SIFATIDA
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
“Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim” fakulteti
XQS 3-bosqich talabasi
Boltayeva Sumbula Muzaffar qizi
boltayevasumbula03@gmail.com
ANNOTATSIYA
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq mamlakatda sportni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratildi. “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunning amaliyotga tadbiq qilinib, keyinchalik (2000, 2015) uning takomillashtirilishi mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport rivojining yangi ufqlarini belgilab berdi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama tarbiyalanishi va barkamol avlodlar bo‘lib voyaga yetishida sportning ahamiyatini oshirish, sport orqali yoshlarni turli salbiy illatlar ta’siridan asrash masalalariga Prezident Sh.M.Mirziyoyev alohida ahamiyat qaratib bu boradagi asosiy vazifalarni belgilab berdi.
Tayanch so‘zlar: sport, tarbiya, qadriyat, ijtimoiy ahamiyat, vosita.
Ключевые слова: спорт, образование, ценность, социальная значимость, инструмент.
Key words: sport, education, value, social significance, instrument.
Kirish
Yosh avlodni sportga keng jalb qilish orqali ularni ham jismonan ham ma’nan tarbiyalash, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi maqsadlarga yo‘naltirilgan. Zero, mamlakatimiz jismoniy tarbiya va sport siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida bolalarda sportga mehr uyg‘otish, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, ularni salbiy ta’sirdan himoya qilish hamda zararli odatdlardan halos etish, bolalarni barqaror fe’l-atvorli, Vataniga mehr-muhabbat va o‘z mamlakati uchun g‘urur-iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hisoblanadi. Hozirgi globallashuv sharoitida yoshlarni turli salbiy illatlar ta’siridan asrash, bunda sportdan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish va undan samarali foydalanish imkoniyatining yuqoriligi muallifni mazkur mavzu yuzasidan kuzatishlar o‘tkazish, uning ilmiy-uslubiy jihatlarini o‘rganishga undadi.
Sportning yoshlarni har tomonlama tarbiyalash xususiyati to‘g‘risida gap ketar ekan, u ijtmoiy xodisa sifatida ham fan sifatida ham jamiyatda, insonlar hayotida katta ahamiyatga egaligini aytib o‘tish lozim. Sport nazariyasidan ma’lum bo‘lishicha sportning musobaqa vazifasi, sog‘lomlashtirish vazifasi, g‘oyaviylik vazifasi, estetik vazifasi, axloqiy-tarbiyaviy vazifasi, ijtimoiy-siyosiy vazifasi, baynalminalchilik vazifalari borki,ular bir-biri bilan
uyg‘unlashib ketadi va natijada sport tushunchasining naqadar keng ma’noli ekanligini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, ayrim mutaxassislarning ta’kidlashicha, sport vositasida vatanparvarlik, insonparvarlik tarbiyasini yosh avlodga singdirish yo‘llari va imkoniyatlari mavjud.
Bu xususida fikr yuritar ekanmiz dunyo va O‘zbekiston miqyosida mavzuga doir izlanishlar olib borilganligiga alohida ahamiyat qaratdik. Mazkur masala yuzasidan jismoniy madaniyat va sport mutaxassislari, psixologlar, sotsiologlar va faylasuflar tadqiqotlar olib borganlar. V.D.Panachayev, N.I.Ponomaryov, L.P.Matveyev, L.I.Lubisheva kabi chet el olimlari ishlarida sportning ijtimoiytarbiyaviy ahamiyati yoritilgan.
