--⊱⊱ 194 ⊰⊰--
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Dusanov Noryigit Ernazarovich
MTTDMQTMO instituti
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent
Annotatsiya: Mazkur maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida samarali boshqaruvni takomillashtirish yo‘llari keltirib oʻtilgan.
Kalit soʻzlar: innovatsiya, innovatsion jarayonlar, integrativ mahorat, tarbiyachi, kasbiy mahorat, taʼlim integratsiyasi.
Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bugungi kunda tarbiyachi uzluksiz innovatsion izlanishda boʻlishi, fikrlashi, psixologik munosabatlarini oʻzgartirishi, shuningdek tarbiyachilar bunday faoliyatga alohida tayyorgarlik koʻrishi kerak boʻlib, bu oʻz navbatida taʼlim tashkiloti rahbarlarining asosiy funksiyalaridan biri boʻlgan taʼlimni rivojlantirishning uzoq muddatli strategik rejalarini tuzishda asosiy eʼtiborni tarbiyachilarning u yoki bu asosda ijodiy faoliyat yuritishlari uchun tushuntirish ishlariga qaratishi lozim. Bu oʻz navbatida tarbiyachilarning kasbiy qiziqishlari koʻlamini kengaytirishga, ularning metodik adabiyotlarni oʻqib oʻrganishdan to nazariy psixologikpedagogik va tadqiqotlar olib borishiga ham imkoniyatlar yaratadi.
Yaxshi ilmiy-pedagogik tayyorgarlik innovatsion faoliyatning samaradorligini taʼminlaydi. Innovatsion jarayonlarda faol ishtirok etuvchi tarbiyachilar muntazam ravishda oʻzini-oʻzi rivojlantirishi va taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirishining katalizatoriga aylanadi. Yaʼni, mazkur jarayonlarning tezlashishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday pedagoglar bilan ishlash jamoani oʻziga ergashtira oladigan xodimlarni boshqarish va ularning faoliyatini tashkil etish oʻziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun taʼlim tashkiloti rahbarlari yangilik yaratish va ularni tatbiq etish, ixtirochilar salohiyatidan samarali foydalanish, ularning tajribasini targʻibot qilish, ommalashtirish, innovatsion faoliyatlarining natijalarini baholash boʻyicha ayniqsa maktabgacha taʼlim tashkilotida va pedagogik jamoa darajasida zaruriy bilim koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi zarur boʻlib bu ularning integrativ mahoratlarini belgilaydi.
Integrativ mahorat - bu umumlashtirilgan mahorat boʻlib, taʼlim tashkiloti rahbarlari boshqaruv faoliyatida ijobiy natijalarga erishish taʼlim-tarbiya jarayonini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti ichki boshqaruvining maqsadini tizimli rejalashtirish va amalga oshirishida zarur hisoblanadi. Mazkur koʻnikmaga ega boʻlmasdan maqsadga erishishning yoʻllari, vositalari va erishish muddatini aniq belgilash mushkul. Pedagogika fanining va oldingi tajribalarning integrativ asosdagi xulosalari va tavsiyalari yangi gʻoyalarning manbasi hisoblanadi, ular oʻz navbatida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.
Umumiy holda, oʻquv yurtlarida innovatsion faoliyatni tashkil etishga obyektiv va subyektiv omillar sabab boʻladi. Obyektiv omillarga davlatning yangi taʼlim siyosati taʼlim sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, maktabgacha taʼlim tashkilotining innovatsion faoliyat yoʻnalishidagi tajribalarini kiritishimiz mumkin.
