YO`LLARI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti
Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi o`qituvchisi
Xushboqov Qobilbek Shokirovich
Boshlang`ich ta`lim yoʻnalishi 3-kurs 3BT 20-guruh talabasi talabasi
Usmonova Nozima Mamadiyor qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik yoshdagi o`quvchilar nutqini o`stirish yo`llari, o`quvchilar nutqiga qo`yilgan talablar, nutq turlari, nutq madaniyati, o`quvchilar dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini o`stirish, erkin fikrlashga o`rgatish haqida so`z borgan.
Kalit so`zlar: nutq, metodika, nutq ma'daniyati, nutq aspektlari, o`quvchilar, matn, nutq turlari, og`zaki nutq, yozma nutq, ichki nutq, tashqi nutq, tafakkur, dunyoqarash, nutqni o`tirish, nutqning mantiqiyligi.
Kirish. Mustaqil Vatanimizning kelajagi bo`lgan yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol, komil inson qilib rivojlantirish va tarbiyalash har birimizning asosiy vazifamizdir. Yoshlarimiz har doim, har vaqtda, har joyda, qarshisidagi inson kim bo`lishidan qat`iy nazar o`z fikrlarini erkin va to`g`ri ayta olishlari uchun ulardagi to`g`ri so`zlash va nutq madaniyatin yoshlikdanoq rivojlantirib borishimiz lozim.
Bola ilk marotaba maktabga kelishi bilan ularning lug`atida yangi so`zlar paydo bo`la boshlaydi va so`z boyligi ortib boradi. Bu jarayonda o`qituvchining asosiy vazifasi o`quvchilarda to`g`ri nutqni shakllantirish va nutq madaniyatini ularga tushuntirishdan iborat. Biz avvalambor nutq o`zi nima ekanligini, uni o`stirish va unga qo`yilgan talablarni bilib olishimiz lozim.
Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so`z, so`z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o`zaro aloqa va xabar, o`z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta`sir etish vazifasini bajaradi. Shu bilan bir qatorda nutqning o`zi to`rt turga bo`linadi: og`zaki nutq, yozma nutq, ichki nutq, tashqi nutq.
Yozma nutq murakkab jarayon bo`lib, ko`p vaqt va mehnat talab qiladi. Bunday nutq davomida inson o`z-o`zini kuzatib boradi. Yozma nutqda savodxonlik va mazmun asosiy o`rinda turadi. Yozma nutqda bog`lanishli nutqqa alohida e`tibor qaratilishi lozim.
Og`zaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo`lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Og`zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi va tahrir imkoniyatiga ega bo`lmaydi.Og`zaki nutq so`z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag`al bo`ladi.
Kishilarning o`z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqida o`ylab olishlari ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan “o`ylangan” nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o`ziga qaratiladi.
Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir.
O`quvchilar nutqini o`stirishda matnlar bilan ishlash ham katta ahamiyatga egadir. O`qituvchilar tomonidan o`quvchilar yoshiga mos bo`lgan matnlar tanlanadi. Tanlangan matnlar qismlarga bo`lib o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan sarlavha tanlanadi. Shu jarayonda o`quvchilarning tezkor fikrlash, mantiqiy o`ylashi va topqirligi rivojlanib boradi. Ularga berilgan matnlar ko`proq hayotiy va tabiatga bog`liq bo`lsa mazmunini tushunishlari oson bo`ladi. O`quvchilar bu kabi jarayonlarda tez-tez ishtirok etsalar ularning nutqida o`sish va rivojlanishni kuzatishimiz mumkin.
Nutq o`stirish nima? Agar o`quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko`zda tutilsa, nutq o`stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug`ati, sintaktik qurilishini, bog`lanishli nutqni) faol amaliy o`zlashtirish tushiniladi. Agar o`qituvchi ko`zda tutilsa, nutq o`stirish deganda, o`quvchilarning tilning talaffuzi, lug`ati, sintaktik qurilish va bog`lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo`llash tushuniladi.
Nutq faoliyati uchun, shuningdek oquvchilar nutqini o`stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo`lishi kerak.O`quvchilar nutqini o`stirishning metodik talabi o`quvchi o`z fikrini, nimanidir og`zaki yoki yozma bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo`lishi lozim. Bu material qanchalik to`liq, boy, qimmatli bo`lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo`ladi. Shunday ekan, o`quvchilar nutqini o`stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida bo`lib, o`quvchi nutqi mazmunli bo`lishi uchun g`amxo`rlik qilish hisoblanadi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so`z, so`z birikmalari, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo`ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o`stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
O`quvchilarga til namunalarini berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o`z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta`lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda “tilni sezish” shakllanadi. Nutq o`stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya`ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o`rgangan til vositalaridan foydalanib, o`z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o`zlashtiradi. Buning o`zi yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o`zlashtiradi. Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:
1. Adabiy til me`yorlarini o`zlashtirish. Maktab o`quvchilarni adabiy tilni sodda so`zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o`rgatadi, adabiy tilning badiiy, ilmiy, so`zlashuv variantlari bilan tanishtiradi.
