MADANIYATNING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O’RNI
Istamova Shahzoda Islom qizi
Termiz Davlat Universiteti Milliy libos va san’at fakulteti Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda
boshqarish yo’nalishi 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada “madaniyat” tushunchasiga keng miqyosda ta’rif berilib, jamiyatni ma’naviy madaniyatini takomillashtirish jarayonini har tomonlama o’rganilib, uning inson hayotidagi o’rni aniqlanadi va tahlil etiladi.
KALIT SO’ZLAR
Madaniyat, jamiyat, Kreber va Klaxon, ma’rifat, moddiy madaniyat, ijtimoiy madaniyat, siyosiy madaniyat, ma’naviy madaniyat, tafakkur, mentalitet.
KIRISH
Insoniyat jamiyati doimiy rivojda bo’lib, u o’zgarib, takomillashib boradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o’zgacha anglaydilar va bilimlarini hosil qiladilar. Biz hozirda mavjud muammolarga o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib yengib o’tganlarini o’rganib o’tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o’tmish bizga javob qaytaradi.
Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi. Ya’ni jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda obyektiv qonuniyatlar, xodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi an’aviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir – biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos xususiyatlarini qismlarga bo’lib emas, balki ularni yaxlit tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy, hayotiy eng muhim jabhalardan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeilik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlari mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib oladi, saqlaydi va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi, va ularni kelgusi avlodlarga yetqazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi.
ASOSIY QISM
“Madaniyat” atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rangbarang ma’nolarda ifodalangan “Madaniyat” va “Культура” atamalari mutaxassislar fikriga ko’ra ayni ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli” bo’lish mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan madaniyat-shaharlik degan ma’noni bildiradi. Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klaxonlarning 1952-yildagi ma’lumotlariga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa, so’nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi. Madaniyat hodisasi tavsifida juda ko’p izohlar mavjud: “insoniyatni yashash usuli”, “ijtimoiy insonning to’laqonli faoliyati”, “inson tomonidan yaratilgan muhit”.
G’arbiy Yevropada madaniyat tushunchasi XVIII asrning oxiridan e’tiboran hozirgi mazmunini kasb etgan bo’lsa-da, faqat XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar kategorial tizimidan mustahkam o’rin oldi. Madaniyat – kishilik jamiyatida beqiyos o’ringa ega. Madaniyat tabiatdan farq qiladi, an’analar, ramzlar, til, bevosita taqlid qilish va amaliy o’rganish orqali avloddan avlodga singdiriladi. Madaniyat shaxs tomonidan, uning sotsial jihatdan shakllanish jarayonida o’zlashtiriladi va asosan keng tarqalgan va ko’pchilik qabul qilgan. Axloq, tafakkur va his qilishning parchalaridan tashkil topib, individual harakatlar hissasi bunda juda kam. Madaniyatni ilmiy tushunish ikki xil usulda farq qiladi. Birinchidan, u juda keng bo’lib, kishilar faoliyatining barcha uslublarini, ijtimoiy hayotning barcha shakllarini o’z ichiga oladi. Ikkinchidan, kundalik hayotda hissiy bezab ko’rsatilgan va asosiy jihatlarga urg’u berilgan tasavvurlardan farq qilib, fanda tavsifiy ta’rif berish bilan cheklanadi. Madaniyatning to’rt xil ko’rinishi mavjud: Moddiy madaniyat, ijtimoiy madaniyat, siyosiy madaniyat, ma’naviy madaniyat,
Moddiy madaniyatga texnika madaniyati, ishlab chiqarish madaniyati, rejalashtirish madaniyati, rejalashtirish madaniyati, taqsimlash va ayirboshlash madaniyati kiradi. Ijtimoiy madaniyatga oila va nikoh madaniyati masalalari madaniyati, ijtimoiy demografik guruhlar madaniyati, maishiy madaniyat, maorif va ta’lim madaniyati, shaxslararo muloqot madaniyati, ekologik madaniyat kiradi. Siyosiy madaniyat sohasiga huquqiy madaniyat, fuqarolik mdaniyati, siyosiy faoliyat yuritish madaniyati, ijtimoiy guruhlar, davlat, xalq kiradi. Ma’naviy madaniyat sohasiga dunyoqarash, mafkura, ilm-fan, din, badiiy madaniyat, san’at, milliy an’analar, axloqiy madaniyat va boshqalar kiradi. Uzoq vaqtlar fanda madaniyat deganda, faqat ma’naviy madaniyat nazarda tutilgan. Negaki, borliqni haqiqat, yaxshilik va go’zallik belgilaydi deb hisoblangan. Natijada, jamiyatning moddiy hayotini, uning iqtisodiyotini o’rganishga e’tibor berilmaydi. Madaniyatning asosiy masalasi bu inson to’g’risidagi, uning tabiati va imkoniyatlari to’g’risidagi masaladir. Madaniyat fan sifatida ham, mezon sifatida ham muhim tarbiyaviy vazifani bajaradi. Jamiyat hayotidagi madaniyatning yana bir muhim belgisi bu – mentalitetdir. “Mentalitet”- bu madaniyatga taaluqli bo’lgan kishilarda u yoki boshqa muhitning muayyan “aqliy vositalar yig’indisi” ni bildiradi. Ular insonga o’zgarishning tabiiy va sotsial borlig’ini mustaqil qabul qilishi va idrok etishiga shart- sharoitlar yaratadi.
XULOSA
Mustaqillik bizga asl ildizimiz qayerga borishini, ota-bobolarimiz qamday inson ekanligini anglab yetishimiz uchun imkoniyat yaratib beradi. Milliy g’ururimiz uyg’ondi, bizning milliy mentalitetimiz naqadar buyuk va tarixiy ekanligini tushunib yetdik va ajdodlarga mos bo’lishga harakat qilmoqdamiz. Ammo bugungi kunda yer yuzida kechayotgan boshqa bir muhim jarayon- globallashuv jarayoni natijasida jahon xalqlari uchun umumiy nom, umumiy fe’l-atvor, umumiy mentalitet shakllanmoqda. Mustaqillik xalqimizning ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy an’analari, urf-odat va marosimlari, o’zbekona qadriyatlarning tiklanishiga zamin hozirladi. “Ma’naviyat yo’q joyda, hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi” degan edi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Ushbu yo’nalishlarni o’rganish uchun, madaniyatshunoslik qo’llanmalari mavjud bo’lib, ular O’zbekiston madaniyatini rivojlanish tarixi, xususiyatlari, istiqbollari to’g’risida bilim, ko’nikma va malakalarini berish bilan birga milliy madaniyatga va o’zga millatlar madaniyatiga, qadriyatlarimizga nisbatan xurmat ruhida tarbiyalash, madaniyat yodgorliklariga ijodiy munosabatda bo’lishga ma’naviy jihatdan rivojlanishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Musaev N.U. va Azimov H.I. Madaniyatshunoslik/2010.
2.https:/elib.buxdu.uz.
3.E.Gulmetov, I.Qobiljonova “Madaniyatshunoslik”/Toshkent-2002.
4.M.Sabirova, E.Holiqov “Etnomadaniyat” o’quv qo’llanma-Toshkent (2019).
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.