ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI KASBLAR BILAN TANISHTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR INTEGRATSIYASI

Аннотация

         Maqolada maktabgacha katta yoshdagi (5-7 yosh) bolalarni kasblar bilan tanishtirish jarayonining metodik taʼminoti masalalari koʻrib chiqilgan. Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni kasblar bilan tanishtirish boʻyicha metodik taʼminotning yetarli emasligiga eʼtibor qaratilgan. Tadqiqot doirasida bolalarda kasblar haqidagi tasavvurlarning shakllanish bosqichlari (boshlangʻich, asosiy va tayyorgarlik bosqichlari) belgilab berilgan. Maqolada L.S. Vygotskiy, A.N. Leontʼev, D.B. Elkonin kabi taniqli psixologlarning nazariy qarashlariga tayanib, oʻyin faoliyatining maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish jarayonidagi roli asoslantirilgan. Metodik taʼminotni takomillashtirish yoʻllari tavsiya etilgan, jumladan, evristik suhbatlar, ekskursiyalar, oʻyin va tasviriy faoliyat, kasbiy bayramlar bilan tanishtirish kabi zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 7 ⊰⊰--

TANISHTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR INTEGRATSIYASI

Ahmedova Lola Abdivasi qizi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor

va mutaxassislarini qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish instituti

tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Maqolada maktabgacha katta yoshdagi (5-7 yosh) bolalarni kasblar bilan tanishtirish jarayonining metodik taʼminoti masalalari koʻrib chiqilgan. Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni kasblar bilan tanishtirish boʻyicha metodik taʼminotning yetarli emasligiga eʼtibor qaratilgan. Tadqiqot doirasida bolalarda kasblar haqidagi tasavvurlarning shakllanish bosqichlari (boshlangʻich, asosiy va tayyorgarlik bosqichlari) belgilab berilgan. Maqolada L.S. Vygotskiy, A.N. Leontʼev, D.B. Elkonin kabi taniqli psixologlarning nazariy qarashlariga tayanib, oʻyin faoliyatining maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish jarayonidagi roli asoslantirilgan. Metodik taʼminotni takomillashtirish yoʻllari tavsiya etilgan, jumladan, evristik suhbatlar, ekskursiyalar, oʻyin va tasviriy faoliyat, kasbiy bayramlar bilan tanishtirish kabi zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, kasbga yoʻnaltirish, metodik taʼminot, katta maktabgacha yoshi, oʻyin faoliyati, kasbiy tarbiya, didaktik resurslar.

ANNOTATION

The article considers the issues of methodological support for the process of introducing older preschool children (5-7 years old) to professions. Attention is drawn to the inadequacy of methodological support for introducing children to professions in modern preschool educational organizations. The research identifies the stages of formation of ideas about professions in children (initial, main and preparatory stages). The article substantiates the role of game activities in the process of introducing preschool children to professions, based on the theoretical views of such wellknown psychologists as L.S. Vygotsky, A.N. Leontʼev, D.B. Elkonin. Ways to improve methodological support are recommended, including the analysis of modern pedagogical approaches such as heuristic conversations, excursions, game and visual activities, and introduction to professional holidays.

Keywords: preschool education, vocational guidance, methodological support, senior preschool age, play activities, vocational training, didactic resources.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются вопросы методического обеспечения процесса ознакомления детей старшего дошкольного возраста (5-7 лет) с профессиями. Обращается внимание на недостаточность методического обеспечения по ознакомлению детей с профессиями в современных дошкольных образовательных организациях. В рамках исследования определены этапы формирования представлений о профессиях у детей (начальный, основной и подготовительный этапы). В статье, опираясь на теоретические взгляды известных психологов Л.С. Выготского, А.Н. Леонтьева, Д.Б. Эльконина, обоснована роль игровой деятельности в процессе ознакомления дошкольников с профессиями. Рекомендованы пути совершенствования методического обеспечения, в том числе проанализированы современные

--⊱⊱ 8 ⊰⊰-- педагогические подходы, такие как эвристические беседы, экскурсии, игровая и изобразительная деятельность, ознакомление с профессиональными праздниками.

Ключевые слова: дошкольное образование, профориентация, методическое обеспечение, старший дошкольный возраст, игровая деятельность, профессиональное воспитание, дидактические ресурсы.

