ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

JADIDCHILIK HARAKATI VA UNING O'ZBEK JAMIYATIGA TA'SIRI

Аннотация

Jadidchilik harakati — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan yirik ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy harakat bo‘lib, u o‘zbek jamiyatining yangilanishida muhim rol o‘ynagan. Harakat vakillari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat kabi ilg‘or ziyolilar ta’lim, matbuot, madaniyat va ijtimoiy hayotda islohotlar olib borishga intildilar


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

JADIDCHILIK HARAKATI VA UNING O'ZBEK JAMIYATIGA TA'SIRI

Pardayeva Ashirgul Botirovna

Termiz davlat pedagogika institute talabasi

ANNOTATSIYA

Jadidchilik harakati — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan yirik ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy harakat bo‘lib, u o‘zbek jamiyatining yangilanishida muhim rol o‘ynagan. Harakat vakillari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat kabi ilg‘or ziyolilar ta’lim, matbuot, madaniyat va ijtimoiy hayotda islohotlar olib borishga intildilar.Jadidlar usuli jadid maktablarini tashkil etib, zamonaviy ta’limni yoyishga, savodsizlikka barham berishga va ayniqsa, ayollar ta’limiga e’tibor qaratishga harakat qildilar. Ular gazetalar, jurnallar, teatr va adabiyot orqali xalqni uyg‘otishga, milliy o‘zlikni tiklashga xizmat qildilar.Jadidlar faqat ta’lim bilan cheklanib qolmay, matbuot va adabiyot, teatr, ijtimoiy fikr orqali ham xalqni uyg‘otishga harakat qildilar. "Taraqqiy", "Shuhrat", "Sadoi Turkiston" kabi gazeta va jurnallar orqali o‘z g‘oyalarini ommaga yetkazdilar. Jadid adabiyoti orqali o‘zbek xalqi orasida vatanparvarlik, insonparvarlik, o‘zlikni anglash, islohotlarga ehtiyoj kabi g‘oyalar targ‘ib qilindi.Maqolada jadidchilik harakatining o‘zbek jamiyatiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri, bu harakatning tarixiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, jadidlarning merosi va ularning g‘oyalari bugungi kun bilan qanday bog‘liqlikka ega ekani yoritiladi.

KALIT SO'ZLAR

Jadidchilik, jadidlar harakati, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, jadid maktablari,o‘zbek matbuoti tarixi, milliy uyg‘onish, Turkiston jadidlari, ma’rifiy islohotlar, jadid adabiyoti, ayollar ta’limi, teatr va jadidlar, sadoi Turkiston, sovet qatag‘oni, o‘zbek jamiyati islohoti.

O‘zbek xalqining tarixiy taraqqiyot yo‘lida muhim burilish yasagan davrlardan biri bu — XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Mazkur davrda butun Turkiston hududida, xususan, o‘zbek jamiyatida chuqur siyosiy, madaniy va ijtimoiy jarayonlar yuz bera boshladi. Ana shunday murakkab va ziddiyatli sharoitda yuzaga kelgan jadidchilik harakati xalqni jaholat, savodsizlik, mustamlakachilik zulmidan chiqarishga, uni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga yetaklashga qaratilgan yirik islohotchi harakat sifatida namoyon bo‘ldi.Jadidchilik — faqat yangi usulda dars o‘tish yoki maktab ochish harakati emas, balki butun jamiyatni uyg‘otish, zamonaviy tafakkurni shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash va o‘zbek xalqining or-nomusini, qadriyatlarini himoya qilish harakati edi. Jadidlar bu yo‘lda faqat ta’limni emas, balki matbuotni, teatrni, adabiyotni, san’at va ijtimoiy fikrni uyg‘otuvchi kuch sifatida faol ishlatdilar.Turkiston jadidlarining faoliyati o‘sha davrning real siyosiy sharoitida — Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi ostida kechgan bo‘lsa-da, ular xalqni ilmga, taraqqiyotga, o‘z tarixini va tilini asrashga undashda dadil qadamlarga borishdi. Jadidlar tomonidan ochilgan usuli jadid maktablari, chiqarilgan gazetalar, yozilgan adabiy asarlar, sahnalashtirilgan spektakllar orqali o‘zbek jamiyatida yangicha tafakkur shakllandi. Bu harakat nafaqat o‘sha davr uchun, balki bugungi kun uchun ham katta meros qoldirdi.

XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo, xususan, Turkiston o‘lkasida ma’rifatparvarlik ruhida shakllangan jadidchilik harakati, xalqni jaholat va savodsizlikdan qutqarishga qaratilgan yangi uyg‘onish harakati edi. Bu harakatning asosiy g‘oyasi “ilm bilan taraqqiyotga erishish”, “avlodni ma’rifat bilan uyg‘otish” edi. Jadidlar qadimiy, lekin ortda qolgan maktab-maorif tizimining o‘rniga zamonaviy bilimlar asosida qurilgan, real hayotga yaqin, dunyoviy bilimlarni o‘z ichiga olgan yangi tizimni taklif qildilar.Jadidlar eski maktablarning diniy fanlarga qaratilgan tor doiradagi ta’limini tanqid qildilar. Ularning o‘rniga “usuli jadid” deb ataluvchi, ya’ni yangi metod asosida tashkil etilgan maktablarni yo‘lga qo‘ydilar. Bu maktablarda matematika, geografiya, tarix, tabiatshunoslik kabi dunyoviy fanlar ham o‘rgatila boshlandi. Ta’lim vizual vositalar, xaritalar, rasmlar orqali berilar edi. Yangi yozilgan darsliklar xalq tiliga yaqin, tushunarli tarzda yozildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilikning eng yetuk namoyandalaridan biri, shunday degan edi: “Bizga dinga qarshi emas, jaholatga qarshi kurash lozim. Jaholat dinga emas, ilmga qarshi. Agar bolalarimiz ilm bilan qurollansa, xalqimiz qutuladi.”

Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon, Fitrat kabi jadidlar o‘z hayotlarini ta’lim va madaniyatga bag‘ishladilar. Munavvarqori Toshkentda birinchi yangi usul maktabini ochgan bo‘lsa, Behbudiy Samarqandda o‘z shaxsiy mablag‘i hisobiga maktab barpo etdi.Jadidlar o‘z davrida nihoyatda jasoratli bir ishga qo‘l urdilar — ayollar ta’limini ilgari surdilar. Bu g‘oya o‘sha paytda juda ko‘pchilik tomonidan rad etilgan bo‘lsa-da, jadidlar undan qaytmadilar. Ular ayolning onalik maqomini yuqori qo‘yib, ona ilmli bo‘lsa, jamiyat ilmli bo‘ladi degan tamoyilni ilgari surdilar.Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida shunday yozadi:“Millatni tarbiyalaydurg‘uchi muallimdur, ayol esa eng birinchi muallimadur.”Behbudiy esa “Padarkush” dramasida o‘qimagan onaning farzandini qanday halokatga olib borishini badiiy shaklda tasvirlab beradi. Bu esa zamonaviy oila, madaniyat va ma’naviyat asosida yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.

Jadidlar jamiyatdagi eng katta illat — savodsizlik va jaholat ekanligini tan oldilar. Ular bu baloga qarshi faqat ilm va ma’rifat orqali kurashish mumkinligini ta’kidladilar. Buning uchun maktablar ochdilar, gazeta-jurnallar chiqardilar (“Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Oyna” kabi), teatr sahnasiga chiqib, xalqni uyg‘otishga harakat qildilar.Bugun biz ularning o‘sha g‘oyalarining amaliy davomchilari bo‘lganimizni faxr bilan ayta olamiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 30-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bunday deydi: “Biz yurtimizda yangi uyg‘onish — Uchinchi Renessans poydevorini yaratmoqdamiz. Buning uchun bizga ilmli, tafakkurli, tashabbuskor yoshlar kerak.”

