--⊱⊱ 350 ⊰⊰--
QOʻLLASHDA CHET EL AMALIYOTI
Sultanova Nasiba Baxtiyarovna
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani
21-son DMTT direktori
Annotatsiya. Maqolada inklyuziv taʼlim rasmiy taʼlimda tushunchasi ancha kengroq. Bu taʼlimda koʻproq oʻqishda, oʻrganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi. Inklyuziv taʼlimni chet el tajribasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlarini taʼminlash koʻzda tutildi.
Аннотatsiя. Абстрактный. В статье понятие инклюзивного образования в формальном образовании гораздо шире. Это образование в основном работает с детьми с ограниченными возможностями обучения. Предусматривалось предоставить возможности для создания условий для всестороннего интеллектуального, нравственного, эстетического и физического развития детей дошкольного возраста на основе зарубежного опыта инклюзивного образования.
Abstract. In the article, the concept of inclusive education in formal education is much broader. This education mainly works with children with learning disabilities. It was envisaged to provide opportunities to create conditions for all-round intellectual, moral, aesthetic and physical development of preschool children based on foreign experience of inclusive education.
Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim, deklaratsiya, uydagi taʼlim, imkoniyati cheklanganlar, integratsion taʼlim, imkoniyatlar, maktabgacha taʼlim, jismoniy rivojlanish.
Ключевые слова: инклюзивное образование, декларatsiя, домашнее образование, инвалидность, интегрированное образование, возможности, дошкольное образование, физическое развитие.
Key words: inclusive education, declaration, home education, disabled, integrated education, opportunities, preschool education, physical development.
Oʻzbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni boʻlgan kishilarning huquq va erkinliklarini, teng imkoniyatlarini taʼminlash, turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni bartaraf etish, taʼlimni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, uning sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun taʼlimning uzviylik va uzluksizligini taʼminlash borasida talaygina ishlar amalga oshirib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-son “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori va boshqa hujjatlarda kadrlar masalasi, taʼlim mazmunini modernizatsiyalash, jarayonni metodik va didaktik taʼminlash vazifalari belgilab berilgan. Maktabgacha taʼlim tizimi bolalarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy va emotsional rivojlanishining asosiy bosqichi hisoblanadi. Zamonaviy jamiyatda bolalarning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda taʼlimni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli inklyuziv taʼlim — yaʼni barcha bolalar, shu jumladan nogironligi yoki rivojlanishida maxsus ehtiyojlari boʻlgan bolalarni qoʻshib oʻqitish tizimi — maktabgacha taʼlimda dolzarb yoʻnalish sifatida qaraladi. Chet el tajribasi koʻrsatadiki, inklyuziv taʼlimni muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun maxsus tayyorgarlik, pedagogik metodlar va jamiyat hamkorligi zarur. Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim tizimini joriy
--⊱⊱ 351 ⊰⊰-- etishdagi xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Jahon taʼlimi amaliyotida taʼlim oluvchilar ehtiyojlariga moslashuvchan oʻquv muhitini yaratish, variativ oʻquv dasturlaridan foydalanishga boʻlgan ehtiyoj kun sayin ortmoqda. BMTning taʼlim sohasidagi siyosati yoʻnalishlaridan biri bolalarning alohida taʼlim ehtiyojlari xilma-xilligini hisobga olgan holda taʼlim berishni nazarda tutadigan inklyuziv taʼlim gʻoyalarini ishtirokchi davlatlar tomonidan keng amalga oshirilishini taʼminlash hisoblanadi. YUNESKOning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan dasturlari alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalar va kattalar uchun xavfsiz va qulay taʼlimni taʼminlashga qaratilgan meʼyorlar, standartlar hamda intellektual hamkorlikni modernizatsiyalashga yoʻnaltirilmoqda. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan ijtimoiy tenglik qoidalarini amalga oshirishda taʼlimning barcha uchun ochiqligini, gender jihatdan tenglikka asoslanganligini taʼminlovchi mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ispaniya — Alvaro Marchesi Uyastresning tahlili asosida Ispaniyadagi inklyuziv taʼlim xususida quyidagi maʼlumotlar olindi: Ispaniya hukumati tomonidan 1985 yilda rivojlanishida kamchiligi boʻlgan bolalarni taʼlim sohasida integratsiya qilishni nazarda tutadigan loyihani maʼlum qildi. Loyiha 8 yillik muddatga moʻljallanib, unda ikkita maqsad koʻzlanadi:
➢ Maxsus muassasalarda taʼlim olayotgan bolalarni umumtaʼlim maktablariga qabul qilish uchun imkoniyat yaratish;
➢ Sogʻlom va maxsus ehtiyojli bolalarni sifatli taʼlim-tarbiya olishi uchun qulay shartsharoitlar yaratish.
Inklyuzivlik – inglizcha soʻz boʻlib, inclusif – qoʻshish, birlashtirish maʼnolarini anglatadi. Mazkur atama alohida ehtiyojga ega boʻlgan oʻquvchilarni umumtaʼlim maktablarida sogʻlom bolalar bilan qoʻshib birgalikda oʻqitish jarayonini ifodalaydi.
Inklyuziv taʼlim – tarbiyalanuvchilarning imkoniyatlari, individual psixologik, jismoniy nuqson va oʻzlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan taʼlim jarayonidir3 . Shuningdek, inklyuziv taʼlim davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, inklyuziv taʼlimga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qatʼi nazar, ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir.
