IQTISODIYOTDA MARKETING TIZIMI , TALABLARI VA JARAYONI.
Aliyeva Musaffo G’ayrat qizi
Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot instituti. Biznes va innovatsion menejment
kafedrasi o’qituvchisi
Tel: 998907220014
Begaliyeva Mardona Ilhom Qizi
Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot instituti. Biznes va innovatsion menejment
yo‘nalishi 2- kurs talabasi.
Tel: 998943803666 Annotatsiyasi: Ushbu maqolada marketing jarayoni, iste’molchi ehtiyojlarini o’rganish, marketingning turlari, tovarning namunasini yaratish, talabni va ular harakatini o’rganishdan iborat. Kalit so’zlar: Marketing tizimi, marketing talablari, tarmoqli marketing, Marketing turlari, bozor konyunkturasi, biznes reja, innovatsiya.
Marketing tizimi korxonaning bozordagi faoliyat strategiasiga qarab shakillanadi va undagi o’zgarishlar asosida yangilanaveradi. Marketing tizimining shakillanishiga va o’zgarishiga asosiy sabab bozor konyunkturasi hisoblanadi.Marketing tizimi korxona tashqi muhitini ifodalovchi omillar ta’sirida shakillanadi va faoliyat yuritadi. Uning muvaffaqqiyatli faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, texnik-texnologik, siyosiy-huquqiy va madaniy muhitlar korxona bozor faoliyatiga muvofiqligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Marketing tizimi o’z tarkibiga turli elemetlarni qamrab oladi:
Marketing tizimidagi turli elemetlar
Ta’monotchilar Alohida olingan tashkilot, uyushma
, shaxslar yig’indisidan tarkib
topgan , firmani moddiy , moliyaviy
va mahsulot resurslari bilan
taminlaydi.
Raqobatchilar Istak bo’yicha , safdosh tovar
bo’yicha , tovar turi bo’yicha tovar
markasi bo’yicha turkumlanadi Marketing talablari (prinsplari)- deganda, uning mazmunini belgilovchi holatlar va asosiy qoidalar tushuniladi. Firma imkoniyatlarini bozor talablari bilan muvofiqlashtirish hamda faqat iste’molchi va uning talabiga mos tovar (xizmat)lar ishlab chiqarishga yo’naltirishdan iborat. Aynan iste’molchiga kerak bo’lgan tovar (xizmat)ni ishlab chiqarish tavsiya etiladi. Shuning uchun ishlab chiqarishni bozordagi iste’molchilar ehtoyojini va talabini o’rgangandan keyin boshlash kerak. Kirishdan oldin firma o’z oldiga aniq maqsadni, ya’ni foyda olishni ( qachon, qancha) ko’zlashi shart. -Bozorning barcha shart-sharoitlariga, qoidalari va qonunlariga tezroq moslashishi. -Tanlangan bozorda uzoq muddat ichida faoliyat ko’rsatishini rejalashtirish. Marketingning zamonaviy konsepsiyalari bo‘yicha, sotish –iste’molchi bilan muloqot vositasi, kommunikatsiya va talabni o’rganish, agarda u qondirilmasa, sotish jarayonini emas umumiy siyosatni o’zgartirish zarur. Marketing turlari- eng avvalo, maqsadlari, ko’lami va qo’llanish sohalari bo’yicha guruhlanadi. Tijorat marketing - foyda olishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, asosan, savdo va xizmatlar sohasida qo’llaniladi. Ko‘p tarqalgan, tovarlar va xizmatlar turlariga muvofiq shakllangan faoliyatdir.