Jadidlar harakati faqat maktab ochish yoki darslik yozish bilangina cheklanib qolmadi. Ular o‘z g‘oyalarini keng ommaga yetkazish uchun zamonaviy matbuot — gazeta va jurnallarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratdilar. Jadid matbuoti XIX asr oxiri va XX asr boshlarida xalqni uyg‘otish, ma’rifatga chaqirish, savodsizlik va kamsitishlarga qarshi kurashishning asosiy vositasiga aylandi.1906-yilda nashr etilgan "Taraqqiy" gazetasi Turkistonda chiqqan ilk zamonaviy matbuot organlaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqni ilm-fanga undash, milliy o‘zlikni uyg‘otish edi. Bu gazeta orqali jadid ziyolilari ma’rifatparvarlik, zamonaviy ta’lim, milliy birdamlik, islohotlar haqida maqolalar yozar edilar.Shuningdek, "Sadoi Turkiston", "Shuhrat", "Oyna", "Hurriyat", "Osiyo" kabi matbuot nashrlari orqali jadidlar o‘z fikrlarini ochiq bildirganlar. Bu nashrlar orqali jamiyatdagi nohaqliklar tanqid qilingan, ilg‘or Yevropa tajribalari targ‘ib qilingan, xalqning huquqiy ongi oshirilgan.Abdulla Avloniy “Oyna” jurnalidagi maqolalarida shunday yozadi:“Xalqimizni kuch bilan emas, so‘z bilan uyg‘otmoq lozim. So‘z esa kitobda, matbuotda, adabiyotda yashaydi.”Bu so‘zlar bejiz emas — jadidlar fikricha, qalam quroldan kuchliroq edi. Shu bois ular o‘z zamonasining blogerlariga aylangan, millat g‘amxo‘rlari sifatida gazeta sahifalarida fikr yuritganlar.

Jadidlarning badiiy ijodi ham ularning ma’rifiy va siyosiy qarashlaridan uzviy ajralmas edi. Ular adabiyotni, ayniqsa drama, she’riyat va publitsistikani xalq ongini uyg‘otish, adolatsizlik va johillikni tanqid qilish uchun kuchli vosita deb bildilar.Abdulla Avloniy, Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Elbek kabi adiblar o‘z asarlarida xalqni uyg‘otish, erkinlik, ayollar huquqlari, milliy g‘urur, vatanparvarlik g‘oyalarini ilgari surdilar.Masalan, Mahmudxo‘ja Behbudiyning "Padarkush" pyesasi jaholat va savodsizlik oqibatida o‘z otasini o‘ldirgan yosh yigit haqida bo‘lib, u orqali muallif o‘quvchiga “ilm o‘rganmagan odam jinoyatga moyil bo‘ladi” degan g‘oyani singdiradi.Cho‘lpon esa “Kecha va kunduz” romanida millatning ichki inqirozini, o‘zligini yo‘qotgan, lekin uyg‘onishga intilgan jamiyatning holatini san’atkorona ifodalaydi. Uning mashhur so‘zlari xalq ongida o‘chmas iz qoldirgan: “Bizning millat hali uxlamoqda... Uyg‘onish kerak!”

Jadid adabiyoti va matbuoti xalqqa muhim bir haqiqatni anglatdi: jaholatdan qutulishning yagona yo‘li – bu ma’rifatdir. Ular xalqni o‘z tarixini tanishga, vatanini sevishga, o‘zini anglashga undadilar. Bu jarayonlar bugungi kunda O‘zbekiston madaniyatida ham o‘z aksini topmoqda.Jadidchilik harakati nafaqat ta’lim, matbuot va adabiyot orqali, balki teatr san’ati orqali ham xalqni uyg‘otishga harakat qildi. XX asr boshlarida Turkistonda teatr san’ati endi-endi shakllanayotgan bir paytda, jadidlar bu imkoniyatni kuchli ijtimoiy va ma’naviy vosita sifatida qadrladilar. Ular teatrni xalq ruhiyatiga bevosita ta’sir qiladigan, jaholatni fosh etadigan va milliy o‘zlikni uyg‘otadigan sahna sifatida ko‘rdilar.Shunday qilib, milliy teatr san’atining shakllanishida aynan jadidlar peshqadam bo‘ldilar. Ular o‘zlari sahna asarlarini yozdi, o‘ynadi, hatto sahnalashtirdi. Bu teatrlar oddiy xalq orasida, masjidlar, maktablar, choyxonalar yonida tashkil etilib, juda katta ta’sir kuchiga ega bo‘ldi. Jadidchilik harakati nafaqat ta’lim, matbuot va adabiyot orqali, balki teatr san’ati orqali ham xalqni uyg‘otishga harakat qildi. XX asr boshlarida Turkistonda teatr san’ati endi-endi shakllanayotgan bir paytda, jadidlar bu imkoniyatni kuchli ijtimoiy va ma’naviy vosita sifatida qadrladilar. Ular teatrni xalq ruhiyatiga bevosita ta’sir qiladigan, jaholatni fosh etadigan va milliy o‘zlikni uyg‘otadigan sahna sifatida ko‘rdilar.

