ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAHMUD QOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘ATI-T-TURK” ASARIDA YASAMA SOʻZLARNING IFODALANISHI

Аннотация

Ushbu maqola qomusiy olim Mahmud Qoshg‘ariyning  XI asrda yaratilgan eng nodir asarlardan biri bo‘lmish “Devonu lug‘atit turk “ asaridagi ayrim  yasama so‘zlarning yasalishi usulllari haqida gap ketadi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

ASARIDA YASAMA SOʻZLARNING IFODALANISHI

Mirzayeva Ma’mura Erkin qizi

SamDU 2-bosqich magistranti

Annotatsiya. Ushbu maqola qomusiy olim Mahmud Qoshg‘ariyning XI asrda yaratilgan eng nodir asarlardan biri bo‘lmish “Devonu lug‘atit turk “ asaridagi ayrim yasama so‘zlarning yasalishi usulllari haqida gap ketadi.

Kalit so‘z. Fonetik usul, kompazitsiya usuli, yasama so‘z, morfologik usul.

Fonetik usul bilan yuzaga keladigan yasalmalar. Tilshunoslikka oid manbalarda soʻz yasalishining bir necha turlari keltirilib oʻtilgan. Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar miqdori lugʻat boyligining katta qismini tashkil qiladi. Bu yasalmalar hosil boʻlishiga koʻra tarixiy (diaxron) va hozirgi (sinxron) yasalishga aloqador boʻlishi mumkin. Soʻz yasalishining tahlilida bu ikki hodisani farqlash lozim. Soʻz yasalishi hozirgi (sinxron) aspektga tayanadi. Bunda til taraqqiyotining ma‟lum bir davri koʻzda tutiladi. Masalan, hozirgi zamon oʻzbek tili. Bunda yasama soʻzning qismlari oʻrtasidagi munosabat jonli boʻladi, ya’ni soʻzning ma’nosini qismlarning maʻno munosabati bilan asoslash mumkin boʻladi. Masalan, oʻr-im, ter-im, temir-chi, doirachi, bilim-li, aql-li, randa-la, egov-la va boshqalar1. Bunday usulda soʻz yasalishini tahlil qilish tilning zomanaviy va tarixiy davr nuqtayi nazari inobarga olinadi.

