ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTINING MILLIY IMIDJINI SHAKLLANTIRISH VA BOSHQARISH

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotining milliy imidjini shakllantirish va boshqarish strategiyalari haqida soʻz boradi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 88 ⊰⊰--

VA BOSHQARISH

Valiyeva Hamida Rovshan Qizi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va

mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotining milliy imidjini shakllantirish va boshqarish strategiyalari haqida soʻz boradi.

Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim tashkiloti, milliy imidj, imidjni boshqarish, pedagogik salohiyat, metodik mahorat, raqobatbardoshlik, taʼlim sifati, innovatsion yondashuv, milliy qadriyatlar, ijtimoiy masʼuliyat, korporativ madaniyat, infratuzilma, jamoatchilik bilan aloqalar, ochiqlik va shaffoflik.

Abstract: This article discusses the strategies for shaping and managing the national image of preschool education institutions.

Keywords: preschool education institution, national image, image management, pedagogical potential, methodological competence, competitiveness, quality of education, innovative approach, national values, social responsibility, corporate culture, infrastructure, public relations, openness and transparency.

Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimning ijtimoiy maqomini oshirish, taʼlim sohasidagi rivojlanishning asosiy yoʻnalishlaridan biridir desak, davlat taʼlim standartiga muvofiq, taʼlim muhitini yaratish maktabgacha taʼlimning ochiqligini taʼminlashga yordam berishi zarur. Bunday sharoitda, maktabgacha taʼlim tashkilotining ijobiy imidjini yaratishda uning raqobatbardoshligini oshirish muhim omillardan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda jamiyatimizda maktabgacha taʼlim tashkilotining milliy imidjini boshqarishning oʻziga xos uslublar va strategik yondashuvlari mavjud boʻlib, ulardan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining raqobatbardoshligini oshirishda va ijobiy qiyofasini shakllantirishda misol qilib koʻrsatish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmoniga muvofiq, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini “Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti” baholash mezoni asosida baholash va ularning reytingini shakllantirish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari salohiyatini oshirish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni tashkil etish kabi vazifalar belgilandi.

Mazkur vazifalarni ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilar ekanmiz, bir nechta muhim nuqtalar va strategik yondashuvlarga bosqichma-bosqich toʻxtalamiz:

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining milliy imidjini boshqarish uslublari nuqtayi nazaridan olib qaraydigan boʻlsak, mazkur Farmonda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining milliy imidjini boshqarishning oʻziga xos uslublari va strategiyalari mavjud. Bu, jamiyatda oʻz oʻrnini mustahkamlash va ijobiy qiyofa yaratish uchun muhim omil hisoblanadi. Bu jarayon taʼlim tashkilotlarining raqobatbardoshligini oshirishda va umumiy ijobiy obroʻni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmoni maktabgacha taʼlim tashkilotlarining sifatini oshirishga qaratilgan konkret chora-tadbirlarni

--⊱⊱ 89 ⊰⊰-- belgilaydi”[1]. Ushbu farmon, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini baholash va reytingini shakllantirishga oid vazifalarni oʻz ichiga oladi hamda, zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti baholash mezoniga koʻra tashkilotlarni baholash jarayoni, ularning sifatini doimiy ravishda oshirishga yordam beradi. Bu metodologiya tashkilotlar oʻrtasida raqobatni kuchaytiradi va yaxshilanishga ragʻbatlantiradi.

Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar alohida taʼkidlanadi. Bu, kadrlarning metodik va pedagogik mahoratini oshirish, taʼlim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” kabi tadbirlar, pedagoglarning bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, yangi pedagogik yondoshuvlar va metodikalarga oid bilimlarini yangilashga yordam beradi. Bu, oʻz navbatida, maktabgacha taʼlim tashkilotining sifatini oshirish va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish uchun zarur.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak mazkur Farmon maktabgacha taʼlim tashkilotlarining sifatini oshirish va milliy imidjni kuchaytirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi. Maktabgacha taʼlim tashkilotining milliy imidjini boshqarish va pedagogik salohiyatini oshirish orqali ular jamiyatda ijobiy obroʻga ega boʻladi, taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilaydi va raqobatbardoshligini oshiradi. Bu esa, taʼlim sohasida zamonaviy talablarga javob beruvchi, yuqori sifatli va samarali tizimni yaratishga xizmat qiladi.

