O’ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI GEOGRAFIYASI.
Imomova Marjona
Termiz davlat pedagogika institute talabasi
Annotatsiya: Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng qadimgi va muhim tarmoqlaridan biridir. U aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xomashyo yetkazib berish bilan birga, sanoat mahsulotlarining eng katta iste’molchisi ham hisoblanadi. Shu boisdan islohotlarning dastlabki bosqichida mamlakat qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash, rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsad qilib belgilandi, tarmoqda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu maqolada iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirishlarida O’zbekiston qishloq xo‘jaligi geografiyasi haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar: Qishloq xoʻjaligi geografiyasi , fermer xo‘jaliklari, hom-ashyo, sanoat, tabiiy sharoit.
Qishloq xoʻjaligi geografiyasi — qishloq xoʻjaligini hududiy tashkil etish va rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan sohasi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarmogʻi. turli mamlakat va rayonlar qishloq xoʻjaligini majmuali oʻrganish va bashorat qilish, tabiiy sharoit va resurslarni qishloq xoʻjaligi nuqtai nazaridan baholashga doir tadqiqotlar olib boradi. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning tarmogʻi sifatida aholining qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga, sanoatning xom ashyoga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farq qilib, qishloq xoʻjaligi joyning agroiqlimiy resurslari bilan chambarchas bogʻliq, shuningdek, yer qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida mehnat vositasi hamda predmeti hamdir. Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining joylashuvi va rivojlanishiga joyning tabiiy sharoiti (asosan, relyefi va iqlimi), resurslari (yer, suv, hayvon va oʻsimliklari), ijtimoiy-iqtisodiy, transport, ekologik va boshqa omillar bevosita taʼsir koʻrsatadi.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rinlardan birini egallagan holda, unga yalpi ichki mahsulotning 1/5 qismidan ko‘prog‘i to’g‘ri keladi. 2000-2010 yillarda YalM da qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 17,5 foizga kamaydi. Aynan shu tarmoqda aholining bandligi esa 1991- 2010 yillarda 41,9 foizdan 25,2 foizga tushdi va hozirda 3,1 million kishi bu tarmoqda ishlaydi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, qishloq xo‘jaligi rivojlanishining strategik yo‘li aniqlanib olindi. Bunda, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini-o‘zi ta’minlash, ya’ni don mustaqilligiga erishish, paxta yakka hokimligiga barham berish asosiy vazifalardan qilib belgilandi. 1998- yillardan qishloq joylarda bozor munosabatlarini joriy etish, mulkchilikning xususiy shaklini joriy etishga e’tibor qaratildi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotini agrar-industrial shakldan tobora, asta-sekin industial-agrar yo‘nalishga o‘tishiga zamin bo‘ldi. Yerga bo‘lgan munosabatda yangicha tamoyillar joriy etildi. Yerni fermer xo‘jaliklariga O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan 50 yil muddatga, dehqon xo‘jaliklariga umrbod foydalanishga berish tizimi joriy etildi. Qishloq xo‘jaligida o‘tkazilgan va davom etayotgan islohotlar mahsulot yetishtirishda, mahsulot hajmining o‘sishida, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligi ortishida muhim bosqich bo‘lmoqda. Shu boisdan, 2010-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2009-yilga nisbatan 6,8 foizga, 2000-yilga nisbatan esa 1,8 barobarga oshdi. Paxta, g‘alla kabi strategik muhim qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan bir qatorda. mevasabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida ishlab chiqarish sezilarli darajada o‘sdi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i rivojlanishida unda bevosita ishlatiladigan yer va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni 44896,9 ming ga bo‘lib, shundan 99 foizi turli xil