Fonetik usulda soʻz yasash tilda kam uchraydiga hodisa hisoblanadi. Bu usul bilan soʻz yasash 2 hodisani koʻzda tutadi: 1) soʻzning tarkibida fonetik oʻzgarish (tovush oʻzgarishi) qilish orqali yangi soʻz hosil qilish. Masalan, bor-boz, tog-tosh, koʻz-koʻrmoq, tosh-tish (qattiqlik belgisi asosida); 2)urgʻuning oʻrnini oʻzgartirish bilan yangi soʻz yasash. Masalan, yangi (sifat), yangi (ravish), hozir (ravish) - hozir (tayyor), tugma (ot), tugma (fe’l), akademik (unvon) – akademik (nashr turi)2. Ilmiy tilshunoslik manbalarida fonetik usul bilan soʻz yasash nutq ohangiga bogʻlik ekanligi ta’kidlanadi. Professor Y.Tojiev birikma tarkibida fonetik o’zgarish, grammatik o’zgarish - qaratqichli birikmalarda qaratqich shaklining ѐki egalik shaklining tushib qolishi, har ikkalasining tushib qolishi, sintaktik aloqaning, ya’ni qaratqich-qarashlilik 1 Sapayev Q., Hozirgi oʻzbek tili. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU.2009, 31-bet. 2 Oʻsha manba, 35-bet. munosabatining yo’qolishi; sifatlovchili birikmalarda sifatlovchi-sifatlanmishlikning yo’qolishi; ega-kesim munosabatidagi birikmalarda ega-kesimlik munosabatining yo’qolishi: qumbosdi, tuyachukdi, bo’ribosar, otchopar, kelin tushdi ohangning o’zgarishi; semantik o’zgarish - ma’nolar qorishib, singishib ketishi, bir tushunchani ifodalash holiga kelishi kabi ana shu uch o’zgarish bo’lmasa, birikma qo’shma so’zga aylanmasligini ko’rsatadi (suvQtuproq - ular singishib, qorishib ketishidan bir tushuncha ifodalovchi loy so’zi vujudga kelgani kabi). Demak, qo’shma so’z tilda bor bo’lsa, uning mavjudligi tan olingan bo’lsa, u haqiqatan ham, tilda mavjud birliklar vositasida- shular asosida hosil bo’lgan bo’lsa, lug’atlarda qayd etilsa va lug’aviy birlik sanalsa, ko’rinadiki, u - yangi so’z, aynan, yangi yasalgan, yangi hosil qilingan so’z - lug’aviy birlikdir. Albatta, u affiksatsiya usulidagi yasalgan emas, uning yasalishi boshqa usulda, ya’ni so’z birikmasining yuqorida aytilgan uch o’zgarishi asosida birikmalikdan chiqishi, tarkibidagi komponentlarning bir-biriga singishishi usulida yasalgan. Unga affiksatsiya usulidagi yasalish holatini tatbiq etib bo’lmaydi. Qo’shma so’zning motivlanishi ham, tarkibiy qismlarining xususiyatlari ham boshqachadir. A.G’ulomov qo’shma so’zlarga ana shu jihatlaridan kelib chiqib, o’ziga xos yasalish usuli borligini hisobga olib ѐndashgan. Shunga ko’ra, buni alohida usul sifatida belgilagan. Turkiy tilshunoslikning ming yillik tarixi davomida ham olimlar shu va shunga o’xshash yana ko’p jihatlarni e’tiborga olib bu usulda yangi birlik vujudga kelishini qayd etishgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, olimning XX asrning 70 yillarida so’z yasalishiga ham tarixan, ham zamonaviylik nuqtai nazaridan ѐndashgan holda o’zbek tilida so’z yasalishining uchta usulini ko’rsatishi, «...ular ichida hozirgi kunda affiksatsiya va kompozitsiya usullari etakchilik qilishi, fonetik usul esa o’z faolligini deyarli yo’qotgan», degan fikri hamon o’z kuchini yo’qotgan emas3.

Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” asarida tarixiy jihatdan yasalma deb qaraladigan soʻzlarni jadval koʻrinishida berib, ularni tahlil qilishga harakat qilamiz.

1-jadval.

Soʻz va uning izohi Yasalish asosi 3 Абдумаликов Ж., Сўз ясаш усулларига оид қарашлар. Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7. 2022

1. Bulut so’zi qalin sochga ham

2. Afrāsiyāb ning bolalari biror

3. Aǧïnčï (Aǧïčï) – ipaklik

4. Arǧu (arg’u) – ikki tog’ orasi;

5. Arqučï (arqichi) – vositachi.

6. Ašlïq (ashliq) – oshxona (osh

7. Atǧaq (atg’aq) – qorinda sariq

8. Azma (azma) – bichilgan

9. Baldïz (baldiz) – xotinning

10. Banzï (banzi) –uzum kesish

11. Barsyïlï (bars yili) – bars

yili;Metonimiya.141

12. Bašǧan (bashg’an) – ellik – yuz

13. Bïčǧuč (bichg’ich) – qaychi. U

14. Bičin (bichin) – (maymun);

15. Bičin yïlï (bichin yili) –

16. Bïčïš (bichish) – yirtish;

17. Bitig (bitig) – yozuv; yozmoq.

18. Böksäk (bo’ksak) –

xotinlarning bo’ksasi bilan qo’yni

orasidagi er (u erga ziynatli tumor

taqadilar). Metonimiya.189

19. Bošǧut (bo’shg’ut) – hunar

o’rganuvchi shogird.