Inklyuziv taʼlimda imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?
➢ oʻz imkoniyatini oʻzi uchun kashf etish imkonini beradi
➢ mustaqil harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga keladi;
➢ dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;
➢ oʻqishga boʻlgan ehtiyoji va qiziqishlari ortadi;
➢ oʻzini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;
➢ ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi;
➢ yotsirash, yakkalanish kabi xususiyatlari yoʻqoladi.
AQShda inklyuziv taʼlim tajribasi -AQShda nogironlarga boʻlgan eʼtibor faqat taʼlim tizimida emas. Bu yerda barcha jamoat binolari, yoʻllar, transport vositalari va boshqa jamoatchilik inshootlari nogironlar foydalana olishi uchun maxsus vosita va sharoitlar bilan taʼminlangan. Masalan, har bir jamoat avtobusida nogiron aravachalari turishi uchun maxsus joy ajratilgan. Ularning avtobusga chiqishi va tushishini taʼminlash uchun ham transport maxsus texnologiya bilan jihozlangan. Bu kabi sharoitlarni binolarda va boshqa transport vositalarida ham koʻrish mumkin. Bularning barchasi mamlakatdagi nogironlarning jamiyatda barcha qatori teng huquqli yashashlarini taʼminlash maqsadida federal qonunlar bilan amalga oshiriladi. Biz bu maqolada nogironlarga boʻlgan eʼtibor
--⊱⊱ 352 ⊰⊰-- mavzusining taʼlim tizimidagi tadrijiy rivoji haqida qisqacha maʼlumot berdik. AQSh taʼlim tizimida umumiy taʼlimdan farqli shu kabi boshqa maxsus taʼlim turlariga ham ruxsat va imkoniyatlar berilgan. Masalan, amerikaliklar, agar xohlasa, farzandlarini umuman maktablarga bermasdan, ularga oʻzlari uyda taʼlim berishlari mumkin. Qonunan ruxsat berilgan va tan olingan bu taʼlim turi “Uy maktabi” deya ataladi. Bu haqda batafsil kelgusida bayon qilamiz.
Vyetnamdagi- inklyuziv taʼlim tizimini oʻrganish shuni maʼlum qiladiki, bu erda ikkita holat kuzatiladi. Taʼlim vazirligi tomonidan Davlat fan va taʼlim institutida maxsus ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv taʼlimning samarali natijalarini aniqlash uchun ish olib bordi (YUNESKO hisoboti, 1996 yil).
Avstriya -Avstriyada 1945 yildan boshlab nogiron bolalarni differensial oʻqitish tizimi tashkil etilgan boʻlib, bu taʼlim tizimida barcha turdagi nuqsonli bolalar oʻqitila boshlandi. Ammo 1980 yilga kelib maxsus ehtiyojli bolalarning ota-onalari demokratiya huquqlari uchun kurashib, farzandlarini umumtaʼlim muassasalarida oʻqitilishini talab qilib chiqdilar. Bitta maxsus ehtiyojli oʻquvchi ikkita sogʻlom boladek hisoblanib, sinfdagi bolalarning umumiy soni qisqartiriladi. Sinfda ikkita oʻqituvchi ishlab, ulardan biri maxsus tayyorgarlikka ega boʻlib, bolalar bilan haftasiga 4 soatdan 6 soatgacha korreksion mashgʻulotlar olib boradi. Maxsus ehtiyojli bolalar individual dasturlar asosida oʻqitiladi.
Inklyuziv taʼlim Italiya tajribasi- Italiya kabi maktabgacha taʼlim tashkilotlar alohida ehtiyojli bolalarni MTTlariga toʻliq integratsiyalab, maxsus korreksion maktabgacha taʼlim tashkilotlarning yopilishiga erishdilar. Biroq maxsus ehtiyojli bolalarni umumtaʼlim tizimi sharoitiga qabul qilgan davlatlar jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiyalash va kompensatsiyalashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha taʼlim xizmatini koʻrsatish masʼuliyatidan ozod etilmaydi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, maktabgacha taʼlim tizimida inklyuziv taʼlimning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sogʻlom bolalar qatoriga qoʻshib sifatli taʼlim olishini taʼminlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va harakatlarini rivojlantirishdir. Nuqsoni bor bolalarni har tomonlama tarbiyalash orqali ularni ona-Vatanga, tabiatga nisbatan goʻzallikni his etishga, tafakkurini rivojlantirishga, bolalarning talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
7. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2022). Nutq ustida ishlashning tizimli yondashuvlari orqali eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga tayyorlash. Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri, 1(1), 350-352.
8. N.B.GOIPOVA “Inklyuziv taʼlim. Gospital pedagogika” Namangan – 2024
9. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2021). Nogironligi boʻlgan ota-ona qaramogʻida boʻlgan yetim bolalarni ijtimoiylashtirishning metodik klasteri. Taʼlim va innovatsion tadqiqotlar, 6(1), 280-286.
10. Sh.N.Ibadullayeva magistrlik dissertatsiya “ Taʼlim klasteri asosida inklyuziv taʼlim samaradorligini oshirishning samarali omillarini aniqlash”2022 y.
11. D.S.Qaxarova “Inklyuziv taʼlim texnologiyasi” oʻquv va metodik qoʻllanma 2014-yil.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.