O‘zbekistonda ham sportning ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz olimlaridan Sh.X.Xonkeldiyev, A.Abdullayev, Y.M.Masharipov, R.S.Salamov, J.E.Eshnazarov, X.T.Rafiyev, R.A.Abdurasulov kabilar sportning serqirra ijtimoiy xodisa sifatida inson tarbiyasidagi ahamiyati yuqori ekanligini e’tirof etishadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Respublikada sohaga doir turli darajadagi anjumanlarda “sport va yoshlar tarbiyasi”, “sport va shaxs”, “sport va sog‘lom avlod”, “sport va ma’anaviyat” kabi sportning ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan dolzarb masalalar yoritilmoqda (B.Z.Iskanov, B.B.Inagamov, A.A.Tolametov, A.M.Jo‘rayev, R.N.Nazarov, T.D.Bayturayev, Sh.Sh.Isroilov, A.Shopulatov va boshqalar). Adabiyotlar tahlili va kuzatishlar sport vositasida yoshlarni har tomonlama tarbiyalash imkoniyatlari yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Sport bilan shug‘ullangan, muntazam mashg‘ulotlar bilan band bo‘lgan yoshlarning turli salbiy illatlar ta’siriga tushib qolish hollari kam kuzatiladi. Chunki sport mashg‘ulotlari ma’lum tartib-qoidalar va me’zonlar asosida tashkil qilinadiki, natijada shug‘ullanuvchilar tabiiy ravishda ratsional kun tartibi doirasida bo‘ladilar. Yuqoridagi fikrlar turli darajadagi 20 nafar sportchilar kun tartibini o‘rganish natijasida olingan xulosalar bilan aynan mos keladi. Biz sportchilarning kun tartibini o‘rganish natijasida ularning bo‘sh vaqtlari kam bo‘lishi, bo‘sh vaqtlarida asosan ma’daniy xordiq chiqarishlarini (dam olish, kitob o‘qish va h.k) aniqladik. Vaholangik, so‘rovnoma natijalari tahlili va kuzatishlar salbiy illatlarning bosh sababi yoshlarning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanmasligi natijasida yuzaga kelishini ko‘rsatgan.
Murabbiylar faoliyati yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi. Murabbiylarning o‘z shogirdlari kun tartibi, yashash sharoiti, o‘qish va oiladagi faoliyati bilan qiziqishi yoshlar tarbiyasida, ularning sportda ham hayotda ham yuksak natijalarni qo‘lga kiritishida muhim o‘rin tutadi. Muallif ish faoliyati natijasidan biladiki, Respublikamizning turli hududlarida yoshlarning har tomonlama tarbiya topishi, ularning ham ma’naviy ham jismoniy tarbiyalanishida o‘zini mas’ul deb biladigan murabbiylar yetarlicha. Bunday murabbiylar qatoriga Ya.Abduramanov, R.To‘rayev, A.Tolipov, M.Qosimov, B.Abdulaxatov, O.Raximov, A.Tashmatov, J.Ashurov, R.Soliyevlarni kiritish mumkin. Ular tomonidan erishilgan yutuqlar faqatgina sport natijasi bilan chegaralanib qolmay, shogirdlarining yetuk insonlar bo‘lib jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shayotganligi bilan ham belgilanadi. Ushbu murabbiylar ish tajribasini o‘rganish, o‘zlashtirish va ommalashtirish foydadan holi bo‘lmaydi, albatta.
Umuminsoniy qadriyatlar – jahondagi barcha odamlar, xalqlar, davlatlar uchun umumiy qadrlash mezoni hisoblangan umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar tizimi. Umuminsoniy qadriyat nihoyatda keng ko‘lamli va serqirra tushunchadir. Bugunga kelib umuminsoniy qadriyat tushunchasi insonlar hayotida, ularni tarbiyalashda va ma’naviy dunyosini boyitib borishda o‘zining yuksak darajadagi ahamiyatini tobora oshirib bormoqda. Umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lishi nisbiy bo‘lib jamiyat rivojlanishi, taraqqiyotning xusiyatlariga ko‘ra umuminsoniy qadriyatlarning u yoki bu shakli hayotning oldingi pog‘onasiga ko‘tariladi. Masalan, urush davrida tinchlik, ozodlik, yurtda dushmanlar bo‘lganda vatanparvarlik, mustaqillik davrida milliy o‘zlikni anglash, milliy madaniyatni o‘rganishga ehtiyoj ortib boradi. Tarixan ma’lum bo‘ladiki zamonlar va davrlar o‘zgarishi sport tushunchasining ahamiyatini hech qachon pasaytirgan emas. Sport har qadriyatlar tizimida markaziy o‘rinni egallaydi.
