ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINING INGLIZ TILIDA PRODUKTIV MULOQOT KO‘NIKMALARINI “VERSATILE” METODIKASI ORQALI RIVOJLANTIRISH

Аннотация

Maqolada maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda “Versatile” metodikasining pedagogik asoslari, tarkibiy elementlari va samaradorligi ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Metodikaning o‘yinli, musiqiy-harakatli va rolli-syujetli faoliyatlarga asoslanganligi sababli bolalarning tabiiy til o‘zlashtirish jarayoniga mos kelishi ta’kidlangan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 273 ⊰⊰--

ORQALI RIVOJLANTIRISH

Asiljonova Shohsanam Doniyorovna

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktori va

mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti 3- bosqich tayanch doktoranti

Annotatsiya:

Maqolada maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda “Versatile” metodikasining pedagogik asoslari, tarkibiy elementlari va samaradorligi ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Metodikaning o‘yinli, musiqiy-harakatli va rollisyujetli faoliyatlarga asoslanganligi sababli bolalarning tabiiy til o‘zlashtirish jarayoniga mos kelishi ta’kidlangan.

Kalit so`zlar: “Versatile”, metodologiya hamda bosqichlar, o`yinlar, harakatlar.

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini o‘qitish jarayoni bolalarning yosh xususiyatlari, psixologik ehtiyojlari va tabiiy faoliyati – o‘yin orqali o‘rganish bosqichiga tayangan holda amalga oshirilmoqda. Maktabga tayyorlov yoshida produktiv muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, ya’ni bola tomonidan mustaqil so‘zlash, dialog tuzish, vaziyatga mos ravishda javob berish, savol bera olishi kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega.

Tilni tabiiy, qiziqarli, harakatli va mazmunli faoliyatlar orqali o‘rgatish kommunikativta’limiy yondashuvning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda ishlab chiqilgan “Versatile” metodikasi bolalar uchun multimodal o‘quv muhiti yaratadi va ularni faol muloqot jarayoniga jalb etadi.

“Versatile” – bolalarga ingliz tilini tabiiy oʻzlashtirish usullarini qoʻllash yordamida amalga oshiriladi. Ushbu yondashuvga koʻra, bola ona tilini oʻzlashtirish jarayonida gaplar mazmunini mustaqil tushunib, ushbu iboralarga oʻz reaksiyalarini bosqichma-bosqich bildirish asosida oʻzlashtiradi. Mazkur jarayon bir qancha vaqt mobaynida davom ettirilgan holda bolaning mustaqil holda gapirib ketishiga- muloqot jarayoniga kirishiga olib keladi. Aynan shu holat “Versatile” metodini asosiy tamoyili hisoblanib, bolaga turli buyruqlar berish, xatti-harakatlarni koʻrsatib til oʻrgatish, kichik hajmdagi sheʼrlardan, quvnoq qoʻshiqlardan foydalanish orqali xorijiy tilda aynan muloqotga erkin kirib keta olishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Metodikaning asosiy maqsadi maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarda ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini o‘yin, harakatli qo‘shiqlar, she’rlar va rolli-syujetli faoliyatlar integratsiyasi orqali bosqichma-bosqich rivojlantirish.

Ushbu metodikaning vazifalari sifatida esa quyidagilarni keltirib o`ta olamiz:

1. Metodika asosiga kiritilgan interfaol faoliyatlarning lingvodidaktik imkoniyatlarini aniqlash.

2. Bolalarning tinglab tushunish, tezkor javob berish, dialogik nutqqa kirishish ko‘nikmalarini

shakllantirish.

3. Leksik birliklarni eslab qolish va faol nutqda qo‘llash imkonini yaratish.

4. Til o‘rganishga motivatsiya va ijobiy emotsional muhitni ta’minlash.

5. Tajriba-sinov jarayonida metodikaning samaradorligini ilmiy asoslash.

--⊱⊱ 274 ⊰⊰--

“Versatile” metodikasi tarkibi hamda pedagogik asoslarini quyidagicha talqin qilish o`rinlidir.

1. “Zukkojon says” o‘yini

Buyruq asosidagi harakatlar orqali listening comprehension, motor koordinatsiya va tezkor muloqotga tayyorlik shakllanadi. Krashen tomonidan taklif etilgan “comprehensible input” tamoyiliga to‘liq mos keladi.[3]

2. “Cheerful and lively songs” — harakatli qo‘shiqlar

Ritm, intonatsiya va so‘z-harakat uyg‘unligi bolalarda fonetik ko‘nikmalar va emotsional ishtirokni kuchaytiradi.[4]

3. “Action Poems” — harakatli she’rlar

Multisensor faoliyat orqali eslab qolish osonlashadi, semantik maydon mustahkamlanadi, ijodiy nutq rivojlanadi.

