ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TAʼLIM SIFATINI OSHIRISHDA TARBIYACHI-PEDAGOG OBRAZI

Аннотация

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini oshirishda tarbiyachi-pedagogning oʻrni, bolalarni rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari, bola faoliyatini tashkil etish borasida fikrlar yoritilgan


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 66 ⊰⊰--

TARBIYACHI-PEDAGOG OBRAZI

Nargiza Moʻminova Sabitdjanovna

MTTDMQTMOI PhD dotsent

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini oshirishda tarbiyachi-pedagogning oʻrni, bolalarni rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari, bola faoliyatini tashkil etish borasida fikrlar yoritilgan.

Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, tarbiya, fasilitator, pedagogik jarayon, pedagogik mahorat, kuzatish, taʼlim sifati.

Dunyoda juda koʻp kasblar mavjud va ular orasida bir kasb borki, bu eng murakkab va qiziqarli kasblardan biri - tarbiyachilik kasbidir. Tarbiyachilik nafaqat kasb, balki maxsus mahoratdir. Yaxshi tarbiyachi boʻlish nimani anglatadi? Bu juda murakkab masala boʻlib, u batafsil koʻrib chiqiqshni talab qiladi. Pedagogik mahorat insonning shaxsiy fazilatlariga bogʻliq. Bolalarning sevgisi tarbiyachining eng muhim professional xususiyati hisoblanadi bu tarbiyachi bilishi kerak boʻlgan eng muhim sifatdir.

Tarbiyachi-pedagog bolalar va ularning ota-onalari uchun katta ahamiyatga ega shaxs. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bola tarbiyachiga himoyachi, yordamchi, har doim qanday harakat qilish yoki qilmaslik haqida yoʻnaltiradigan kishi sifatida qaraydi. Shuning uchun, tarbiyachi bolalarga boʻlgan muhabbatdan tashqari, bir nechta fazilatlarga ega boʻlishi kerak: intizom, maʼsuliyat, mehnatsevarlik, samaradorlik, qatʼiyatlilik, oʻzinga va bolalarga maqsad qoʻyish qobiliyati. Maktabgacha taʼlim va tarbiya bu masʼuliyatli jarayon. Tarbiyachining bolalar bilan oʻzaro munosabatlarida bolaning shaxsiyati rivojlanadi bu yerda koʻp narsa tarbiyachiga bogʻliq. Chunki, maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalar hayotining muhim qismini oʻtkazadilar. Bolalar bilan ishlashda tarbiyachi koʻplab rollarga ega masalan tarbiyachi-maslahatchi, tarbiyachi-yordamchi, tarbiyachi-doʻst, tarbiyachi-ikkinchi ona vazifasida boʻlmogʻI maqsadga muvofiq. Tarbiyachi har qanday holatda muammoni bartaraf etishda yordamchi obrazida: mashgʻulot paytida yoki oʻyin davomida, sayr davomida bolada muammo boʻlishi mumkin. Misol uchun: bola topa olmaydi yoki tuflisini ipini bogʻlay olmaydi, ismni qogʻozga yopishtira olmaydi. Yoki biror bir oʻyinchoq qayerda ekanligini bilmasa tarbiyachi bolaning murojaat qiladigan birinchi shaxsidir. Faqat tarbiyachi sabrtoqati va sevgisi bolaga bu kichik moʻjiza uchun juda zarur boʻlgan oʻziga ishonch, xotirjamlilik va quvonch keltiradi. Tarbiyachi bolaga doʻstdir, u bola bilan bir xil darajada muloqot qiladi, unga ishonch va hurmat bagʻishlaydi, bola bilan doʻstlashadi.

