ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

INKLYUZIV TAʼLIM SHAROITIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABALAR OʻQUV MOTIVATSIYASINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Аннотация

Inkyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishida uzluksizlikni ta’minlash muammolari va yechimlari to’g’risida fikr yuritilgan. Inkyuziv ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo‘lmagan qismlarida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning inklyuziv ta’lim tizimda o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashishlari va hayotiy ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. 


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

TALABALAR OʻQUV MOTIVATSIYASINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Abdurasulova Mehrigul Abdurashid qizi

Termiz Davlat Universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya 3-bosqich 123-guruh talabasi Annotatsiya: Inkyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishida uzluksizlikni ta’minlash muammolari va yechimlari to’g’risida fikr yuritilgan. Inkyuziv ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo‘lmagan qismlarida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning inklyuziv ta’lim tizimda o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashishlari va hayotiy ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Kalit soʻzlar: inklyuziv ta’lim, individual xususiyatlar, integratsiya, ta’limtarbiya,moslashuvchanlik, ijtimoiylashuv, yosh xususiyatlari, ijtimoiy vaziyat. Kirish Inklyuziv ta’lim nima?

Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi.Ya’ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat umumta‘lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan.

Ba’zan tengdoshlarimiz, maktabdoshlarimiz orasida yoki mahallada imkoniyati cheklangan bolalarni ko‘rib qolsak, tushunib-tushunmasdan uni ajratib qo‘yishga, u bilan muloqot qilmaslikka harakat qilamiz. Bu noto‘g‘ri, aslida ular bilan o‘rtoq bo‘lib, bir jamoa bo‘lib yashasak, ularning baxtli hayot kechirishlariga hissa qo‘shishimiz mumkin. Jamiyatda har bir bola baxtli bo‘lishga haqli!

Bugungi kunda nogironligi va rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar sifatli ta’lim olishlari va keyinchalik munosib ish topishlari uchun ularga haqiqiy inklyuziv sharoitlarni yaratish bo’yicha mamlakatimizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Inklyuziv ta'limning muhim muammolaridan biri bo’lgan alohida ta’lim ehtiyojga ega bo’lgan bolalar guruhini aniqlab, ularga sifatli ta’lim shakllarida bilim berish va salohiyatini oshirishdan iboratdir. Inklyuziv ta'limni rivojlantirishda ustuvor yo’nalishlarga ega bo’lgan tamoyillari va yo'nalishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo’lgan maktabning ta'lim faoliyatiga, yo'nalishlariga, hamda imkoniyatlarga (jismoniy, intellektual) mos kelishi maqsadga muvofiqdir.

Inklyuziv ta’lim ta’lim-tarbiyani rivojlantirish jarayoni bo’lib, ta’limning hammabopligini nazarda tutgan holda barcha ta’lim oluvchilarning turli ehtiyojlaridan kelib chiqib bolalarni ta’lim olishini ta’minlovchi ta’limning yangi shaklidir. 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida bir qancha jahon miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko‘plab davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish borasida ko‘plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog‘liq bo‘lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto‘g‘ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni inklyuziv ta’limni e’tirof etgan holda, aholi o‘rtasida targ‘ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir. Inklyuziv ta’lim bu davlat siyosati bo‘lib, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Asosiy qism

Nogironligi bo’lgan bolalardagi imkoniyat va ulardagi yashirin iqtidorlari nuqsonlari sababli cheklanib qolgan. Ularning imkoniyatlari chegaralanib qolganligi oqibatida ular psixologik korreksion yordamga muxtoj. Nogiron bolalar bilan psixologik, profilaktik, korreksion, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ishlarni olib borish, ularni ijtomiylashuvi, faol hayotga moslashishi, o’z imkoniyatlaridan samarali foydalanib jamiyatga qaysidir ma’noda foydasi tegadigan qilib voyaga yetkazish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Har bir bolaning hech kim daxl qila olmaydigan huquqlaridan biri bu uning bilim olish huquqidir. Inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqsonlarni bartaraf etish, korreksiyalash, kompensatsiya qilish bilan bir qatorda bilim ko‘nikmalarga ega qilish, kasb hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etiladi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga ilk yosh davridayoq ularning ta’lim tarbiyasiga erta yondashish ham yotadi. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang‘ich va o‘rta-maxsus ta’limni olishlari bilan yakunlanmasligi kerak. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi talab etadi. Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta'minlashdan iboratdir. Inklyuziv ta’lim tizimida o‘quv reja, dastur va darsliklar maxsus ehtiyojli bolalarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo‘lishi kerak. Bolaning maxsus ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari har qanday integratsiya faoliyatining asosini tashkil etishi kerak. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar inklyuziv tarzda o‘qitilayotgan sinflarda yuqori malakali o‘qituvchilarning dars berishi talab etiladi.

