MA’RIFATPARVAR VA TA’LIM ISLOHATCHISI
Jumayev Abror Muzaffarovich
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti “Tarix” kafedrasi oʻqituvchisi:
Xalilova Sabrina Obid qizi
Oʻzbekiston - Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya. Maqolada Mahmudxoʻja Behbudiyning jadidchilik harakatidagi faoliyati va uning Oʻrta Osiyo maʻrifiy taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi ilmiy asosda tahlil etiladi. Behbudiy asarlarida ilgari surilgan islohotparvarlik gʻoyalari, milliy oʻzlikni anglash, dunyoviy bilimlar va zamonaviy ta’lim tizimini joriy etish masalalari tadqiq etiladi. Shuningdek, uning dramaturgik va publitsistik faoliyati orqali ijtimoiy ong va ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan saʻy-harakatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari Behbudiy merosining bugungi jamiyat uchun ham ahamiyatli ekanligini koʻrsatadi.
Kalit soʻzlar: Mahmudxoʻja Behbudiy, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, milliy uygʻonish, ta’lim islohoti, publitsistika, dramaturgiya, Oʻrta Osiyo, ma’naviy taraqqiyot.
Аннотация. В данной статье научно анализируется деятельность Махмудходжи Бехбуди в рамках джадидистского движения и его вклад в просветительское развитие Средней Азии. Рассматриваются реформаторские идеи, представленные в его произведениях, вопросы национального самосознания, внедрения светского образования и модернизации системы обучения. Особое внимание уделено драматургическому и публицистическому наследию Бехбуди, направленному на повышение общественного сознания и духовности. Результаты исследования свидетельствуют о высокой актуальности наследия Бехбуди в контексте современных общественных трансформаций.
Ключевые слова: Махмудходжа Бехбуди, джадидизм, просвещение, национальное самосознание, реформа образования, публицистика, драматургия, духовное возрождение, Средняя Азия.
Annotation. This article provides a scholarly analysis of Mahmudkhoja Behbudiʻs activity within the Jadid movement and his contribution to the educational development of Central Asia. The study examines the reformist ideas presented in Behbudiʻs works, including issues of national identity, the integration of secular knowledge, and the implementation of a modern education system. Additionally, his dramatic and journalistic activities aimed at raising social consciousness and enhancing spirituality are highlighted. The research findings demonstrate that Behbudiʻs legacy remains relevant for contemporary society.
Key words: Mahmudkhoja Behbudi, Jadidism, enlightenment, national awakening, educational reform, journalism, dramaturgy, Central Asia, spiritual development.
XX asr boshlarida Turkiston xalqlari tarixiy burilish yoqasida turardi. Bir tomonda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining zulmi, boshqa tomonda esa milliy oʻzlikni yoʻqotish xavfi mavjud edi. Bunday sharoitda xalqni zulmatdan nur sari boshlovchi, millat tafakkurini uygʻotuvchi ma’rifatparvarlarga ehtiyoj nihoyatda kuchli edi. Ana shunday siymolardan biri Mahmudxoʻja Behbudiy edi. U 1875-yilda Samarqandda tugʻilgan. Dastlab eski uslubdagi maktabda, keyin esa madrasada tahsil olgan. Arab, fors va turkiy tillarni mukammal egallab, keyinchalik rus tilini ham oʻrganadi. U yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa dunyoviy bilimlarga katta qiziqish bildirgan. Tabiiy fanlar, tarix, geografiya, siyosatga oid kitoblarni mutolaa qilgan. Shuningdek u ilm, ma’rifat, matbuot, sahna sanʻati va siyosat orqali butun bir avlodni uygʻotdi. Uning serqirra faoliyati Turkiston jadidchilik harakatining yuksalishida hal qiluvchi rol oʻynadi. [1, 156]
M.Behbudiy ma’rifatning, maorif ishlarining faqatgina nazariyotchisi boʻlib qolmay, balki oʻlka maorifi rivojida amaliy tomondan ham jonbozlik koʻrsatdi. U Istanbul, Ufa, Qrim, Qozon, Orenburg kabi shahar va mamlakatlarni koʻrdi va bildi, "Yangi usul"ni turkistonliklar orasida birinchilar qatori amalda qoʻlladi. 1905 yilda Behbudiy tomonidan tashkil etilgan maktab Samarqand shahri yaqinidagi qishloqlarida edi. Tajriba sifatidagi bu maktabning shaharda emas, balki qishloqda ochilishining boisi bor edi. Chunki shaharda ushbu usulda oʻqitishga qarshi chiquvchilar hukumat tomonidan ham, mahalliy aholi tomonidan ham juda koʻp edi. Bu usulning muvaffaqiyatiga boshda mahalliy aholi ishonishmaydi. Lekin hamma ish juda silliq koʻchadi. Ota-onalar bu maktabda bolalarining juda tez savod chiqarayotganligini koʻrib, hayron boʻladi va shubhalana boshlaydilar.
