ISHSIZLIK SABABLARI VA UNI HAL QILISH YO‘LLARI
Ismoilov Shohnur Ozod o‘g‘li
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-kurs talabasi
ismoilovshohnur07@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ishsizlik muammosi chuqur tahlil qilinib, uning sabablari va hal qilish yo‘llari yoritilgan. So‘nggi yillarda ishsizlik darajasi sezilarli pasaygan bo‘lsa-da, texnologik o‘zgarishlar, demografik o‘sish va mehnat migratsiyasi kabi omillar hali ham muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2021-yilda 9,6% bo‘lgan ishsizlik 2024-yilga kelib 5,8% gacha tushgan. Bu hukumatning bandlikni oshirishga qaratilgan islohotlari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilish natijasida erishilgan yutuqdir. Biroq, hududiy tafovutlar va texnologik taraqqiyot tufayli ba’zi kasblar yo‘qolmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish zaruratini oshiradi. Maqolada ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha samarali strategiyalar, jumladan, ta’lim tizimini isloh qilish va zamonaviy kasblarga moslashish kabi yo‘nalishlar taklif etiladi.
Kalit so‘zlar: ishsizlik, bandlik, mehnat bozori, texnologik o‘zgarishlar, iqtisodiy islohotlar, O‘zbekiston.
1.Kirish:
Hozirgi kunda ishsizlik nafaqat alohida shaxslar, balki butun jamiyat uchun dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ishsizlik tushunchasi Xasanov N.N. va boshqalarning tarifiga ko‘ra, bu iqtisodiy faol aholining bir qismi munosib ish topa olmaganda yuzaga keladigan jarayondir. Ishsizlik inson manfaatlariga bevosita ta’sir qiluvchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biridir. Ko‘plab odamlar uchun ishini yo‘qotish oilasining turmush darajasining pasayishiga, shaxsiy hayotdagi tangliklarga va inson ruhiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi iqtisodiy hayotda ishchiga bo‘lgan talab unga bo‘lgan taklifdan kamligini sababli ishsizlik yuzaga keladi. Iqtisodiyotda umumiy talab va taklif muvozanati buziladi, bozor talabining pasayishi mehnatga bo‘lgan ehtiyojning ham kamayishiga olib keladi. Natijada, ishchi kuchining bir qismi ortiqcha bo‘lib qoladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, malakasiz mehnatga ehtiyoj kamayadi.
Iqtisodiyotda ishsizlik sabablarini o‘rganishning asosiy maqsadi – bandlikni yaxshilash orqali mamlakatda mehnat kuchini kengaytirish va aholining turmush darajasini yanada oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir. Bu esa puxta tuzilgan strategik qadamlar va islohotlarni talab qiladi.
2.Adabiyotlar sharhi:
Ishsizlik va bandlik masalalari ko‘pgina olimlar ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, Sh.M.Ortiqov (2024) xorijiy mamlakatlarda bandlikni ta’minlash masalalarini statistik tahlilni amalga oshirgan bo‘lsa, N.X.Turopova (2023) O‘zbekistonda ishsizlikning hududlar taqsimotida o‘rganib, tahlil qilgan.
F.D.Hojiqulova, O.Eshquvvatov (2023), J.Karimov (2022) lar izlanishlarida mehnat bozoriga sun’iy intellektning tasirini tadqiq etganlar.
Ishsizlikka umumiy ta’sir etuvchiomillar va yechimlarni, shuningdek, O‘zbekistonda o‘tgan yillarda sodir bo‘lgan ishsizlikka oid ayrim holatlar va ularga qo‘llanilgan yechimlar, hozirgi paytda sodir bo‘layotgan ishsizlikning sabablari va ularni bartaraf etishga yondashilgan yechimlarni ilmiy asoslab beradi [A.Shomurodov (2023), S.Muxamedov (2025)].