20. Bošuǧ (bo’shug’) – sulton

tomonidan o’ziga yuborilgan

elchining qaytib ketishga berilgan

ijozat qog’ozi.Elchilarning berilgan

tuhfaga ham shu so’z qo’llanadi.

Metonimiya.150

21. Buǧra (bug’ra) – erkak tuya;

Buǧraxan oti ham shundan olingan.

Metonimiya.168

22. Čaǧrï (chag’ri) – lochin; Čaǧrï-

beg deyilgan kishi oti ham shundan.

Metafora.168

23. Čer (cher) – ro’para

(o’g’uzcha); masalan: anïŋ eѡi bu

čerlikdä - uning uyi bu narsaning

ro’parasidadir. Ikki askar safiga ham

čerig deydilar. Chunki ular ham bir –

biriga ro’para turadilar.Metafora.133

24. Čïǧrï (chig’ri) – gardish,

chig’riq kök čïǧrïšï – osmon gardishi.

Snekdoxa.168

25. Čïǧrï (chig’ri) – tegirmon

parragi, suv chiqaradigan chig’riq

parragi. Ipak va ip o’raydigan charx,

umuman har qanday g’altakka ham

shu so’z qo’llanadi. Snekdoxa.168

26. Čöp (cho’p) – sharbat quyqasi

va har qanday narsaning loyqasi.

Tuban va past kishilarga Čöp-čäp

kišilar deydilar.Metafora.132

27. Čöp (cho’p) – tutmoch (non)

parchasi, burdasi; bir Čöp yegil – bir

burda egin. Bu so’z kesilgan,

maydalangan ugraga nisbatan ham

ishlatiladi.Metafora.132

28. Čöpür (cho’pur) – echkining

yungi.Arzimagan mol va matolarga

qo’llanuvchi Čöpür- Čepür so’zi ham

shundan kelib chiqqan.Metafora.146

29. Čuqmïn (chuqmin) – lochiraga

o’xshash bir non. Uni qozonda suv

bug’i bilan pishiriladi, bu oson hazm

bo’ladigan non. Metonimiya.177

30. Čuѡǧa (chuvg’a) – tezyurar xat

tashuvchining yo’lda oladigan oti,

ma’lum manzilga etganda, uni

qoldirib, boshqasini minadi.

Metonimiya.170

31. Čuѡǧa (chuvg’a) –yo’l

boshlovchi, rahbar (qipchoq va

o’g’uzcha).170

32. Egät (egat) – nikoh kechasi

kelin yonida xizmat qiluvchi xotin,

yanga. Metonimiya.35

33. Eŋäk (engak) – xotinlar bosh

yopinchiqlariga bog’laydigan ip,

bog’ich.Tikuv. Metonimiya. 67

34. Er tïnï očdï – kishining nafasi

o’chdi. Bu fe’llarning hammasida

očar, očmaq shakli

qo’llanadi.Metonimiya.80

35. Eriŋäyü (eringayu) –

oltibarmoqli odam.Sinekdoxa. 68

36. Erning öpkäsi očdï – kishining

g’azabi so’ndi.Metonimiya.80

37. Ïlïmǧa (ilimg’a) – shox

maktublarini turk xati bilan yozuvchi

kotib. Metonimiya. 71

38. Ïnal (inal) – onasi katta

urug’dan,otasi oddiy xalqdan

tug’ilgan bola ismi. Bu asosdir.

Metonimiya.62

39. Iŋän (ingan) – urg’ochi tuya.

Maqolda (shunday kelgan): İŋän

ïŋrasa, botu bozlar. Ma’nosi:

“Urg’ochi tuya ingrasa, bo’ta

bo’zlaydi”. Bu maqol “Yaqinlar doim

bir-biri haqida qayg’uradilar ”, degan

mazmunda qo’llanadi. Metonimiya.