Avvallari 3-4 yillarda oʻrganadigan narsalarni bolalar bir yilda oʻrganib olishgan edi. Koʻpchilik "tez oʻrgangan, tez esidan chiqaradi" deb xulosa qiladi. Lekin shogirdlar olgan bilimlarini unutish oʻrniga, kundan-kunga olgʻa qarab borayotgan edi. Behbudiy boshda shogirdlarga oddiy oʻquv-yozuvni oʻrgatgan boʻlsa, keyin "Haftiyak"ni oʻrgatishga kirishadi. Ushbu "Haftiyak ni oʻqitish jarayonida Behbudiyda yangi fikr paydo boʻladi. Endi u oʻz oʻquv dasturiga sistemali suratda arab tilini oʻqitishni kiritadi. Bundan tashqari, maktabda arifmetika, geografiya va shu kabi dunyoviy fanlar ham oʻqitilar edi. [2, 183]
Shogirdlar soni 40 talar atrofida boʻlib, 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar edi. Behbudiy maktabni koʻrish uchun yashiriqcha kelgan mahalliy aholi va mullalarni hamkorlikka chaqiradi. Lekin mullalarning bu taklifdan esxonalari chiqib, vahima koʻtarishadi. Ota-onalarning koʻpchiligi globusni koʻrib, oʻqituvchi Behbudiyning geografiya darsida "yer aylanadi", "quyosh erdan katta" degan soʻzlarini eshitib, uni "sha’riatga zid" narsalar haqida tashviqot qilishda ayblay boshlaydilar. Shunda Behbudiy erishgan shuncha muvaffaqiyatlariga qaramay. baribir, oʻziga bir hamkor, hammaslak, hamfikr kerak ekanligini anglaydi. Uning Samarqand shahri, Jomboy tumani, Rajabamin qishlogʻida oʻz hisobidan maktab ochib, bolalarga saboq berayotgan Abdulqodir Shakuriy bilan tanishuvi bu hamkorlikni boshlab berdi. [3, 150]. Jugʻrofiya fanidan shogirdlarga dars beradi. Behbudiy bu haqda "Turkiston viloyatining gazeti" da "...kamina raqami haruf ham haftaga bir-ikki marotaba borib tartib va prugrammalarini muallim ila bomashvarat tuzaturman. Jugʻrofiya va masohat toʻgʻrisinda ta’lim va imtihon qilarmiz. Xulosa, alhamdullilo, maktabni rivoji yaxshi va bir oz aqcha pul toʻgʻrisidan tazyiqi bordur", deydi. Bundan tashqari ushbu maktabda Behbudiyning jugʻrofiyadan dars berganligini Rahmatulla Rahimiy "Turkiston viloyatining gazeti"da oʻzining "Buzugʻ maktab usuli jadida bolasi", degan maqolasida ham eslab oʻtgan. [4, 550]
Behbudiyning ma’rifat yoʻlidagi xizmatlaridan yana biri buning omi xalq orasida ziyo tarqatmoq uchun tashkil etgan kutubxonasi edi. Behbudiy birinchi boʻlib Samarqandda musulmon kutubxonasini tashkil etish fikrini ahli ilm, aqraboyu ulamolar oldiga qoʻyadi va bu yoʻlda ularni hamjihatlikka chaqiradi. Oʻsha davrda bir qancha vaqt faoliyat koʻrsatib, ancha mashhur boʻlgan ushbu kutubxona haqida davning etakchi nashri sanalgan "Turkiston viloyatining gazeti" da xabarlar berib borilgan. Samarqandda kutubxona tashkil etish kabi xayrli niyat tugʻilganligi haqida "Turkiston viloyatining gazeti" da Behbudiy imzosi bilan "Ob otkritiye musulmanskoy biblioteki chitalniy v Samarkand Mutolaaxona" degan maqola bosiladi. Unda" "Samarqandda umumiy mutolaaxona - biblioteka, chitalniy ochmoq uchun oʻn ikki nafar muhtaram kishilar ila birga 27 bobdan iborat bir dastur, ustaf tuzib, janob baland darajalik Samarqand gubernatoriga topshurub edukki, inshoollo, qonunnoma jamiyati mustahkam boʻldi", deydi muallif.