Zamonaviy jamiyatning rivojlanishi shartlarida mehnat bozoriga kerakli kadrlarni tayyorlash muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan taʻlim tizimini isloh qilish, jumladan maktabgacha taʻlim sohasidagi islohotlar bolalarda erta yoshdan mehnat faoliyati, kasblar va kasbiy yoʻnalishlar haqida tasavvurlarni shakllantirish zarur. Maktabgacha taʻlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi[1]da bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishini taʻminlash, ularni hayotga tayyorlash vazifasi belgilangan. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarni (5-7 yosh) kasblar bilan tanishtirish bu vazifaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ammo amaliyot shuni koʻrsatadiki, maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalarni kasblar bilan tanishtirish boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradigan metodik taʻminot yetarli emas. Mavjud dastur va qoʻllanmalar koʻpincha yangi kasblar, zamonaviy texnologiyalar va pedagogik yondashuvlarni aks ettirmaydi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish jarayonini samarali amalga oshirish uchun ilmiy asoslangan metodik taʻminotni ishlab chiqish va uning samaradorligini juda koʻplab xorijiy tajribalarda oʻz aksini topgan. Yuqori samaradorlikka ega boʻlgan xorijiy tajribalarni Oʻzbekiston MTTlari mashgʻulot jarayonlariga inetgratsiya qilish esa taʼlim-tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi, uning milliylikka asoslangan boʻlishi ham asosiy vazifalardan biridir. Lekin uni avvalo quyidagi tartibda amalga oshirishni nazarda tutish mumkin:

– Maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish muammosining pedagogikpsixologik asoslarini oʻrganish va tahlil qilish;

– Katta maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish jarayonining xususiyatlarini aniqlash;

– Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarda kasblar bilan tanishtirish boʻyicha metodik taʻminotning holati va rivojlanish tendentsiyalarini tadqiq etish;

– Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish uchun kompleks metodik taʻminotni ishlab chiqish;

– Ishlab chiqilgan metodik taʻminotning samaradorligini tajriba-sinov yoʻli bilan tekshirish;

– Amaliyot uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Maktabgacha taʻlim tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish jarayonida maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirishning metodik taʻminotidagi boʻshliqlarni tahlil qilib oʻrganish ham nihoyatda zarur, bu uning amaldagi realligini ochib beradi. L.S. Vygotskiy, A.N. Leontʻev, D.B. Elʻkonin[2] kabi psixologlarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yetakchi faoliyat oʻyin hisoblanadi. Ayni shu oʻyin faoliyati orqali bolalar kattalar mehnat faoliyati, kasblar va ijtimoiy munosabatlar haqida tasavvurlarni oʻzlashtirishadi.

Biz avvalo maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida kasblar haqida tasavvurlarning shakllanish bosqichlarini aniqlashtirib oldik. Avaalo kasblar haqidagi tasavvurlar boshlangʻich bosqichda (3-4 yosh) shakllantiriladi. Bunda eng yaqin kasblar bilan tanishtirish (ona, ota kasbi, ular nima ish qilishi), kasblarning tashqi belgilari bilan tanishish (maxsus kiyimlari, asboblar) va ushbu kasb egalarining oddiy harakatlariga taqlid qilish kabi vaziyatlar yuzaga keladi.

--⊱⊱ 9 ⊰⊰--

Asosiy bosqichda (5-6 yosh) esa kasblar haqidagi tasavvurlar kengayadi va kasb vakillarining mehnat jarayoni haqida tasavvurlar shakllana boshlaydi. Qaysi kasb nima uchun kerakligi haqida tushunchalar shakllanadi. Natijada kasblar haqidagi oʻyin faoliyati rivojlanib boradi va kasbiy rollarni bajarishga qiziqish uygʻonadi.

Tayyorgarlik bosqichda (6-7 yosh) kasblar haqida umumlashtirilgan tasavvurlar (masalan, shifokor shifoxonada ishlaydi, u bemorlarni davolaydi, oʻqituvchi maktabda ishlaydi, u oʻquvchilarni oʻqitadi) shakllanadi va oʻyinlar mazmuni ham boyiydi (masalan, oʻqituvchi ishlash jarayonida oʻquvchilar bilan muloqotga kirishadi, ularni baholaydi).

Metodik taʼminot yaratishda maktabgacha taʻlim tashkilotlari amaliyotida bevosita qoʻllanilishi mumkin boʻlgan va maktabgacha taʻlimning davlat oʻquv dasturi va standartiga mos boʻlgan didaktik resurslar bankini yaratishga eʼtibor qaratdik. Kasb tanlash – masʼuliyatli ish boʻlib, u qanchalik toʻgʻri amalga oshirilishiga koʻra inson hayotida koʻp narsa bogʻliq. Shuning uchun maktabgacha taʼlimning kichik yoshidan boshlab bolalarning eʼtiborini kattalarning nima qilishiga qaratish muhimdir. Barcha kasb egalarining oʻz bayramlari bor, kasblar olami bilan tanishtirish maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni kasbiy bayramlar bilan tanishtirish va ularga tayyorgarlik koʻrish asosida tashkil etilsa, yanada samarali boʻladi.[3]

Bolalarda kasb nima ekanligi haqida tasavvurni shaklllantirish uchun avvalo kasbga qiziqishni qoʻllab-quvvatlash, mustaqil fikrlash va tanlashga yordam berish uchun tarbiyachi-pedagogga tarbiyalanuvchilarni kattalarning mehnati bilan tanishtirish metodikasini savodli qoʻllash muhim boʻlib, kuzatishlar, ekskursiyalar, sayohatlar, suhbatlar, turli kasb vakillari bilan uchrashuvlar, oʻyin va tasviriy faoliyat, rasmlar va illyustratsiyalarni koʻrib chiqish va boshqalarni qoʻllash lozim.