40. Irk (irk) –qo’y; to’rt yoshga

qadam qo’ygan qo’y. Metonimiya.31

41. Ït yïlï (it yili) – it

yili.Metonimiya.141

42. Kerägü (keragu) – chodir.

Turkmanlar nazdida.Lekin

ko’chmanchilar nazdida bu “qishki

uy”dir. Metonimiya.178

43. Keδüt (kedut) – kiyiladigan

kiyim. Ko’pincha bu so’z to’yda kelin

va kuyov yaqinlariga xurmat

yuzasidan kiydiriladigan to’nga

nisbatan aytiladi; keδut berdi – to’n

berdi, to’n kiygizdi.Metonimiya.144

44. Kiz (kiz) – mushk qutichasi,

taxt, sandiq, chamadon va boshqalar.

Kizdäki kiz yïpar.Ma’nosi:”Mushk

hidi mushk qutichasida saqlanib

qoladi” [“Iaor hidi ipor sandig’ida

saqlanib qoladi”].Metafora.135

45. Körk (qo’rk) – mo’yna,

po’stin.143

46. Kötič (ko’tich) – yosh

bolalarning so’kish so’zi, “ey ko’tga

o’xshash sassiq”, demakdir.”Ko’t”

so’zi bilan bog’liq .Metafora.145

47. Bulut so’zi qalin sochga ham

48. Afrāsiyāb ning bolalari biror

49. Aǧïnčï (Aǧïčï) – ipaklik

50. Arǧu (arg’u) – ikki tog’ orasi;

51. Arqučï (arqichi) – vositachi.

52. Ašlïq (ashliq) – oshxona (osh

53. Atǧaq (atg’aq) – qorinda sariq

54. Azma (azma) – bichilgan

55. Baldïz (baldiz) – xotinning

56. Banzï (banzi) –uzum kesish

57. Barsyïlï (bars yili) – bars yili;

Metonimiya.141

58. Bašǧan (bashg’an) – ellik – yuz

59. Bïčǧuč (bichg’ich) – qaychi. U

60. Bičin (bichin) – (maymun);

61. Bičin yïlï (bichin yili) –

62. Bïčïš (bichish) – yirtish;

63. Bitig (bitig) – yozuv; yozmoq.

3.2. Kompozitsiya usulida soʻz yasash. 2 ikki yoki undan ortiq komponentlarning oʻzaro birikuvidan hosil boʻlgan birlik kompozitsiya usulida soʻz deyiladi. Manbalarda soʻz yasalishining olti usulidan faqat ikkitasi:L affiksatsiya va kompozitsiya da yangi ma’noli soʻz hosil boʻladi. Bu usulga ko‘ra ikki va undan ortiq so‘zlar birikib, yangi leksik ma’noli so‘z yasaydi. M.: qo‘ziQqorinqqo‘ziG’qorin, oqQqushq oqG’qush, sakkizQoyoqqsakkizG’oyoq, hozirQjavobqhozirG’javob. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan so‘zlar odatda qo‘shma so‘zlar deb yuritiladi4.

Bu usulda yasama soʻzlar Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻatit turk” asari ham uchraysi. Bu holatni hozirgi oʻzbek adabiy tili va shevalarida ham koʻp uchratish mumkin. Tilimizda yangi ma’no beruvchi leksik birliklarni hosil qiluvchi usul tarixiy shaklda ham koʻp uchrashini kuzatishimiz mumkin. Kompozitsiya usuli asosida deyarli bat soʻz turkumlariga oid birliklar yasalishi inobatga olib, ularni turlarga ajratgan holda oʻrganishga harakat qilamiz.

1. Ismlar;

2. Fe’l, yordamchi va alohida olingan soʻz turkumlari.

DLTdan olingan misollarni jadval koʻrinishida tahlil qilamiz.

1-ismlar (Ot, son, sifat va ravish).

2-jadval

Soʻz va uning izohi Yasalish

asosi

1. Ačïǧlïǧ er (achig’lig’ er) – maishatli, ayshga berilgan

kishi.73

2. Aǧduq (ag’duq)] aǧduq kiši – notanish kishi.

Xarflarni almashtirib Adǧuq tarzida ham talaffuz etiladi.

