PEDAGOGIK TEKSHIRISH
Qahramonova Zebuniso Raufjon qizi
ATMU Defektologiya yo’nalishi talabasi
Annotatsiya.Ushbu maqolada ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik va pedagogic tekshirish to’g’risida ma’lumot beriladi. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalarni psixologik tekshirish bolaning me’yorida rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqgan xolda tiflopsixologlar tomonida ishlab chiqilgan nazariya asosida olib boriladi.
Kalit so’zlar: ko’rish nuqsoni, tekshiruv, zaif ko’ruvchi, g’ilaylik, psixik, anomaliya, brayl, tiflopedagogika.
Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tekshirish va tashhis qilish turli mutaxassislar: oftalmolog, psixolog, pedagog tomonidan kompleks o'rganishni ko‘zlaydi.
Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar ko'rishining xolatini tavsifi bo‘yicha hamda
kasallikning yuzaga kelishi, ijtimoiy rivojlanishi bo'yicha juda katta turli xil guruhni
tashkil etadilar. Tekshiruv obyekti ko'rmaydigan (ko‘zi ojiz), zaif ko’ruvchi bola, shuningdek g'ilaylik hamda ambliopiyali boladir.
Hozirgi vaqtda “ko'zi ojizlik” (ko'rmaydiganlar) tushunchasi ma’lum bir analizatorlarning yetakchi sistemasi sifatida qaralib, uni asosida pedagogik jarayon
olib boriladi. Shuning uchun ko'zi ojizlarga ikki guruh toifadagi bolalar kiradi:
ko'ruv vizusi va yorug'likning sezishi “0” bo'lgan, shuningdek, ko'ruv o‘tkirligi
qoldig'i 0.04 gacha bo'lganlar, ta’lim Brayl tizimi asosidagi darsliklar orqali amalga
oshiriladigan bolalar.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirish jarayonida ularning
rivojlanishi ham meyorida rivojlanayotgan bolalarning rivojlanishining umumiy
qonuniyatlariga mos kelishi kuzatilgan. Bularga quyidagilar kiradi: psixik
jarayonlarining senzitiv davrini mavjudligi; psixik jarayonlarning rivojlanishini
ketma-ketligi, psixik rivojlanishda faoliyatining roli, nutqning- oliy psixik jarayonlarni shakllanishidagi roli; psixik rivojlanishda ta’limning yetakchi roli (L.S.Vigotskiy, V.I.Lubovskiy).
L.S.Vigotskiy turli nuqsonlarga bolalarni psixik rivojlanishini qonuniyatlarini
o'rganish jarayonida turli nuqsonlarda namoyon bo'ladigan umumiy o'ziga xos
qonuniyatlariga ajratgan. U anomaliyani yuzaga keltiruvchi sabablar birlamchi nuqson sifatida keluvchi psixik faoliyatni asosiy nuqsonlarini yuzaga keltiradi, natijada bu bolani psixik rivojlanishini o'ziga xos o'zgartirib, psixik faoliyat ikkilamchi, uchlamchi va x.k. nuqsonlarini yuzaga keltiradi.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirishni o'tkazish va
tashkillashtirish bo'yicha umumpsixologik talablar mavjuddir. Ularga quyidagilar
kiradi: bolani rivojlanish tarixi bilan oldindan taxminiy tanishuv, bolani guruhdagi,
mashg'ulot paytidagi, darsdan tashqari bo'sh vaqtidagi faoliyati va xulqini kuzatish.
Bola bilan muloqot o'rnatishga, tekshiruvni o'tkazish joyini tashkillashtirishga,
maqsadga mos keluvchi metodikalarni tanlashga alohida ahamiyat beriladi.
Alohida maxsus talablarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-to'g'ri yoritilganlik( bolaning ish stoli 400-500 lkdan tashkil topgan bo’lshi kerak);
- tinimsiz ko'ruv yuklamasini chegaralash (kichik va o'rta maktabgacha yoshida
5-10 daqiqa, kichik va yuqori maktab yoshida 15-20 daqiqa); ko'ruv ishining
taqsimoti oftalmolog tomonidan bolaning kasallik tashxisiga ko'ra o'rnatiladi;
- kо'rib kuzatuv yuklamasini boshqa faoliyat turiga almashtirish;
- ko'rgazmalarga bo'lgan alohida talablar.
