--⊱⊱ 260 ⊰⊰--
QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH
Abduqodirova Ozoda Aʻzam qizi
Toshkent viloyati pedagogik mahorat
markazi oʻqituvchisi
Annotatsiya: maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni zamonaviy kasblarga qiziqishlarini shakllantirishning dolzarbligi, maqsadi, yoʻllari, natijalari aks ettirilgan.
Tayanch soʻzlar: kasblar, texnologiya, ekskursiya, taʻlim, qobiliyat, qiziqish, ilm-fan.
Annotatsiya: v statye otrajenы aktualnost, sel, puti i rezultatы formirovaniya interesa detey starshego doshkolnogo vozrasta k sovremennыm professiyam.
Klyuchevыe slova: professii, texnologiya, ekskursiya, obrazovaniye, sposobnosti, interes, nauka.
Annotation: the article highlights the relevance, purpose, methods, and outcomes of developing interest in modern professions among older preschool children.
Keywords: professions, technology, excursion, education, ability, interest, science.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yilgi parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida: "Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʻlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilmfan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim" [1] deb, bu borada "oʻgʻil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasbhunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, ish va uy-joy bilan taʻminlashga" ahamiyat qaratishimiz kerakligi alohida taʻkidlab oʻtildi. Shunga koʻra, maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar dunyosi bilan, ayniqsa, zamonaviy kasblar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni kelajakda turli zamonaviy kasblarni tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim.
Kasb – bu insonning mehnat faoliyati; doimiy mashgʻulot turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan, bilim, mahorat, tajribani talab etadi. [2] Kasb – inson zarur boʻlgan, boʻsh vaqtida shugʻullanadigan, vatani uchun xizmat qiladigan ishdir. Hayotda kasblar shunchalik koʻpli, olimlarning taʻkidlashicha dunyoda 40 mingdan ortiq kasblar mavjud. [3]
Inson hamma biror kasbni egallashi uchun oʻqishi va taʻlim olishi lozim. Kasbga qiziqishni biz eng avvalo yoshlikdan bolalarda ayniqsa, maktabgacha boʻlgan davrda shakllantirishimiz lozim. Buning uchun biz bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni kelajakda turli zamonaviy kasblarni tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni biz odatda quyidagi kasblar bilan doim tanishtirib kelganmiz: oʻt oʻchiruvchi, oshpaz, tikuvchi, oʻqituvchi, tarbiyachi, askar, shifokor, hamshira, uchuvchi, kosmonavt, quruvchi, haydovchi, sartarosh, sotuvchi, rassom, novvoy.
Ammo bugun ilm-fan, madaniyat, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari jadal rivojlanmoqda hamda shunga yarasha yangidan yangi kasblar vujudga kelmoqda. Shunga muvofiq, maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalarni zamonaviy yangi kasblar bilan tanishtirishni taʻlim-tarbiya jarayoniga kiritish lozim.
--⊱⊱ 261 ⊰⊰--
The Balance Careers jurnalining ish qidirish boʻyicha mutaxassisi hamda CareerToolBelt.com asoschisi Alison Doyl bolalar eng koʻp orzu qiladigan 15 ta kasblarni sanab oʻtgan.[4] Yaʻni bular quyidagilar:
1. Raqqos
2. Aktyor
3. Musiqachi
4. Oʻqituvchi
5. Kashfiyotchi olim
6. professional atletchi
7. Qutqaruvchi
8. Detektiv
9. Yozuvchi
10. Politsiya ofitseri
11. Astronavt
12. Uchuvchi
13. Veterinar
14. Advokat
15. Shifokor
Bundan koʻrinib turibdiki, maktabgacha taʻlim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni biz quyidagi zamonaviy kasblar bilan tanishtirishimiz maqsadga muvofiq: dasturchi, dizayner, arxitektor, tarjimon, jurnalist, reportyor, aloqa operatori, menejer, styuardessa, kompozitor, fotograf, kashfiyotchi olim, milliy gvardiya, arxeolog, volontyor, advokat, sport ustasi, tadbirkor, marketolog.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga zamonaviy kasblar bilan tanishtirishning asosiy maqsad, vazifalari:
- zamonaviy kasblar haqida aniq bilim va tushunchalar berish;
- zamonaviy kasblarga nisbatan qiziqish va xohishini uygʻotish;
- zamonaviy kasblarning jamiyat hayotida ahamiyatini bola ongiga singdirish;
- kattalar va oʻz mehnatini qadrlash va hurmat qilishni tarbiyalash
- bolalari zamonaviy kasblarga qiziqishini shakllantirish orqali kelajakda mamlakat rivojiga hissa qoʻshadigan yosh avlodni tarbiyalash.
MTTda bolalarni kasblar bilan tanishtirish har xil tashkiliy yoʻllar va metodlar orqali amalga oshiriladi.
