ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING O’RNI VA AHAMIYATI.

Аннотация

Jahon iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizning bu rivojlanish jarayoniga qo’shilib, u bilan birga rivojlanib, o’zgarishlarni boshdan kechirishda mamlakatimiz katta kuch va yuksak rivojlanishga ega bo’lish uchun mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi yutuq va kamchiliklar, imkoniyat va shart-sharoitlarni e’tibordan qoldirmagan holda rivojlanishning ko‘zlangan daraja va samaralarga erishish yo‘llarini topish, ulardan maksimal darajada foydalanish, buning uchun zarur bo'lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, eng muhim vazifa hisoblanadi. Shular jumlasida ushbu maqsad yo‘lida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish muhimdir.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

INVESTITSIYALARNING O’RNI VA AHAMIYATI.

Shomurodova Mahliyo

Tel: +998912952826

Jahon iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizning bu rivojlanish jarayoniga qo’shilib, u bilan birga rivojlanib, o’zgarishlarni boshdan kechirishda mamlakatimiz katta kuch va yuksak rivojlanishga ega bo’lish uchun mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi yutuq va kamchiliklar, imkoniyat va shartsharoitlarni e’tibordan qoldirmagan holda rivojlanishning ko‘zlangan daraja va samaralarga erishish yo‘llarini topish, ulardan maksimal darajada foydalanish, buning uchun zarur bo'lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, eng muhim vazifa hisoblanadi. Shular jumlasida ushbu maqsad yo‘lida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish muhimdir. Zero, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish qator ijobiy samaraga erishishdir. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlashga erishilmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Investitsiyalarni, avvalambor, iqtisodiyotimizni tubdan o‘zgartirishga, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi zamonaviy sanoat korxonalarini barpo etishga yo‘naltirdik va bugun ana shunday uzoqni ko‘zlagan ishlarimiz qanday yuksak samara berayotganini hammamiz ko‘rib turibmiz”.1 Bugungi kunda mamlakatimiz har sohada ko’plab yutuqlarga erishmoqda. Hukumatimiz amalga oshirayotgan islohotlar va bu islohotlarning ijobiy natijasida mamlakatimiz asosiy makroiqtisodiy ko’rsatgichlari doimiy ravishda oshishi ta’minlanmoqda. Makroiqtisodiy ko’rsatgichlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ko’rsatuvchi muhim omildir. 1 I.A.Karimov “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”. – T.: O’zbekiston, 2015.- 146 b

2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash bo`yicha dasturlarni amalga oshirilishi 2016 yilda yalpi ichki mahsulotning 7,8% darajadagi yuqori o`sish sur’atini ta’minlash imkonini berdi. So`nggi 10 yil ichida YaIM hajmi 2 barobardan ziyodga o`sdi. 2016 yilda «Focus Economics» xalqaro konsalting kompaniyasining YaIM o`sish sur’atlari bo`yicha dunyo mamlakatlari reytingida O`zbekiston 127 mamlakat orasida yettinchi o`rinni egalladi. 2016 yil yakunlari qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulot hajmlari- 6,6 foizga, qurilish- pudrat ishlari- 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi- 14,4 foizga, xizmatlar12,5 foizga o’sdi. Aholi jon boshiga YaIM- 5,9 foizga oshdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.

Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta’minlandi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi.

2016 yilda barqaror yuqori iqtisodiy o`sishning asosiy omillari bo`lib quyidagilar xizmat qildi:

- makroiqtisodiy muvozanatni saqlab turish. Xo`jalik sub’ektlari uchun soliq yukining kamayishi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy qoldig`i va 5,7%ni tashkil etgan past darajadagi inflyatsiya bilan bir qatorda davlat budjetining YaIMga nisbatan 0,1% darajadagi profitsiti ta’minlandi;

- xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznes manfaatlarini himoya qilish va jadal rivojlantirish. Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash va kichik ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida, 2016 yil davomida kichik biznes sub’ektlari uchun 16 trln.so`m atrofida yoki o`tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko`p kreditlar ajratildi, shundan 3,3 trln.so`mni mikrokreditlar tashkil etdi. Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini yanada rag`batlantirish va har tomonlama qo`llab-quvvatlash bo`yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar 2016 yil davomida 32 mingta yangi kichik biznes sub’ektlarining tashkil etilishiga zamin yaratdi. Natijada, kichik biznesning ulushi YaIMda 56,9%gacha (2015 yilda 56,5%), sanoatda 45%gacha (40,6%), investitsiyalarda 40,3%gacha (36,3%) va bandlikda 78,1%gacha (77,9%) o`sdi;

- qishloq xo`jaligini isloh qilish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo`yicha tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi qishloq xo`jaligi mahsuloti hajmining 6,6 foizga o`sishini ta’minladi;

- xizmatlar sohasining, eng avvalo, axborot kommunikatsiya va texnologiyalariga asoslangan zamonaviy xizmat turlarining jadal rivojlanishi YaIM tarkibida xizmatlar sohasi ulushining 2015 yildagi 48,6 foizdan 2016 yilda 49,5%ga o`sishiga olib keldi.

