--⊱⊱ 174 ⊰⊰--
TUSHUNCHASI VA UNING AHAMIYATI
Kattahoʻjayeva Shaxlohon Bohodirovna
Maktabgacha taʼlim tashkiloti director
mutahassislarini qayta tayyorlash
va ularni malakasini oshirish instituti
“maktabgacha va musiqiy taʼlim”
kafedra katta oʻqituvchisi
Telefon +998998350075
Annotatsiya: Maqolada ushbu yosh davrida kuzatiladigan emotsional reaksiyalar, ijtimoiy moslashuv jarayonlari hamda pedagogik qoʻllab-quvvatlashning samarali usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, tarbiyachi va ota-onalarning mazkur jarayondagi oʻrni, rivojlanishni qoʻllabquvvatlovchi muhit yaratishning ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy misollar asosida asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari 4–5 yoshli bolalarda ijtimoiy-emotsional koʻnikmalarni shakllantirish ularning kelajakdagi oʻquv faoliyati, shaxsiy rivojlanishi va jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvi uchun muhim poydevor boʻlishini koʻrsatadi.
Аннотация: В статье анализируются эмоциональные реакции, наблюдаемые в данном возрастном периоде, процессы социальной адаптации, а также эффективные педагогические методы поддержки. Кроме того, обосновано значение роли воспитателя и родителей в данном процессе, а также создание развивающей и поддерживающей среды на основе научно-теоретических и практических материалов. Результаты исследования показывают, что формирование социально-эмоциональных навыков у детей 4–5 лет является важной основой для их дальнейшей учебной деятельности, личностного развития и успешной адаптации в обществе.
Annotation: The article analyzes the emotional reactions observed during this age period, the processes of social adaptation, and effective pedagogical methods of support. In addition, the importance of the role of educators and parents in this process, as well as the creation of a supportive and developmental environment, is substantiated based on theoretical and practical evidence. The research results show that the formation of social-emotional skills in children aged 4–5 serves as an important foundation for their future learning activities, personal development, and successful adaptation to society.
Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, 4–5 yoshli bolalar, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, emotsional barqarorlik, ijtimoiy moslashuv, hamdardlik, oʻzini boshqarish, muloqot koʻnikmalari, shaxsiy rivojlanish, emotsional intellekt, tarbiyachi roli, ota-ona ishtiroki, bolalar psixologiyasi.
Ключевые слова: дошкольное образование, дети 4–5 лет, социально-эмоциональное развитие, эмоциональная устойчивость, социальная адаптация, эмпатия, саморегуляция, коммуникативные навыки, личностное развитие, эмоциональный интеллект, роль воспитателя, участие родителей, детская психология.
Keywords: preschool education, children aged 4–5, social-emotional development, emotional stability, social adaptation, empathy, self-regulation, communication skills, personal development, emotional intelligence, role of the educator, parental involvement, child psychology.
Bola oʻz his-tuygʻularini anglay olgan, ularni nazorat qilgan va boshqalar hissiyotiga eʼtiborli boʻlgan taqdirda, u ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli, barqaror, masʼuliyatli shaxs sifatida
--⊱⊱ 175 ⊰⊰-- shakllanadi. Aynan maktabgacha yosh davri bolaning emotsional sohasini asosli rivojlantirish va ijtimoiy munosabatlar tamoyillarini singdirish uchun eng qulay va qudratli bosqich hisoblanadi.
Ijtimoiy-emotsional rivojlanish quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzini anglashi – bola oʻz ismi, qobiliyatlari, ehtiyoj va hissiyotlarini farqlay oladi. Histuygʻularni ifoda etishi va boshqarishi – quvonch, xafa boʻlish, gʻazab, xavotir kabi his-tuygʻularni soʻz orqali yoki mimika-harakatlar bilan ifodalay olishi, ularni oʻzlashtira bilishi. Empatiya – boshqalarning his-tuygʻularini tushunish va ularga nisbatan munosabat bildirishi (yordam berish, tinchlantirish, boʻlishish).
Muloqot va ijtimoiy muomala – doʻstlar bilan muloqot qilish, oʻyinlarda navbat kutish, umumiy qoidalarni tushunish va ularga amal qilish.
Jamoaga qoʻshila olish – oʻzini jamoa aʼzosi deb his qilish, boshqalarning fikrini eshitish, bahsli vaziyatlarni hal qilishga intilish.