3. Aǧïrlïǧ (ag’irlig’)] Aǧïrlïǧ er – odamlar orasida

hurmatli,sevimli kishi. 73

4. Ala (ala) – ola; oq; tanasida oqi bor odam.49

5. Ala (ala) – pes, ola tanli kishi.46

6. Alïnlïǧ (alinlig’)] Alïnlïǧ er – peshonasi keng,

peshonali kishi.73

7. Alp (alp) – alp, botir, qahramon. Maqolda (shuday

keladi): Alp yaǧïda, alčaq čoǧïda Ma’nosi: “Botir yov bilan

to’qnashaganda (olishganda), yuvosh tirishishda sinaladi ”.

Bu so’z quyidagi parchada ham kelgan. 31 4 Amonov U., Ona tili (Morfologiya). Buxoro. “Durdona”nashri, 2021, 25-bet.

8. Alpaǧut (alpag’ut) – engilmas kurashchi, botir,

bahodir, pahlavon. 72

9. Aluq (aluq) – johillik ]aluq er – johil kishi

(o’g’uzcha).40

10. Anǧa (ang’a)] anǧa er – qadrsiz, jo’n odam; har

qanday qadrsiz, jo’n, tashlandiq narsaga ham anǧa

deyiladi. 64

11. Aqï (aqi) – sahiy, qo’li ochiq. 49

12. Arqa (arqa) – qiyin vaqtlarda yordam beruvchi kishi;

orqa kuch; hiyla va tadbirlar bilan yordam beruvchi

kishi.64

13. Arquq (arquq)] arquq kiši – so’z tinglamaydigan,

so’zga so’zga kirmaydigan o’jar odam. 56

14. Aruq (aruq) aruq er – oriq, charchagan kishi va shu

kabilar. 39

15. asurǧan (asurg’an) – aksa uruvchi, aksiradigan G’G’

chuchkiradigan.76

16. asurtǧuq (asurtg’uq) ] asurtǧuq er – aqlli, ziyrak

kishi.475

17. Atïm (atim)] atïm er – o’q otishga usta odam,

mergan. 43

18. Axsaq (axsaq) – oqsoq, cho’loq.60

19. Axsuŋ er (axsung er) – mastlikda to’palon qiladigan

kishi; janjalkash.Bu so’zni axsum tarzida ham qo’llaniladi.