korxona. tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari va fuqarolar foydalanadigan yerlar bo‘lsa, bu yerlarning 3714,7 ming gektarini sug‘oriladigan yerlar tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligidagi yerlardan foydalanishda ularni 8 toifaga ajratiladi. Buning eng asosiysi qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlar hisoblanadi. Ushbu toifadagi yerlar mamlakatimizda 20487,7 ming ga bo‘lib, u jami yer fondining 46,1 foizini tashkil qiladi. Keyingi o‘rinda zaxira yerlar (10389,4 ming ga) hamda o‘rmon fondi yerlari turadi (4274,3 ming ga). Respublikada barcha ekin ekiladigan yerlar ikki qismdan iborat: sug‘oriladigan hamda lalmi yerlar. Umumiy ekin ekiladigan yer maydoni 3708,4 ming ga (2010 y.) bo‘lib, bu jami qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlarning 18,1 foiziga teng, sug‘oriladigan yerlar esa 3714,7 ming gani tashkil etadi. Tabiiy holda sug‘oriladigan yoki lalmi (bahorikor) yerlar Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida uchraydi. Qishloq xo‘jaligida foydalanadigan boshqa yerlar orasida yaylovlar keskin ajralib turadi. Ularning umumiy maydoni 4052,0 ming ga yoki qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlarning 93,1 foizini tashkil etadi. Ko‘p yillik daraxtzorlar 3298 ming ga, pichanzorlar 107 va bo‘z yerlar 82 ming ga.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jalik geografiyasining shakllanishida hududlarning yer fondi, uning tarkibi bilan bir qatorda agroiqlimiy resurslar, ya’ni namlik (suv), harorat va tuproq, mehnat resurslari, ularning ish malakalari kabi omillar muhim rol o’ynaydi. O'zbekistonda issiq kunlar ko‘p, vegetatsiya davri uzoqligi bois, ba’zi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini bir yilda 2-3 martadan hosilini olish imkonini beradi. Qolaversa, mintaqalarning tuproqlari ham (asosan bo‘z yoki sur tuproqlar ko‘p tarqalgan) agroiqtisodiyot rivojlanishiga ancha qulaylik yaratadi. Biroq, qishloq xo’jaligining respublikadagi muammoli tomoni bu suv resurslari bilan ta’minlanishidir. Mayjud ma’lumotlarga qaraganda, suv resurslarining taxm inan 10 foizi respublikada shakllanadi, xolos. Qolgan qismi muhim gidrologik manbalar, ya’ni Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon kabi transchegaraviy xarakterga ega bo’lgan daryolar hisobiga ta’minlanadi. Bu daryolar asosan qo‘shni davlatlar — Tojikiston va Qirg‘iziston hududidan boshlanadi. Shu bois, mayjud suv resurslaridan unumli foydalanish, sug‘orma dehqonchilikda yangi texnologiyalami joriy qilish, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro, xalqaro me’yor va qoidalardan kelib chiqqan holda, suv resurslarini oqilona taqsimlash respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng dolzarb muammosidir.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida fermer xo‘jaliklarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy mazmunini tashkil etdi. Fermer xo‘jaligining boshqa jamoa, shirkat yoki hissadorlik kabi yirik xo‘jaliklardan asosiy farqi va ustunlik tomoni fermerning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita birgalikda, ya’ni mulk va mehnat natijalarini tasarruf etish bo‘yicha masalalarni mustaqil hal etishida bo‘lib, uning iqtisodiy negizini ishlab chiqarish vositalariga (yer bundan mustasno) va o‘z mehnati natijalariga mulkiy egalik tashkil etadi. Fermer xo‘jaligida tadbirkorlik erkinligi, oila hamda shaxsning o‘z moddiy farovonligi yo’lida mehnat qilishiga tayanish muhim o‘rin tutadi. Respublikada fermer xo‘jaliklarini tashkil etilishi bosqichma-bosqich va izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Алисов Н. В., Хорее Б. С. Экономическая и социальная
география мира (общий обзор). - М., 2001.
2. Абирқулов Қ.Н. Иқтисодий география. Дарслик. -Т.: Ёзувчилар
уюшмаси нашриёти, 2008.-272 б.
3. Асанов ГА., Набиханов М., Сафаров И. Узбекистоннинг
иқтисодий ва ижтимоий жўғрофияси. -Т.: Ўзбекистон, 1994.
4. Вавилова Э.В Экономическая география и регионалистика.-М:
Гардарики, 2005.-160с.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.