ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAHALLA VA MAKTABACHA TAʼLIM TASHKILOTI HAMKORLIGINI TRANSFORMATSIYALASH

Аннотация

Ushbu maqolada mahalla va maktabgacha taʼlim tashkilotlari   hamkorligining ijtimoiy-madaniy, qadriyatlar, motivatsiya va ijtimoiy harakatlar modelining  transformatsiyalashgan boshqaruv tizimining  samarali mexanizmlarini haqida fikr yuritilgan


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 382 ⊰⊰--

TRANSFORMATSIYALASH

N.A.Samandarova

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor

va mutaxassislarini qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish instituti

stajyor-tadqiqotchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada mahalla va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamkorligining ijtimoiy-madaniy, qadriyatlar, motivatsiya va ijtimoiy harakatlar modelining transformatsiyalashgan boshqaruv tizimining samarali mexanizmlarini haqida fikr yuritilgan.

Kalit soʻzlar: Maktabgacha taʼlim muassasasi,mahalla instituti, ijtimoiy-madaniy, qadriyatlar, motivatsiya,ijtimoiy harakatlar, model, transformatsiyalash, muvofiqlashtirish.

Аннотatsiя: В статье рассматриваются эффективные механизмы трансформированной системы управления социокультурными, ценностными, мотивatsiонными и социальнодейственными моделями взаимодействия местных сообществ и дошкольных образовательных организatsiй.

Ключевые слова: Дошкольное образовательное учреждение, соседский институт, социокультурный, ценности, мотивatsiя, общественные движения, модель, трансформatsiя, координatsiя.

Abstract: The article examines the effective mechanisms of the transformed management system of socio-cultural, value, motivational and socially effective models of interaction between local communities and preschool educational organizations.

Keywords: Preschool educational institution, neighborhood institute, socio-cultural, values, motivation, social movements, model, transformation, coordination.

Mahalla va maktabacha taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik bolalar rivojlanishiga va jamiyatning ijtimoiy farovonligiga katta taʼsir koʻrsatadi. Yangi Oʻzbekistondagi tub islohotlar negizida xalkchil boshkaruv tizimi hisoblangan maxalla institutlarining yangi formatdagi tizimi amaliyotga joriy etildi. Azaliy maʼnaviyatimiz va milliy qadriyatlarimizning fundamental asosi boʻlgan maxalla bugun kuchli tarbiya oʻchogʻi sifatida eʼtirof etilmoqda.Shu nuqtai nazardan, Mahalla institutlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamkorligi boshqaruv tizimini transformatsiyalashning muhim jihatlarini tadqiqotimiz maqsadidan kelib chiqqan holda tahlil qilamiz.Transformatsiya jarayonida davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatini tahlil etishga qaratilgan. Transformatsiya jarayonida har ikki tomon ham mustahkam aloqadorligi natijasida davlat boshqaruvida ham, jamiyat hayotida ham demokratlashtirishi, iqtisodiy rivojlanishga erishishi mumkin. Transformatsiya jarayoni bu muqarar jarayon boʻlib, uni kechiktirish yoki rad etishdan har ikki tomon faqat yutqazishi mumkinligi natijasi isbotlangan. Transformatsiya - davlatning fundamental oʻzgarishidir. Transformatsiya soʻzi lotin tilidagi “transfor” va “matio” soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, “oʻzgarish” va “oldinga” degan maʼnolarni anglatadi. Jamiyat va davlat oʻzgarishi bilan bogʻliq jarayonlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Transformatsiya jamiyatdagi asosiy

--⊱⊱ 383 ⊰⊰-- sifat oʻzgarishlarini anglatadi, agar oʻzgarishlar ijtimoiy voqelik va zaruriy ehtiyoj asosida vujudga kelsa, ularning aks - sadolari odatda jamiyat hayotining barcha sohalarida sezilib, uning eng muhim sifatini oʻzgartiradi. Jamiyat -insonlarning oila va guruhlar oʻrtasidagi murakkab aloqalar, ijtimoiy ahamiyatga molik munosabatlar tizimi sifatida talqin etiladi. Davlat - jamiyatning yagonaligi va yaxlitligini taʼminlaydigan siyosiy tashkilot boʻlib, maxsus mexanizm vositasida jamiyat ishlarini boshqaruvchi suveren ommaviy-siyosiy hokimiyat sifatida huquqqa umumiy majburiy xususiyat baxsh etadi, Transformatsiya shunchaki islohot yoki oʻzgarish jarayoni emas, balki jamiyat va davlatning barcha tizimlarida bir holatdan ikkinchi holatga butunlay oʻtish jarayonidir. Transformatsiya jarayonida davlat va jamiyat hayotida sifat oʻzgarishlari kuzatiladi, yaʼni sifat jihatdan yangi bosqichga oʻtilish tushuniladi. Davlatlar va jamiyatlarning rivojlanishda oʻzaro aloqadorlik muhim rol oʻynaydi. Iqtisodiy barqarorlik, tabiiy resurslar, davlat va jamiyat hamkorligi, ishchi kuchi kabi ichki kriteriyalar orqali transformatsiyaning vujudga kelishi ham tezlashadi. Sanoatlashtirish, agrar sektor va ichki bozorlarning hajmi, tabiiy resurslar bilan koʻp yoki oz miqdorda taʼminlanganligi va milliy oʻziga xos iqtisodiy tuzilmalar davlatning transformatsiya jarayonlariga taʼsir etadigan muhim omillaridir. Davlat oʻzgarishining sababini aniqlash uchun ijtimoiy guruhlarning shakllanishi, ushbu guruhlarning tashkil etilishi va faoliyati va shu bilan bogʻliq hodisalarni hisobga olish kerak. Ijtimoiy-madaniy daraja jamiyatda hukmronlik qiladigan qadriyatlar, motivatsiya va ijtimoiy harakatlar modeli bunday munosabatlarning talablariga javob berishi mumkin. Albatta, jamiyatda yuzaga keladigan tegishli ijtimoiy-madaniy oʻzgarishlar, rasmiy ravishda, normativ nuqtai nazardan, ular oʻzgarishsiz qolgan taqdirda ham, ijtimoiy institutlarning butun tizimi faoliyatining xarakteriga jiddiy oʻzgarishlar kiritadi. Qonuniy hukumat oʻz fuqarolariga toʻgʻridan - toʻgʻri tasir etish kuchiga ega boʻlishi ham davlatda transformatsiya jarayonini vujudga keltirish va jadallashtirish imkoniyatini oshiradi. Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilgʻor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim tizimida maʼnaviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni tarbiyalash.

Davlat talablarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: - maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada maʼnaviy meyorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini koʻzda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon.

-maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, taʼlim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilash;

-milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida bolalarga taʼlim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

-taʼlim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

-kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash.

Foydalanilgan adabiyotlar

--⊱⊱ 384 ⊰⊰--

1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutning jamiyatdagi rolini oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida blishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-sonli farmoni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida

3.Клочко Е.Н. Сектор виртуальных услуг в современной экономике сервиса: функциональное содержание, принципы управления, социальная инфраструктура: Монография - Краснодар: Изд-во ЮИМ, 2012. - С. 331.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.