20. Aybaŋ (aybang) – kal] aybaŋ er – kal kishi

(chigilcha). 59

21. Aδïǧ (adig’) – mastlikdan hushiga kelgan kishi;

esrüg Aδïǧ – mast va hushyor. 39

22. Bäčäl (bachal) – erlar, xotin – qizlar va hamma

hayvonlarning kuchliroq, mahkamroq, pishiqrog’i.158

23. Baǧïr (bag’ir) – qorajigar. Hech kimga bo’yin

egmovchi kishini bedüg baǧirliǧ deb yuritiladi.145

24. Baǧïrsaq(bag’irsaq)] baǧïrsaq kiši –hushmuomala,

yoqimli kishi.198

25. Bašnaq (bashnaq) ] bašnaq er – sovutsiz, qurolsiz,

qalqonsiz, boshqasiz yalang’och kishi.185

26. Böktäl (bo’ktal) ]Böktäl er – o’rta bo’yli kishi.191

27. Böŋ (bo’ng)]böŋ kiši – pakana, yo’g’on beso’naqay

kishi.443

28. Bükin (bukin) – erligi yo’q, mizoji zaif kishi.160

29. Čamǧuq (chamg’uq) – chaqimchi ] Čamǧuq er –

yolg’onchi ikkiyuzlamachi kishi.187

30. Čanač (chanach) – xunasa; qo’rqoq. Ishida

juratsizlik va tayinsizlik qilgan har bir kishi.144

31. Čaqïr (chaqir) – ko’kko’z, chag’irko’z.146

32. čaѡšaŋ (chavshang) – ko’zi yoshlanib turadigan

odam.454

33. Čeŋal er (chengal er) – yomon kishi.298

34. Čïn (chin) ] čïn kiši – yumshoq fe’lli, qo’pol ish.370

35. Čöküt (cho’kut) – pakana, kalta bo’yli.143

36. Čotur (cho’tur)] čotur kiši – yomon xulqli kishi.146

37. Čumïlï (chumili) – issiqdan ko’zi tinib, boshi

aylangan kishiga Čumïlï boldï deyiladi.178

38. Ekäk (ekak)] ekäk ešlär – fohisha xotinlar. 44

39. Ekäklik (ekaklik) – xotinning yuzsizligi, orsizligi.75

40. Erig (erig) ] erig er – tirishqoq, g’ayratli kishi.41

41. Eriŋän (eringan) – bo’ydoq] Eriŋän er – bo’ydoq

kishi. 59

42. Eriŋäyü (eringayu) – bo’yi ikki gazli, juda pakana

kishi. 68

43. Eriŋäyü (eringayu) – oltibarmoqli odam. 68

44. Erlik (erlik) – erlik, mardlik. 54

45. Ersäk (ersak) – ersak, ersiragan] ersäk ešlär – buzuq

va adashgan xotin. 54

46. Eš(esh) – esh; o’rtoq; xamrox; jini bor, aloxida

tabiatli kishilarga xam ešlig deyiladi. 33

47. Etlik (etlik) – kanora (go’sht osiladigan temir);

so’yishga tayyorlangan qo’yga ham etlik qoy deydilar etlik

kiši – etlik kishi. 53

48. Eträk (etrak) – rangi sariq kishi (o’g’uzcha).54

49. Il (il) il kiši – past odam; baxil kishi. 34

50. Ïnänč (inanch) – ishonchli; Ïnänč beg – ishonchli

bek. 67

UMUMIY XULOSALAR.

Bundan tashqari Mahmud Koshgʻariy turkiy til arab tilidan hech bir tomoni bilan qolishmasligi ayon boʻlishi uchun Halil ibn Ahmadning “Kitobul ayn” asarida tutgan tartibini qoʻllash, istemoldan chiqqan soʻzlarni ham keltirib oʻtish fikri tugʻilganligini aytib oʻtadi. Mahmud Koshgʻariy ,,Devoni lugʻatit turk” asrida turkiy tillarni ikkiga ajratib chiqqan. Birinchisi, barcha turkiy qavmlar uchun tushunarli boʻlgan, rasmiy ishlarda va yozma adabiyotlarda qoʻllanuvchi, oʻtmish va ana‟nalarni saqlab qolayotgan yozma-adaboy til, buni mualllif ,,turkcha”, ,, xoqoniya til “ deb aytadi. Ikkinchisi turli turkiy shevalardan iborat. Bu asar oʻtmishda ham, hozirda ham tadqiqotchilar tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan masalalarga javob topib kelishgan va kelishmoqda. Masalan, bu asarni tadqiq qilgan oʻtmish olimlaridan biri Ali Amiriy quydagilarni aytib oʻtgan: ,,Bu kitobni qoʻlga olishim bilan oʻzimni yoʻqotib qoʻydim, bu kitob dunyoda qiyosi yoʻq, ham ma‟lum bo‟lmagan bir turk qomusi hamda grammatikasi edi. Arab tili uchun Sibavayxiyning kitobi qanday muhim boʻlsa, bu ham turk tili uchun shunday ahamiyatlidir. Hozirga qadar turk tilida buning kabi kitob yozilgani yoʻq. Bu kitobning haqiqiy Bahosini aniqlamoqchi boʻlsangiz, jahonning xazinalari bunga teng kelolmas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. “Халқ сўзи” газетаси, 2019 йил 22 октябрь, № 218 (7448)

2. Президент Шавкат Мирзиёевнинг ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи // «Халқ сўзи», 2019 йил, 22 октябрь.