Metodik ahamiyati:
Ijtimoiy-emotsional rivojlanish bolalarda:
Muloqot va til oʻsishini tezlashtiradi; oʻyin, hamkorlik va jamoaviy faoliyatlarda ishtirokni oshiradi; ijobiy xulq-atvorni shakllantiradi; oʻziga ishonch va boshqalarga hurmat bilan munosabatda boʻlishga asos yaratadi; maktabga psixologik va ijtimoiy tayyorgarlikni mustahkamlaydi.
Emotsiyalarni soʻzlar orqali ifodalashni oʻrgating: “Siz xafa boʻldingizmi?”, “Siz quvondingizmi?”.
Har bir bolaning his-tuygʻusini tan oling, ijobiy ragʻbat bering. Konflikt holatlarida vaziyatni tinchlantirish uchun vositachilik qiling. Hissiy oʻyinlar, dramatik rollar, mimika oʻyinlarini koʻproq joriy eting.
Oʻrta guruh (4-5 yosh)
Bu bosqichda bola oʻz va boshqalarning his-tuygʻularini anglashda sezilarli
oʻsishni namoyon eta boshlaydi. Ular “Nima uchun?” degan savollarni koʻp beradi va boshqalarning reaktsiyalariga nisbatan qiziqish uygʻona boshlaydi. Jamoada oʻynash va guruhda oʻzini tutish koʻnikmalari shakllanadi.
Asosiy xususiyatlar:
Empatiya (boshqaning hissiyotini tushunish) rudimentar (hali toʻliq shakllanmagan, boshlangʻich darajadagi fikrlash) shaklda paydo boʻladi.
Oddiy ijtimoiy qoidalarni tushunadi: navbat kutish, yordam berish, salomlashish.
Doʻstona munosabatlarga intilish kuchayadi, “doʻst” tushunchasi shakllanadi.
Hissiy holatini tushuntira oladi: “Men xursandman, chunki...”, “Men xafa boʻldim, chunki...”.
Oʻz xatti-harakatlariga baho bera boshlaydi, ijobiy ragʻbatni qadrlaydi.
Oʻyin davomida murosaga kelish, navbat bilan harakat qilish, oʻyin qoidalariga rioya qilishga harakat qiladi.
Pedagogik tavsiyalar:
Hissiyotlar haqida suhbatlar tashkil eting: “Bugun oʻzingizni qanday his qilyapsiz?”.
Doʻstlik, yordam, mehr-oqibat haqida ertak va hikoyalarni muhokama qiling.
Jamoaviy rolli oʻyinlar orqali ijtimoiy rollarni oʻrgating (doʻst, sotuvchi, mehmon).
Bahsli vaziyatlarni hal qilish usullarini bolalar bilan birga muhokama qiling: “Agar kimdir sizning oʻyinchingizni olib qoʻysa, nima qilasiz?” Ijtimoiy-emotsional rivojlanishning yoshga xos bosqichlarini chuqur anglash orqali pedagoglar har bir bolaning ehtiyojiga mos metodlarni tanlay oladi. Bolaning oʻz hissiyotlarini anglab, ularni boshqarishni oʻrganishi – u maktabga tayyor boʻlishining muhim mezonlaridan biridir. Shu bois, har
--⊱⊱ 176 ⊰⊰-- bir yosh davrida ijtimoiy-emotsional muhitni toʻgʻri tashkil etish pedagogik faoliyatning muhim jihatidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanishni qoʻllab- quvvatlashda taʼlimiy faoliyatlar va oʻyinlar muhim oʻrin tutadi. Oʻyinlar orqali bola his-tuygʻularini anglaydi, boshqalarning holatiga baho berishni oʻrganadi, oʻz xatti-harakatlarini nazorat qilishga intiladi va jamoada oʻzini tutish qoidalarini egallaydi.
Taʼlimiy faoliyatlar bolaning shaxsiy hissiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, individual va guruh shaklida tashkil qilinishi lozim. Quyida 3-5 yoshli bolalarga mos ijtimoiy-emotsional koʻnikmalarni rivojlantiruvchi baʼzi oʻyin va taʼlimiy faoliyat namunalari keltiriladi.
Faoliyat mavzusi: “Hissiyot yuzlari”
Maqsad: Bolalarda asosiy emotsiyalarni (xursandlik, xafalik, qoʻrquv, gʻazab, hayrat) farqlash, nomlash va ifoda etish koʻnikmasini rivojlantirish.
