--⊱⊱ 167 ⊰⊰--
VAZIFALARI
Teshaboyeva Shoxistaxon Muxtorovna
Farg‘ona viloyat Quva tumani
22-Son DMTT derektori
Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbar xodimlarning taʼlim sifatini nazorat qilish va takomillashtirishning ustuvor vazifalari va boshqarish xususida fikr bayon etilgan.
Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim tizimi, tashkilot, menejment, boshqarish metodlari, kadrlar, ta’lim sifati, ilmiy yondashuv, jarayon, vaziyatli, dasturiy-maqsadli yondashuv, kadrlar siyosati.
Аннотatsiя: В статье изложены взгляды на реформы, реализуемые в нашей стране по дальнейшему совершенствованию и развитию системы дошкольного образования, приоритетные задачи управления и регулирования качества образования в дошкольных образовательных организatsiях, контроля и повышения качества образования.
Ключевые слова: система дошкольного образования, организatsiя, менеджмент, методы управления, персонал, качество образования, научный подход, процесс, ситуatsiонный, программный подход, кадровая политика.
Abstract: The article presents the views on the reforms being implemented in our country to further improve and develop the preschool education system, the priority tasks of management and management of the quality of education in preschool educational organizations, and the control and improvement of educational quality.
Key words: pre-school education system, organization, management, management methods, personnel, quality of education, scientific approach, process, situational, programmatic approach, personnel policy.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida maktabgacha ta’lim (MT) tizimiga bo‘lgan e’tibor beqiyos darajada oshdi. MT – bu bolaning shaxs sifatida shakllanishi, aqliy, jismoniy, ijtimoiy-hissiy va nutqiy rivojlanishi uchun fundamental poydevor hisoblanadi. Bugungi kunda MT tashkilotlarida (MTT) ta’lim-tarbiya jarayonining sifati bevosita rahbar xodimlarning boshqaruv madaniyatiga, professional yondashuviga va innovatsion salohiyatiga bog‘liq. Maktabgacha ta’lim (MT) tizimi uzluksiz ta’limning ilk bosqichi bo‘lib, bolaning shaxs sifatida shakllanishi, aqliy, jismoniy va ijtimoiy-hissiy rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash va doimiy takomillashtirish bevosita tashkilot rahbariyatining samarali faoliyatiga bog‘liq. Rahbar xodimlarning asosiy vazifasi ta’lim jarayonini doimiy nazorat qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
--⊱⊱ 168 ⊰⊰--
MTT rahbarlarining faoliyati endilikda an’anaviy ma’muriyatchilikdan uzoqlashib, "pedagogik yetakchilik" tamoyiliga asoslanishi shart. Rahbarning asosiy e’tibori qog‘ozbozlik va rasmiyatchilikka emas, balki tarbiyachilarga metodik yordam ko‘rsatish, bolalar rivojlanishidagi o‘zgarishlarni bevosita kuzatish va ta’lim jarayoniga chuqur kirib borish orqali sifatni kafolatlashga qaratilishi lozim. Bu yondashuv MTTni yangi, sifatli natijalarga erishishga undaydi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish – bu belgilangan davlat ta’lim standarti (DTS) talablari va me’yorlariga muvofiqlik darajasini aniqlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimi. Maktabgacha ta’limda sifat quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
➢ O‘quv-tarbiya jarayonining mazmuni: DTSga moslik, ta’lim dasturlarining dolzarbligi.
➢ Pedagogik kadrlar salohiyati: Tarbiyachilarning kasbiy malakasi, metodik tayyorgarligi.
➢ Moddiy-texnik baza: Ta’lim muhitining rivojlantiruvchi, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi.
➢ Bolalarning rivojlanish darajasi: Kutilayotgan natijalarga erishish (kompetensiyalarni egallash).
Ta’lim sifatini boshqarish, eng avvalo, boshqaruv kadrlari tomonidan ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini kuzatish kabi faoliyat turidan foydalanishni ko‘zda tutadi. Buning uchun ular tegishli metodlarni, jumladan, kvalimetriya asoslarini, ya’ni sifatni miqdoriy baholash metodini qo‘llash orqali ta’lim sifatining boshlang‘ich va berilgan holatini aniq belgilashlari lozim bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda mahsulot, xizmatlar sifatini baholash, boshqaruv faoliyatining baholash ob’ekti to‘g‘risida qadriyat borasidagi mulohazalarni shakllantirishga qaratilgan funksiyasining alohida tipiga kiritiladi.