2. Jamiyatimizning har bir a`zosi uchun zarur bo`lgan muhim nutq malakalarini, ya`ni o`qish va yozish malakalarini o`zlashtirish. Bu bilan o`quvchilar yozma nutqning xususiyatlarini, uning og`zaki-so`zlashuv nutqidan farqini bilib oladi.
3. O`quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish. Til jamiyatdagi eng muhim aloqa vositasidir. Tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, maktabda o`quvchilarning nutq madaniyatiga alohida e`tibor beriladi. Bu vazifalarni bajarish uchun o`qituvchi o`quvchilar bilan rejali ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o`quvchilar nutqini o`stirish ustida ishlash tushunchasiga nimalar kirishini bilib olish muhimdir.
Nutq o`stirishda uch yo`nalish aniq ajratiladi:
1) so`z ustida ishlash;
2) so`z birikmasi va gap ustida ishlash;
3) bog`lanishli nutq ustida ishlash.
So`z, so`z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo`lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog`lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.
Ko`rsatilgan uch yo`nalish parallel olib boriladi:
✓ lug`at ishi gap uchun material beradi;
✓ so`z, so`z birikmasi va gap ustida ishlash bog`lanishli nutqqa tayyorlaydi.
O`z navbatida, bog`lanishli hikoya va insho lug`atni boyitish vositasi bo`lib xizmat qiladi. O`quvchilar nutqini o`stirish o`z metodik vositalariga ega, o`zining mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog`lanishli nutq mashqlari hisoblanadi. Nutq o`stirishda izchillik to`rt shartni, ya`ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilmaxilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo`ysundirish ko`nikmasini amalga oshirish bilan ta`minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog`lanadi va keyingisiga o`quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo`ysungan holda yana qandaydir yangilik qo`shadi. Maktabda o`quvchilar nutqini o`stirishga ona tili o`qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o`stirish faqat ona tili va o`qish darslarininggina emas, balki o`quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san`at, ashula darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o`tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir.
O`qituvchining turli fanlarni o`qitishdan maqsadi o`quvchilarning nutq madaniyatini, nutq ko`nikmalrini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi masalalarni o`z ichiga oladi. O`qituvchi nutqi o`quvchilar uchun namunadir. O`quvchilarning nutqi ravon, tushunarli bo`lishi uchun eng avvalo uning nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga e`tibor berish zarur. Endilikda nutq odobi, nutqiy mahorat, notiqlik, notiqlik mahorati maktablar hayotidan keng o`rin olmog`i lozim. Ayniqsa, o`qituvchining nutqida ifodalilik yetarli bo`lsa, albatta, bunday nutq bolalar nutqiga ham ta`sir etadi.
Nutq madaniyati faqatgina adabiy tilni ongli va maqsadga muvofiq me`yorlashga qaratilgan harakatlargina emas, balki millatning umumiy ko`tarish, odamlarga ma`lum “til didi”ni tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliyat hamdir.
O`quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish uchun ularni ko`proq kitob o`qishga undash, uyda ota-onalari bilan mazmunli suhbat qilishga jalb qilish, do`stlari bilan fikr almashishlariga va qiziqarli suhbat qilishlariga sharoit yaratish lozim. Shundagina o`quvchilarda dunyoqarash shakllanadi va fikrlash doirasi kengayib boradi. Chunki bola eshitgan va ko`rgan hodisalarini sekinlik bilan tushunib, har safar har xil taassurotlarni o`ziga oladi. Bu kabi jarayonlar o`quvchilar nutqini rivojlanishiga, ravon va to`g`ri gapirishlariga zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda o`quvchilar nutqini o`stirish, to`g`ri va mazmunli gapirishga o`rgatish ularning kelajakdagi yutuqlariga, erishadigan muvaffaqiyatlariga zamin yaratadi. Ularni har doim qiyin va og`ir vaziyatlardan olib chiqishga, ularning ta`sirli va mazmundor nutqlari yordamga keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Холмуротова, Ш. М. (2022). АЁЛЛАР ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОРИНИНГ
ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ ДИАГНОСТИКАСИ. Science and innovation, 1(B3), 129-133.