Shu bilan birga, Karimova (2022), M.Hasanova (2024) tomonidan olib borilgan tadqiqot O‘zbekiston yoshlarida ishsizlik sabablarini o‘rganib, malaka va ta’lim tizimining mehnat bozoriga mos emasligi natijasida yoshlar orasida ishsizlik kuchayishini ta’kidlagan. F.Doniyorova (2018), D.Turg‘unboyeva (2024), Cyberleninka.ru. (2024) lar esa ishsizlikning oshishiga asosiy sababi tashqi migratsiya bilan bog‘liq deb hisoblaydi.
Arthur H.Goldsmith (1996) ishsizlikning ruhiy salomatlik va ijtimoiy munosabatlarga ta’sirini o‘rganib, uzoq muddatli ishsizlikning insonlarning ruhiy va ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir qilishini aniqlashgan. Shuningdek, Usmonova V.B. fikricha, ishsizlik darajasi oshgani sari, jinoyatchilik va oilalarda notichlik ham oshib boradi.
Musurmankulova G.(2024), Raxmatullayeva Sh. va Sadriddinova S.(2024) fikrlariga ko‘ra, yoshlarni texnologiyalar rivojlanishi bilan mos keladigan yangi kasblarga o‘qitish, davlatda ishchilarning malakasi oshishiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, yoshlar va ishsizlar uchun bepul yoki subsidiyalangan kasb-hunar kurslarini tashkil etish. (X.D.Aliyev, 2022)
Mazkur tadqiqotlarning natijalari, ulardagi ilmiy asoslangan takliflar, amaliy tavsiyalar va xulosalarga qo‘shilgan holda aytish joizki, aholini ish bilan bandligi ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni yechish va bu bo‘yicha statistik tahlillarni amalga oshirgan holda masalani hal etishning tashkiliy, iqtisodiy va institutsional jihatlarini ilmiy jihatdan yanada tadqiq etish, shuningdek innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish lozim.
3.Tadqiqot metodologiyasi:
3.1. Tadqiqot ma’lumotlari
Ushbu maqola aniq va foydali xulosaga kelish maqsadida faqatgina ishonarli va rasmiy manbalardan World Bank, Stat.uz saytlari ma’lumotlaridan foydalanadi. Tadqiqot 2000-2024-yilgi ma’lumotlarni muxokama qiladi.
3.2. Tadqiqot usuli
Tadqiqot ishsizlik sabablari va unga yechimlarni chuqur o‘rganish maqsadida PEST tahlil usulidan foydalangan holda amalga oshirildi.
4.Tahlil va natijalar:
Tadqiqot davomida PEST tahlil usuli doirasida turli ma’lumotlar to‘plandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ishsizlik sabablari va yechimlari o‘rtasidagi bog‘liqlikka bir qator omillar ta’sir ko‘rsatmoqda.
Siyosiy omillarning ta’siri. (1-rasm)
1-rasm. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotlariga
(1-rasm) da keltirilganidek, 2000-2006 yilda ishsizlik darajasi 1% dan past bo‘lgan va bunga bir nechta sabablar mavjud.
1. O‘sha yillarda O‘zbekistonda bandlikni aniqlash usullari hozirgi zamonaviy
xalqaro me’zonlardan farq qilgan. Rasmiy bandlik ko‘rsatkichi asosan davlat
sektorida ishlayotgan va qishloq xo‘jaligida shug‘ullanayotgan aholiga
asoslangan edi.
2. Ishchi kuchining katta qismi norasmiy sektorda – dehqonchilik,
hunarmandchilik, chakana savdo va qurilish sohalarida faoliyat yuritgan.
Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tmagan holda ishlaganligi sababli, rasmiy statistika
ularni ishsiz deb hisoblamagan.
3. Iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli ko‘plab o‘zbekistonliklar Rossiya va boshqa
mamlakatlarga ishlash uchun ketgan. Ularning aksariyati rasmiy statistikada
hisobga olinmagan, natijada ichki mehnat bozorida ishsizlik darajasi sun’iy
ravishda past bo‘lib ko‘ringan.