Inklyuziv ta’lim berishda eng avvalo o’qituvchilar o’quvchilarning turli toifada ekanligi va ularning barchasi teng huquqli ekanligini hurmat qilishi lozim. Ma’lumki inklyuziv ta’limda o’quvchilarning iqtidori va qobilyatlariga qarab ta’limga yo’naltiriladi. Inklyuziv ta’lim bu jamiyatga qo’shilish bosqichi sifatida jamiyatdagi barcha a’zolarning bir-birlarini qabul qilinishi va ishtirok etishga yordam beradigan tarzda o’zgartirish demakdir. Inklyuziv ta’lim nafaqat alohida ta’limga muxtoj bolalar, balki sog’lom bolalar uchun ham rivojlangan, insonparvar va samarali ta’lim tizimini ilgari surishni o’z oldiga maqsad qilib olgan. Inklyuziv ta’limda bolalar bir-birlarini qanday bo’lsalar shundayligicha qabul qilishni o’rganishadi. Nogironligi bo’lgan bolalar esa sog’lom bolalar orasida ular bilan birgalikda ta’lim olishga rivojlanishga harakat qiladilar. Buning natijasida bolalarda o’ziga bo’lgan ishonch, qat’iyat, bilim olishga bo’lgan qiziqish, matonat kabi irodaviy sifatlar yanada rivojlanadi. Ular o’zlarini jamiyatga, davlatga kerak ekanliklarini his qiladilar. Talim-tarbiya jarayonlari bu bevosita maktab jamoasi, o’qituvchilarining pedagogik mahorati o’z kasbining jonkuyar va fidoiyligiga bog’liq. Inklyuziv ta’limga jalb qilingan o’quvchilarning ota-onalarga ularning farzandlariga ta’lim berish va ularni jamiyatning bir bo’lagi ekanligini tushuntirish, va bu ishonchni ular ongiga yetkazish kerak.

Xulosa

Xulosa o’rnida inklyuziv ta’limni maktablarda tadbiq qilishning natijasi imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olishiga, rivojlanishiga, o’ziga bo’lgan ishonchini ortishiga va shu bilan birga jamiyatimizdagi insonlar ongini bunday boalalarga nisbatan munosabatlarini o’zgartirishga katta imkoniyat eshiglarini ochadi. O’quvchilarning psixologik va fiziologik xususiyatlarini o’rganish taxlil qilish mezonlarini ishlab chiqish jamiyatning rivoji va ta’lim-tarbiya jarayoning sifatini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday imkoniyatlar imkoniyati cheklangan o’quvchilarga o’z iqtidorini namoyon etib yaratilgan imkoniyatlardan to’laqonli va unumli foydalanishni talab etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. Raxmonova V.R Defektologiya asoslari.-T.:2012 2. Kрыжановская Л.М Психологическая коррексия в условиях инклюзивнога образования. Пособие для психологов и педагоговю – М.<Владос>, 2013. 83-б. 3. Nurmuxammedova L.Sh. Abidova D. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash yo’llari. -T.:2008 4. Sodiqova G.A., Nurkyeldiyeva D.A. Rivojlanishi orqada qolgan bolalar diagnostikasi (ma'ruzalar matni). – T. : 2001 5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘Lim To‘G‘Risida”Gi Qonuni. 2020 Yil 23 Sentyabr.O‘Rq-637-Son Https://Lex.Uz/Docs/5013007 6. 2020-2025 Yillarda Xalq Ta‘Limi Tizimida Inklyuziv Ta’lim Inklyuziv Ta’limni Rivojlantirish Konsepsiyasi. O‘Z.Res.Prezidenti. 13.10.2020y Pq 4860-Son

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.