qatnashgan frazeologizmlar bo‘lib, ularni o‘z nutqimizda to‘g‘ri qo‘llay bilishimiz nutqimizning yanada jozibador bo‘lishini ta’minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. A. Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.

2. Azimovna, R. F. (2024). Youth Entrepreneurship and its Development Measures. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 3(1), 340-343.

3. Alavutdinova, N., & Ergasheva, L. (2024). COMMUNICATIVE

CHARACTERISTICS OF TEACHING THE UZBEK LANGUAGE AS A FOREIGN

LANGUAGE. Science and innovation, 3(B1), 29-34.

4. Israilova, S. (2023). THE PRAGMATIC OCCURRENCE AND

MENTAL PROPERTIES OF COLOR COMPONENT UNITS IN CONTEXT.

Interpretation and researches, 1(5).

5. Umarxo‘jaev M.E. Olmon tili leksikologiyasi va frazeologiyasi. – Andijon:ADTPI, 2010.-150b.

6. Gadoyeva M.I. Mehmonova Yulduz. Ingliz va o‘zbek tillarida noaniqlik ma’nosining sifatlar orqali ifodalanishi.

7. Omanbaevna, O. M. (2020). MYTHS AND MODERN UZBEK STORIES

(some commentary on the story of Nazar Eshankul's" The tune of a flute" myth-story). ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(12), 49-53.

8. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug’ati.

9. Sharipova, S. (2023). THE ROLE OF COACHING TECHNOLOG Y IN

THE DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING AND ABILITIES OF ADULTS

IN LANGUAGE LEARNING PROCESS. Solution of social problems in management and economy, 2(13), 5-12.

10. Sharipova, S., & Xalimova, F. (2024). ACTUAL PROBLEMS OF

TEACHING A LANGUAGE IN THE CLASSROOM AND THEIR SOLUTIONS.

Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit, 133-135.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.