2016-yil hokimyat almashgandan keyin, sohada raqamlashtirish islohoti amalga oshirildi. Natijada, 2018-yilda mamlakat aholisining necha foizi ishsiz ekanligi nisbatan aniq ma’lumotlar keltirildi.
Iqtisodiy omillarding ta’siri
Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlaridan yana bittasi ishsizlik darajasidir. U aks ettiradi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ishsizlik darajasining pasayish kuzatilmoqda, bu esa mehnat bozoridagi ijobiy tendensiyalardan dalolat beradi. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilgacha bu ko‘rsatkich tushib brogan. Ammo, 2020-yilgi COVID-19 pandemiya davrida zavodlarni yopilishi, ko‘plab iqtisodiy subyektlarning ishlamasligi ishchi o‘rnini yanada qisqartirgani sababli bu sonlar 10,5% gacha oshgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hukumat tomonidan qabul qilingan qo‘llab-quvvatlov choralari sababli ishsizlik darajasi keskin kamaymagan. 2022-yilga kelib esa, pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlar to‘liq tiklanib, hatto oshgan. 2022-yilda ishsizlik darajasi 8,9% ni tashkil etgan. Va bu o‘tgan 2021-yilga qaraganda 0,7% kamayganligini ko‘rsatadi, ya’ni, 1,3 million
kishiga kamaygan. Keyingi 2023-yili esa ishsizlik darajasi sezilarli darajada kamaydi. O’sha yili statistikaga ko‘ra 6,8% foizga tushgan. Bu esa o‘z o‘rnida o‘tgan yilgiga nisbatan 2,1% tushganini bildiradi. Oxirgi yili, ya’ni, 2024-yili bu ko‘rsatkich 5,8% ga yetdi. Bu esa ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va qo‘llab-quvvatlov dasturlari natijasida mehnat bozorida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini bildiradi. (2-rasm)
2-rasm. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotlariga Ijtimoiy omillarning ta’siri
Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida, shuningdek aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda demografik holat muhim o‘rin tutadi. 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra mamlakatimizda yashovchi doimiy aholi soni 36 mln. kishini tashkil etib, yil davomida 768,8 ming kishiga yoki 2,1 % ga ko‘paygan. Bundan ko‘rinib turibdiki har yili aholi soni o‘rtacha 700 ming kishiga ortmoqda. Aholining asosiy qismini, ya’ni 56,7 % ini mehnatga layoqatli yoshdagilar tashkil etgan bo‘lsa, o‘z o‘rnida 31,9 % i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar va 11,4% i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘tgan 2022-yilda respublikamizda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 20 mln.505,3 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2018-yil ma’lumotlari bilan taqqoslanganda 713,6 ming kishiga yoki 3,6 foizga ko‘payganligi kuzatildi. Bu esa o‘z o‘rnida yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Mehnat bozorining asosiy Yil Ishsizlik darajasi(%) Bandlik darajasi(%) 2019 9,0 91 2020 10,5 89,5 2021 9,6 90,4 2022 8,9 91,1 2023 6,8 93,2 2024 5,8 94,2 ko‘rsatkichlaridan biri hisoblangan bandlik darajasi ko‘rsatkichi ma’lum bir ish joyida band bo‘lgan iqtisodiy faol aholi ulushini aks ettiradi. Respublikamizdagi iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan bandlik darajasi 2019-yilda 90,7 foizni tashkil etgan. 2022-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 91,1 foizga yetganligini kuzatish mumkin (3-rasm).