Subyektiv omillarga ijtimoiy-hududiy ehtiyoj, maktabgacha taʼlim tashkilotining taʼlimtarbiyaviy faoliyatining rivojlanish jarayoni, pedagoglarning ilmiy-metodik bilim, koʻnikma va malakalari, ilmiy salohiyatining rivojlanishi, oʻquv yurti salohiyatining oʻsishi, boshqaruv xususiyatlarining oʻzgarishi misol boʻladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotiga yangicha yondashuvlarni joriy etish, birinchi navbatda taʼlim
--⊱⊱ 195 ⊰⊰-- mazmunini yangilash, ilgʻor pedagogik texnologiyalar va oʻqitishning zamonaviy metodlarini tatbiq etish, taʼlim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uni boshqarishni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning talablariga mos oʻzgartirish, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini yaratish va takomillashtirish hamda innovatsion taʼlim muassasalarining barcha turlariga xos innovatsion faoliyatning strukturaviy komponentlariga asoslanishga bogʻliq.
Taʼlim tashkilotining innovatsion faoliyati jarayonini tashkil etishning pedagogik shartlari sifatida quyidagilar belgilanadi:
1. Innovatsion faoliyatning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariy-pedagogik qoidalar majmuasini ishlab chiqish. Nazariy-pedagogik qoidalar majmuasi innovatsion faoliyatning asoslari bilan belgilanib, innovatsion faoliyatning maqsadi, vazifasi, mazmuni hamda uni tashkil etish tamoyillarini oʻz ichiga oladi. Taʼlim muassasasini innovatsion faoliyatga jalb etuvchi omillar innovatsion faoliyatni motivlashtirishga sabab boʻladi. Innovatsion faoliyatni tashkil etish ishlari asosiy maqsadga erishishga yoʻnaltirilgan boʻladi va shu munosabat bilan taʼlim muassasasida asosiy oʻzgarishlar vujudga kyeladi. Mazkur maqsadlarga erishishda qator vazifalarni bajarish zarur:
birinchidan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga mos, bilimli va qobiliyatli bitiruvchilar modelini amalga oshirishga asoslanish (taʼlim mazmunini yangilash);
ikkinchidan, davlat taʼlim standartlariga mos ravishda, harakatdagi dasturlarga yangi rivojlantiruvchi ayrim oʻzgartirishlarni kiritish;
uchinchidan, oʻquv rejasining fakultativ va maktabgacha taʼlim tashkiloti ixtiyoridagi soatlar bloklariga yangi modullarni kiritish.
Nazariy ishlab chiqilgan uzluksiz taʼlim gʻoyalarini amalga oshirishning dolzarb ehtiyojlarini ifodalaydi. Mazkur gʻoya taʼlim va tarbiyaning zamonaviy texnologiyalarini izlash muammolarini vujudga keltiradi va bular subyekt- subyekt munosabatlarida aks etadi.
Taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot salohiyatini shakllantirish. Maktabgacha taʼlim tashkiloti sharoitida innovatsion faoliyatni tashkil etishning muhim asoslari maktabgacha taʼlim tashkilotining ilmiy-tadqiqot salohiyatini shakllantirish hisoblanadi hamda u tarbiyachi va otaonalarning hamkorligi asosida rivojlanadi.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishni taʼminlashning asosiy shartlari alohida boshqaruv jihatlari, yaʼni mazkur faoliyatni tashkil etishga yoʻnaltirilgan, yangilangan boshqaruv strukturasini shakllantirish hisoblanadi. Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan taʼlim jarayoniga innovasiyalarni kiritishda barqarorlik vujudga kyeladi. Bunda eng muhimi, pedagogik jamoaning innovasion faoliyatga tayyorgarligi va ehtiyojlarini inobatga olib yangiliklarni tanlash
Taʼlim tizimining rivojlanishini tizimli boshqarish taʼlim muassasalarining meʼyoriy funksiyalarini bajarish bilan alohida innovatsion loyihalarni birlashtiruvchi yagona maqsadga qaratilgan dasturlar doirasida pedagogik jamoa aʼzolarini birlashtirishga yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkiloti rivojlanishini boshqarishning yangilangan strukturasini amaliyotga tatbiq etish jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
Subyekt - direktor, xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari, metodist, psixolog, pedagoglar, tarbiyachilar faoliyatini tatbiq etish. Mazkur jarayonning samaradorligini taʼminlovchi subyektlarning xususiyatlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi (boshqaruv sifatlari shaxsning yoʻnaltirilganligi, innovatsion faoliyatga qiziqish, faoliyatga tayyorgarlik va h. k.).