Bolalar uch yoshda maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelishadi. Bu bola uchun butunlay boshqacha, yangi dunyoda oʻzini topishi kerak, u yerda hamma narsa bola uchun nomaʼlum. Tarbiyachining faqat oʻtkir koʻzlari bu vaziyatni tushunishga yordam beradi. Tarbiyachi juda koʻp rollarga ega shuning uchun, har bir bolaning hayotida tarbiyachining roli muhim va bebahodir. Bolani toʻgʻri tarbiyalash uchun har bir bolaning psixologik va individual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Tarbiyachi guruhda fasilitator boʻlishi kerak. Fasilitator soʻzi-yoʻl boshlovchi degan maʼnoni anglatadi. Fasilitator bilimli, iqtidorli psixolog, rassom, aktyor boʻlishi lozim. Boladagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlab bu muammolarning yechimini topishi lozim. Bolani subyekt oʻrnida koʻra olib bolani fikrini uygʻota bilishi kerak. Fasilitator bolaning koʻziga koʻproq qarab

--⊱⊱ 67 ⊰⊰-- turishi kerak shunda bolada ishonch uygʻonadi. Bolaning oʻzida boʻlgan bilimini ishtiyoqini, qiziqishlarini uygʻota bilishi kerak ekan. Chunki bola mustaqil ravishda oʻz bilimini kashf eta oladi va bu narsaga qodir. Bola oʻzini muvaffaqiyatli his eta olishida fasilitatorning roli muhim ahamiyatga ega. Fasilitator mahoratli, maʼnaviyatli, madaniyatli, nutqi ravon, bolaga toʻgʻri savol tuzishni, toʻgʻri maqsad qoʻyishni bilishi kerak. Bola bilan koʻproq muloqotda boʻlishi kerak. Muammoli savol tashlab bolalarni fikrlash qobiliyatini rivojlantira olishi kerak. Bolani oʻz istagiga koʻra beshta markazga toʻgʻri yoʻnaltira olishi kerak. Masalan: musiqaga qiziqadigan bola matematikaga qiziqmaydi tarbiyachi ijodkorlik qobiliyatini ishga solib bolani musiqa markazidan matematika markaziga qiziqtira olishi kerak. Yoki matematika markazi orqali, fan va tabiatga qiziqtira olishni bilishi kerak. Tarbiyachi-pedagog, bolani kichik yoshidanoq oʻzini analiz qilishga oʻrgata olishi kerak.

Pedagogik tadqiqotlar tizimida taʼlim sifatini oshirish jarayonida tarbiyachi-pedagogning oʻrni nihoyatda muhim. Tarbiyachi-pedagog taʼlim va tarbiya jarayonida samaradorlikni oshirishda bir qancha usullardan foydalanadi:

1) Kuzatish usuli bolaning turli xil faoliyatlarda taʼlim olishi va oʻzini tutishi haqida aniq va obyektiv maʼlumot yigʻishga yoʻnaltirilgan jarayon boʻlib, mazkur jarayon maqsadli yoʻnaltirilgan, bola shaxsi noyobligi va yaxlitligini hurmat qilish, uning individual oʻziga xos xususiyatlarini tushunish, mustaqil harakat qilishga, xatolikka yoʻl qoʻyish ehtimoli boʻlgan taqdirda ham bolaning bunga haqli ekanligini tan olish muhim ahamiyatga ega. Kuzatish har doim aniq maqsadga ega va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun maxsus reja boʻlishi zarur. Pedagogik hodisa va jarayonlarni kuzatishni tashkil etishda kuzatuvchidan tartiblilik, ehtiyotkorlik va aniqlik talab etiladi. Mazkur usul orqali eng kam vaqt sarflagan holda bola haqida katta miqdordagi maʼlumotlarni olish mumkin.