3-rasm. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Texnologik omillarning ta’siri
Texnologik taraqqiyot, xususan avtomatlashtirish va sun'iy intellekt (SI)ning rivojlanishi, mehnat bozoriga sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda. Avtomatlashtirish natijasida oddiy va takrorlanuvchi vazifalarni bajaruvchi ish o‘rinlari qisqarishi kuzatilmoqda. Masalan, OECD hisobotiga ko‘ra, robotlarning joriy etilishi past malakali ish o‘rinlarining kamayishiga olib kelgan. Xitoy misolida, past malakali ishlab chiqarish sektorida avtomatlashtirish va xalqaro raqobat tufayli ish o‘rinlarining qisqarishi kuzatilmoqda. Bu esa millionlab past malakali ishchilarning ishdan bo‘shashiga olib kelmoqda.
Biroq, texnologik taraqqiyot natijasida ish o‘rinlarining yo‘qolishi bilan birga, yangi ish o‘rinlari ham yaratilmoqda. Masalan, sun'iy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalari yangi kasblar va sohalarni shakllantirmoqda. Shuning uchun, texnologik o‘zgarishlarga moslashish uchun kasbiy tayyorgarlik va qayta o‘qitish dasturlariga e'tibor qaratish muhimdir.
Umuman olganda, texnologik omillar mehnat bozorida muayyan kasblar va malaka darajalariga turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, bu o‘zgarishlarga moslashish uchun ta'lim va malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish zarur.
5.Xulosa va kelgusi tadqiqotlarga tavsiyalar
O‘zbekiston mehnat bozorida so‘nggi yillarda ishsizlik darajasining sezilarli pasayishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2021-yilda 9,6% ni tashkil etgan ishsizlik darajasi 2024-yilga kelib 5,8% gacha pasaydi. Bu hukumat tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, bandlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari natijasi hisoblanadi. Biroq, ishsizlik muammosi hali ham dolzarb bo‘lib, texnologik o‘zgarishlar, demografik o‘sish, hududiy tafovutlar, mehnat migratsiyasi kabi omillarni hisobga olgan holda, ishsizlik muammosini yanada samarali hal qilish uchun kompleks yondashuv talab etiladi. Bunda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, zamonaviy kasb-hunar o‘qitish tizimini kuchaytirish, investitsiya muhitini yaxshilash va hududiy bandlik dasturlarini kengaytirish kabi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda olib boriladigan tadqiqotlar ishsizlik muammosining chuqur ildizlarini aniqlash va samarali yechimlar ishlab chiqish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga hamda aholining farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent moliya
instituti Qo‘lyozma huquqida. Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni
bartaraf etish yo‘llari. (n.d.). Available at:
Mar. 2025].
2. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
(2025). O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik
vazirligi. [online] Available at: https://gov.uz/oz/bv [Accessed 27 Mar. 2025].
3. Stat.uz. (2024). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika
agentligi. [online] Available at: https://www.stat.uz/uz/.
4. World Bank (2025). World Bank Open Data. [online] World Bank. Available
at: https://data.worldbank.org/.
5. Farspublishers.org. (2025). View of O‘ZBEKISTONDA ISHSIZLIKNING
SABABLARI VA YECHIMLARI. [online] Available at:
27 Mar. 2025].
6. Оrtiqov Shavkat Muxammadi o`g`li (2024). O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASIDA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISH
MASALALARI. Zenodo. [online]
7. Goldsmith, A.H., Veum, J.R. and Darity, W. (1996). The psychological impact
of unemployment and joblessness. The Journal of Socio-Economics, 25(3),
pp.333–358. doi:https://doi.org/10.1016/s1053-5357(96)90009-8.
8. ‘Yangi O’zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyotidagi islohotlar:
muammolar va yechimlar’ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. (n.d.).
9. Interoncof.com. (2025). View of ISHSIZLIK, UNING OQIBATLARI VA OLDINI
OLISH YO’LLARI. [online] Available at:
2025].
10. Vasila Botirovna, U. (n.d.). INNOVATION IN THE MODERN
EDUCATION SYSTEM 332 O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK MUAMMOSI VA
UNI HAL QILISH CHORA TADBIRLARI. [online] Available at:
___Usmonova%2BVasila%2BBotirovna%2B.pdf [Accessed 27 Mar. 2025].
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.