ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Аннотация

Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasi va holatlari, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablar, shuningdek korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan jinoyatlar, uning oqibatida rivojlanish va taraqqiyotga keladigan salbiy ta’sirlar, davlat siyosatida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda davlat hokimiyat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi vakolatlari haqida so’z boradi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

KORRUPSIYA INSONIYAT TARAQQIYOTINING KUSHANDASI

Abdiqahhorov Davlatbek Muzaffar o‘g‘li

Xaitmurodov Sardorbek Xasan o’g’li

Hamroqulova Durdona Sherali qizi

Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya (faoliyat

yo’nalishlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi talabalari

Annotatsiya: Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasi va holatlari, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablar, shuningdek korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan jinoyatlar, uning oqibatida rivojlanish va taraqqiyotga keladigan salbiy ta’sirlar, davlat siyosatida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda davlat hokimiyat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi vakolatlari haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar: korrupsiya, siyosat, vakolatli organ, pora, vositachi, pora olish, pora berish, demokratiya, jinoyat, jazo, davlat xizmatchisi, elektron hukumat, davlat xizmatlari

Annotation: In this article, the concept and circumstances of corruption, the factors and causes of corruption, as well as the crimes caused by corruption, the negative effects of it on development and progress, the fight against corruption in public policy and the powers of state authorities in fighting corruption are discussed. will go.

Keywords: corruption, politics, authority, bribery, intermediary, bribery, bribery, democracy, crime, punishment, civil servant, e-government, public services

Korruptsiyaning salbiy illatlari avvalo uning demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazishida namoyon bo'ladi. Korruptsiya oqibatida inson xuquq va erkinliklari qo'pol ravishda buziladi, qonunlarga hurmat ruhi pasayadi, iqtisodiy rivojlanish izdan chiqadi, eng daxshatlisi davlat va jamiyat uchun o'ta xavfli bo'lgan uyushgan jinoyatchilik keng yoyilishiga sharoit yaratiladi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish inson xuquqlari va erkinliklarini samarali ximoya qilishning eng muhim shartlari sirasiga kiradi. Chunki, bu jirkanch illat har qanday davlat va jamiyatning iqtisodiy tanazzuliga yo'l ochadi. Iqtisodiyotni yashirin ravishda yemiradi. Uning eng ayanchli oqibati esa xalqni davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytirib, qonunlar ustuvorligini zaiflashtirib qo'yadi.

Ta'kidlash joizki, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash hamda korruptsiya ko'rinishlarining oqibati bilan emas, balki sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha xalqaro tajribada keng qo'llanilib kelayotgan jinoyatchilikni oldini olish choralarini milliy amaliyotga tatbiq etishni taqozo qilmoqda.

Bu o'rinda Prezidentimizning 2020 yil 29 iyundagi «O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida»gi PF-6013-sonli Farmoniga asosan yangi tashkil etilgan Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining asosiy vazifalaridan biri etib 2020-2021 yillarda barcha davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bo'lgan korxonalar, shu jumladan banklarda korruptsiyaga qarshi ichki idoraviy nazorat tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan mamlakatlarda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini ta'minlovchi muhim vositalardan biri o'z tarkibida korruptsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazorat tizimini tashkil etish hisoblanadi.

Korruptsiyaga qarshi komplaens-nazorati – davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me'yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korruptsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to'qnashuvini o'z vaqtida aniqlash va chek qo'yish, qonunbuzilishi va korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o'zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.

Korruptsiyaning kelib chiqish ildizi qayerda? Uning kelib chiqish sabablarini

aniqlash, korruptsiyaga qarshi kurashning samarali yo'llarini topish bo'yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o'tkazilgan. O'ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko'rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko'rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo'l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo'q.

KORRUPTSIYA, BU - INSON NAFSINING MAHSULIMI? Ha, xuddi

shunday. U inson nafsining tom ma'nodagi mahsulidir. Bunday deb aytishga asoslarimiz ham bor. Odamzod yaralibdiki, unga doim pand bergan va dushmanlik qilgan narsa bu uning nafsi bo'lib kelgan. Aytishlaricha, inson to tirik ekan, nafs quliga aylanmasligi kerak. Nafs shunday g'animki, manmanlik va qaysarlik uning shioridir. Nafs kibru havoni olib keladi. Birovning haqqiga xiyonat, yolg'on, fisqu fasod, manmanlik bu nafsning amaldagi ko'rinishidir.

Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko'rib chiqish tavsiya etiladi: «Korruptsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo'sinda, g'ayriqonuniy shaxsiy naf ko'rish maqsadida, o'z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir». Bu yerda kalit so'zi «davlat organlari xodimlari» sanaladi. Ya'ni, ushbu jumlaning o'zi korruptsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini ko'rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo'l urishga nima undamoqda? Javob yana izohning o'zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo'sinda, g'ayriqonuniy shaxsiy naf ko'rish maqsadida»! Tabiiyki, korruptsiya ortida mo'may daromad toppish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo'lmoqda. Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko'z oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korruptsiyaga qo'l urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo'l turibdi: ish joyini o'zgartirib, ko'p oylik maosh va'da qilib turgan xususiy sektorga o'tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat» qilib, korruptsiyaga qo'l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo'qotishi ham hech gap emas. Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korruptsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korruptsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog'da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e'tibor qaratsak: korruptsiyani keltirib chiqaruvchi sun'iy to'siqlar. Sun'iy to'siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yo'q qilish mumkin. Ular nimalar? Ro'yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik» va shaffoflikning yo'qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o'zbek modelidagi «ob'ektivka» orqali aniqlash mumkin emas. Bo'lg'usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy yetukligi o'rniga «Toshkent propiskasi», «yaqin qarindoshining sudlanganligi» kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yig'ib kelish bo'ladi. O'z o'rnida har bir ma'lumotnomani olish kichik korruptsiyaga sabab bo'lishi mumkin. Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish» tizimi, mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar» zamirida korruptsiyaga boshlab boruvchi yo'l mujassam. Shuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida

hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a'zolari, vazir va davlat qo'mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko'rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo'lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to'yintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo'lishi nazarda tutilsin. O'zbekistondagi korruptsiya xavfi bo'lgan sohalar Davlat xizmatlarini ko'rsatish. Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda bo'lgani kabi, O'zbekistonda ham davlat har doim ham aholiga zaruriy xizmatlarni, shu jumladan tibbiy va ta'lim xizmatlarini yetarli darajada sifatli taqdim eta olmaydi. Shu munosabat bilan, shifoxonalarda, eng yaxshi maktablarda, institutlarda va hokazolarda cheklangan joylar uchun odamlar o'rtasida raqobat mavjud bo'lib, bu muassasalarda korruptsiya paydo bo'ladi. Tibbiy va ta'lim xizmatlaridan tashqari, O'zbekistonda davlat xizmatlarini taqdim etishning boshqa ko'plab sohalarida ularning aholining mavjud ehtiyojlariga mos kelmasligi kuzatilmoqda. Xususan, bu suv, gaz, isitish, sug'orish tizimlari, asfalt yo'llar, ko'priklar, parklar va o'yin maydonchalari qurilishiga tegishli. Bu ushbu tuzilmalardagi korruptsiya darajasi boshqalarga qaraganda yuqori ekanligini ko'rsatishi mumkin, chunki davlat mablag'lari boshqa maqsadlarda ishlatilgan bo'lishi mumkin yoki bunday xizmatlarning cheklanganligi sababli birinchi bo'lib pora berganlarga xizmat ko'rsatilish holatlarini jadallashtirishi mumkin.

Xulosa shundaki, korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog'lom yashashida namoyon bo'ladi. Shu o'rinda alohida ta'kidlab o'tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korruptsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho'qqining o'tkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundaPF-6013-sonli “O'zbekiston Respublikasida Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar t. to'g'risida” gi Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish kurashish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2021 yil 6 iyundagi.PF- 6257-sonli.farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729 - sonli “O'zbekiston Respublikasida Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida” gi Farmoni.

4. B.Turg'unov – “Adolat” huquqiy Axborot Markazi bosh maslahatchisi – “Korruptsiya – millat kushandasi” – “Adolat” Axborot Markazi 15.10.2020 yil № 4660 bosh sahifa.

5. Fozilov Hakimjon – DXA Jizzax boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar shu'basi yetakchi maslahatchisi – “Korruptsiya : uning tarixiy ildizlari, korruptsiyaga qarshi kurashish usullari” – sangzor.\uz\. 04.01.2020 yil. № 6178.

6. O'zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'RQ – 419 – sonli Qonuni

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.