2) Maktabgacha taʼlimda taʼlim sifatini baholashda maktabgacha yoshdagi bola portfoliosi usulidan ham foydalaniladi. Portfolio – bu materiallar yigʻindisi boʻlib: rasmlar, hikoyalar, bajarilgan topshiriq natijalari, fotolavhalar, ibora, soʻz birikmalari, fikr, mulohaza yozilgan qaydnomalarni oʻz ichiga oladi. Bu yigʻma materiallar bola tomonidan egallangan bilim, koʻnikma va malakalarning hayotiy sharoitlarda qoʻllay olinishi haqida tasavvur beradi. Portfolio bola rivojlanish istiqbolini tahlil qilish va baholash uchun qoʻshimcha maʼlumotlar manbasi sifatida qoʻllaniladi. Bola portfoliosini yaratishda kuzatuv va qaydnomaga tegishli yozuv va belgilar kiritiladi. Portfolio texnologiyasini qoʻllash pedagog uchun oila bilan maktabgacha taʼlim tashkiloti hamkorligini tashkil qilish imkoniyatini yaratadi. Aniq oʻyinli mashq, ijodiy topshiriqlardan foydalanib, bolaning mustaqil faoliyatini kuzatish asosida pedagog har bir bola rivojlanishining individual taʼlim yoʻnalishini belgilaydi hamda ota-onalarga taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonning toʻlaqonli ishtirokchisi boʻlishi mumkinligini yetkazib beradi. Portfolio boʻlimlari asta-sekinlik bilan, maktabgacha yoshdagi bolaning imkoniyatlari va erishgan yutuqlariga muvofiq toʻldirib boriladi.

3) Pedagogik hodisa toʻgʻrisida maʼlumot olish, taʼlim-tarbiya jarayonining dolzarb muammolarini hal qilish usullari toʻgʻrisida xulosalar chiqarishga yordam beradigan vositalardan biri bu ekspert usulidir. Ekspert usuli – bu murakkab pedagogik muammolarni har tomonlama oʻrganish, tahlil qilishga imkon beradigan yondoshuvlardan biri boʻlib, u toʻgʻri boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. Mazkur usulda pedagogik jarayon mutaxassislar tomonidan sifat va miqdoriy jihatdan baholash orqali tahlil qilinadi va natijalar qayta ishlanadi. Ekspert baholash usuli asosan murakkab pedagogik jarayonlar, hodisalar yoki vaziyatlarni tahlil qilishga imkon beradi.

--⊱⊱ 68 ⊰⊰--

Oʻzbekistonning kelajak taraqqiyoti, salohiyati, bolalarga maktabgacha taʼlim yoshidanoq maqsadli ravishda taʼlim-tarbiya berish, rivojlantirish va maktabga tayyorlashga koʻp jihatdan bogʻliqdir. Hozirgi kunda bolalarning maktabga tayyorgarlik darajalariga qoʻyilayotgan jiddiy talablar bu borada zaruriy, nazariy va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Xulosa qilib aytsak, maktabgacha taʼlimda taʼlim va tarbiya sifatini oshirish, pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etish va olib borish tarbiyachi-pedagog mahoratiga bogʻliq. U bolaga samimiy muhitni yaratib bera olishi bilan birga tarbiyachi-pedagogning yuz ifodasi muloyim, samimiy, bolalarga doim tabassum qila olishni bilishi kerak, ovoz ohangi baland boʻlmasligi kerak. Bolalarga soyabon kabi boʻlib issiq-sovuqdan asray olsa, oltin qoidalarga amal qilib ishlasa, bunday bolalardan kelgusida buyuk allomalar Alisher Navoiylar, Ibn Sinolar, Zamaxshariylar, Zulfiyaxonimlar yetishib chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Djurayev R.X., Tolipov Oʻ.Q. va boshq. Pedagogik atamalar lugʻati. Toshkent, Fan, 2008. 198 b.

2. Крулехт М.В., Тельнюк И.В. Экспертные оценки в образовании: / Учебное пособие. – М.: Академия, 2002. – 112 с.

3. Bolotina.L.R., Komarova.T.S., Baranov S.P. Maktabgacha pedagogika. 2001 y.

4. Davletshin M.G., Toʻychiyeva S.M. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2002 y.

5. Gʻoziyev E.G. Psixologiya. Toshkent, 2010 y.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.