Kerakli johozlar: Emotsiyalar ifodalangan suratlar, koʻzoynak, niqoblar, oynacha.
Pedagog har xil hissiyotni ifodalovchi suratlarni koʻrsatadi. Har bir suratda qanday emotsiya tasvirlangani haqida bolalar fikr bildiradi. Bola oʻz tajribasidan misollar keltiradi: “Men qachon xursand boʻlganman?”, “Nega yigʻlagan edim?”
Mimika orqali hisni koʻrsatish vazifasi beriladi (masalan, “Gʻazablangan yuzni koʻrsat!”).
Boshqa bolalar bu emotsiyani topib aytishadi.
Natija: Bola emotsiyani tan olish, nomlash va ifoda etishni oʻrganadi.
Empatiya boshlangʻich koʻnikmalari shakllanadi.
Faoliyat mavzusi: “Men va doʻstim”
Maqsad: Musiqa vositasida hissiy holatlarni anglash va ifoda etish, emotsional sezgirlikni rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Turli ohangdagi musiqiy parchalar (shodiyona, sekin, keskin, hayratli). Pedagog musiqa chaladi – bola bu ohangga mos hissiy holatni nomlaydi. Bolalarga “Ushbu musiqaga mos harakat qiling” deb topshiriq beriladi. Harakatlar va mimika orqali musiqaning emotsional kayfiyatini ifoda
etishadi. Natija: Bolalar musiqani tinglab, u orqali oʻz his-tuygʻularini tan olish va
ifodalashni oʻrganadi. Sezgi va emotsional sezgirlik rivojlanadi. Taʼlimiy faoliyatlar va oʻyinlar orqali bola nafaqat oʻz hissiyotlarini anglaydi va ifodalaydi, balki boshqalarning hissiy holatiga nisbatan eʼtiborli boʻlishni, munosabatlar oʻrnatishni, jamoadorlik va murosani oʻrganadi. Bunday faoliyatlar, shuningdek, bolada oʻz-oʻzini boshqarish va tan olish, empatiya va
sotsial masʼuliyat tuygʻularini shakllantirishda asosiy vosita hisoblanadi.
Pedagogik tavsiyalar
Ijtimoiy-emotsional rivojlanish maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik salomatligi, muloqot madaniyati, shaxs sifatida shakllanishi va kelajakdagi ijtimoiy faoliyatlariga mustahkam poydevor yaratadi. Shu bois, pedagoglar ushbu yoʻnalishda maqsadli, ongli va tizimli faoliyat olib borishlari zarur. Quyidagi tavsiyalar pedagoglar uchun amaliy yoʻriqnoma boʻlib xizmat qiladi:
Emotsional xavfsiz muhit yarating!
Har bir bola oʻzini qadrlangan, eshitilgan va qabul qilingan his qiladigan sinf muhitini yarating.
Bolaning his-tuygʻulariga eʼtibor bering, uni soʻz bilan qoʻllab-quvvatlang (“Sen xafasan, men buni tushunyapman”).
Tanbeh oʻrniga, bolaga xatoni tushunish imkonini bering va toʻgʻri yoʻlni koʻrsating.
His-tuygʻularni anglash va ifoda etishni oʻrgating!
--⊱⊱ 177 ⊰⊰--
Har kuni suhbat orqali bolaning kayfiyati haqida soʻrang (“Bugun oʻzingni qanday his qilyapsan?”).
“Hissiyot yuzlari” kartochkalari, rasm chizish, hikoya tuzish orqali bola emotsiyalarini bildirishga imkon yarating.
Bola qanday emotsiyani boshdan kechirayotganini aniqlashda unga yordam bering.
Muloqot va hamkorlik koʻnikmalarini rivojlantiring!
Juftlik va kichik guruhli ishlarda bolalarga bir-birlari bilan fikr almashish, yordam soʻrash, navbat kutish, baham koʻrishni mashq qildiring.
Konfliktli vaziyatlarda bolalarga tinch muhokama qilish va murosa qilish yoʻllarini oʻrgating.
Har bir faoliyatdan soʻng bolalarga sherigi haqida ijobiy fikr aytish imkoniyatini bering.
Ijobiy ijtimoiy xulqni ragʻbatlantiring!