U tugʻilib oʻsgan Turkiston yurti oʻsha davrda mustamlaka zulmi, jaholat domiga botgan edi. Ammo Behbudiy xalqni ilm orqali, ma’rifat orqali, uygʻoq tafakkur orqali oʻsha zulmatdan, nodonlikdan, befarqlikdan qutqarish mumkinligiga ishondi. Bu yoʻlda u hayotini fido qildi.
Behbudiy jadidchilik harakatining peshqadamlaridan biri boʻlib, eski, oʻzini oqlamagan uslublarni tanqid qilib, yangi hayot tarzi, yangi taʼlim tizimini ilgari surdi. Behbudiy, musulmon xalqlari orqada qolayotganining asosiy sababi – jaholat, ilmning yoʻqligi, ijtimoiy befarqlik va zoʻravonlik edi. Shu sababli u har bir islohotga, har bir yangilikka ilm va maʼrifat mezonida yondashgan.
Mahmudxoʻja Behbudiy butun faoliyatini xalqni ilm-maʼrifatli qilishga qaratdi. Ammo xalqni marifatli qilmoq uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Buning uchun u usuli jadid maktablari tarmogʻini kengaytirish maqsadida yangi oʻquv darsliklar yaratish, oʻquvchilarni oʻquv darsliklari bilan taʼminlash, kutubxonalar nashriyotlar tashkil qilish ishlari bilan muttasil shugʻullandi. 1904-1910-yillarda "Risolayi Asbobi savod" "Muntaxabi jugʻrofiya umumiy"(Qisqacha umumiy geografiya),"Kitobat ulaftol"(Bolalar maktublari), "Muxtasar tarixi islom"(Islomning qisqacha tarixi) darsliklarini yaratdi.
Savod alifbodan boshlanadi. Shuning uchun ham jadid pedagoglari"usuli savtiya "metodida faoliyat yuruta boshlagan.Maktablar uchun alifbo darsliklarini yaratishni esa birinchi darajali masala deb qaradilar. [1, 32b]
Behbudiy Oʻrta Osiyo adiblari ichida birinchi dramatik asar "Padarkushni"yaratdi. Behbudiy milliy teatr va dramaturgiyaga katta hisa qoʻshgan.
Ungacha mazkur hududda na turkiy na forsiy tilda dramma janrida birorta asar yaratilmagan edi. Bu asar orqali u oiladagi axloqiy inqiroz, jaholat va begonalashuv kabi muammolarni ochib bergan. Asarda ota-onaga nisbatan ehtiromsizlik, ilmga befarqlik va maʼnaviy tanazzul keskin tanqid qilinadi. Asarni dunyo koʻrishi oson kechmadi. Bunga sabab birinchidan rus imperiyasi hukumati mustamlaka Turkistonni maʼrifat yoʻliga kirib borib oʻzini madaniyatini singdirish edi. Ikkinchidan turgʻunlik va tutqunlik tufayli avj olgan jaholat, mutasaablik.
Xullas 1911-yilda yozilgan "Padarkush"drammasi 1913-yilda bosilib chiqqan. Kitob jildidagi "Borodino jangi va Rusiyaning fransuz bosqinidan halos boʻlish yubiley saxnasiga bagʻishlanadi degan yozuv" uning Tiflis senzurasi bilan chop etilishi shuni koʻrsatadiki ish oson koʻchmagan. [1, 52]
Mahmudxoʻja Behbudiy matbuotni xalqni uygʻotishning kuchli vositasi deb bilgan. 1906-yilda u “Taraqqiy” nomli gazeta chiqarishda katta rol oʻynagan. Bu gazetalar orqali u zamonaviy fanlar, siyosiy jarayonlar, xalqaro voqealar va mahalliy ijtimoiy muammolar haqida yozgan. 1913-yilda esa “Shuhrat” gazetasi nashr etiladi. Bu nashrlar orqali u xalqda fikrlash madaniyatini shakllantirishga intilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Abdurashidov Zaynobidin. Jadidlar. Mahmudxoʻja Behbudiy. T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. 156 b. 2. AYNIY S. Eski maktab.-Toshkent: Gʻafur Gʻulom. 1988 yil, 183-bet. 3. AYNIY S. Buxoro inqilobí tarixi uchun materiallar.-Samarqand-Toshkent:SSSR xalqlarining Markaziy nashriyoti. 1926 yil, 150-bet. 4. ADULLAYEV Y. Eski maktabda xat-savod oʻrgatish.-Toshkent: Oʻzbekiston. 1960 yil, 550-bet. 5. ALIYEV A. Mahmudxoʻja Behbudiy.-Toshkent:-Yozuvchi. 1994 yil, 32-bet. 6. Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va faoliyatining oʻrganilishi. "Ta’limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari" ilmiy konferensiya-T.: Rishton XTB, 2023.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.