ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAKTABGACHA 6-7 YOSHDAGI BOLALARNING MANTIQIY FIKRLASH JARAYONINING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha 6–7 yoshdagi bolalarning mantiqiy fikrlash jarayonining psixologik asoslari ochib beriladi. Mantiqiy fikrlashning shakllanishi, unga taʼsir etuvchi psixologik omillar, kognitiv jarayonlarning mazmuni, shuningdek, tafakkurning rivojlanish bosqichlari ilmiy manbalar asosida tahlil etiladi. Mazkur yosh davrida diqqat, xotira, tasavvur, nutq va ijtimoiy muhitning bola tafakkuriga koʻrsatadigan taʼsiri izohlanadi hamda mantiqiy fikrlashni shakllantirish mexanizmlari bayon qilinadi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 260 ⊰⊰--

JARAYONINING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Sultonova Sitora Zarif qizi

Toshkent viloyati Pedagogik Mahorat

Markazi “Maktabgacha, boshlangʻich

va maxsus taʼlim metodikasi”

kafedrasi oʻqituvchisi

Babayeva Dono Razzakovna

Nizomiy nomidagi OʻzMPU

“Maktabgacha taʼlim metodikasi”

kafedrasi prof.p.f.n

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha 6–7 yoshdagi bolalarning mantiqiy fikrlash jarayonining psixologik asoslari ochib beriladi. Mantiqiy fikrlashning shakllanishi, unga taʼsir etuvchi psixologik omillar, kognitiv jarayonlarning mazmuni, shuningdek, tafakkurning rivojlanish bosqichlari ilmiy manbalar asosida tahlil etiladi. Mazkur yosh davrida diqqat, xotira, tasavvur, nutq va ijtimoiy muhitning bola tafakkuriga koʻrsatadigan taʼsiri izohlanadi hamda mantiqiy fikrlashni shakllantirish mexanizmlari bayon qilinadi.

Kalit soʻzlar: mantiqiy fikrlash, psixologik rivojlanish, maktabgacha taʼlim, tafakkur, kognitiv jarayonlar, diqqat, xotira, nutq.

Annotation: This article examines the psychological foundations of logical thinking in preschool children aged 6–7. It analyzes the formation of logical thinking, the psychological factors influencing it, the content of cognitive processes, as well as the stages of cognitive development based on scientific sources. The impact of attention, memory, imagination, speech, and the social environment on a childʼs thinking at this age is explained, and the mechanisms for developing logical thinking are outlined.

Keywords: logical thinking, psychological development, preschool education, cognition, cognitive processes, attention, memory, speech.

Аннотация: В данной статье раскрываются психологические основы процесса логического мышления у дошкольников в возрасте 6–7 лет. Анализируются формирование логического мышления, психологические факторы, влияющие на него, содержание когнитивных процессов, а также этапы развития мышления на основе научных источников. Объясняется влияние внимания, памяти, воображения, речи и социальной среды на мышление ребёнка данного возрастного периода, а также описываются механизмы формирования логического мышления.

Ключевые слова: логическое мышление, психологическое развитие, дошкольное образование, мышление, когнитивные процессы, внимание, память, речь.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishida mantiqiy fikrlash jarayonining shakllanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 6–7 yosh oraligʻi bola tafakkurining sifat jihatdan oʻzgarishi, obrazli fikrlashdan mantiqiy fikrlashga oʻtish bosqichi sifatida eʼtirof etiladi. Bu jarayon bolaning kognitiv rivoji, aqliy faoliyati, nutqiy kompetensiyasi hamda ijtimoiy tajribasi bilan

