ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

J.K.ROULINGNING “BARD BIDL ERTAKLARI” ASARIDA QO‘LLANILGAN ALLITERATSIYALARNING SEMANTIK GURUHLANISHI VA ULARNI TARJIMA QILISH METOD VA USULLARI.

Аннотация

This research analyzes examples of alliterations semantically as well as their translation methods and techniques found in “The Tales of Beedle the Bard” by J.K. Rowling.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

GURUHLANISHI VA ULARNI TARJIMA QILISH METOD VA USULLARI.

Azizova Madina Bahromjon qizi,

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti

azizova-madina@internet.ru

Annotation: This research analyzes examples of alliterations semantically as well as their translation methods and techniques found in “The Tales of Beedle the Bard” by J.K. Rowling.

Keywords: Onomastic, anthropo-onomastic alliteration, emotional and actionstate alliteration, descriptive alliteration, literal translation method, transliteration translation method, equivalence translation method.

Аннотация: В данном исследовании рассматриваются примеры аллитераций, встречающихся в произведении Дж. К. Роулинг «Сказки Барда Бидля», классифицированные по семантическим категориям, а также методы и способы их перевода.

Ключевые слова: Ономастическая, антропо-ономастическая аллитерация, эмоциональная аллитерация и аллитерация выражающая действие или состояние, изобразительная аллитерация, метод дословного перевода, метод транслитерации, метод эквивалентного перевода.

Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishida J.K.Roulingning “Bard Bidl ertaklari” asarida uchrovchi alliteratsiyalarning semantik klassifikatsiyasiga ko‘ra turlanuvchi misollari hamda ularning tarjima metodlari va usullari tahlili yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Onomastik, antropo-onomastik alliteratsiya, hissiyot,harakatholatni ifodalovchi alliteratsiya, tasviriy alliteratsiya, so‘zma-so‘z tarjima usuli, transliteratsiya tarjima usuli, ekvivalent (muqobillik)tarjima usuli.

J.K.Roulingning”Bard Bidl ertaklari” asarida uchrovchi alliteratsiyalarni miqdoriy va mazmuniy jihatdan boyligini hisobga oladigan bo‘lsak, semantik kategoriyaga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

-onomastik alliteratsiyalar (shaxs, narsa va hodisalar nomlanishini bir xil undoshlar bilan boshlanuvchi assotsiatsiya ko‘rinishida tasvirlab beruvchi alliteratsiya);

-hissiyotni va harakat-holatni ifodalovchi alliteratsiyalar (hissiy holatni, reaksiyani va harakat yoki holatlarni ifodalashda qo‘llanilgan alliteratsiya);

-tasviriy alliteratsiyalar (xarakter, ko‘rinishni yoki holatni tasvirlovchi va odatda ot so‘z turkumi bilan birikib keluvchi tasvirlovchi xususiyatga ega alliteratsiya).

Ushbu guruhlarga mansub alliteratsiya misollarini, jumladan onomastik alliterativ birliklarni tarjimon Sh.Abdullayev tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima metodi doirasidagi so‘zma-so‘z va transliteratsiya usullari qorishmasida tarjima qilinganini ko‘rish mumkin.Shu o‘rinda bu tarzdagi tarjimani metod va usullarga bo‘lish nazariyasini fransuz tarjimashunoslari J.Vinay va J.Darbalnelar tomonidan amaliyotga kiritilganini va aynan ushbu nazariyaga asoslanib tadqiqotimiz obyektini tarjima qilish yo‘li belgilab olinganini ta’kidlab o‘tish zarur[1;31.]. Asarda qo‘llangan antroponimik alliteratsiyalarning ayrim birliklari ma’no tashish xususiyatiga ega. Masalan, “Wee Willykin” (Kichkintoy Uilli), “Bertrand de Pensees-Profondes” (Bertran de Tubsiz-Fikr),”Lisette de Lapin”(Lizetta de la Krol).

Biroq tadqiqot davomida tarjimon tanlagan usulda tarjima qilish alliteratsiya misollaridagi asliyat ko‘rinishini nisbatan yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligi aniqlandi. Shu sababdan biz o‘z tarjima talqinimizda faqatgina transliteratsiya usuliga murojaat qilishni lozim topdik, ya’ni “Ui Uillikin” “Bertran de Penziz-Profondes”, “Lizette de Lapin” tarzida tarjima qilinganda kitobxonga ham so‘zlar asl ko‘rinishida yetkaziladi va yanada jarangli eshitilishiga va xotirada saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘rinda asar so‘ngida izoh tariqasida tarjimon ko‘rsatganidek tarjima qilingan birliklar tarjimasini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, izoh: “Bertran de Penziz-Profondes”-“Bertran de Tubsiz-Fikr”, fransuzchadan, Sh.Abdullayev), bu shaklda izoh qo‘shishdan maqsad asarda keluvchi ushbu shaxslar nomining xarakter-xususiyatiga ko‘ra nomlanganini o‘quvchiga ham yetkazish hisoblanadi.