Tatbiq etish jarayonining elementlarni innovatsion modelning mustahkam harakatlanishini qoʻllab-quvvatlovchi choralar majmuasi sifatida shakl, metod va vositalarni oʻz ichiga oladi. Tatbiq
--⊱⊱ 196 ⊰⊰-- etishning asosiy shakli pedagogik tajriba-sinov ishlari hisoblanadi va bunda tahlil qilish, natijalarni baholash, boshqaruv subyekti faoliyatining mazmunini takomillashtirish, boshqaruv aloqalarini, munosabatlarini, huquq va masʼuliyatlarini belgilash ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur jarayonda funksiyalar taqsimotini tahlil qilishda boshqaruv tizimidagi axborotlar oqimi, hujjatlar aylanishi, ish rejimi, muassasa holati va tasnifi xususiyatlari, lavozimlar boʻyicha koʻrsatmalar oʻrganiladi, shuningdek, boshqaruv tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini, innovatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi shaxslarning funksiyalarini va innovatsiyalarni zarur axborotlar bilan taʼminlovchi hujjatlar, nizom, tezkor muvofiqlashtirish rejalari va boshqa meʼyoriy hujjatlar aniqlanadi.
Mazkur yoʻnalishda innovatsiyalarni tatbiq etish metodlari va vositalariga pedagoglarning taʼlim-tarbiyaviy faoliyatini pedagogik tahlil qilishni “qoʻllab-quvvatlovchi”, umumiy maqsadga erishishda innovatsiyalarning ahamiyatiga ishontirish kabi ishbilarmon oʻyinlari orqali innovatsion faoliyatning usul va shakllarini yoritish, ilgʻor tajribalarga ega boʻlgan malakali xodimlar faoliyatini kuzatish, pedagoglarning oʻzaro bir-birini kuzatishi, ustoz-shogird faoliyati, oʻqitish amaliyoti boʻyicha qisqacha maʼlumotlar, innovatsion faoliyatni modellashtirish yoʻnalishidagi seminarlar, maslahatlar; innovatsion faoliyat (innovatsion jarayonlarni boshqarish) strategiyalarini shakllantirishga koʻproq tajribaga ega boʻlgan tarbiyachilarni jalb etish misol boʻladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining innovatsion faoliyatini tashkil etish va boshqarishda maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarini innovatsion faoliyatga undovchi va mazkur yoʻnalishdagi harakatlarini taʼminlovchi asoslar toʻrtta asosiy guruhga ajratiladi:
Yangilik kiritish natijasida vujudga keladigan, hurmat-eʼtibor, hokimiyat, vakolat va mavqe bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlgan shaxsiy moddiy qiziqishlar.
Tashkiliy tizimning samarali rivojlanishiga mos ravishda oʻzini-oʻzi kasbiy rivojlantirishga intilish.
Jamoaning maʼnaviy-psixologik muhitida innovatsion jarayonlarning ahamiyatini anglash.
Tezkor boshqaruvning mazmun va mohiyatini tushunish va mantiqan zaruriyatini qabul qilish.