Sport bir so‘z bilan aytganda baxslashish, bellashish ma’nolarini anglatadi. Maxsus jismoniy mashqlardan tashkil topgan harakatlar majmui sport tushunchasining asosini tashkil qiladi. Shu bilan birga sportning ijtimoiy xarakteri, insonni shaxs sifatida tarbiyalashdagi o‘rni beqiyosdir. Jamiyat rivojlanishi bevosita jismoniy madaniyat tushunchasining ham rivojlanishiga olib keldi. Jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lgan sport bugungi kunga kelib o‘zining yuksak ijtimoiy ahamiyatini namoyon qilmoqda. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida sportning ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar, uning insonlar turmush-tarzidagi roli yuksak darajada ekanligini isbotladi. Mazkur masala yuzasidan jismoniy madaniyat va sport mutaxassislari, psixologlar, sotsiologlar tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar va turli darajadagi ilmiyuslubiy manbaalar yaratildi.
Xalq orasida musobaqalarda tanilgan va g‘olib bo‘lgan sportchilarga nisbatan “sportchi”, “g‘olib”, “chempion” kabi tushunchalar keng ishlatiladi. Insonlar bu kabi sportchilarga havas bilan qaraydi, natijada, ulardek bo‘lish istagi shakllanib boradi. Sportchilar har yerda e’zozlanadi va qadrlanadi. Aslini olganda, insonlar g‘oliblar, chempionlar timsolida sportni qadrlaydilar. Sport vositasida insonlarni qadrlash va ulug‘lash tom ma’nodagi mazmun kasb etadi. Mamlakat bayrog‘ini xalqaro maydonlarda yuqori ko‘targan sportchilar jamiyatda qadr topadi.
Sportni umuminsoniy qadriyat sifatida o‘rganish uchun uning vazifalarini sanab o‘tish lozim. Sport nazariyasidan ma’lum bo‘lishicha sportning musobaqa vazifasi, sog‘lomlashtirish vazifasi, g‘oyaviylik vazifasi, estetik vazifasi, axloqiy-tarbiyaviy vazifasi, ijtimoiy-siyosiy vazifasi, baynalminalchilik vazifalari mavjud. Shuningndek, ayrim manbaalarda ko‘rstilishicha, sport vositasida vatanparvarlik, insonparvarlik tarbiyasini yosh avlodga singdirish masalalari bayon qilingan. Bu o‘rinda mutaxassislar sport musobaqalari jarayonida yoshlarni vatanparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalashning imkoniyatlari yuqori darajada ekanligi e’tirof etishadi. Sport faqatgina natijalarni aniqlash, jismoniy imkoniyatlarni namoyish qilish mezoni bo‘libgina qolmay inson omili, uning har tomonlama tarbiyalanishi masalasiga ham aloqadorligi mazkur mavzu doirasida o‘tkazilayotgan tadqiqotlarda o‘z aksini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi madaniy merosining ajralmas qismi, alohida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, xalqaro maydonda mamlakatning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga intilish tuyg‘ularini tarbiyalash poydevoridir. Darhaqiqat, milliy sport turlarining shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti bevosita kishilarni vatanparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi. Masalan, milliy sportimiz kurashni olaylik. Kurashda raqibni hurmat qilish, o‘z sha’nini himoya qilish orqali vatani va xalqi or-nomusini, sha’nini himoya qilish masalalari ushbu sport turining falsafiy va ma’naviy g‘oyalari negizini tashkil qiladi. Bu kabi misollarni dzyudo, tayekvondo, karate kabi tarixiyfalsafiy hamda ma’naviy asoslari insonlarning har tomonlama tarbiyalanishiga xizmat qilishga qaratilgan sport turlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Sport turlarining tarixiy shakllanishi, rivojlanishi zamirida aslida tinchlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi hislatlarni tarbiyalash g‘oyalari mujassamlashgan. Zero, tinchlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik umuminsoniy qadriyat sifatida necha yillardan buyon e’zozlanib, qadrlanib kelinmoqda.