--⊱⊱ 261 ⊰⊰-- chambarchas bogʻliqdir. Psixologiyada mantiqiy fikrlash tahlil, sintez, solishtirish, umumlashtirish, tasniflash kabi aqliy operatsiyalar majmuasi sifatida tushuniladi. Aynan ushbu operatsiyalarni anglash, qoʻllash va mustahkamlash 6–7 yosh davrida faol rivojlanadi. Jahon psixologlari, xususan J. Piaje tadqiqotlarida ushbu yoshdagi bolalar tafakkuri “preoperatsion” bosqichdan “konkret operatsion” tafakkur bosqichiga oʻtishi qayd etilgan. Bu shuni anglatadiki, bolalar avvalgi bosqichlarda voqelikni asosan tashqi belgilariga tayanib idrok qilgan boʻlsalar, 6–7 yoshga kelib ularning fikrlash jarayoni mazmuniy, mantiqiy bogʻlanishlar asosida shakllanadi. Ular predmetlar va hodisalar orasidagi oʻxshashlik va farqlarni aniqlay olish, predmetlarni umumiy belgilari asosida guruhlarga ajratish, sabab–natija munosabatlarini tushuntirishga urinishi bilan ajralib turadi. Mantiqiy fikrlashning shakllanishi bolaning psixik rivojida murakkab, ammo izchil amalga oshuvchi jarayondir. Bu jarayonga bir nechta asosiy psixologik omillar taʼsir koʻrsatadi. Ulardan birinchisi — diqqatning rivojlanishidir. 6–7 yoshda bola ixtiyoriy diqqatni maʼlum vaqt davomida saqlab turishga qodir boʻla boshlaydi. U mashgʻulot davomida oʻz faoliyatini boshqarish, topshiriqqa eʼtiborni qaratish, diqqatning barqarorligini taʼminlash imkoniga ega boʻladi. Bu esa mantiqiy operatsiyalarni bajarishga yordam beradi. Ikkinchi muhim omil — xotiraning, ayniqsa mantiqiy (mazmunli) xotiraning rivojlanishidir. Bola endi maʼlumotni faqat takrorlash orqali emas, balki mazmunni anglab eslab qoladi. Xotiraning bunday turi mantiqiy bogʻlanishlarni aniqlashga tayanadi, bu esa fikrlashni yanada chuqurlashtiradi. Nutq esa mantiqiy fikrlashning eng muhim psixologik omillaridan biri hisoblanadi. 6–7 yoshli bola tushunchalarni izohlash, vaziyatni soʻz bilan ifodalash, mantiqiy izchillikda gap tuzish, sababni asoslash kabi koʻnikmalarga ega boʻla boshlaydi. Nutqi boyigan sari uning fikr yuritish darajasi ham ortadi. A.V. Vygotskiy taʼriflaganidek, nutq tashqi muloqot vositasidan ichki nutq – yaʼni fikrlash vositasiga aylana boradi. Shu sababli nutq qanchalik rivojlangan boʻlsa, tafakkur ham shunchalik faol va mazmunli kechadi. Shuningdek, tasavvur bolalarning mantiqiy tafakkuriga tayanch sifatida xizmat qiladi. Tasavvur yordamida bola predmetlarni ongida modellashtiradi, ularni taqqoslaydi, faraz qilinadigan vaziyatlarni tasavvurida sinovdan oʻtkazadi. Tasavvur va mantiqiy fikrlash oʻrtasidagi bu oʻzaro bogʻliqlik bola tafakkurining moslashuvchan va ijodiy boʻlishini taʼminlaydi. Bundan tashqari, ijtimoiy muhit, tarbiya, kattalar bilan muloqot, pedagogik taʼsirlar ham bola fikrlash jarayoniga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Kattalar tomonidan beriladigan savollar, yoʻnaltirilgan muloqot, ragʻbatlantirish, muammoli vaziyat yaratish mantiqiy operatsiyalarni shakllantiradi va mustahkamlaydi. 6–7 yoshdagi bolalarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun didaktik oʻyinlar, konstruktorlar, rang, shakl, miqdor asosida solishtirish, predmetlarni guruhlarga ajratish, ortiqcha elementni topish, ketma-ketlikni tiklash kabi metodlardan foydalanish yuqori samara beradi Mantiqiy fikrlashi shakllangan bola maktabda matematik savodxonlikni, oʻqish jarayonini, tahlil va tushunish koʻnikmalarini oson egallaydi. Shuningdek, fikrlashning bunday shakli unga atrof-muhitni anglash, muammoni hal qilish, tahliliy qarashlarni shakllantirish, oʻz fikrini asoslash kabi koʻnikmalarni beradi. Shu bois 6–7 yoshli bolalarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish psixologik, pedagogik va ijtimoiy rivojlanish uchun mustahkam zamin yaratadi. Maktabgacha 6–7 yosh davri bolaning psixik rivojlanishida eng sezilarli oʻzgarishlar sodir boʻladigan bosqichlardan biridir. Mantiqiy tafakkurning rivojida yana bir muhim omil — muammoli vaziyatlarning psixologik samarasidir. Agar pedagog yoki ota-ona bola oldiga hal etish uchun kichik muammo qoʻysa, bola uni yechish jarayonida bir nechta fikrlash operatsiyalarini bajarishga majbur boʻladi. Masalan, “Nega oʻyinchoq ishlamayapti?”, “Bu rasmda ortiqcha narsa qaysi?”, “Nega bu qush uchadi, boshqa hayvonlar ucha olmaydi?” kabi savollar bola tafakkurini faollashtiradi, ularni tahlil qilishga undaydi. Bunday savollar bolaning mustaqil fikrlash koʻnikmasini rivojlantiradi, uning intellektual faolligini kuchaytiradi. Shu nuqtai nazardan, Vygotskiy tomonidan