Ta’lim jarayonini takomillashtirish va unga yangiliklar kiritish jarayonida ta’lim tashkiloti rahbarlarining boshqaruv faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda innovatsiyalarni joriy etish nafaqat mavjud muammolarni bartaraf etish, balki tashkilotning uzoq muddatli strategik rivojlanishini ta’minlashning muhim omili sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoasi uchun yangiliklarning dolzarbligi, ularning real ehtiyojlardan kelib chiqib tanlanishi va muammolarni tizimli hal etishga qaratilganligi ustuvor vazifa sanaladi. Bunda tanlangan innovatsion vositalarning muassasaning moddiy-texnik bazasi, pedagog kadrlar salohiyati hamda mavjud imkoniyatlariga mos bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, joriy etilayotgan innovatsiyalarning to‘la ilmiy asoslanganligi, ularning pedagogik, psixologik va metodik jihatdan puxta ishlab chiqilganligi samaradorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Innovatsion jarayonlarning ta’lim sifatiga, tarbiyaviy ishlar mazmuniga va boshqaruv tizimiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri ularning ahamiyatliligini yanada oshiradi. Bu jarayonda yangilik yaratuvchi hamda undan foydalanuvchi subyektlarning — ya’ni rahbarlar, pedagoglar va boshqa mutaxassislarning shaxsiy-professional xususiyatlarini hisobga olish, ularning innovatsiyalar mohiyatini chuqur anglab yetishi, har bir xodimning mas’uliyati va javobgarligini oshirish zarur
Bundan tashqari, innovatsion jarayonlarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pedagogik va boshqaruv tavakkalchiliklarini eng kam darajaga tushirish uchun zaruriy shartsharoitlar yaratish talab etiladi. Tavakkalchilik darajasini oldindan tahlil qilish, ularning
--⊱⊱ 197 ⊰⊰-- asoslanganligini aniqlash hamda ehtimoliy salbiy oqibatlarning oldini olish bo‘yicha choratadbirlarni belgilash muhim vazifalardan biridir. Shu bilan birga, boshqaruv funksiyalari va mexanizmlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonining mazmunini yangilash, pedagogik texnologiyalarni modernizatsiya qilish, ta’lim tashkilotining dasturi va konsepsiyasiga zamonaviy rivojlanish tamoyillarini singdirish innovatsion o‘zgarishlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi.
Umuman olganda, rahbarlarning boshqaruv faoliyati metodologiyasi innovatsion jarayonlarni boshqarish shartlari va tamoyillariga mos kelgan taqdirdagina joriy etilayotgan yangiliklar kutilgan natijani beradi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida sifatli va barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan zamonaviy ijtimoiy- iqtisodiy oʻzgartirishlar bevosita taʼlim tizimiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Taʼlimni yangilash uni demokratlashtirishni, ijtimoiylashuvi va insonparvarlashuvini, boshqaruvda maʼmuriy buyruqbozlik tizimidan voz kechishni, integrativ jarayonlarni kuchaytirish, taʼlimning ishlab chiqarish bilan aloqasini takomillashtirishni nazarda tutadi. Bu jarayonlar ijtimoiy-madaniy vaziyatlarning obyektiv oʻzgarishlari bilan bogʻliq holda mazkur tizimning innovatsion faoliyatlarga boʻlgan ehtiyojini belgilaydi.
Taʼlim tizimini rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar barcha taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda fan-texnika yutuqlariga asoslangan boshqaruvning eng samarali, innovatsion metodlaridan foydalanishni, boshqaruv yoʻnalishida bilim, koʻnikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab qiladi. Bu oʻz navbatida strategik boshqaruvning zaruriyatini belgilab beradi.
Xulosa qilib aytganda, boshqaruv faoliyatini takomillashtirishda shuningdek, pedagogik xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirishda jamoa muhitida turli ahamiyatga ega boʻlgan xattiharakatlarni motivlashtirishda va shu qatorda professional faoliyat bilan shugʻullanuvchi boshqaruv subyektlarining koʻnikma va malakalarining rivojlanishida hamda ularning professional mutaxassis sifatida shakllanishlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. R.A.Fatxitdinov. Strategicheskiy marketing. “Piter”-M.:2006 g. 2. R.X.Djurayev, S.T.Turgʻunov. Taʼlimda menejment. – T.: 2006-y. 3. T.V.Abankina, A.I.Vavilov Upravleniye selevim kapitalom obrazovatelnogo uchrejdeniya // Spravochnik rukovoditelya obrazovatelnogo uchrejdeniya. 2008. № 4. S. 16-24. 4. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet 5. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6,
2019. ISSN 2056-5852
6. Valiyeva. F.R., Kurbonov Sh. Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.