Shunday qilib, milliy teatr san’atining shakllanishida aynan jadidlar peshqadam bo‘ldilar. Ular o‘zlari sahna asarlarini yozdi, o‘ynadi, hatto sahnalashtirdi. Bu teatrlar oddiy xalq orasida, masjidlar, maktablar, choyxonalar yonida tashkil etilib, juda katta ta’sir kuchiga ega bo‘ldi.Abdulla Avloniy teatrni xalq tarbiyasi uchun eng samarali vositalardan biri deb bilgan. Uning “Advokatlik osonmi?”, “Turkiston vayronasi”, “Hijrat” kabi pyesalari xalq orasida keng tarqalgan. Ushbu asarlar orqali u milliy g‘oya, Vatan sevgisi, ilmning ahamiyati va ijtimoiy tenglik kabi masalalarni yoritdi. Avloniy o‘zining mashhur fikrlaridan birida shunday deydi: “San’atning eng oliysi – xalqni tarbiyalaydurg‘on san’atdir. Teatr – bu san’atlar ichida eng qudratlilaridandir.”U shuningdek teatrda ayollar obrazlarini ham muhim deb bilgan, ayol erkinligi va bilimli bo‘lishi haqida fikrlarni sahnaga olib chiqqan. Bu o‘sha davr uchun juda jasoratli ish edi.

Jadidlar teatrni faqat ko‘ngilochar sahna emas, balki xalqning qalbini uyg‘otuvchi madaniy inqilob maydoni sifatida ko‘rishgan. O‘sha davrda yozilgan sahna asarlari odamlarni o‘ylantirgan, hayajonga solgan, savollar tug‘dirgan. Aynan shuning uchun ham jadidlar teatr faoliyati tufayli ko‘p hollarda siyosiy quvg‘in va tahdidga uchraganlar. Teatr orqali jamiyatni uyg‘otish tajribasi qadrlanmoqda. Teatrlar yangilanmoqda, klassik asarlar sahnalashtirilmoqda, yosh dramaturglar jadidlar merosidan saboq olib ijod qilmoqdalar. Jadidchilik harakati – bu nafaqat ta’lim, matbuot yoki teatr harakati, balki ijtimoiy-siyosiy uyg‘onish harakati ham edi. Jadidlar xalqning milliy o‘zligini anglatishga, millatni birlashtiruvchi asos sifatida ona tilini rivojlantirishga, siyosiy mustaqillik haqida fikr yuritishga qat’iy kirishdilar. Ular uchun millat tushunchasi faqat etnik birlik emas, balki tarix, til, din, madaniyat va ijtimoiy ong asosida shakllangan ma’naviy birdamlik edi. Jadidlar turkistonlik, o‘zbek, musulmon bo‘lishni faxr deb bildilar va bu o‘zlikni himoya qilish uchun g‘oyaviy kurash olib bordilar.