Asarda uchrovchi onomastik alliteratsiyalarga boshqa misollar asardagi ertaklarning nomlanishida ham berilganini ko‘rib o‘tamiz. Shu o‘rinda tarjima xususiyatidagi yana bir jihatni ta’kidlab o‘tish joiz, ya’ni ushbu birikmalar sodda strukturali alliteratsiyalar bo‘lganligi sababli so‘zma-so‘z tartibda tarjima qilinganda ham ma’no asl holatida saqlanib qolinishiga erishish mumkin. Masalan, “Toadstool Tales”-“Qo‘ziqorin Bobo ertaklari”, “The Warlock’s Hairy Heart”-“Afsungarning paxmoq yuragi”, “Grumble the Grubby Goat”-“Vaysaqi isqirt echki”.

Biz ushbu misollarni tarjimon murojaat qilgan usulga tayangan holda o‘girishga harakat qildik va ushbu o‘rinda alliterativ ko‘rinishni saqlab qolishga erishdik: ”Toadstool tales”-“Qo‘ziqorinbobo qissalari”, “The Warlock’s Hairy Heart”- ”Afsungarning yovuz yuragi”, “Grumble the Grubby Goat”-Irkit ezma echki”. Ushbu misollar tarjimasini to‘gridan-to‘g‘ri tarjima qilish metodi doirasida so‘zma-so‘z tarjima qilish usuliga murojaat qilgan holda amalga oshirdik.

Hissiyotni va harakat-holatni ifodalovchi alliteratsiyalar misollari va tarjimasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, quyidagi misollarda alliterativ birliklar harakat holatni hamda hissiyotni ifodalovchi birliklarda namoyon bo‘lgan:“appetites grown powerful and perverse”-(tarjima qilinmagan), “soon sank out of sight”-(tarjima qilinmagan), “bayed for Babbitty’s blood”-(tarjima qilinmagan) misollari tarjimon tomonidan tarjimada tushirib qoldirilganini ko‘rishimiz mumkin.

Biz esa o‘z talqinimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va erkin tarjima qilish metodlarini qo‘llagan holda quyidagi tarjima talqinini berib o‘tdik va alliteratsiya ko‘rinishini saqlab qolishga erishdik: “appetites grown powerful and perverse”-“nafsi hayvonlarcha hakalak otdi” (erkin tarjima metodi, ekvivalent (muqobillik) usuli), “soon sank out of sight”-“bir zumda ko‘zga ko‘rinmay ketdi” (to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima metodi, so‘zma-so‘z tarjima usuli), “bayed for Babbitty’s blood”-“kampirning qoniga tashna bo‘lib qidirishga tushishdi” (erkin tarjima metodi, ekvivalent (muqobillik) usuli).

“Bard Bidl ertaklari” asarida uchrovchi tasviriy alliteratsiyalar misollari va tarjimasi ham yuqorida sanab o‘tilgan ikki turdagi alliteratsiyalar tarjimasida faol qo‘llangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima metodi doirasidagi so‘zma-so‘z tarjima qilish usulida o‘girilgan. Chunki, ushbu misollar ham strukturasiga ko‘ra sodda tarkibga ega so‘z birikmalari hisoblanadi. Masalan, “bloated and blind(worm)”-“ko‘zi ojiz va qorni nihoyatda ishib ketgan(ilon)”, “fully functioning fountain of fair fortune”-“favvora”, “smooth, shining scarlet heart”- “qip-qizil yurak” tarzida tarjima qilingan. Biroq, sanab o‘tilgan misollarning hech qaysi birining tarjimasida alliterativ xususiyat saqlab qolinmagan. Shu sababdan o‘z talqinimizda so‘zma-so‘z tarjima qilish usuli yordamida quyidagicha alliterativ birikmali tarjima variantlarini berib o‘tamiz: “bloated and blind(worm)”-“ko‘zi ko‘r va qorni qappaygan”, “fully functioning fountain of fair fortune”-“to‘lib-toshib tushayotgan farishta Fortuna favvorasi”, “smooth, shining scarlet heart”-“yumshoq, yoqutday qizil yurak”.

Xulosa qilib aytganda, semantik jihatdan uch xil ko‘rinishga ega alliteratsiya misollari tarjimasida qo‘llaniladigan asosiy tarjima metodlari: to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima metodi doirasida-so‘zma-so‘z va transliteratsiya tarjima usullari bo‘lsa, erkin tarjima metodi doirasida esa ekvivalent (muqobillik) tarjima usuli hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Vinay.J., Darbalnet.J. Comparative stylistics of French and English. A methodology for translation. Amsterdam: John Benjamins.1984.-p 353. 2. Lawrence V. The translation studies reader. London and New York: Routledge.2012.- p 561, p 56. 3. Newmark P. Approaches to Translation. Hertfordshire: Prentice Hall.1988.–p 81.2. 4. https://openacessjournals.eu/idex.php/ijiaet/article/view1515. 5. t.me/Ogahiy_ijod_Maktabi. Mumtoz adabiyot namunalaridan(she’riy san‘at).

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.