2016-2020 yillarda xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida 2016 yil mobaynida xizmatlar sohasida 14,6 mingta yangi ob’ekt tashkil etilib, 194 ta yangi maishiy xizmat ko`rsatish majmualari ishga tushirildi hamda 54 ta yangi mehmonxona qurildi. Natijada, ko`rsatilgan xizmatlar hajmi 12,5%ga, shu jumladan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 11,7%ga, moliyaviy xizmatlar 19,2%ga, avtotransport xizmatlari 16,4%ga, savdo 14,7%ga, yashash va ovqatlanish xizmatlari 11,7%ga o`sdi.2

- iqtisodiy o`sishning barqaror yuqori sur’atlari hamda aholi bandligini ta’minlash bo`yicha dasturlarning amalga oshirilishi, shuningdek budjet tashkilotlari xodimlari oylik ish haqining 15%ga, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarning 12,1%ga o`sishi tufayli aholining farovonligi va yalpi real daromadlari 11%ga ortdi. Bu esa, iste’mol talabini rag`batlantirish chora-tadbirlari bilan bir qatorda chakana savdo aylanmasi hajmining 14,4%ga ortishini ta’minladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mazkur islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash borasida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar hamda dasturlar mamlakatimiz iqtisodiyotini tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatgichlarni doimiy ravishda oshishini, shu bilan birga, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Mamlakatimiz asosiy makroiqtisodiy ko’rsatgichlari nafaqat miqdoriy jihatdan balki sifat jihatdan ham oshib kelmoqda. Ya’ni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot tarkibi ham sifat jihatdan o’zgarib, yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va xizmat ko’rsatish ulushi yildan-yilga oshib kelmoqda. Buning yaqqol isbotini yuqoridagi jadval orqali ko’rishimiz mumkin.

2022- yilning O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 121,8 trln. so‘m 2 O’zbekiston statistika boshqarmasi www.stat.uz o‘zlashtirildi. Dollar ekvivalentida 11,0 mlrd. AQSH doll. o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 109,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning asosiy kapitalga investitsiyalarning 56,8 % i yoki 69,1 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 43,2 % yoki 52,7 trln. so‘m moliyalashtirildi. Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2021- yilning mos davridagi ulushiga nibatan 6,1 % punktga kamayib, 12,0 % ni yoki 14,6 trln. so‘mni tashkil etdi.

Xususiy investitsiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish talab etiladi. Biznes bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan to’siqlarni aniqlash va yengib o’tish bo’yicha astoydil ish olib borish kerak. Shu munosabat bilan investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni moliyalashtirish vositalarini rivojlantirish orqali investitsiyaviy faoliyatni rag’batlantirish, sohalarni raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish orqali investitsiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to’siqlar va cheklovlarni to’liq bartaraf etish, shaffoflikni maksimal darajada ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so’rovlari bilan ishlashni tashkil etish, xorijiy investitsiyalarni O’zbekistonning istiqbolli sohalariga yo’naltirish eng muhim omillardan hisoblanadi.

Birinchidan, iqtisodiy o‘sishning bir maromdagi yuqori va barqaror sur’atlarini saqlab qolish uchun mamlakat iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh, bank tizimi aktivlarining katta qismi xususiy investorlar qo‘lida bo‘lgan modelini shakllantirish zarur.

Ikkinchidan, investisiyaviy jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan infratuzilmaga yo‘naltirilgan investisiyalarining jadal o‘sishini ta’minlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni moliyalashtirish vositalarini rivojlantirish orqali investisiyaviy faoliyatni rag‘batlantirish ham faol tarzda olib borish.

Uchinchidan, raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish orqali investisiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to‘siqlar va cheklovlarni to‘liq bartaraf etish uchun investorlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar optimallashtirilmoqda. Shaffoflikni maksimal darajada ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so‘rovlari bilan ishlashni tashkil etish sifati yaxshilash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Botirjon o’g’li, M. B., & Hasanboy o’g’li, S. D. (2022).

ORGANIZATION AND INCREASE OF ACTIVITY OF SMALL INDUSTRIAL

ZONES.

2. Abdullajanovich, U. T. (2022, March). THE ROLE OF INDUSTRIAL

ENTERPRISES IN THE DEVELOPMENT OF THE NATIONAL ECONOMY.

In Conference Zone (pp. 271-276).

3. Zayliyev, A. A., Jurayev, E. S., & Muxammadjonov, B. B. (2018).

DISCLOSURE LINES OF CREATIVE FINANCIAL REPORTING OF TRADE

BANKS. Теория и практика современной науки, (3), 120-122.

4. O’G’LI, M. B. B. (2021). ESTABLISHMENT AND ACTIVITY OF

SMALL FREE ECONOMIC ZONES IN THE TERRITORY OF

UZBEKISTAN. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(2), 156-159.

5. Botirjon o’g’li, M. B., & Hasanboy o’g’li, S. D. (2022).

ORGANIZATION AND INCREASE OF ACTIVITY OF SMALL INDUSTRIAL

ZONES.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.