Maqolada integratsiyaviy yondashuvning ta’lim jarayonida tutgan o‘rni va uning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Integratsiya tushunchasi zamonaviy pedagogikada fanlararo aloqalarni mustahkamlash, o‘quvchilarda kompleks bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish vositasi sifatida qaraladi. Integratsiyaviy yondashuvning nazariy asoslari, uning ta’lim tizimida qo‘llanish shakl va mexanizmlari, shuningdek, pedagogik jarayondagi afzalliklari tahlil etilgan. Integratsiyalashgan ta’lim o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantiradi, kasbiy tayyorgarlik darajasini oshiradi hamda ta’lim jarayonini hayotiy muammolar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
в статье освещается роль интегративного подхода в образовательном процессе и его значение для повышения качества образования. В современной педагогике понятие интеграции рассматривается как средство укрепления межпредметных связей и формирования у обучающихся комплексных знаний и навыков. Проанализированы теоретические основы интегративного подхода, формы и механизмы его применения в системе образования, а также его преимущества в педагогическом процессе