Yaxshi xatti-harakatlarni bevosita nomlab maqtang: “Sen doʻstinga yordam berding, bu juda yaxshi ish!”
Barcha bolalar uchun umumiy ragʻbatlantirish emas, individual yutuqlarni eʼtirof eting.
Bola notoʻgʻri ish qilganda, uning xatti-harakatini emas, holatni muhokama qiling.
Rolli va emotsional oʻyinlarga keng oʻrin bering!
Bolalar uchun “Doʻkonda oʻynaymiz”, “Shifokor va bemor”, “Uyda mehmon bor” kabi rolli oʻyin ssenariylarini tayyorlang.
Emotsiyalarni tushunishga yoʻnaltirilgan musiqiy oʻyinlar, dramatizatsiyalar va his-tuygʻu asosidagi hikoyalarni faol qoʻllang.
Har bir rolli oʻyin yakunida refleksiya (“Nima boʻldi?”, “Senga nimasi yoqdi?”, “Qanday his qilding?”) oʻtkazing.
Individual farqlarni hisobga oling!
Har bir bolaning emotsional ehtiyojlari, feʼl-atvori va temperamentiga koʻra yondashing.
Kamgap yoki tortinchoq bolalarga alohida yondashuv orqali ishonchli muloqot muhiti yarating.
Ijtimoiy faolligi past bolalarni katta guruhdan kichik guruhlarga bosqichma-bosqich jalb eting.
Ota-onalar bilan hamkorlik qiling!
Ota-onalarga bolalarning emotsional holati va ijtimoiy xatti-harakati haqida muntazam maʼlumot bering. Uy sharoitida qanday qoʻllab-quvvatlash mumkinligi haqida amaliy tavsiyalar bering (masalan, bolalar bilan birga his-tuygʻular haqida suhbatlashish, birgalikda oʻyinlar oʻynash).
Ota-onalar uchun “Emotsional tarbiya” mavzusida seminarlar, treninglar oʻtkazing.
Ijtimoiy-emotsional rivojlanishni samarali taʼminlash – nafaqat bolalarning his-tuygʻularini boshqarishi va ijtimoiy xatti-harakatlarni egallashi, balki ularning oʻziga boʻlgan ishonch, empatiya, hamkorlik va muloqot madaniyatini shakllantirishda muhim omildir. Pedagoglar har bir bolaga eʼtiborli, mehribon va sezgir yondashganlarida, ularning ijtimoiy-emotsional jihatdan barqaror shaxs boʻlib kamol topishiga asos yaratgan boʻladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishini aniqlash, eng samarali va tabiiy yondashuvlardan biri bu – pedagogik kuzatuvdir. Pedagogik kuzatuv bolalarning real muhitda, kundalik faoliyat jarayonida qanday harakat qilishi, his-tuygʻularini qanday ifoda etishi, atrofdagilar bilan qanday munosabatda boʻlishi haqida obʼektiv tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Ushbu kuzatuvlar orqali pedagog bolaning individual rivojlanish surʼatini, ehtiyojlarini, qiyinchiliklarini va yutuqlarini aniqlashi, shuningdek, tarbiyaviy va taʼlimiy yondashuvlarini moslashtirishi mumkin.
Pedagogik kuzatuvlarning asosiy maqsadlari:
Bolaning emotsional holati, hissiyotlarni anglash va ifoda etish darajasini aniqlash;
--⊱⊱ 178 ⊰⊰--
muloqot madaniyati va ijtimoiy munosabatlarga tayyorlikni kuzatish; empatiya, hamdardlik, yordamga tayyorlik kabi sifatlarni kuzatish; jamoaviy faoliyatda oʻzini tutish, navbat kutish, guruhda ishtirok etish darajasini tahlil qilish; stress, tortinchoqlik, tajovuzkorlik yoki befarqlik kabi salbiy emotsional belgilarni erta aniqlash.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” qonuni // 2019- yil 16-dekabr OʻRQ-595-son // www.lex.uz.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” qonuni // 2020-yil 23-sentabr OʻRQ-637- son // www.lex.uz.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152- son farmoni // www.lex.uz.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 21- iyundagi PQ–231-son qarori // www.lex.uz.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2024-yil 20- dekabrdagi 867-son qarori // www.lex.uz.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 22- dekabrdagi 802-son qarori // www.lex.uz.
7. Grosheva I.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Yevstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi (2-nashr), – Toshkent, 2022- yil.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.