3. Atalay, Besim, Dîvânu Lûgat-it Türk Tercümesi, c. 1, Alâeddin Kıral Basımevi, Ankara, 1939, XXXVI+530 s.;

4. Atalay, Besim, Dîvânu Lûgat-it Türk Tercümesi, c. 2, Alâeddin Kıral Basımevi, Ankara, 1940, 336 s + 1 harita;

5. Atalay, Besim, Dîvânu Lûgat-it Türk Tercümesi, c. 3, Alâeddin Kıral Basımevi, Ankara, 1941, 452 s.;

6. Atalay, Besim, Dîvânu Lûgat-it Türk İndeksi “Endeks”, c. 4, Alâeddin Kıral Basımevi, Ankara, 1943, XL+ 886 s.;

7. Маҳмуд Кошғарий. Туркий сўзлар девони (Девони луғотит турк). 3 жилдлик. 1-жилд. Таржимон ва нашрга тайёрловчи: Солиҳ Муталлибов. -Т.: Фан, 1960;

8. Маҳмуд Кошғарий. Туркий сўзлар девони (Девони луғотит турк). 3 жилдлик. 2-жилд. Таржимон ва нашрга тайёрловчи: Солиҳ Муталлибов. -Т.: Фан, 1961;

9. Маҳмуд Кошғарий. Туркий сўзлар девони (Девони луғотит турк). 3 жилдлик. 3-жилд. Таржимон ва нашрга тайёрловчи: Солиҳ Муталлибов. -Т.: Фан, 1963;

10. Девони луғотит турк. Индекс-луғат. Ғ.Абдураҳмонов ва С.Муталлибовлар иштироки ва таҳрири остида. -Т.: Фан, 1966.

11. Ҳасанов Ҳ. Маҳмуд Қошғарий. –Т., 1963;

12. Хайруллаев М. Маҳмуд Қошғарий // Маънавият юлдузлари. –Т.: Халқ мероси, 2001. –Б. 124-129;

13. Жўраев М. Фольклоршунослик асослари. –Т.: Фан, 2009;

14. Каримов Қ. Қадимги туркий тил луғати (X –XII асрлар). –Т.: Мумтоз сўз, 2009;

15. Раҳмонов Н., Содиқов Қ. Ўзбек тили тарихи. –Т., 2009;

16. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. –Т., 1995;

17. Абдураҳмонов Ғ. «Девону луғотит турк» асарининг ўрганилиш тарихидан // Ўзбек тили ва адабиѐти. –Т., 2009. No 6. –Б. 49-51;

18. Gaybullah Babayar. Biruni ve Kaşgarlı Mahmud‟un Bazı Orta Asya Yer Adlarını Türklerle İlişkilendirmesi Üzerine. // Mahmüd al-Kaşğari‟nin 1000 Doğum Yıldönümü Dolaysıyla Uluslar arası Divanu Luğatı’t-Turk Sempozyumu Ayrıbasım. Istanbul 2008. –s. 313-321;

19. Худойбердиев Ж. Маҳмуд Кошғарий ҳаёти ва унинг «Девону луғотит турк» асарининг ўрганилиши. –Т., 2010;

20. Brokelmann Carl. Geschichte der Arabische Literatur. Erster Supplementband. –Leiden, 1936;

21. Bombaci Alessio.Histoie de la Literature Turque. –Paris, 1968;

22. Махмуд ал-Кашгари. Диван лугат ат-Турк. Казахстанские востоковедные исследования. Перевод, предисловие и комментарии З. –А. М. Ауэзовой. Индексы составлены Р. Эрмерсом. –Алматы: Дайк-Пресс, 2005. –1288 с;

23. Токоев Т., Коштокоб К. Диван лугат ат-Турк. Т.II.–Бишкек: Avrasyapress Basmasi, 2012.–с. 592;

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.