Ta’lim sifatini o‘lchash sifat o‘lchovini belgilash va uning qiymatini maxsus algoritmlar yordamida olishni ko‘zda tutadi. Bunday jarayonning samaradorligi baholashning statistik metodlarini qo‘llash orqali ta’minlanadi. Bu baholanayotgan ob’ektning sifat ko‘rsatkichlari qiymati aksariyat hollarda tasodifiy kattaliklar deb hisoblanishi bilan bog‘liqdir. Bunday holat ana shu sifatga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu bois, boshqaruv tarkibi ta’lim sifati haqidagi axborotni olish va ishlashning statistik metodlarini qo‘llay bilishi kerak. Shu jihatdan olganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar, boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta’limtarbiya jarayoniga joriy etishda rahbarlik layoqatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifani amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar xodimlarining har biridan yuksak kasbiy salohiyat va insoniy sifatlarga ega bo‘lish talab etiladi. «Avvalambor, uning vatanparvar va yurtparvarlik fazilatlariga ega bo‘lishi, ona yurtini chin qalbidan sevishi va ardoqlashi, el-yurti uchun o‘zini ayamasligi, kerak bulsa, bu yo‘lda jonini ham fido qilishiga tayyor bo‘lishini, o‘z kasb-korining ustasi, shu ishning chinakam bilimdoni, bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishini kutadi.
Rivojlantiruvchi Taʼlim Muhitini Yaratish
➢ Muttahsil takomillashtirish: Guruh xonalaridagi predmetli-rivojlantiruvchi muhitning DTS talablariga mos kelishini va bolalarning qiziqishlariga ko‘ra muntazam o‘zgarib turishini nazorat qilish.
➢ Xavfsizlikni ta’minlash: Bolalar sog‘lig‘i va xavfsizligi bo‘yicha barcha sanitariyagigiyena va texnik talablarga qat’iy rioya qilinishini doimiy nazorat qilish.
Shu bilan birga maktabgacha ta’limni isloh qilishning asosiy shartlaridan biri - buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o‘zida mo‘jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar avlodini yetishtirishni talab etadi. Hozirgi davrning bu talabi – matabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini axloqan va ma’nan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash
--⊱⊱ 169 ⊰⊰-- vazifalarini bajarishni talab etadi. MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri – erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasidir. Boshqacha aytganda, o‘z xaq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlarini anglagan, atrofda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashgan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un xolda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash lozim. Shu jihatdan olganda, barkamol insonni tarbiyalash avvalo, pedagoglardan ulkan mahorat va mas’uliyatni talab qiladi. Ustozlik mahorati va tarbiyachilik san’atining tayyor andozasi yoki qolipi mavjud emas. Ushbu san’atni egallash uchun insondan katta kuch, ijodkorlik va ko‘p yillik tajriba talab etiladi. onini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o‘quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko‘nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog‘liq ta’lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va ma’nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi bugungi kunda yosh avlodlarga bergan ta’lim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas bog‘liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o‘zida mo‘jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi.
Xulosa: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbar xodimlarning ta’lim sifatini nazorat qilish va takomillashtirishdagi vazifasi nafaqat ma’muriy boshqaruv, balki pedagogik yetakchilikni ham talab etadi. Rahbarning tizimli nazorati, kadrlar salohiyatiga e’tibori va zamonaviy ta’lim trendlarini joriy etishga bo‘lgan intilishi orqali bolalar uchun sifatli, xavfsiz va har tomonlama rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish mumkin. Bu, o‘z navbatida, butun mamlakat ta’lim tizimining mustahkam poydevorini shakllantiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori, 2019., 13 may, PQ 4312 son.
2. Narimbaeyva L.K Maktabgcha ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarishning mexanizmlarini takomillashtirish. "Экономика и социум" №9(88) 2021 www.iupr.ru 944-945b
3. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga qo’ramiz. –Toshkent:O’zbekiston, 2017.-488 bet.
4. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643- 9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3-i12- 09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323
5. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet
6. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6, 2019. ISSN 2056-5852
7. Valiyeva. F.R., Kurbonov Sh. Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.