Bolani rivojlanish tarixini taxlil qilishda abilitatsiya jarayonidagi muhim o'ringa
ega bo'lgan ijtimoiy yetukligiga alohida etibor qaratish lozim. Bolani ilk
davridagi ijtimoiy yetukligi uning biologik yetukligi bilan bog'liq, bu ayniqsa
harakatlarini rivojlanishi hamda qo’lning manual faoliyatidir. Shuning uchun ilk
yoshdagi bolalarni tekshirishda ularni harakatlarini rivojlanish darajasiga hamda
kommunikatsiyalarini shakllanganlik darajasiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalarni rivojlanishida kommunikatsiya, muloqot va
nutq alohida o'rin egallaydi. Bolaning ushbu psixik faoliyati tomonlarining
shakllanganligi uning ijtimoiy rivojlanganligi darajasidan dalolat beradi. Shuningdek
tekshiruv jarayonida nutqni o'rganish muhim ahamiyatga ega: nutqning ifodaliligi,
emotsionalligini baholash, shuningdek mimika, imo-ishora, muloqot davomida o‘zini
tutishini baholash lozim.
Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda bilish faolligini pastligi xosdir. Bunga
bog'liq ravishda tiflopedagogikaning amaliyotida quyidagi tamoyil mavjud, ya’ni
bolalarga pedagogik yordamga ko'proq o'rin ajratib, psixolog esa bolani atrofidagi
predmetlarga, shaxslarga, ijtimoiy xulqning oddiy meyorlarini egallashidagi
qiziqishlariga e'tibor qaratishi lozim.
Ko'rishida nuqsoni bo'lgan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda
ijtimoiylashuv muammosi ularning abilitatsiyasida muhim ahamiyatga ega. Bunday
sifatlarning yo'qligi, mustaqil kechinmalarga qayg'urishi hamda o‘z-o‘ziga xizmat
qilish, kattalar va bolalar bilan, tanigan hamda tanimaganlari bilan muloqot
ko'nikmalarini shakllanmasligiga, zamonaviy maishiy texnikadan foydalana
olmaslikka, ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni dezadaptitsiyasiga olib keladi, jamoa
hayotiga mustaqil kirisha olmasligini ko'rsatadi, umumta’lim muassasasida
integratsiyani qiyinlashtiradi.
Keyingi yillarda ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni maktabgacha va maktab
muassasasida bilish jarayonlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, bu esa o ‘z
navbatida bolalarning intellektual rivojlanishida yutuqlarga olib keldi, biroq ijtimoiy
moslashuvni zaiflashtirdi.
Ilk yoshdagi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni ijtimoiylashuviga e’tiborni
yo'qligi ularda kattalar va o'rtoqlaridan qaramligi, yangi sharoit va o'zgarishlardan
qo'rqishi, jamoadan qochishini shakllanishiga olib keladi.
Avval ko'rsatib o'tganimizdek, ko'rishida nuqsoni bo'lgan har bir bolaning
rivojlanish davrida uch inqirozli jarayoni ajratish mumkin:
- o'zini meyorda ko'ruvchi bolalardan farqini anglashi;
- maktabgacha tarbiya tizimidan doimiy tizimli maktab ta’Iimiga o'tishi;
- umumta’lim hamda maxsus maktablarda o‘rta sinf ta’limlariga o'tishli.
Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ko‘rsatilgan kritik davrlari aniqlanadi
va unga mos yo’llanma beriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova
“Rivojlanishidanuqsonibo’lganbolalardiagnostikasi” Toshkent – 2016;
2. Raxmanova V.S. “Korreksionpedagogikavalogopediya”. Toshkent
“Iqtisod - Moliya” 2007;
3. M.Y. Ayupova “Logopediya”. Toshkent
O’zbekistonfaylasuflarimilliyjamiyatinashriyoti 2007;
4. Muminova L.R., Ayupova M.YU. Logopediya. Toshkent.1993
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.