Vositachilar
Tashkilot uchun uning tovarlarini
mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa
o’rnatish bo’yicha yordam
ko’rsatuvchilardir
Iste’molchilar
Firmalar alohida fizik shaxslar yoki ularni
potentsial guruhi bo’lib, ular bozorda
mavjud bo’lgan tovar va xizmatlarni
olishga tayyor Global marketing- jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonida transmilliy korporatsiyalar tomonidan qo’llanilayotgan faoliyat bo’lib, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari asosida global marketing strategiyalaridan foydalanadi, jahonni yagona bozor deb qaraladi va bir xil marketing stategiyasi qo’llaniladi. Masalan, “Pepsi”, ‘Coca-cola”, “Macdonalds”, “Adidas” va boshqa kompaniyalar faoliyati. Tashkilot marketingi – alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo’lgan vaziyatni qo’llabquvvatlash yoki o’zgartirish, shuningdek, kerakli muhit tashkil qilish maqsadida qo’llaniladigan amaliy faoliyat. Demarketing – bozorda ayrim tovarlarga talabning haddan tashqari o’sishi natijasida korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatiga nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlar yig’indisidan iborat. Demarketingning maqsadi xaridorlarni korxona imkoyatlari to’g’risida noto’g’ri fikrga borishining oldini olishga qaratilgan. Defferensiyallashgan marketing – firmalarning ayrim bozor segementidagi xaridorlarning e’tiborini tortish maqsadida tovarlar xususiyatini o’zgartirishga qaratilgan strategiyasi. Rivojlanayotgan marketing – talabga nisbatan taklif juda kuchayotgan paytda qo’llanilayotgan marketing turi. Rivojlanayotgan marketing faoliyati vujudga kelgan talabni haqqoniy qondirishga, buning uchun esa tovarning sifat belgilariga g‘oyat katta ahamiyat berishga qaratiladi. Hozirgi zamon bozorida har qanday tadbirkorlik muvaffaqiyatli iste’molchi bilan (imiji)ni uzluksiz himoyasiga bog’liq bo’lib qolmoqda.Marketing jarayoni –G.L. Bagiyev va boshqalar fikricha – ehtiyojni o’rganish, mahsulot (xizmat)ni xaridorlar va bozor imkoniyatlari darajasida ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish bilan bog’liq bo’lgan harakatlar va bosqichlar majmuasidan iborat. Marketing jarayoni quyidagi amaliy bosqichlarni o’z ichiga oladi: Marketing jarayoni, iste’molchi ehtiyojlarini o’rganishdan boshlanib , uning tovar sotib olishi, talabini qondirish bilan birga, iste’molchilar istaklari va xohishlari tarkibidagi bo’lajak o’zgarishlarning tadqiqoti bilan yakunlanadi. Shu bilan birga, talabning miqdoriy o’zgarishlarini belgilovchi iste’mol madaniyati ham o’rganib boriladi. Innovatsiya – ilmiy izlanish, tovarning namunasini yaratish, sinash va uni sotish imkoniyatlari tadqiqoti benchmarkingni va bozorni hamda raqiblar tovarlarini o’rganish orqali bo’lajak mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi shakllanadi.
Marketing jarayoni
quyidagi amaliy
bosqichlarni o’z ichiga
oladi:
1.G’oyani aniqlash
2. Yo’nalishni
muhokama qilish
3. Maqsadni
aniqlash 4.Bazis tahlili 5.Korxona ko’rsatkichlarini aniqlash 6.Bozor ko’rsatkichlarini hisoblash
7.Hisob-kitob
tahlili
8. Sotish bo’yicha
maslahatlar
9.Bozorni
tanlash
10.Moliyalashtirishni
ta’minlash
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Soliyev , S. Buzrukxonov “Marketing”, Джексон Грейсон младший, Карла Оден «Амерканский менежмент – на пороге ХХI века», М., «Экономика», 1991, 256 2. Ф. Котлер. Маркетинг, менежмент. Экспресес курс. 2-е изд. Пер. с анг. Под. Ред. С.Г.Божукю С-Пб.б «Питер»,2005, 9. 3. Ламбен Жан Жак - Стратегичуский маркетинг. Европейская перспектива пер. с фр. С-пб.б «Наука», 1996.
4. M Aliyeva . CONCEPTS OF FORMING THE MANAGEMENT SYSTEM OF
SCIENTIFIC AND TECHNOLOGICAL DEVELOPMENT OF INDUSTRIAL
ENTERPRISES. - Евразийский журнал права, финансов и прикладных …2023
5. CONCEPTS OF FORMING THE MANAGEMENT SYSTEM OF SCIENTIFIC
AND TECHNOLOGICAL DEVELOPMENT OF INDUSTRIAL ENTERPRISES
Aliyeva Musaffo G`ayrat qizi Karshi Institute of Engineering and Economics
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.