Bugungi globallashuv sharoitida yer yuzi aholisini alkogolizm, narkomaniya, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm kabi turli salbiy illatlar tashvishga qo‘yayotgani barchamizga ma’lum. Xalq va davlatning ezgu maqsadlariga yot va begona bo‘lgan g‘oyalar jamiyat hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qilishi muqarrar. Bunday salbiy illatlar va g‘oyalarga qarshi kurashmoq, yoshlarda vayronkor g‘oyalarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish, ularni salbiy illatlar ta’siridan asrash choratadbirlarini yo‘lga qo‘yish lozim. Bu vazifa o‘z navbatida jamiyatda yashayotgan har bir fuqaro, har bir kasb egasiga alohida talablar qo‘yadi. Zamonaviy sport mashg‘ulotlari o‘z oldiga faqtagina sport natijalarini yuksaltirishni emas, balki, shug‘ullanuvchini har tomonlama tarbiyalashni ham maqsad qilib qo‘ygan.
Bugungi sport o‘zining yuksak darajasiga ko‘tarildi. Sportdan yoshlar tarbiyasida, mamlakatlar nufuzini oshirishda, salbiy illatlarga qarshi kurashishda hamda sog‘lom-turmush tarzini targ‘ib qilishda samarali foydalanish imkoniyati mavjud. Tarixan inson, uning hayoti muqaddas qadriyat sifatida e’zozlanib kelinadi. Shu bilan birga tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi tushunchalar umuminsoniy qadriyatlar tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Xulosa. Xulosa o‘rnida yoshlar tarbiyasida sportning o‘rni yuqori darajada ekanligini yana bir bor ta’kidlash kerak. Sport vositasida yoshlarni har tomonlama tarbiyalashda ota-onalar va murabbiylar nihoyatda mas’uliyatli bo‘lishlari lozim. Olib borilogan kuzatishlar va tajriba natijalari asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Ota-onalar farzandlariga shaxsiy namuna ko‘rsatishi, avvalo, ularning o‘zlari jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi, sportga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirishlari lozim.
2. Oilada sportni targ‘ib qilish, sportning foydali jihatlarini farzandlar ongiga singdirish va farzandlar qalbida mahoratli sportchilarga havas hissini uyg‘otish lozim.
3. Ota-ona, murabbiy va ta’lim muassasasi hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish lozim.
4. Yoshlar bilan ishlovchi murabbiylar sportning tarbiyaviy jihatlariga alohida ahamiyat qaratishlari, shug‘ullanuvchilarning har tomonlama tarbiyalanishiga e’tibor berishlari shart. Mashg‘ulotlar va musobaqalar mobaynida shug‘ullanuvchilarning axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga alohida e’tibor berish kerak.
5. Murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga sportning falsafiy, ma’naviy-axloqiy, estetik va tarbiyaviy asoslarini o‘rganish mazmunidagi maxsus kurslarni joriy qilish kerak. Mustaqil O‘zbekiston tobora rivoj topib, taraqqiy etib bormoqda. Bunday rivojlanishni dunyo hamjamiyati tan olayotganligi barchamizni quvontirishi tabiiy, albatta. Erishilayotgan yutuqlar zamirida xalqimizning azal-azaldan shakllangan qadriyatlari, ma’naviy va axloqiy yuksalish borasidagi tajribasi, mehnatsevarligi, Vatanni sevishi kabi hislatlar mavjud. Biz azaliy qadriyatlarimiz, asrlar mobaynida farzand tarbiyasi borasida to‘plangan tajribalarimizni asrabavaylashimiz, avloddan avlodga yetkazishimiz lozim. Shu bilan birga yoshlar tarbiyasida bugungi zamon talablariga mos yondashuvlarni amalga oshirishimiz, uning yangicha usullarini amaliyotga joriy qilishimiz o‘rinli bo‘lar edi. Yoshlar tarbiyasi har
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni (Yangi tahrir).2015 yil 4 sentyabr.
2. Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2013. 54-55 betlar.
3. R.S.Salamov. Sport mashg‘ulotining nazariy asoslari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent – 2005. 16-bet.
4. Masharipov.Y.M. Sport psixologiyasi. Samarqand – 2010. 41-bet.
5. N.Sh. Sharipova https://doi.org/10.5281/zenodo.7890574
6. J.Abdurasulov https://doi.org/10.5281/zenodo.7244584
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.