Teshaboyev I.A. “Taʼlim tizimida imidj fenomenini tadqiq etilishiga bagʻishlangan tadqiqotida, korporativ imij va brend menejmentining biznes va marketing sohasidagi muhimligini taʼkidlaydi”[2]. Uning fikricha, “korporativ imidj isteʼmolchilarning qaror qabul qilish jarayonida taʼsir etuvchi asosiy omil sifatida qaraladi. Bu imidj, isteʼmolchilarning tuygʻulari, qadriyatlari va ijtimoiy guruhlarga mansubligi bilan bevosita bogʻliqdir. Ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan, brend yoki mahsulotni qabul qilish, isteʼmolchilarning emotsional munosabati va xarid qilish qarorlariga qanday taʼsir qilishini psixologlar va marketologlar oʻrganadilar”.

Shuningdek, globalizatsiya jarayonining kuchayishi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining global imidjini yaratish va saqlash zaruratini oshirmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, oʻz faoliyatini ijtimoiy va madaniy jihatdan moslashtirgan holda, oʻz imidjini global kontekstda yaratish va rivojlantirish maqsadida jamoatchilik oldida ishonchni mustahkamlashga intilishadi. Shu bilan birga, ijtimoiy masʼuliyatni oʻz ichiga olgan taʼlim dasturlari va faoliyatlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ijtimoiy imidjini yaxshilashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Ijtimoiy masʼuliyatli imidj, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jamiyatdagi ishonchni mustahkamlashga va ota-onalar, bolalar hamda keng jamoatchilik tomonidan ijtimoiy qabul qilinishini yaxshilashga yordam beradi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida PR-menejeri boʻlmasa-da, taʼlim tashkiloti imidjini yaratish va saqlash jarayonida maktabgacha taʼlim tashkilotining obroʻsini oshirish va uning jamoatchilikdagi munosabatini yaxshilashga qaratilgan bir qancha vazifalar mavjud. Shu nuqtayi nazardan maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori ham bu jarayonlarda muhim rol oʻynaydi. Direktor, tashkilotning imidjini shakllantirish va saqlash jarayonini boshqaradi, taʼlim tashkilotining umumiy rivojlanishini strategik rejalashtiradi va amalga oshiradi. Shuningdek, direktor taʼlim tizimidagi yangi metodikalar va yondashuvlarni joriy etishda, pedagogik jarayonlarning sifatini taʼminlashda, hamda tashkilotning ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida koʻrinishini yaxshilashda faol ishtirok etadi. Direktorga, shuningdek, jamoaning har bir aʼzosini qoʻllabquvvatlash va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash vazifalari ham yuklatiladi.

--⊱⊱ 90 ⊰⊰--

Maktabgacha taʼlim tashkilotining imidji nafaqat tashqi omillar, balki ichki jarayonlar va xodimlarning ishtiroki orqali ham shakllanadi. Shuning uchun milliy imidjini saqlash va rivojlantirish uchun barcha mavjud resurslardan samarali foydalanishi zarur. Maktabgacha taʼlim tashkilotining muvaffaqiyatli va obroʻli boʻlishi, aynan shu tizimning ichki va tashqi omillarini muvozanatli ravishda boshqarish orqali taʼminlanadi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining milliy imidjiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan omillar haqida zamonaviy olimlarning fikr-mulohazalari turli jihatlarni qamrab oladi. Hududning infratuzilmasi, ekologik muhit va transportga qulaylik ota-onalarning taʼlim tashkilotiga boʻlgan ishonchini oshiruvchi asosiy omillardan biridir. Masalan, Ryan K.E. taʼkidlaganidek, “hududning qulayligi va infratuzilma sifatining yuqori darajada tashkil etilishi ota-onalar tanloviga sezilarli taʼsir qiladi”[3]. Shu bilan birga, Martin L. Lubyning fikricha, “mahalliy hamjamiyat bilan yaqin aloqalar va qoʻllabquvvatlash tashkilot imidjini kuchaytiradi”[4].