--⊱⊱ 262 ⊰⊰-- ilgari surilgan “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi muhim hisoblanadi. Mazkur nazariyaga koʻra, bola katta yoki tengdoshlarning koʻmagida oʻzi mustaqil bajara olmaydigan vazifalarni bajara oladi. Demak, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda kattalar tomonidan beriladigan yoʻnaltiruvchi savollar, koʻrsatmalar, misollar, tushuntirishlar hal qiluvchi rol oʻynaydi. Bu koʻmak asta-sekin kamayib borishi, bola esa mustaqil fikr yuritish koʻnikmasiga ega boʻlishi lozim. Mantiqiy fikrlashni kuchaytirishda oʻyin faoliyatining ahamiyati beqiyosdir. Oʻyin davomida bola ijtimoiy rollarni bajaradi, voqealarni ishlab chiqadi, syujet tuzadi, boshqalar bilan muloqot qiladi, bu esa fikrlashning rivojiga ragʻbat beradi. Konstruktor oʻyinlari bolaga tahlil, sintez, muvozanatni saqlash, reja tuzish, natijani oldindan koʻra bilish koʻnikmalarini beradi. Stol oʻyinlari esa strategik fikrlash, ketmaketlikni anglash, qoidalarga rioya qilishni oʻrgatadi. Bu koʻnikmalar barchasi mantiqiy fikrlashning komponentlari hisoblanadi. Nutq faoliyatining boyishi ham mantiqiy fikrlashni sezilarli darajada rivojlantiradi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mantiqiy fikrlash bolaning psixik taraqqiyotida asosiy oʻrin tutadi va uning shakllanishi bir necha psixologik komponentlarning oʻzaro uygʻunlashuvi orqali kechadi. 6–7 yoshda bu jarayon tabiiy ravishda jadallashadi, shu sababli pedagogik jarayon mazkur ehtiyojga mos ravishda tashkil etilishi zarur. Toʻgʻri yoʻnaltirilgan tarbiya va taʼlim bolaning tafakkur salohiyatini kengaytirib, uning intellektual rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Maktabgacha taʼlim boʻyicha davlat taʼlim standarti va dasturi (DTS). — Toshkent, 2020.

2. Abdurahmonova N.X. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. — Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021.

3. Qodirova F.R. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi va psixologiyasi. — Toshkent: OʻzMU nashriyoti, 2018.

4. Zokirova R.A. Maktabgacha taʼlim psixologiyasi. — Toshkent: Fan, 2015.

5. Vygotskiy L.S. Bolalar psixologiyasi va rivojlanish nazariyasi. — Moskva: Pedagogika, 1991.

6. Piaje J. Bola tafakkuri va nutqi. — Moskva: Akademiya, 2003.

7. Elkonin D.B. Bolalar psixik rivojlanishining psixologik asoslari. — Moskva: Oʻqituvchi, 1989.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.