Jadidchilik harakati — bu faqat tarixiy hodisa emas, balki o‘zbek millatining ma’naviy uyg‘onishida burilish yasagan, milliy o‘zlikni tiklash yo‘lida boshlangan fidokorona harakatdir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan bu harakat, aslida xalqimizni zulmatdan nur sari yetaklashga intilgan g‘oyaviy-madaniy inqilob edi. Jadidlar maktab ochdi, darslik yozdi, matbuot tashkil etdi, sahnaga chiqdi, adabiyotda yangicha fikrlar ilgari surdi va eng muhimi — xalqni uyg‘otishga, o‘zligini tanitishga, erkin va obod jamiyat sari yo‘l boshlashga urindi. Jadidlarning eng asosiy yutug‘i shundaki, ular ma’rifatni o‘z vaqtining eng kuchli quroliga aylantira oldilar. Ular maktabni faqat o‘qitish joyi emas, balki jamiyatni shakllantiruvchi muqaddas maskan deb bildilar. Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon kabi fidoyi jadidlar bolalar uchun zamonaviy darsliklar yozdi, yangi usul maktablarini ochdi, ayollar ta’limiga, ona tiliga, vatanparvarlik ruhiga alohida e’tibor qaratdilar. Ularning faoliyati orqali xalq savodsizlikka qarshi kurash olib bordi, milliy ong va o‘zlikni anglay boshladi.

Matbuot va adabiyot orqali esa ular xalqning yuragiga kirib bordilar. “Taraqqiy”, “Sadoi Turkiston”, “Oyna” kabi nashrlar orqali millatga milliylik, erkinlik va taraqqiyot g‘oyalari singdirildi. Cho‘lpon, Avloniy, Fitrat asarlari jamiyatdagi muammolarni badiiy tilda ochib berdi, millat ruhini ko‘tarishga xizmat qildi. Teatr esa ular uchun tirik minbar bo‘ldi — ular o‘z g‘oyalarini sahna orqali xalq ko‘z oldida gavdalantirdilar.Jadidlar ilgari surgan ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar esa milliy mustaqillik uchun fikriy zamin yaratdi. Ular o‘zbek xalqining siyosiy erkinligini, o‘z tilida ta’lim olishini, milliy qadriyatlar asosida yashashini orzu qildilar. Bu orzular, afsuski, Sovet totalitar tuzumi davrida bo‘g‘ildi. 1930-yillarda yuzlab jadidlar asossiz qamaldi, otib tashlandi, nomlari tarixdan o‘chirildi. Ular “xalq dushmani” deb e’lon qilindi, ularning maktablari yopildi, asarlari taqiqlab qo‘yildi. Ammo bu zulm ular o‘rgatgan haqiqatni yo‘q qila olmadi. Jadidlar o‘sha zulmatli yillarda xalq ongida yashab qoldi. Mustaqillik bilan birga ularning nomi tiklandi, merosi qayta o‘rganila boshlandi, asarlari nashr qilindi. Bugun O‘zbekistonda jadidlar orzu qilgan ko‘plab islohotlar amalda: ona tilining maqomi yuksalmoqda, ayollar ta’limi kengaymoqda, milliy teatr va adabiyot rivojlanmoqda, yosh avlod uchun yangi avlod maktablari tashkil qilinmoqda.Shunday qilib, jadidlar – o‘z hayotini xalq uchun baxshida qilgan, kelajak avlod uchun haqiqat yo‘lini ochgan buyuk zotlardir. Ularning merosi — bu millat ruhining o‘zagi, bizning milliy yuksalishimizning asosiy g‘oyaviy negizidir. Jadidlarni bilish — o‘zligimizni anglash, jadidlarni qadrlash — kelajagimizga ma’rifatli nigoh tashlash demakdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Behbudiy, M. (1911). Padarkush. Samarqand: Jadid nashriyoti. 2. Avloniy, A. (1913). Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: Matbaai Isloh. 3. Fitrat, A. (1923). Milliy maktab. Buxoro: Maorif nashriyoti. 4. Cho‘lpon, A. (1934). Kecha va kunduz. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot nashriyoti. 5. Qayumov, A. (1993). Jadidlar: Millat fidoyilari. Toshkent: O‘zbekiston. 6. Rajabov, A. (2001). Jadidchilik tarixidan. Toshkent: Fan nashriyoti. 7. Karimov, I. A. (1997). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat. 8. Mirziyoyev, Sh. M. (2021). Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston. 9. Mirziyoyev, Sh. M. (2022). Oliy Majlisga Murojaatnoma. // Prezident.uz rasmiy vebsayti. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6155-sonli farmoni — Ma’naviyatni yuksaltirish va ma’rifatparvarlikni rivojlantirish to‘g‘risida.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.