ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI DIREKTOR OʻRINBASORINING KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jarayonida direktor oʻrinbosarining oʻrni va roli yoritilgan. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor oʻrinbosarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlari — pedagogik, metodik, boshqaruv, innovatsion va kommunikativ koʻnikmalar taʼlim sifatini taʼminlashda muhim omil sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, kasbiy kompetensiyani rivojlantirish uchun zarur boʻlgan pedagogik shart-sharoitlar, jumladan metodik qoʻllab-quvvatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ijodiy muhitni shakllantirish, hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va monitoring tizimini takomillashtirish kabi jihatlar ilmiy asosda yoritilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 36 ⊰⊰--

KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Dustov Davron Zulxaydarovich

MTTDMQTMOI Oʻquv ishlari boʻyicha

prorektor, mustaqil tadqiqotchi

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jarayonida direktor oʻrinbosarining oʻrni va roli yoritilgan. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor oʻrinbosarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlari — pedagogik, metodik, boshqaruv, innovatsion va kommunikativ koʻnikmalar taʼlim sifatini taʼminlashda muhim omil sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, kasbiy kompetensiyani rivojlantirish uchun zarur boʻlgan pedagogik shart-sharoitlar, jumladan metodik qoʻllab-quvvatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ijodiy muhitni shakllantirish, hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va monitoring tizimini takomillashtirish kabi jihatlar ilmiy asosda yoritilgan.

Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, direktor oʻrinbosari, kasbiy kompetensiya, pedagogik shart-sharoitlar, innovatsion texnologiyalar, taʼlim sifati, boshqaruv.

Annotation

This article examines the ongoing reforms in Uzbekistanʻs preschool education system, emphasizing the importance of improving educational quality and developing competent and competitive personnel. The study highlights the critical role of the deputy director of preschool educational institutions, focusing on the components of their professional competence, including pedagogical, methodological, managerial, innovative, and communicative skills. The research analyzes the pedagogical conditions necessary for developing professional competence, such as methodological support, the integration of innovative technologies, creating a creative and supportive environment, establishing effective cooperation, and improving monitoring mechanisms.

Keywords: preschool education, deputy director, professional competence, pedagogical conditions, innovative technologies, educational quality, management.

Oʻzbekistonda taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, taʼlim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jarayonlari izchil davom etmoqda. Ayniqsa, maktabgacha taʼlim sohasi bola rivojlanishining eng muhim bosqichi sifatida davlat siyosatida ustuvor yoʻnalish sifatida belgilangan. “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun, shuningdek sohada amalga oshirilayotgan islohotlar maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini innovatsion yondashuvlar asosida boshqarishni, pedagog kadrlar saloxiyatini muntazam rivojlantirishni talab etmoqda.

Ushbu jarayonda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor oʻrinbosarining oʻrni alohida ahamiyatga ega. Chunki u taʼlim-tarbiya jarayonini metodik jihatdan muvofiqlashtirish, pedagoglarning kasbiy mahoratni oshirishini tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va taʼlim sifati monitoringini amalga oshirishda asosiy tarkibiy boʻgʻin hisoblanadi. Direktor oʻrinbosari nafaqat boshqaruv faoliyatini amalga oshiradi, balki pedagoglarning innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning kasbiy kompetensiyasini toʻgʻri yoʻnaltirish va takomillashtirishda muhim shaxs sifatida maydonga chiqadi.

Zamonaviy shart-sharoitda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rahbar kadrlarning, ayniqsa direktor oʻrinbosarlarining kasbiy kompetensiyasiga qoʻyilayotgan talablar kengayib bormoqda.

--⊱⊱ 37 ⊰⊰-- Pedagogik jarayonni strategiyalash, bolalar individual rivojlanish trayektoriyalarini taʼminlash, inklyuziv taʼlim tamoyillarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi vazifalar ularning kasbiy tayyorgarligi darajasiga bevosita bogʻliq. Shu bois, direktor oʻrinbosarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga taʼsir etuvchi pedagogik shartsharoitlarni ilmiy asosda oʻrganish dolzarb hisoblanadi.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor oʻrinbosari faoliyatining samaradorligi uning kasbiy kompetensiyasi darajasi bilan bevosita bogʻliq. Kasbiy kompetensiya umumiy pedagogik, metodik, boshqaruv, kommunikativ va innovatsion koʻnikmalar majmuini qamrab oladi. Pedagogik kompetensiya bolalar rivojlanishining psixofiziologik xususiyatlarini bilish, taʼlim-tarbiya jarayoni mazmunini toʻgʻri tashkil etish, davlat taʼlim standartlarini amalga oshirish bilan belgilanadi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – montessori, STEM, proyektli taʼlim, oʻyin texnologiyalari – boʻyicha bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish direktor oʻrinbosarining innovatsion kompetensiyasini kuchaytiradi. Bunda elektron taʼlim platformalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, raqamli resurslar bilan ishlashni yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega.

Kasbiy kompetensiya rivoji samaradorligini baholash uchun diagnostik usullar, refleksiya, pedagogik monitoring, oʻquv-tarbiyaviy natijalar tahlili kabi usullardan foydalanish muhim. Bu jarayon direktor oʻrinbosarining taxlil va strategik fikrlash qobiliyatini oshiradi.

Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan davlat dasturlari, yangi taʼlim standartlari, raqamli resurslar infratuzilmasiga oid loyihalar rahbar kadrlardan yuqori bilim va malaka talab qiladi. Taʼlim jarayonini xalqaro talablarga moslashtirish, inklyuziv taʼlimni keng joriy etish, bolalarning individual rivojlanish trayektoriyalarini taʼminlash kabi vazifalar direktor oʻrinbosarining kasbiy kompetensiyasini muntazam takomillashtirishni talab etadi.

Shu boisdan, maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor oʻrinbosari uchun zarur boʻlgan pedagogik shart-sharoitlarning ilmiy asosda tashkil etilishi nafaqat rahbar kadrlar salohiyatini oshirishga, balki taʼlim sifatini yaxshilashga ham xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bobokulov O. Maktabgacha taʼlimda pedagogik innovatsiyalar va inklyuziya. Toshkent: Fan

va texnologiya, 2021. 132 b.

2. Shin A.V. Perspektivы razvitiya sistemы doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan.

//Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi – Toshkent., – 2020. – № 2. –C.2-6.

3. Henderson, A. T., & Mapp, K. L. (2002). A New Wave of Evidence: The Impact of School,

Family, and Community Connections on Student Achievement. National Center for Family

& Community Connections with Schools.

4. Valiyeva. F.R. Teoreticheskiye osnovы i evolyutsiya sistemы kpi v upravleniya

chelovecheskimi resursami. “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini rivojlantirish: amaliyot

va xorijiy tajriba” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar toʻplami 1-

qismi (2024-yil 23-24-may) – T.: Science and Innovation, 2024.

5. Valiyeva F.R., Sharipova G. N. Innovative technologies in improving the management of

preschool educational organizations// International Journal of Early Childhood Special

Education (INT-JECSE) DOI:10.9756/intjecse/v14i5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05

6. Abdullayeva N.Sh. Significance of health-saving technologies in a Preschool educational

organization// Abstracts of V International Scientific and Practical Conference,Osaka, Japan

29-31 January 2020, 14-16 bet

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.