Birinchi yoʻl — ekskursiya, mashgʻulot, maqsadli sayrlar orqali. Bunda kuzatish, kino va diafilm, diapozitiv, teleeshittirish, badiiy adabiyot, koʻrgan va eshitgani toʻgʻrisida suhbat, tarbiyachi va bolalarning hikoyalari, tarbiyachining hikoya va tushuntirishi, didaktik oʻyinlar kabi turli-tuman metodlardan foydalaniladi.
Ikkinchi yoʻl — mashgʻulot va mashgʻulotdan tashqari vaqtlarda. Bunda gigiyenik va pedagogik jihatdan mumkin boʻlgan ishlarni (binoni tozalash, idish yuvish, yuvilgan kirlarni dazmollash va taxlash, bayram kiyimlarini tikish, bolalar bilan oʻyin, mashgʻulot uchun kerakli materiallarni tayyorlash va boshqalar) bolalar oldida bajarish, kuzatish, koʻrsatib tushuntirish, suhbat, tarbiyachining soʻzlab berishi va shunga oʻxshash materiallardan foydalaniladi. Kuzatishdan keyin bolalar bilan shunga oʻxshash mehnat turlarini tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlar edi: kutubxonaga borib kelgandan keyin yirtilgan kitoblarni yamash, modalar atelyesiga borib kelgandan keyin qoʻgʻirchoqqa kiyim tikish va hokazolar.
--⊱⊱ 262 ⊰⊰--
Uchinchi yoʻl — bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari. Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari har xil boʻlishi mumkin (xona oʻsimliklarini yuvish, polizda koʻchat yoki urugʻlarni ekish uchun joʻyaklar tayyorlash, binoning ichini tozalash va h.k.)
Xususan, bu borada T. A. Markova va V. G. Nechayevalar ekskursiyaga katta ahamiyat berganlar. Ular ekskursiyani maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar haqidagi gʻoyalarini shakllantirishning eng yaxshi usuli deb hisoblashgan. Kozlova esa bolalarning kasblar haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda vizual usullarning rolini taʼkidladi: illyustratsiyalarni koʻrish, filmlar koʻrsatish, namuna koʻrsatish. U maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar haqidagi gʻoyalarini kengaytirishda bosqichma-bosqichlik tamoyiliga amal qildi. [5]
Maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar dunyosi haqidagi gʻoyalarini shakllantirish boʻyicha ishlar umumiy didaktik tamoyillarga asoslanadi:
- qulaylik (bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda; materialni yoshga moslashtirish);
- tizimli va izchil (materialni oddiydan murakkabgacha doimiy yetkazib berish; oʻrganilgan qoidalar va meʼyorlarni tez-tez takrorlash);
- koʻrinish (fikrlashning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda);
- dinamizm (har xil turdagi faoliyatga integratsiyalashuv);
- farqlash (yosh va individual xususiyatlarni hisobga olgan holda).
–meʼyor va qoidalarni oʻzlashtirish uchun qulay sharoit yaratish.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kasbga qiziqishni shakllantirishda tarbiyachi har bir bolaning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularni shu kasbga yoʻnaltirishlari lozim. Bolalarning kelajakda qanday inson boʻlishlari va qaysi kasbni egallashlari aynan maktabgacha yosh davrida yaqqol namoyon boʻladi. Bizning maqsadimiz ham yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshadigan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Shu sababdan, maktabgacha yosh davridan bolalarni kasb tanlashga qiziqishni shakllantirish muhim hisoblanadi.
Shunday qilib, bolalarni erta kasbga yoʻnaltirishning asosiy maqsadi bolaning kasbiy dunyosiga hissiy munosabatini rivojlantirish, turli faoliyat va kasblarda oʻzlarining kuchli va qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatini berishdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kasbga yoʻnaltirishning vazifalari bolalarni kasblar bilan tanishtirish, yosh xususiyatlariga muvofiq mehnatga boʻlgan muhabbatni shakllantirish, mehnat faoliyatining ayrim sohalarida mehnatga qiziqish va elementar mehnat koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevninng 2022-yilgi parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasidan. 2022-yil
2. F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpoʻlatova, N.M.Qayumova, M.N.Aʻzamova. “Maktabgacha pedagogika” Darslik. Toshkent. 2019-yil
3. Koroleva, M.V. Formirovaniye u starshix doshkolnikov predstavleniy o mire sovremennыx professiy / M.V. Koroleva. Tekst: neposredstvennыy // Molodoy uchenыy. 2015. № 7 (87)
4. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6,
2019. ISSN 2056-5852
5. Abdullayeva N.Sh. Maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining menejerlik koʻnikmasini shakllantirishga zamonaviy yondashuvlar// Mugʻallim hәm үzliksiz bilimlendirioʻ» № 1/1 Nөkis — 2025 B 360-368
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.