Kattalarning mehnati haqidagi bilimlar tizimiga turli kasb vakillarining mehnati oʻrtasidagi oʻzaro aloqa haqida tushunchalarni kiritish zarur. Bolalar yer yuzidagi barcha odamlarga yashash uchun juda koʻp narsalar kerak ekanligini bilishlari kerak: kiyim, oziq-ovqat, uy, transport va boshqalar. Bularning barchasini kattalar mehnati bilan yetishi, shuning uchun turli kasb egalari boʻlishi kerakligini tushunishlari kerak.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarbilan turli kasblar qanday paydo boʻlishi haqida suhbat oʻtkazish va mazkur mavzuda mashgʻulotlar oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Bunday mashgʻulotlar uchun illyustratsiya va multimedia vostalaridan foydalanish metodikasini qoʻllash lozim.

Evristik suhbatlar koʻrinishidagi frontal mashgʻulotlar bolalarda ish nima ekanligi, mehnat qilish nimani anglatishi haqida toʻgʻri tushuncha shakllantirishga yoʻnalganligi bilan ahamiyatli. Agar tarbiyachi bunday suhbatni oʻz monologiga aylantirmay, balki bolalar bilan birgalikda mulohaza yuritsa, birgalikda yechim va izoh topsa, mashgʻulotlar qiziqarliroq oʻtadi. Bolalarning oʻzlari u yoki bu kasblar nega yuzaga kelishi haqidagi fikrlarni tahlil qilishga kirishadi. Shuningdek, xulosalarni bolalarning oʻzlari chiqargani maʼqul.

--⊱⊱ 10 ⊰⊰--

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan kasblar haqida evristik suhbat qurish sxemasi

Kasblar haqidagi suhbat-mashgʻulotlar bolalarni kasblarning xilma-xilligi bilan tanishtirishga, jamiyatimizning turli sohalarida ishlaydigan kattalarning mehnati maʼnosi nimada ekanligini anglashga qaratilgan boʻlishi kerak. Oʻyinlar bolalarda kattalar olamiga qiziqishni rivojlantirishga, kattalarning mehnat faoliyati toʻgʻrisida aniq tasavvurlarni tizimli ravishda (kasb nomi, ish joyi, mehnat materiali, mehnat qurollari, mehnat harakatlari, mehnat natijasi va foydasi) shakllantirishga, mehnat harakatlari hamda kattalar muomalasi uslublariga taqlid qilish istagini uygʻotishga yordam beradi.[6]

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish zamonaviy maktabgacha taʼlim tizimining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonni samarali amalga oshirish uchun ilmiy asoslangan, kompleks metodik taʼminot zarur.

Oʻyin faoliyati asosida, evristik suhbatlar, ekskursiyalar, kasbiy bayramlar va zamonaviy multimedia vositalari yordamida tashkil etilgan kasblar bilan tanishtirish jarayoni bolalarda nafaqat kasblar haqida tasavvurlarni shakllantiradi, balki mehnatga hurmatni, mustaqil fikrlash va tanlov qilish koʻnikmalarini ham rivojlantiradi. [7]Kelajakda metodik taʼminotni yanada takomillashtirish, yangi kasblar, zamonaviy texnologiyalar va pedagogik yondashuvlarni qamrab oluvchi materiallar yaratish zarurati mavjud. Bu esa maktabgacha taʼlim tizimida bolalarning kasbiy yoʻnaltirilishi sifatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. – Toshkent, 2019.

2. Выготский Л.С. Психология развития ребенка. – М.: Эксмо, 2004. – 512 с.

3. Леонтьев А.Н. Психологические основы дошкольной игры // Избранные психологические произведения: В 2-х т. Т.1. – М.: Педагогика, 1983. – С. 303-323.

4. Эльконин Д.Б. Психология игры. – М.: Владос, 1999. – 360 с.

5. Кондрашов В.П. Введение дошкольников в мир профессий: Учебно-методическое пособие. – Балашов: Николаев, 2004. – 52 с.

6. Куцакова Л.В. Трудовое воспитание в детском саду. Система работы с детьми 3-7 лет. – М.: Мозаика-Синтез, 2012. – 128 с.

7. Потапова Т.В. Беседы с дошкольниками о профессиях. – М.: Сфера, 2005. – 64 с.

Kasblar haqida

suhbat

Kasbla

r

U qanday

ish

qiladi?

U qanday

mehnat?

U qanday

kiyimda

yuradi?

--⊱⊱ 11 ⊰⊰--

8. Шорыгина Т.А. Профессии. Какие они? Книга для воспитателей, гувернеров и родителей. – М.: Гном и Д, 2004. – 96 с.

9. Захаров Н.Н. Профессиональная ориентация дошкольников. – М.: Просвещение, 1988. – 272 с.

10. Крулехт М.В. Дошкольник и рукотворный мир. СПб.: Детство-Пресс, 2003. – 160 с.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.