2. Холмуротова, Ш. М. (2022). АЁЛЛАРДА ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОР
ХУСУСИЯТЛАРИ ПСИХОПРОФИЛАКТИКАСИДА ДИНИЙ БИЛИМЛАРНИ
ҚЎЛЛАШ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 286-294.
3. Холмуротова, Ш. М. (2021). ЗНАЧЕНИЕ РЕЛИГИОЗНЫХ
ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ЗНАНИЙ ЛИЧНОСТИ В ДУХОВНОМ И
ПСИХОЛОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ. European science, (3 (59)), 60-63.
4. Холмуротова, Ш. М., & Алмардонова, Г. Т. Қ. (2022). ҚИЗЛАРНИ
МУСТАҚИЛ ОИЛАВИЙ ҲАЁТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ ШАКЛ, МЕТОД ВА
ВОСИТАЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies
(CARJIS), 2(11), 375-383.
5. Xolmurotova, S., & Adilova, S. (2022). ERIK BERNNING TRANZAKSION TAHLILIDAN TUZILMAVIY TAXLIL. Science and innovation, 1(B8), 391-393.
6. Холмуротова, Ш. М. (2023). МУҚАДДАС МАНБАЛАРДА АЁЛ
ЎРНИНИНГ ПСИХОЛИГИК ШАРҲИ. TA`LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(3), 85-88.
7. Xolmurotova, S., & Adilova , S. (2023). SHAXS IJTIMOIYLASHUVIDA
RATSIONAL-EMOTIV PSIXOTERAPIYANING SAMARADORLIGI.
Interpretation and Researches, 2(3). извлечено от
8. Orifjonovna, A. D. (2022). Psychological Factors of the Use of Coaching Technology in the Formation of Spiritual Emotional Intelligence in Students.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(3),
215-218.
9. Aminova, D. O. (2021). THE EFFECT OF SOCIAL PROCESSES ON
HUMAN CONSCIOUSNESS. Экономика и социум, (1-1 (80)), 30-32.
10. To`raxonova, M. (2023). BO `LAJAK O `QITUVCHILARNING KASBIY
O `ZLIGINI ANGLASHINING PSIXOLOGIK OMILLARI. Журнал Педагогики и
психологии в современном образовании, 3(3), 54-59.
11. Kizi, M. T. A. (2022). Solutions to the problem in the development of intellectual property of modern educational technologies.
12. Бозорова, М., & Турахонова, М. (2021). РОЛЬ ЭТНОПЕДАГОГИКИ В
ПРОЦЕССЕ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ СИСТЕМЫ
ОБРАЗОВАНИЯ. Энигма, (32), 82-86.
13. Xushboqov, Q. (2022). BIR YOZUVDAN IKKINCHI YOZUVGA O
`TISHDAN TARXIY SABOQ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(5), 306-310.
14. Qobilbek Shokirovich Xushboqov (2022). O`ZBEK KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI BORASIDAGI TURLI QARASHLAR. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (5), 385-391.
15. Djoraevich, E. B., Shokirovich, K. K., Shodievna, K. K., & Gayratovna, Y. G. A Commentary on a Poem. International Journal on Integrated Education, 4(3), 122- 125.
16. Xushboqov, Q. (2022). BIR YOZUVDAN IKKINCHI YOZUVGA O
`TISHDAN TARXIY SABOQ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(5), 306-310.
17. Xushboqov, Q. S. (2022). O `ZBEK KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI
BORASIDAGI TURLI QARASHLAR. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(5), 385-391.
18. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.
(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA`NAVIY TARBIYA HAQIDAGI
TA`LIMOTLARI . Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665
19. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Saparova Shalola Sheraliyevna. (2023).
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA`NAVIY-AXLOQIY
QARASHLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 352–362. Retrieved from
20. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Pardayeva Sevara Abdunosir qizi. (2023). 1-
4-SINF O`QUVCHILARIDA MA`NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI
SHAKLLANTIRISH MAZMUNI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 363– 373. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/667
21. Elmurodov N. O`qituvchining nutq madaniyati. O`quv qo`llanma. –SamDU nashri, 2003.
22. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. – T.: O`qituvchi , 1993.
23. Karimov S.A., Mahmatmurodov Sh.M., Karimova O.N. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. – T.: “O`zbekiston”, 2003.
24. Begmatov E. Notiqning nodir boyligi. – T.: “Fan”, 1990.
25. Mahmudov N. O`qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.