Pedagoglarning yuqori malakasi va ularning oʻzini rivojlantirishga intilishi taʼlim sifatini belgilovchi muhim omil hisoblanib, Linda Darling-Hammond bu jarayonda “pedagoglarning innovatsion yondashuvlar va metodlarni qoʻllashi tashkilot obroʻsini oshirishda muhim rol oʻynashini taʼkidlaydi”[5]. John Hattie esa, taʼlim muvaffaqiyati bevosita pedagoglarning kasbiy mahorati va ishga boʻlgan masʼuliyatidan kelib chiqishini qayd etadi”[6].

Taʼlim dasturlarining xilma-xilligi va ularning sifati milliy va xalqaro miqyosda taʼlim tashkilotining reytingiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Pasi Sahlberg “zamonaviy oʻquv dasturlari va innovatsion xizmatlar tashkilotning ijobiy imidjini shakllantirish uchun muhim ekanligini taʼkidlaydi”[7]. Shuningdek, Andreas Schleicher “taʼlim sifati global muvaffaqiyat kaliti ekanligini va bu jihat taʼlim muassasalariga ishonchni oshirishini aytadi”.

Mazkur tadqiqot ishimizda olimlarning fikrlari va nazariy tahliliga tayanib, maktabgacha taʼlim tashkilotining milliy imidjiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan bir qancha omillarni aniqladik.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining milliy imidjiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar

--⊱⊱ 91 ⊰⊰--

Mazkur tadqiqot ishimizda oʻtkazilgan tahlillar va olimlarning nazariy qarashlariga asoslanib, maktabgacha taʼlim tashkilotining milliy imidjiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi quyidagi asosiy omillar aniqlashtirildi:

hududning qulay joylashuvi va infratuzilma rivoji;

pedagog-tarbiyachilarning yuqori professional darajasi;

taʼlim xizmatlarining sifat va xilma-xilligi;

milliy qadriyatlar va anʼanaviy tarbiya elementlari;

zamonaviy moddiy-texnik baza va oʻquv resurslari;

jamoatchilik bilan samarali aloqalar tizimi;

ochiqlik va shaffof boshqaruv muhiti.

Ushbu omillar oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlib, kompleks tarzda rivojlantirilgani taqdirdagina maktabgacha taʼlim tashkilotining barqaror va ijobiy milliy imidji shakllanadi.

Bizning tadqiqotimizda pedagog-tarbiyachilarning professionalligi maktabgacha taʼlim tashkilotining sifati va uning milliy imidjini shakllantirishda yetakchi omillardan biri ekanligi taʼkidlandi. Pedagoglarning kasbiy malakasi, bilim va koʻnikmalari, professional sertifikatlari hamda amaliy tajribasi, shuningdek, ularning shaxsiy-axloqiy fazilatlari va didaktik yondashuvlari taʼlim jarayonining samaradorligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Jumladan, pedagoglarning yuqori malakasi taʼlim jarayonida ijobiy natijalarga erishishning asosiy sharti hisoblanadi. Bu jarayonda oʻqituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bilishi va ulardan samarali foydalanishi, innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tatbiq eta olishi hamda bolalar bilan samarali muloqot oʻrnatish koʻnikmasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, jamoa ichida sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish, oʻzaro hamkorlik va pedagogik birdamlikni taʼminlash ham muassasaning ichki imidjini kuchaytiradi. Bu esa tashqi ijobiy qiyofaning shakllanishiga zamin yaratadi.

Demak, pedagog-tarbiyachilarning professionalligi nafaqat taʼlim sifatining kafolati, balki maktabgacha taʼlim tashkilotining milliy imidjini mustahkamlovchi, jamiyatdagi ijtimoiy maqomini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmoni.

2. Teshaboyev I.A. Taʼlim tizimida imij fenomenining ijtimoiy-psixologik jihatdan tadqiq etilishi // Inter education & global study. 2024. №7. B. 510-522.

3. Ryan, K. E. (2018). Improving Educational Outcomes: Place-Based Approaches to Educational Equity. Journal of Urban Education.

4. Luby, M. L. (2021). The Role of Community Proximity in Strengthening Educational Trust

5. Valiyeva F.R., Sharipova G.N. Innovative technologies in improving the management of

preschool educational organizations//International Journal of Early Childhood Special Education

(INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022

6. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school

education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity Research eISSN:2771-

2141Pages:152-158|Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02-23 Published

Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548

7. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster

technologies// Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.