4. “Finger doll” — rolli-syujetli o‘yin

Vygotskiyning “ijtimoiy o‘rganish” nazariyasiga tayanib, bola muloqotni o‘yin orqali o‘zlashtiradi. Rolga kirish, dialog yaratish, ijtimoiy nutq shakllanadi.[6]

5. “Fly swatter” o‘yini

Leksik birliklarni tezkor tanlash, tasvirni moslashtirish, so‘zlarni faol nutqqa olib kirish ko‘nikmalarini kuchaytiradi. Ayniqsa, vocabulary activation jarayonida samarali hisoblanadi.

“Versatile” metodikasining maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarda amalda qo`llanilishi ushbu metodika uchun ishlab chiqilgan tadqiqot metodologiyasi hamda uning olib borilish bosqichlarini ishlab chiqishni bevosita talab qiladi. Shunga ko`ra quyidagi bosqichlar keltirib o`tilgan:

1-Aniqlovchi bosqich:

- Bolalarning dastlabki muloqot ko‘nikmalari diagnostikasi (kuzatish, suhbat, nazorat

topshiriqlari).

- Ingliz tili o‘qitish jarayonining psixolingvistik asoslarini o‘rganish.

- Tadqiqot uchun eksperimental va nazorat guruhlarini shakllantirish.

2-Tajriba-sinov bosqichi

- “Versatile” metodikasining 5 metodi asosida muntazam mashg‘ulotlar tashkil etildi.

- Har bir mashg‘ulotda bolalarning muloqotga kirishish faolligi, nutq tempining o‘zgarishi

va leksik rivojlanish dinamikasi kuzatildi.

- Fanlararo integratsiya (musiqa, tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya) qo‘llandi.

3-Nazorat va taqriz bosqichi

- Eksperimental va nazorat guruhlarining o‘zlashtirish natijalari taqqoslandi.

- Kuzatuv jurnallari, audiovizual yozuvlar, testlar orqali natijalar tahlil qilindi.

- Mutaxassislar tomonidan metodik taqriz olish orqali yondashuvning didaktik ahamiyati

baholandi.

Ushbu bosqichlar asosida ish olib borilganda “Versatile” metodikasini qo‘llash orqali mashg`ulotlar olib borish quyidagi natijalarga olib keladi:

1. Ingliz tilida sodda dialoglar tuzish, suhbatga kirishish, savol-javob qilish ko‘nikmalari

mustahkamlanadi.

2. Leksik boylikning kengayishi va uni kontekstda qo‘llay olish qobiliyati shakllanadi.

3. Talaffuz, ritm, intonatsiya va nutq madaniyati yaxshilanadi.

4. Bolalarda muloqotga kirishish, o‘z fikrini ifodalashga nisbatan ishonch ortadi.

5. Tabiiy til muhiti, multimodal metodlar va faol ishtirok asosida o‘zlashtirish sur’ati oshadi.

--⊱⊱ 275 ⊰⊰--

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Versatile” metodikasi bolalar uchun moslashtirilgan, o‘yinli, harakatli, emotsional jihatdan boy o‘quv muhiti yaratib, ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini samarali rivojlantiradi. Metodika kommunikativ yondashuv talablari asosida shakllangan bo‘lib, tilni tabiiy o‘rganishning lingvodidaktik tamoyillariga mos keladi.

O‘yinlar bolalarning nutqiy faoliyatga jalb qilinishini kuchaytiradi, musiqiy-harakatli faoliyatlar fonetik va ritmik kompetensiyani rivojlantiradi, rolli-syujetli mashg‘ulotlar esa muloqotning mazmuniy yo‘nalishini kengaytiradi. Natijada bolalarning ingliz tilida faol, mustaqil, mazmunli muloqotga kirishish darajasi sezilarli ravishda oshadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Cameron, L. (2001). Teaching languages to young learners. Cambridge University Press.

2. Ellis, R. (2003). Task-based language learning and teaching. Oxford University Press.

3. Krashen, S. (1982). Principles and practice in second language acquisition. Pergamon.

4. Murphey, T. (1992). Music and song. Oxford University Press.

5. Slatterly, M., & Willis, J. (2001). English for primary teachers. Oxford University Press.

6. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological processes. Harvard University Press.

7. Wright, A., Betteridge, D., & Buckby, M. (2006). Games for language learning (3rd ed.). Cambridge University Press.

8. Phillips, S. (1993). Young learners. Oxford University Press

9. Abdullayeva N.Sh. Maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining menejerlik koʻnikmasini

shakllantirishga zamonaviy yondashuvlar// Mugʻallim hәm үzliksiz bilimlendirioʻ» № 1/1

Nөkis — 2025 B 360-368

10. Abdullayeva N.Sh. Maktabgacha ta’limda xalqaro hamkorlik ta’lim sifatini oshirish omili

sifatida// ҚДПИ «Мактабгача таълимда халқаро тажрибалар ва замонавий

ёндашувлар » mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami 15

май 2024 йил Б 305-308

11. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by

Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development

(IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence

in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 – 6470 2021/

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.